PhD sari qadam loyihasi
3.84K subscribers
383 photos
68 videos
9 files
340 links
PhD sari qadam loyihasining telegramdagi rasmiy sahifasi
Download Telegram
Agar siz 2025-yilda 2️⃣ bosqich tayanch doktorantura (PhD)da tahsil olayotgan bo'lsangiz yil yakuniga qadar quyidagilarni bajarishingiz shart:

📝tegishli jurnallarda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida chop etilgan kamida bitta ilmiy maqolaning mavjudligi;

📄 dissertatsiya mavzusi bo‘yicha hisobot davrida ilmiy konferensiya materiallarida kamida bitta chop etilgan ma’ruza tezisining mavjudligi;

🌍 tegishli xorijiy jurnalda dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta chop etilgan ilmiy maqola mavjudligi;

🎤 ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi ilmiy-tashkiliy bo‘linmasi (kafedra, laboratoriya, bo‘lim, sektor) ilmiy seminarida dissertatsiya ishining dastlabki natijalari bo‘yicha (mustaqil) ma’ruza bilan ishtirok etish;

📊 dissertatsiya mavzusi bo‘yicha yakka tartibdagi rejasining bajarilishi bo‘yicha hisobot berish.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👏2👍1💯1
🇺🇿 "PhD sari qadam" loyihasi ekspertlar kengashi muhokamasi boʻlib oʻtdi.

🖥 Joriy yilning 18-mart kuni "PhD sari qadam" loyihasi doirasida Ekspertlar kengashining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Unda loyihaga qabul qilinadigan ishtirokchilar qamrovi, tanlov mezonlari va kelgusi rejalar boʻyicha fikrlar almashildi.

💬 Muhokama davomida loyihani yanada takomillashtirish, ishtirokchilarga ilmiy va amaliy yordam ko‘rsatish, shuningdek, ularning tadqiqot faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim takliflar bildirildi.

💯 Uchrashuv davomida ishtirokchilarga loyiha davomida metodik ko‘rsatmalar, mentorlik dasturlari va ilmiy loyihalarni rivojlantirish, xalqaro stajirovkalarga jalb etish bo‘yicha yangi yo‘nalishlarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidlandi.


🔝 Mazkur muhokama loyihaning samaradorligini oshirishga va yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

🔔Bizni kuzatishda davom eting.

🕊Telegram  📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14😍2💯21🤩1
Hurmatli yurtdoshlar va ilm ahllari!

🌸 Sizlarni yangilanish, umid va ezgulik ayyomi – Navro‘z bayrami bilan chin dildan muborakbod etamiz!

📚 Bu go‘zal fasl har biringizga yangi kuch-g‘ayrat, ijodiy ilhom va ilmiy yutuqlar olib kelsin. Ilm-ma’rifat yo‘lidagi intilishlaringiz bardavom, muvaffaqiyatlaringiz barakali bo‘lsin!


Bayramingiz muborak bo‘lsin! 🎉

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
❤‍🔥4👍3
Germaniya: Kompyuter fanlari boʻyicha barcha sohalarda toʻliq moliyalashtiriladigan amaliyot dasturi!

Kimlar qatnasha oladi?
– Barcha kompyuter fanlari sohalari boʻyicha tahsil olayotgan bakalavrlar, magistrlar, doktorantlar, shuningdek, taʼlim va/yoki tajribaga ega soha vakillari.

Iqtisodiy imkoniyatlar:
– Oylik stipendiya.
– Bepul turar joy.
– Germaniyaga borish-kelish xarajati qoplanadi.

Amaliyot ingliz tilida oʻtaladi. Odatda 12-14 hafta davom etadi.

Arizalar qabuli uchun 2 xil muddat bor:
– Har yili 1-noyabrgacha.
– Yil davomida.

Havola

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍21
#sayt #platforma
#UDK #tadqiqot

Deyarli barcha tadqiqotchilarda UDK raqamini tezroq qayerdan olish mumkin?! degan savol bor.

Maqolangiz uchun bepul UDK raqamini quyidagi link orqali olasiz.


Havola: https://teacode.com/online/udc

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
😍1
🌙 Ramazon Hayiti Muborak bo‘lsin!

Hurmatli ilm yo‘lidagi izlanuvchilar va aziz hamkasblar!

"PhD sari qadam" loyihasi jamoasi barchangizni muborak Ramazon Hayiti bilan chin dildan tabriklaymiz!

Ushbu qutlug‘ kunlarda qilgan ibodatlaringiz, ilmiy izlanishlaringiz  va amalga oshirgan ezgu amallaringiz qabul bo‘lsin.
Bu bayram barchamizga tinchlik 🕊️, farovonlik  va ilm yo‘lida muvaffaqiyat  olib kelsin.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
❤‍🔥6
🎓 DSc darajasi va uning ahamiyati

DSc (Doctor of Science) – bu fan doktori ilmiy darajasi bo‘lib, O‘zbekistonda PhD'dan keyingi eng yuqori ilmiy maqom hisoblanadi. Uni olish uchun alohida dissertatsiya yoqlash talab qilinadi.

DSc darajasining ahamiyati:
🏅 Ilmiy yutuq e’tirofi – Ilm-fanga katta hissa qo‘shgan olimlarga beriladi.
🎯 Mutaxassislik darajasi – Yetakchi olim sifatida professor bo‘lish imkonini yaratadi.
🔬 Tadqiqot imkoniyatlari – Xalqaro loyihalarda qatnashish va grantlar yutish imkonini beradi.
👩🏻‍💼 Ta’lim va mentorlik – Yangi ilmiy kadrlarni tayyorlash va rahbarlik qilish huquqini beradi.


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
❤‍🔥1😍1
SAVOL: Men 2025-yil 1-chorakda izlanuvchi sifatida qabul qilindim. Men monitoring uchun qachon hujjatlarimni yuklashim lozim?

JAVOB: Agar siz hozirda 1-bosqich izlanuvchi boʻlsangiz, Yakka tartibdagi reja boʻyicha yil davomida hujjatlaringizni 2025-yilning 4-choragini tanlab yuklab borasiz.

2025-yilning 4-choragi kelganda Monitoring holati bo'limi orqali yuklangan hujjatlarni ilmiy rahbar va tashkilotga taqdim etasiz.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍21
🎓 PhD (Doctor of Philosophy) – ilmiy darajalarning birinchi bosqichi bo‘lib, 📖 3-5 yilda doktoranturada o‘qish va dissertatsiya himoya qilish orqali olinadi.

🏅 DSc (Doctor of Science) – PhD dan keyingi yuqori ilmiy daraja bo‘lib,  katta ilmiy tajriba va chuqur tadqiqotlar talab etiladi. Uni olish uchun PhD dan keyin kamida 5-10 yil davomida ilmiy ish olib borish va  nufuzli jurnallarda maqolalar chop etish kerak.

🔹 Farqi:
🎓 PhD – ilmiy tadqiqotning boshlang‘ich bosqichi.
🏆 DSc – yetuk olimlarga beriladigan oliy ilmiy daraja.

👩🏻‍💼PhD – ilm-fan sohasidagi professorlik yo‘lidagi dastlabki qadam.
👩🏻‍💼 DSc – ilg‘or ilmiy izlanishlar bilan yuqori akademik darajaga erishish.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
7👍6💯1
2025-yil yanvar oyidan boshlab har oyda:
356 nafar stajyor-tadqiqotchiga 5 497 800 so'm;

10 993 nafar tayanch doktoranturada tahsil oladigan izlanuvchiga 6 210 435 so'm;

733 nafar doktoranturada tahsil oladigan izlanuvchiga 7 934 850 so'm miqdorda Davlat byudjetidan stipendiya to‘lanmoqda.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
❤‍🔥7😍4
Savol: Yakka tartibdagi rejani bajarishga ulgurmagan izlanuvchilarga qanday chora koʻriladi?

Javob: Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan doktorantlar Kollegial organ qarori bilan tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatiladi va o‘qishga qayta tiklanmaydi.

Doktoranturadan monitoring natijalari bo‘yicha chetlatilgan yoki dissertatsiyasini muddatida himoya qilmagan shaxslar dissertatsiyasini tugatish va himoya qilish davrida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin.

Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasining ichki tartibi va qoidalarini buzganligi uchun o‘qishdan chetlatilgan shaxslar o‘qishga tiklanmaydi.


Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga nisbatan Kollegial organ qarori bilan rahbarlik va maslahat uchun to‘lanadigan haq to‘xtatiladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍3🔥1👏1
PhD da muammoni bayon etmoq — bu tadqiqotingizning boshlang‘ich nuqtasi bo‘lib, ilmiy ishning qaysi masalani hal qilishini aniqlaydi.


Muammoni bayon etishda quyidagilarni ko‘rsatish kerak:

Muammoli soha va kontekst: Tadqiqot qilayotgan sohangizni va bu sohada mavjud bo‘lgan bilimlarni qisqacha tahlil qilish.

Bo‘shliq yoki yetishmovchilik: Mavjud ilmiy ishlarda hal qilinmagan yoki to‘liq o‘rganilmagan masalalarni aniqlash.

Tadqiqot savoli: Asosiy muammo va tadqiqotning javob berishi kerak bo‘lgan savolni aniqlash.

Muammoning ahamiyati: Ushbu muammoni o‘rganishning ilmiy va amaliy ahamiyatini ko‘rsatish.

Izlanishning dolzarbligi: Tadqiqotingiz nima uchun hozirgi kunda muhim va o‘rganish kerakligini asoslash.


Muammoni bayon qilish, tadqiqotingizning yo‘nalishini aniq belgilab, uning o‘rganilishi zarurligini ilmiy hamjamiyatga tushuntirishga yordam beradi. Bu jarayon ilmiy izlanishning muvaffaqiyatli va samarali bo‘lishiga asos yaratadi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍42❤‍🔥1
🇺🇿 "PhD sari qadam” loyihasida faol ishtirok etish va o‘z tajribalarini tadqiqotchi yosh ayol-qizlarga ulashish istagida bo‘lgan lektorlar uchun joriy yilning 10-aprel sanasi, soat 10:00da ZOOM platformasi orqali "Ekspertlar kengashi" tomonidan saralash jarayonlariga start beriladi.

🖥 Loyihada lektor sifatida o‘z bilim, ko‘nikma, malakalarini ulashish istagida bo‘lgan 61 nafar fan doktori, professor mutaxassislar ro‘yxatdan o'tishgan.

📎Tez orada siz tadqiqotchilar bilan loyihada ishtirok etuvchi professorlar ro‘yxati e'lon qilinadi.

▶️ Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

🕊Telegram  📱Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍121
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bizda jarayonlar davom etmoqda

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
❤‍🔥4👍1
San'atshunoslik fanlari bo'yicha bepul, Scopus ma'lumotlar bazasida indekslangan jurnallar:

Acta Academica: Q3
Veb-sayti: https://journals.ufs.ac.za/index.php/aa

Ars Adriatica: Q4
Veb-sayti: https://hrcak.srce.hr/ojs/index.php/arsadriatica

Art and Design Review: Q4
Veb-sayti: https://www.scirp.org/journal/adr/

Art in Translation: Q4
Veb-sayti: https://www.tandfonline.com/toc/rart20/current

Arts: Q2
Veb-sayti: https://www.mdpi.com/journal/arts

Journal of Art Historiography: Q1
Veb-sayti: https://arthistoriography.wordpress.com/

Journal of Art Research: Q4
Veb-sayti: https://artresearchjournal.com/

Journal of Contemporary Chinese Art: Q3
Veb-sayti: https://www.intellectbooks.com/journal-of-contemporary-chinese-art

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👏31👍1