PhD sari qadam loyihasi
3.85K subscribers
383 photos
68 videos
9 files
340 links
PhD sari qadam loyihasining telegramdagi rasmiy sahifasi
Download Telegram
🖥Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ko‘rinishlari:

✔️Stajor-tadqiqotchi:
🗓 Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: 1 yil;
💰 Stipendiyasi ayni paytda: 5515120,6 so‘m
🗣️ Qabul muddati: 15-sentabrdan 15-oktabrgacha(Asos: https://lex.uz/docs/3213410)


✔️Tayanch doktorantura(PhD):
🗓 Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: 3 yil;
💳 Stipendiyasi ayni paytda: 6 229 999,886 so‘m
🗣️ Qabul muddati: 15-sentabrdan 15-oktabrgacha(Asos: https://lex.uz/docs/3213410)


✔️Mustaqil izlanuvchi(PhD,DSc):
🗓 Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: cheklanmagan;
💳 Stipendiyasi ayni paytda: To‘lanmaydi
🗣️ Qabul muddati: Yiliga 4 marta(chorak) qabul bo‘ladi. (Asos: https://lex.uz/docs/3213410)


✔️Doktorantura(DSc):
🗓 Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: 3 yil;
💳 Stipendiyasi ayni paytda: 7 959 848,556 so‘m
🗣️ Qabul muddati: 15-sentabrdan 15-oktabrgacha(Asos: https://lex.uz/docs/3213410)


❗️O‘zbekistonda PhD ➡️ dan keyin ⬇️ DSc o‘qiladi

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8💯21👏1
PhD sari qadam loyihasi pinned «🖥Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ko‘rinishlari: ✔️Stajor-tadqiqotchi: 🗓 Ilmiy ish qilish(himoya) uchun muddat: 1 yil; 💰 Stipendiyasi ayni paytda: 5515120,6 so‘m 🗣️ Qabul muddati: 15-sentabrdan 15-oktabrgacha(Asos: https://lex.uz/docs/3213410) ✔️Tayanch…»
#bilasizmi?

Muntazam ravishda (qatorasiga ikki marta va undan ko‘p) izlanuvchilarning dissertatsiyalarini o‘z vaqtida himoya qilishni ta’minlamagan ilmiy rahbarlar va konsultantlar Kollegial organ qarori bilan uch yilgacha bo‘lgan davrga ilmiy rahbarlik yoki konsultantlikdan chetlatilishi mumkin.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
1👍1
🗣️ Professor ilmiy unvoni kimlarga beriladi?

Professor ilmiy unvoni umumiy va quyidagi talablarni bajarib, ta’lim muassasasida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarga beriladi:

✔️ fan doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan;

✔️ ilmiy unvonga ega bo‘lgan;

✔️ kamida 10 yillik pedagogik va ilmiy, jumladan, ta’lim muassasasida 5 yillik pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan;

✔️ kamida bir o‘quv yili davomida ta’lim muassasasining shtatida kafedra mudiri, professor (vazifasini bajaruvchi), oliy harbiy hamda harbiylashtirilgan ta’lim muassasalarida kafedra boshlig‘i o‘rinbosari yoki kafedra boshlig‘i lavozimlarida yoki ushbu lavozimlardan birida bir o‘quv yili davomida kamida 0,25 stavka o‘quv yuklamasini bajargan holda pedagogik faoliyat olib borayotgan muassasa rektori (direktori, boshlig‘i), prorektori (direktor o‘rinbosari, boshliq o‘rinbosari), ilmiy kotibi, ta’lim muassasasining o‘quv-tashkiliy tuzilmasi (fakultet, bo‘lim) rahbari lavozimlarining birida muvaffaqiyatli ishlab kelayotgan (lavozimida ijobiy o‘zgarish bo‘lgan hollarda avvalgi lavozimida ishlash muddati ham e’tiborga olinadi);

✔️Har bir bilim sohasi bo‘yicha nominatsiyalarda 1-o‘rinni egallagan «Oliy ta’lim muassasasining eng yaxshi pedagogi» tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari 3 yil mobaynida mazkur kichik bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan tegishli lavozimda vazifani bajarib turuvchining bir yillik muddatini o‘tamasdan professor ilmiy unvonini olish uchun OAKga hujjatlarini taqdim etish huquqiga ega;

✔️ ilmiy daraja olgan oliy malakali mutaxassisni tayyorlagan yoki 10 nafar magistratura talabasi va 5 nafar bakalavr ta’lim yo‘nalishining bitiruvchi talabasiga ilmiy rahbarlik qilgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun ilmiy daraja olgan 3 nafar oliy malakali mutaxassisni tayyorlagan va 5 nafar magistratura talabasi yoxud davlat stipendiyalari tanlovlari yoki xalqaro, respublika olimpiadalari yoki tanlovlari g‘oliblarini tayyorlagan);

✔️ dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda kamida 5 ta maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta maqola chop ettirgan (tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun dissertatsiya himoyasidan keyin ilmiy ishlar, jumladan ilmiy jurnallarda 10 ta maqola, shundan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 2 ta maqola chop ettirgan);

✔️ pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan o‘quv adabiyotlari, jumladan dissertatsiya himoyasidan keyin ta’lim turlarining birida foydalanilayotgan 1 ta darslik (hammualliflikda bo‘lgan taqdirda 2 ta) yoki ta’lim muassasasi o‘quv dasturlariga mos keladigan 2 ta o‘quv qo‘llanma nashr ettirgan (o‘quv qo‘llanma yetarli bo‘lmaganda belgilangan me’yordan tashqari nashr ettirilgan darslik ham o‘quv qo‘llanma sifatida qabul qilinishi mumkin), shuningdek tibbiyot sohasidagi talabgorlar uchun qo‘shimcha ravishda 1 ta monografiya chop ettirgan bo‘lishi lozim.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍54
Ta'lim uchun 30 ta foydali va bepul neyron tarmoqlar
#manba / #AI

ℹ️ Biz neyron tarmoqlarni va tobora ko'proq talabalar mustaqil o'qish o'rniga ularga tayanishlarini cheksiz tanqid qilishimiz mumkin, ammo to'g'ri yondashuv bilan AI oddiy darsliklarga qaraganda ancha foydali bo'lishi mumkin. Biz maktabda yoki universitetda o'qiydiganlarga foyda keltiradigan vositalarni tanladik.

🤖 Chatbotlar
Ko'p narsani qila oladigan universal vositalar: dars rejasini tuzing va manbalarni tanlang, atamalar va hodisalarni oddiy so'zlar bilan tushuntiring, matnni yozing va tahrirlang yoki kerakli darajadagi lug'atdan foydalangan holda siz bilan ispan tilida gaplashadi.

ChatGPT
DeepSeek
GigaChat
Alisa bilan chat
You.com

🎞 Matn va videoni qayta hikoya qiluvchi
YouTube, PDF fayllar va boshqa materiallar bilan ishlashda foydali bo'ladi.

Any Summary
300.ya
ChatPDF
summarize.tech
Kagi Universal Summarizer

📝 Matn yozuvchi va tahrirlovchi
Insholar, kompozitsiyalar va taqdimotlar bilan yordam beradi.

Орфограммка
ReText.ai
Порфирьевич
MagicSlides

Masalalarni ishlovchi
Ular nafaqat javob berishadi, balki batafsil yechimni ta'riflaydilar va ba'zi hollarda xuddi shunday qilishni o'rganishni ham tushuntiradilar.

MathGPT
MathSolver
Кампус

🈯️ Xorijiy tillarni o'rgatuvchi
Albatta, siz dialoglar va yangi so'zlarni mashq qilish uchun oddiy chatbotlarga murojaat qilishingiz mumkin, ammo buning uchun moslashtirilgan xizmatlar qulayroq bo'lishi mumkin.

Gliglish
Pi
Memrise
Ginger
Semantris

👩‍💻 Dasturlash
Kod yozib beradi va tushunmagan joylarni tushuntiradi.

Codeium
DeepSeek Coder
Refact

🖼 Taqdimot dizaylash va boshqalar
Agar siz ranglar va shriftlar bilan o'ynashni bilmasangiz ham, ular sizning ishingizni yoki loyihangizni chiroyli tarzda loyihalashtirishga yordam beradi.

Tome
Gamma
TeleportHQ
Kandinsky
Шедеврум


👉 Har bir sun'iy intellekt haqda ma'lumotni maqolaning original manbasidan topishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64🔥1
#scopus

🔝Elsevier nashriyotining Scopus ma'lumotlar bazasidagi maqola chop qilish bepul bo'lgan jurnallari(lingvistika va pedagogika)!

1. Linguistics and Education(Q1)
2.
Lingua(Q1)
3.
Language & Communication(Q1)
4.
Brain and Language(Q1)
5.
Journal of Memory and Language(Q1)
6.
International Journal of Educational Development(Q1)
7.
Social Science Research(Q1)
8.
Studies in Educational Evaluation(Q1)
9.
International Journal of Educational Research(Q1)
10.
Teaching and Teacher Education(Q1)


Maqolalarni ko'rib chiqish muddati o'rtacha 2-6 oy.

P.s:
Siz ham ilmiy, ham iqtisodiy  jihatdan kafolatli natijaga erishishni xohlasangiz iloji boricha yuqori kvartilli va maqola chop qilish bepul bo'lgan Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda maqolalar chop qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringi quyidagi mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

O‘qishning birinchi yilida:

Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tasdiqlangan yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;

Ixtisoslik bo‘yicha tasdiqlangan nazariy-metodologik dasturning mavjudligi va uning bajarilishi;

Tegishli jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqolaning chop etilganligi;

Ilmiy konferensiyada dissertatsiya mavzusi bo‘yicha ma’ruza bilan ishtirok etganligi;

Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumotning mavjudligi;

Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi seminarida dissertatsiya mavzusiga doir tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha (ilmiy rahbar bilan birgalikda) ma’ruza qilganligi;


❗️Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan doktorantlar Kollegial organ qarori bilan tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatiladi va o‘qishga qayta tiklanmaydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
11👍9
🎓 Hurmatli tadqiqotchilar!

Sizlar uchun ajoyib yangilik: hozirda Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biri — Stanford universitetida tahsil olmoqda.

Agar siz ham:

Stanford universitetiga hujjat topshirishni istasangiz,
Xalqaro universitetlarning ta’lim tizimi bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz,
Global bilim muhitiga qadam qo‘ymoqchi bo‘lsangiz,

🌍hoziroq ushbu kanalimizga obuna bo‘ling va barcha yangiliklar, imkoniyatlar hamda tajriba almashinuvlarini birinchilardan bo‘lib kuzatib boring.

👉Batafsil shu manzilda: https://t.me/stanford_kundaligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍433🔥1👏1💯1
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️O‘zbekiston yoshlari uchun katta maqsadlar bilan Stanford Universitetining Executive dasturida o‘qishni boshlash uchun Kaliforniya Shtatining San-Fransisko shahriga yetib keldik.

Asosiy maqsad, Kremniy Vodiysi bilan aloqalarni mustahkamlash, yoshlarimizni dunyo darajasidagi kompaniyalarni qurish, yangi startaplar yaratishda Stanford bilan hamkorlik o‘rnatish.

Dastur gibrid shaklida 1 yil davom etadi, asosiy Stanford universitetidagi intensiv dastur taxminan bizning rejalarimiz bilan 2 oy davom etadi.

Hozircha Stanfordda olgan bilimlarimni sizlar bilan bo'lishib borish uchun @stanford_kundaligi blogini yurgizishni boshladim. Marhamat, obuna bo‘lib kuzatib borishingiz mumkin.

@alisher_sadullaev
9👍4👏2💯2🤩1
Forwarded from Feruza Norkulova
Avtoreferat nima?

📝 Avtoreferat — bu ilmiy daraja olish uchun yozilgan dissertatsiyaning qisqacha mazmuni bo‘lib, dissertatsiya muallifi tomonidan tayyorlanadi va alohida risola tarzida chop etiladi.

📌Asosiy maqsadi: – dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, muhim natijalari va asosiy xulosalarini qisqacha, tushunarli va tizimli tarzda jamlash; – ilmiy jamoatchilikka tadqiqot natijalari haqida umumiy tasavvur berish; – ilmiy kengashlarda himoya oldidan tarqatiladi va muhokama uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

🔗 Avtoreferatda quyidagilar bo‘ladi:
• Dissertatsiya mavzusi va dolzarbligi;
• Tadqiqot maqsadi va vazifalari;
• Ilmiy yangiliklar va natijalar;
• Amaliy ahamiyati va foydalanish joylari;
• Dissertatsiya boblari qisqacha tavsifi;
• Xulosa va takliflar;
• Muallifning ilmiy ishlari ro‘yxati.

🔖 Avtoreferat PhD va DSc dissertatsiyalari uchun alohida talablar asosida yoziladi va GOST standartlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👏42👍2
‼️Turli mamlakatlarning davlat stipendiya dasturlari veb-saytlari ro'yxati
 
Avstriya Akademik almashinuv xizmati - magistratura, PhD, stajirovka:
(Sayt: https://www.oead.at/)

 
Xitoy hukumati stipendiyalari - bakalavr, magistr, doktorantura, stajirovka
(Sayt: http://www.csc.edu.cn/laihua/scholarshipen.aspx)

 
Turkiya Respublikasi hukumati stipendiyalari. magistratura, aspirantura, turk tili kurslari
(Sayt: https://www.turkiyeburslari.gov.tr/en/english-home/)

 
Shveytsariya hukumati stipendiyalari - magistratura, PhD:
(Sayt: https://www.sbfi.admin.ch/sbfi/en/home.html)

 
Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim uchun Koreya hukumati stipendiyalari - magistratura, PhD:
(Sayt: http://www.niied.go.kr/index.do)

 
Shvetsiyadagi akademik dasturlar - magistratura, PhD:
(Sayt: https://studyinsweden.se/scholarships/


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
9
Ilmiy ishda havolalarni to‘g‘ri qo‘yamizmi?

Dissertatsiya yoki bitiruv ishingizda havolani noto‘g‘ri berish — ilmiy halollikka putur yetkazishi mumkin. Keling, havolalarni GOСТ talablariga mos qo‘yishni misollar bilan ko‘rib chiqamiz:

Matn ichida kvadrat qavs bilan:
Ilmiy menejment nazariyasi muhim o‘rin tutadi [2].
...shuningdek, boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham o‘rganilgan [3, 5].

Jumla ichida havola:
T. Toshpo‘latov fikriga ko‘ra [7], bu yondashuv amaliy jihatdan foydalidir.

Bir nechta manbaga umumiy murojaat:
Bu holat oldingi izlanishlarda ham qayd etilgan [1–4].

Pastki izoh (snoska) ko‘rinishida:
Uzoq muddatli kapital investitsiyalari bo‘yicha yondashuv¹...
¹ Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. – B. 33.

Eslab qoling: havolalar ilmiy ishingizga ishonchlilik va professional ko‘rinish baxsh etadi!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏43🤩3💯1
🔬  40 yoshgacha boʻlgan tadqiqotchilarga katta imkoniyat! “Akademik harakatchanlik” dasturiga hujjatlar qabuli davom etmoqda!

Zamonaviy laboratoriyalar, noyob ilmiy ob’yektlar, tajriba-konstruktorlik byurolari – barchasidan bepul foydalanish imkonini qoʻldan boy bermang!

Dastur shartlari:
▪️ 1 oydan 6 oygacha ilmiy faoliyat
▪️ Barcha xarajatlar to‘liq davlat hisobidan
▪️ Har bir ishtirokchi 1 ta loyiha bilan qatnashadi
▪️ Loyiha qiymati: 82 400 000 so‘mgacha (BHMning 200 baravari) dan oshmasligi lozim

📅 Hujjat topshirish muddati: 30-iyun, soat 23:59 gacha
🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: akadem.ilmiy.uz
📚 Batafsil: lex.uz/docs/5377538

🔎 Ilm yo‘lida bir qadam tashlang – imkoniyat sizni kutmoqda!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
10🔥4💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tez kunda
"PhD sari qadam loyihasi"

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
6👍4
Turkiyaga tekinga borib, sayohat qilishni istaysizmi? Unda bu aynan siz uchun!

🇹🇷Yetakchi yoshlar uchun Turkiyaning Istanbul shahrida barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro forum - International Volunteer Forum

Talablar
— Nomzodlar 15 yoshdan oshgan bo'lishlari lozim;
— Barcha davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin;
— Dasturda universitet talabalari va ishlab turgan mutaxassislar ham ishtirok etishi mumkin.

Foydali tomonlari
To'liq grant:
— Istanbulga borish va kelish safar xarajatlari qoplanadi;
— 4 yulduzli mehmonxona;
— Forum davomida bepul oziq-ovqat;
— Istanbul shahri boʻylab sayohat;
— Dastur yakunida sertifikat beriladi.
Oxirgi muddat
30.06.2025 22:00

Batafsil: https://ivf.headwayinstitute.org/?via=ivf-turkey

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
6👍43💯3🔥1
“PhD sari qadam” loyihasi ishtirokchilari uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🎯 Yig'ilish davomida loyiha doirasida amalga oshiriladigan barcha modullar va ularning mazmuni, maqsadi hamda o‘quv jarayonida tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi.

📇  Darslar qanday shaklda va qaysi tartibda tashkil etilishi, mavzular ketma-ketligi, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy metodik yondashuvlar hamda ishtirokchilarning ilmiy izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan yo‘nalishlar tushuntirildi.

Shuningdek, loyihadan samarali foydalanish, o‘zlashtirish darajasini oshirish, mustaqil ish va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va kelgusi darslar bo‘yicha aniq reja bilan tanishdilar.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
@PhD_sari_qadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍4😍2❤‍🔥1🔥1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"PhD sari qadam" - ilmiy izlanishlar sari birga qadam bosamiz.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
@PhD_sari_qadam
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥5😍321