PhD sari qadam loyihasi
3.83K subscribers
383 photos
68 videos
9 files
340 links
PhD sari qadam loyihasining telegramdagi rasmiy sahifasi
Download Telegram
🌍 OECD Internship Programm: Bakalavr, magistr va doktorantlar uchun xalqaro tashkilotda haq to'lanadigan amaliyot dasturi!

📍 Joylashuv: Parij, Tokio, Mexiko, Berlin yoki Vashington
Davomiylik: 1-6 oy
🎓 Qabul: Yiliga 600 nafar atrofida talaba
💰 Moliyaviy imtiyoz: Oyiga 1000 yevro ish haqi
📅 Ariza topshirish: Yil davomida!

👉 Global tajriba orttirish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
1🔥1
⚡️“PhD sari bir qadam” loyihasi lektorlar uchun ochiq tanlovni boshladi

Hurmatli ilmiy jamoatchilik vakillari!

“PhD sari bir qadam” o‘quv kursida lektor sifatida dars berish istagida bo‘lgan pedagog va olimlarni hamkorlikka taklif qilamiz. Ushbu kurs ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, bakalavr, magistr va doktorantlarga sifatli bilim berishga yo‘naltirilgan.

Agar siz tajribali mutaxassis bo‘lsangiz va o‘z bilimingiz bilan yosh izlanuvchilarga yordam berishni istasangiz, quyidagi so‘rovnomani to‘ldirib, biz bilan bog‘lanishingizni so‘raymiz.

Talablar quyidagicha: Ilmiy daraja (PhD, DSc, magistr va h.k.), pedagogik tajriba (afzalroq), ilmiy maqolalar va tadqiqotlar tajribasi, o‘quvchilarga sifatli bilim berishga tayyorlik.

So‘rovnomani to‘ldirish uchun havola

❗️Ro'yxatdan o'tishning oxirgi kuni 29-mart soat 23:59 !

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍31
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#PhD_sari_qadam #ilmga_intil #yosh_tadqiqotchilar #kelajakka_qadam

📢 Ilm yo‘lida bir qadam oldinga!

📚 Tadqiqot olamida o‘z o‘rningizni egallashni xohlaysizmi? Ilmiy faoliyatingizni yangi bosqichga olib chiqish va PhD sari ishonch bilan qadam qo‘yish vaqti keldi!

🔍 "PhD sari qadam" loyihasi aynan siz uchun!

Bu loyiha ilmiy izlanish olib borayotgan va PhD bosqichiga tayyorgarlik ko‘rayotgan yosh tadqiqotchilar uchun yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi.

Ilmiy maqolalar yozish sirlarini o‘rganasiz
Tadqiqot metodologiyasini chuqur tushunasiz
Tajribali mentorlar bilan muloqot qilasiz
Ilmiy jamoaning bir qismiga aylanasiz


🚀 O‘z kelajagingizni ilm bilan bunyod qiling!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
❤‍🔥6👍4
⚡️ Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi barcha xotin-qizlar diqqatiga!

🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi hamda Yosh olimlar kengashi tomonidan “PhD sari qadam” loyihasining 3-mavsumi doirasida grant e’lon qilinadi.

Loyihada ilmiy faoliyatga qiziquvchi yosh xotin-qizlar uchun 2 oylik o‘quv kurslar tashkil etilda. Dastur davomida ishtirokchilar ilmiy tadqiqot olib borish bo‘yicha zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

🗂Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola

Siz uchun yana bir imkon, loyihada ishtirok etish yosh chegarasi 40 yosh etib belgilandi.

Ro‘yxatdan o‘tish 29-mart kuni soat 23:59 da yakunlanadi.

Ilmiy taraqqiyot sari birga qadam tashlaylik!

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 🌍Veb sayt
👍73
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 PhD sari qadam loyihasi bilan yangi bosqichga!

Ilm yo‘lida mustahkam qadam tashlashga tayyormisiz?

🎓 Biz bilan birga ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar va PhD bosqichiga tayyorgarlik bo‘yicha eng dolzarb ma’lumotlarni oling!

📌 Ilm-fan olamida o‘z o‘rningizni topish uchun PhD sari qadam loyihasiga qo‘shiling!

🔗 Biz bilan birga o‘rganing, rivojlaning va ilm yo‘lida mustahkam qadam tashlang!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
6👍2🔥1
Kim yor anga ilm, tolibi ilm kerak,
O‘rg‘angali ilm, tolibi ilm kerak.
Men tolibi ilmu tolibi ilme yo‘q,
Men bormen ilm tolibi — ilm kerak.

Insoniyat tarixining yorqin sahifalaridan biri bo‘lgan, buyuk shoir Zahiriddin Muhammad Boburning 542 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.

📜 Shoir “Boburnoma” asari orqali kelajak avlodlarga tarix, jasorat va ma’naviy qadriyatlar merosini qoldirdi. Uning hayotiy yo‘li va ijodi bizga doimiy ilhom manbai bo‘lib, o‘z ildizlarimizga sodiqlik va ilm-fan yo‘lida intilish ruhini singdiradi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
🔥21👍1💯1
Dunyoning nufuzli Top-100 oliygohlarida ilmiy daraja olgan yosh olimlarga 800 million so‘mgacha foizsiz uy-joy ssudasi beriladi.


Shavkat Mirziyoyev

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👏84👍2😍1
Sifatli jurnallar nashr jarayonida muallif uchun tegishli bo‘lgan raqam ORCID raqami berilishini so‘raydi.

ORCID – inglizcha Open Researcher and Contributor Identifier so‘zlarining bosh harflaridan yasalgan qisqartma. O‘zbekchaga so‘zma-so‘z tarjima qilganda "Tadqiqotchi va muallifning ochiq identifikatori" deb tarjima qilinadi. Bu ilmiy ishlar mualliflarini identifikatsiya qilishning xalqaro tizimidir. ORCID 16 ta raqamdan iborat kod bo‘lib, uning joylashuvi ma’lum bir muallifni aniq ko‘rsatadi.

➡️ Uning yordamida siz ushbu muallifning barcha matnlarini ma’lumotlar bazalari bo‘yicha indekslangan holda topishingiz mumkin.

Agar sizda ORCID raqami mavjud bo‘lmasa, quyidagi videolarda juda oson tushuntirilgan:
🇺🇿 O‘zbek tilida -  ORCID raqamini olish (ro‘yxatdan o‘tish)
🇷🇺 Rus tilida - ORCID регистрация на русском
🇺🇸 Ingliz tilida -  How To Create ORCID Account

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
XORIJDA O'QISH UCHUN YETAKCHI DASTURLAR

✔️ Erasmus+ (Yevropa Ittifoqi): Erasmus+ Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan dastur boʻlib, Yevropa davlatlari oʻrtasida talabalar va xodimlarning harakatchanligini qoʻllab-quvvatlaydi.

✔️ Fulbright Program (Amerika Qo'shma Shtatlari): Fulbright dasturi AQSh hukumati tomonidan homiylik qilinadigan asosiy xalqaro ta'lim almashinuvi dasturidir.

✔️ DAAD (Germaniya Akademik almashinuv xizmati): DAAD xalqaro talabalar uchun Germaniyada o‘qishga keng ko'lamli stipendiya va grantlarni taklif etadi.

✔️ AIESEC Exchange Program: AIESEC notijorat tashkilot bo‘lib, yoshlar almashinuv dasturlari va amaliyot o‘tashlariga yordam beradi.

✔️ ISEP (International Student Exchange Programs): ISEP 50 dan ortiq mamlakatlardagi 300 dan ortiq universitetlardan iborat tarmoq boʻlib, talabalar almashinuvi dasturlarini osonlashtiradi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍2🤩1😍1
⚡️Xotin-qizlar kuni bayrami arafasida dam olish kunlari qanday boʻladi?

Bu yil 8-mart — Xotin-qizlar kuni bayrami haftaning shanba kuniga toʻgʻri keladi.

Mehnat kodeksiga koʻra, dam olish kuni ishlanmaydigan bayram kuniga toʻgʻri kelgan taqdirda, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga koʻchiriladi.

Shunga koʻra, bayram arafasida besh kunlik ish haftasida ishlovchi xodimlarning dam olish kunlari quyidagicha boʻladi:

8-mart, shanba – bayram kuni, dam olish kuni;
9-mart, yakshanba – dam olish kuni;
10-mart, dushanba – qoʻshimcha dam olish kuni.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍5
🎓 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-iyuldagi 620-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan har yili tasdiqlanadigan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olgan talabgorlarning hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (sinovlarsiz) tan olinadi.


🏢 Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish uchun talabgorlar tomonidan bevosita davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat qilinadi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍3🔥1
Dunyoda ilmiy tadqiqotchilar soni: qaysi davlat oldinda?

Har 1 million aholiga to‘g‘ri keladigan ilmiy tadqiqotchilar soni mamlakatning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi salohiyatini aks ettiradi.

🔹 Eng yuqori ko‘rsatkichlar:
🇰🇷 Janubiy Koreya – 7,980 tadqiqotchi
🇯🇵 Yaponiya – 5,331 tadqiqotchi
🇩🇪 Germaniya – 4,494 tadqiqotchi
🇺🇸 AQSH – 4,321 tadqiqotchi

🔸 O‘rta ko‘rsatkichlar:
🇷🇺 Rossiya – 2,784 tadqiqotchi
🇨🇳 Xitoy – 1,307 tadqiqotchi

⚠️ Eng past ko‘rsatkichlar:
🇮🇳 Hindiston – 216 tadqiqotchi
🇺🇿 O‘zbekiston – 700 tadqiqotchi

Ushbu ma’lumotlar asosan Jahon banki, YuNESKO va boshqa xalqaro tashkilotlarning ochiq ma’lumotlar bazalariga tayangan holda tayyorlangan

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
❤‍🔥1
"Pomodoro" usuli
Bu metod yuqori samaradorlik bilan yozish imkonini beradi. Asosiy tamoyillari:


25 daqiqa yozish – maksimal diqqatni bitta mavzuga jamlash.
5 daqiqa dam olish – miyani tiklash va katta hajmdagi ma'lumotni qayta ishlash.
4 ta Pomodoro siklidan so‘ng 15-30 daqiqalik uzoqroq dam olish.

Bu usul katta hajmdagi dissertatsiyani yozish jarayonida charchoqning oldini oladi va ish samaradorligini oshiradi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍161
1 MONOGRAFIYA = 3 TA MAQOLA?

OAK nizomlariga ko‘ra, ilmiy yoki ta’lim tashkiloti kengashi qarori bilan nashr etilgan va kamida 6 bosma taboq hajmga ega yakka mualliflikdagi monografiya milliy ilmiy nashrlarda chop etilgan 3 ta maqolaga (hammualliflikda bo‘lsa, 2 ta maqolaga) tenglashtiriladi.

📌 Muhim:
Ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha dissertatsiya natijalarini tasdiqlash uchun monografiya chop etish majburiy,
Boshqa sohalar uchun esa bu ixtiyoriy hisoblanadi.

‼️ Bosma taboq – 60×90 sm hajmdagi qog‘oz varag‘ining bir tomoni bilan o‘lchanadi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
💯5👍3
Eslatma: Navruz Hackathon 2025 — Yashil texnologiyalar innovatsiyasi! 🚀

“Green Tech Hackathon 2025” musobaqasiga sanoqli kunlar qoldi! Atrof-muhit va toza texnologiyalar sohasida eng zamonaviy yechimlarni ishlab chiqish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

📅 Sanalar: 2025-yil 18–20-mart
📍O‘tkazilish joyi:
18–19-mart — INHA universiteti, Toshkent
20-mart — O‘zbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi

Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Barqaror rivojlanish va texnologiyalarga qiziquvchi talabalar, mutaxassislar va tadbirkorlar!

Tadbirda nimalar bo‘ladi?
✔️MVPni tezkor ishlab chiqish
✔️Mentorlik va seminarlar
✔️Sohaning yetakchi mutaxassislaridan ma’ruzalar
✔️Yakuniy loyiha taqdimotlari va mukofotlash

Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting! 👉 havola
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🌹 8-Mart - "Xalqaro xotin-qizlar kuni"

💐 Hurmatli opa-singillar va ustozlar!
Siz – ilm nuri bilan jamiyatga yo‘lboshchi, ma’rifat mayog‘i bo‘lib kelayotgan fidokor insonlarsiz. Tadqiqotlaringiz, o‘qituvchilik mehri va fidokorona izlanishlaringiz bilan ilm-fanni yangi cho‘qqilarga olib chiqayotganingiz tahsinga sazovor.

👩🏻‍💼Sizning mehnatingiz sharofati bilan kelajak avlod ma’rifatli, bilimli va maqsadga intilgan bo‘lib kamol topmoqda. Ilm sari tashlagan har bir qadamingiz muvaffaqiyatli boʻlishiga tilakdoshmiz.

🌷"PhD sari qadam" loyihasi jamoasi sizlarga cheksiz ilhom, ilmiy yutuqlar va doimiy muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🌸 Bayram muborak bo‘lsin!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
2👍2🔥1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎓 “PhD sari qadam” loyihasi ekspertlari bilan tanishing! 🎓

Ilm-fan va tadqiqot yo‘lida biz bilan birga bo‘ladigan tajribali ekspertlar jamoasini sizga tanishtiramiz! Ular loyihamizga ilmiy bilim va tajribasi bilan hissa qo‘shib, yo‘nalishimizni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi.

📌 Ekspertlarimiz kimlar?

1. Dilnozaxon Kattaxanova - Kengash raisi
2. Shaxlo Turdiqulova - ekspert
3. Fazilat Qodirova - ekspert
4. Sara Noshadi - ekspert
5. Kamola Sobirova - ekspert
6. Gulchexra Rixsiyeva - ekspert
7. Hilola Nazirova - ekspert
8. Gulnoza Ismoilova - ekspert
9. Umida Teshaboyeva - ekspert
10. Nilufar Matkarimova - Kengash kotibi

“PhD sari qadam” loyihasida ekspertlar ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha tajribasi bilan qo‘llab-quvvatlovchi asosiy kuch hisoblanadi.

📢 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatishda davom eting !
🔹Telegram  🔹Instagram
17👍6🔥2💯2😍1
‼️ Ilmiy loyiha nima va uning qanday turlari bor?

Qo‘yilgan ilmiy muammoni hal etish uchun maqsad va vazifalar, ijrochilar va bajarish muddatlari, manbalar va vositalarni ko‘rsatgan holda shakllantirilgan chora-tadbirlar majmui ilmiy loyiha hisoblanadi. Ilmiy loyihalar qo‘yilgan muammoning ilmiy yoki texnik yechimini topish, nou-xau yoki yangi texnologiyalarni olish va yangi xizmat turlarini yo‘lga qo‘yishga qaratilishi mumkin.

🇺🇿 Qo‘yilgan maqsad va vazifalardan, amalga oshirish shaklidan kelib chiqib, ilmiy loyihalar quyidagi turlarga bo‘linadi:

- Fundamental loyihalar
- Amaliy loyihalar
- Innovatsion loyihalar


Fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlov asosida, ayrim hollarda belgilangan tartibda tanlovdan tashqari moliyalashtiriladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍3❤‍🔥1
Kaizen formulasi

Kaizen – bu doimiy takomillashtirish tamoyili bo‘lib, ilmiy tadqiqotlarda samaradorlik va sifatni oshirishga yordam beradi. Uning maqsadi – kichik, lekin uzluksiz yaxshilanishlar orqali katta natijalarga erishishdir.

Ilmiy izlanishlarda Kaizen tamoyillari
Tadqiqot jarayonini optimallashtirish – vaqt va resurslarni samarali boshqarish
Eksperiment va ma’lumotlarni yaxshilash – xatolarni minimallashtirish
Innovatsion yondashuv – yangi usullarni doimiy o‘rganish va joriy qilish
Doimiy tahlil va takomillashtirish – har bir bosqichni qayta ko‘rib chiqish

Kaizen formulasi – PDCA ilmiy izlanishlarda
P (Plan) – Tadqiqot mavzusini aniqlash, metodologiyani ishlab chiqish
D (Do) – Tajribalar o‘tkazish, ma’lumot to‘plash
C (Check) – Natijalarni tahlil qilish, xatolarni aniqlash
A (Act) – Yangi bilim asosida tadqiqotni takomillashtirish

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍3🔥2😍1
Ilmiy rahbarlarga soat yuklamasi

Ta’lim muassasasi: Ilmiy rahbarlar va konsultantlarning doktorant bilan olib borgan ishi umumiy o‘quv yuklamasiga kiritiladi.

Har bir stajyor-tadqiqotchi uchun yiliga 75 soat, doktorant uchun 100 soat belgilangan tartibda har oyda to‘lanadi.
OHTM tizimi: Ilmiy rahbarlar va konsultantlarga ish haqi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

Ilmiy tashkilotlar:
Ilmiy rahbar va konsultantlarning doktorantlar bilan ishlagan vaqti qonunchilikda belgilangan tartibda soatbay hisoblanadi.

To‘lov Davlat budjetidan "Fan" sohasi uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolar va to‘lov-kontrakt asosidagi doktorantlar:
Ularning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga haq to‘lash o‘qitish uchun tushadigan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram