PhD sari qadam loyihasi
3.83K subscribers
383 photos
68 videos
9 files
340 links
PhD sari qadam loyihasining telegramdagi rasmiy sahifasi
Download Telegram
❗️Quyidagi o‘qish davrlari pensiyaga chiqishda ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari hisoblanadi.

📑 “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 37-moddasi “e” bandiga asosan:

oliy ta’lim muassasalarida;
magistratura va klinik ordinaturada;
stajyor-tadqiqotchi izlanuvchilar institutida;
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida;
tayanch doktoranturada;
doktoranturada;
chet elda o‘qigan davrlari mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadigan davrlari hisoblanadi.


❗️Talabalar yuqorida keltirilgan ta’lim turlarining kunduzgi ta’lim shaklida o‘qigan bo‘lsa pensiyaga chiqayotganida o‘sha o‘qigan davrlari mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍7🔥1👏1
⁉️ i10-index nima?

▫️i10-index – bu ilmiy tadqiqotchining kamida 10 ta iqtibosga ega ilmiy maqolalar sonini ko‘rsatadigan bibliometrik ko‘rsatkich.

▶️ Uni Google Scholar joriy qilgan va tadqiqotchining ilmiy nashrlariga bo‘lgan iqtiboslarni tahlil qilishda ishlatiladi.

📶 Hisoblash usuli:
Agar tadqiqotchining 10 yoki undan ortiq marta iqtibos keltirilgan maqolalar soni 7 bo‘lsa, uning i10-index ko‘rsatkichi 7 ga teng bo‘ladi.

🛜 Masalan:
Agar tadqiqotchining 12 ta maqolasi kamida 10 marta iqtibos keltirilgan bo‘lsa, i10-index = 12.
Agar faqat 5 ta maqola 10 yoki undan ortiq marta iqtibos olingan bo‘lsa, i10-index = 5.


🌐 i10-index ning ahamiyati:
Tadqiqotchining ilmiy faoliyati samaradorligini baholaydi.
Ilmiy maqolalarning ta’sir doirasini aniqlashda ishlatiladi.


⭕️ Akademik lavozimlar va grantlar uchun ilmiy natijalarni baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍1👏1
Integratsiyalashgan PhD dasturibakalavriat va doktoranturani birlashtirgan, tezlashtirilgan ta’lim shakli bo‘lib, talabalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri PhD darajasiga yo‘naltiriladi.

🎗 Afzalliklari
O‘qish muddatini qisqartirish
Erta ilmiy izlanish imkoniyati
Moliyaviy qo‘llab-quvvatlash

🎖 Xalqaro imkoniyatlar
Buyuk Britaniya, AQSh va Yevropa universitetlari bunday dasturlarni taklif etadi. IELTS va GRE talab qilinadi.

🇺🇿 O‘zbekistonda holat
Asosan an’anaviy PhD dasturlari mavjud, tayanch doktorantura shaklida amalga oshiriladi.

Qabul talablari
Diplom
Ilmiy maqolalar
Til sertifikati
Tavsiyanomalar

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videoyoʻriqnoma

daraja.ilmiy.uz platformasi orqali ariza yuborish boʻyicha video yoʻriqnoma

Eslatma: 2025-yil navbatdagi chorak uchun mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar Yagona elektron tizim orqali 2025-yil 15-fevralga qadar onlayn hujjatlar qabul qilinadi.

📌Talabgor hujjatlari ilmiy yoki taʼlim tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilib, qabul qilinadi yoki
rad etiladi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👏1
O‘quv adabiyotlarining turlari: O‘quv qo‘llanma quyidagicha ifodalanadi!

📚 O‘quv qo‘llanma — darslikni qisman to‘ldiruvchi, muayyan fan dasturi bo‘yicha tuzilgan va mavzularni zaruriy hajmda tizimli yoritib beradigan, fan asoslarining mukammal o‘zlashtirilishini ta’minlovchi, mazmunan va shaklan ta’lim turlariga (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim (bakalavriat, magistratura)) moslashtirilgan, nazariy yoki amaliy mashq va mashg‘ulotlarga mo‘ljallangan, o‘quvchi va talabalarda fanga taalluqli bilim, ko‘nikma va malakalar shakllanishiga xizmat qiladigan, rasmiy tasdiqlanadigan o‘quv nashridir.


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍2😍1
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 17-fevralda 2764-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom"ga muvofiq, malakaviy imtihonlarni qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan belgilanadi. Shu sababli, qo‘shimcha imtihonlarni faqat OAK tomonidan tasdiqlangan tashkilotlarda topshirishingiz mumkin.

☑️ Boshqa viloyatdagi magistratura dasturiga ega universitetlarda imtihon topshirish imkoniyati ushbu universitetlarning OAK tomonidan tasdiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilganligiga bog‘liq. Mazkur ro‘yxatni OAKning rasmiy veb-sayti orqali tekshirishingizni tavsiya etamiz.


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
❤‍🔥1
🇺🇿 "O'zbekistonlik tengdoshim" loyihasi mehmoni grantlar sohibasi - Nilufar Safarova 

👩🏻‍💼 Koreyada "Sustainability" yo‘nalishida  magistratura bosqichini  100% grant asosida tahsil olgan bo‘lib, 15 dan ortiq grant dasturlarining ishtirokchisi va 20 dan ortiq digital marketing hamda biznes yo‘nalishlaridagi kurslar bitiruvchisi

📅 Sana: 28-yanvar
🕗 Vaqti: 20:00
📍 Manzil: "PhD sari qadam" loyihasining Telegram sahifasi – @PhD_sari_qadam

❗️Barcha yoshlarni ushbu muhim muloqotga taklif qilamiz. Ovozli chat davomida siz grant yutish bo‘yicha qimmatli tajribalar bilan tanishasiz va o‘z savollaringizga javob olasiz.

🏆 Faol bo‘ling, bilim va tajriba almashuv imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
❤‍🔥3👍2
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha dunyo miqyosida yuqori baholangan va bepul (open access) jurnallar:

Oxford Open Economics: Bu jurnal Oxford University Press tomonidan chop etiladi va iqtisodiyotning turli sohalarini qamrab oladi.

Economies: MDPI tomonidan chop etiladigan ushbu jurnal rivojlanish iqtisodiyoti va makroiqtisodiyot sohalarida tadqiqotlarni qamrab oladi.

Journal of Economic Structures: SpringerOpen tomonidan chop etiladigan ushbu jurnal iqtisodiy tuzilmalar, iqtisodiy dinamikalar va iqtisodiy siyosat bo‘yicha tadqiqotlarni qamrab oladi.

Economic Thought: World Economics Association tomonidan chop etiladigan ushbu jurnal iqtisodiyot, ekonometriya va moliya sohalarida tadqiqotlarni nashr qiladi.

Quantitative Finance and Economics: AIMS Press tomonidan chop etiladigan ushbu jurnal matematik moliya, miqdoriy moliya, iqtisodiy dinamika, ekonometriya va xavf tahlili sohalarida tadqiqotlarni qamrab oladi.


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
Siyosiy fanlar bo'yicha xalqaro darajadagi bepul top 5 jurnal:

Journal of Public and International Affairs (JPIA): Ushbu jurnal xalqaro munosabatlar va davlat siyosati bo'yicha ilmiy maqolalarni nashr etadi.

European Political Science Review (EPSR): Bu jurnal siyosiy fanlar bo'yicha turli mavzularda ilmiy tadqiqotlarni chop etadi.

Journal of International Relations and Development (JIRD): Ushbu jurnal xalqaro munosabatlar va rivojlanish bo'yicha ilmiy maqolalarni nashr etadi.

Politics and Governance: Bu jurnal siyosat va boshqaruv bo'yicha keng ko'lamli ilmiy tadqiqotlarni chop etadi.

Global Governance: A Review of Multilateralism and International Organizations: Ushbu jurnal global boshqaruv va ko'p tomonlama tashkilotlar bo'yicha ilmiy maqolalarni nashr etadi.


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
Ilmiy tadqiqotda "fact checking" yoki faktlarni tekshirish juda muhimdir. Buning bir qancha sabablari mavjud:

🔖 Manbalarni tahlil qilish va ishonchliligini tekshirish
•Ma’lumotlarni nufuzli ilmiy jurnallar, akademik resurslar yoki rasmiy tashkilotlardan olish.
•Mualliflar va ularning sohadagi tajribasini baholash.


🗂 Ma’lumotlarning mosligini va dalillarini tekshirish
•Keltirilgan ma’lumotlar tadqiqot mavzusi va savollariga mos kelishi kerak.
•Statistik ma’lumotlarning bir necha mustaqil manbalarda tasdiqlanganiga ishonch hosil qilish.


📥 Plagiat va xatoliklarni aniqlash
•Har bir iqtibos yoki fakt uchun aniq manba ko‘rsatish.
•Plagiatni aniqlash uchun maxsus dasturlar yoki xizmatlardan foydalanish.


Bu qadamlar tadqiqotning ilmiylik darajasini oshirishga yordam beradi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍1🔥1
🇺🇿 "O'zbekistonlik tengdoshim" loyihasi mehmoni grantlar sohibasi - Nilufar Safarova 

👩🏻‍💼 Koreyada "Sustainability" yo‘nalishida  magistratura bosqichini  100% grant asosida tahsil olgan bo‘lib, 15 dan ortiq grant dasturlarining ishtirokchisi va 20 dan ortiq digital marketing hamda biznes yo‘nalishlaridagi kurslar bitiruvchisi

📅 Sana: 28-yanvar
🕗 Vaqti: 20:00
📍 Manzil: "PhD sari qadam" loyihasining Telegram sahifasi – @PhD_sari_qadam

❗️Barcha yoshlarni ushbu muhim muloqotga taklif qilamiz. Ovozli chat davomida siz grant yutish bo‘yicha qimmatli tajribalar bilan tanishasiz va o‘z savollaringizga javob olasiz.

🏆 Faol bo‘ling, bilim va tajriba almashuv imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍53🔥1
Live stream started
5 daqiqadan soʻng boshlaymiz. Savollaringizni shu yerda qoldirishingiz mumkin👇
👍1
Live stream finished (45 minutes)
Tarix fanlari bo‘yicha dunyo miqyosida yuqori baholangan va bepul (open access) jurnallar:

The Historical Journal: Cambridge University Press tomonidan chop etiladigan ushbu jurnal tarixning turli sohalarini qamrab oladi.

Histories: MDPI tomonidan chop etiladigan ushbu jurnal inson jamiyatlarining o‘zgarishi va uzluksizligi bo‘yicha xalqaro ilmiy tadqiqotlarni nashr qiladi.

Humanities: Bu jurnal ham MDPI tomonidan chop etiladi va madaniy ifodalar va ularning turli interpretatsiyalarini o‘rganishga qaratilgan.

Austrian History Yearbook: Cambridge University Press tomonidan chop etiladigan ushbu jurnal Avstriya va Markaziy Evropa tarixiga oid tadqiqotlarni qamrab oladi.

Open History Journal: Ushbu jurnal tarixiy tadqiqotlar, arxeologiya, madaniy meros va tarixiy antropologiya sohalarida ilmiy maqolalarni nashr qiladi.


🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍2
⁉️ Yosh olimlar uchun tanqidiy fikrlashning ahamiyati

Tanqidiy fikrlash yosh olimlarning ilmiy va intellektual rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu ko‘nikma ilmiy izlanishlar jarayonida chuqur tahlil qilish, muammolarga ijodiy yondashish va ishonchli xulosalar chiqarish imkonini beradi.

🔹 Ilmiy izlanish va tahlil qilish qobiliyati – Tanqidiy fikrlash yosh olimlarga ilmiy tadqiqotlar olib borishda samarali tahlil qilish, muhim savollar qo‘yish va mantiqiy xulosalar chiqarish imkonini yaratadi.

🔹 Muammolarni hal qilish qobiliyati – Ushbu ko‘nikma orqali yosh olimlar ilmiy muammolarni aniqlash va ularni hal qilish uchun innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

🔹 Tanqidiy baholash – Yosh olimlar o‘zlarining va boshqalarning ilmiy ishlarini ob’ektiv va chuqur tahlil qilish orqali ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish malakasini rivojlantiradilar.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
1
🔍Ta'lim va ilmiy soha uchun qidiruv tizimlari:

📌 www.science.gov – AQShning rasmiy davlat qidiruv portali. 200 milliondan ortiq maqolalar indekslangan.
📌 www.refseek.com – Akademik ilmiy resurslar qidiruv tizimi. 1 milliarddan ortiq manbalar: ensiklopediya, monografiya va jurnal maqolalari.
📌 https://link.springer.com – 10 milliondan ortiq ilmiy adabiyotlar bazasi: kitoblar, maqolalar va tadqiqotlar.
📌 www.worldcat.org – 20 ming jahon kutubxonalari doirasidagi qidiruv tizimi. Eng noyob adabiyotlar manbai.

🎓 Ilm izlang, bilim oling!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍3😍3
#soʻragan_edingiz
LaTeX — ilmiy maqolalar, kitoblar, texnik hujjatlar, taqdimotlar va boshqa murakkab hujjatlarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan matnni belgilash tizimi. U Donald Knuth tomonidan ishlab chiqilgan TeX tizimiga asoslangan bo‘lib, Leslie Lamport tomonidan soddalashtirilgan va qulaylashtirilgan.

LaTeX’ning asosiy xususiyatlari:
Matematik formulalar – Ilmiy va texnik hujjatlarda ishlatiladigan murakkab formulalarni aniq va chiroyli tarzda yozish imkonini beradi.
Avtomatik formatlash – Hujjatni professional darajada tartibga solib, sarlavhalar, havolalar, jadval va rasm joylashishini avtomatik boshqaradi.
Bibliografiya va havolalar – Manbalar ro‘yxatini avtomatik ravishda yaratish va havolalar bilan ishlash imkoniyatini ta’minlaydi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#PhD_sari_qadam
#Ilmda_birga

📢 Ilm sari qadamni biz bilan boshlang!

"PhD sari qadam" loyihasi – yangi imkoniyatlar maydoni!

📚Tadqiqotlaringizni rivojlantirish va ilmiy hamjamiyatga qo‘shilish uchun ayni vaqt! Bizning safimizga qoʻshiling!

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
🔹Telegram  🔹Instagram
👍31👏1🤩1😍1💯1