Panda Books
5.86K subscribers
2.07K photos
400 videos
6 files
1.94K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
Hamza Hakimzoda Uy-muzeyini ziyorat qildim. Juda shinam, xodimlari ham nihoyatda o'qimishli va xushmuomala. Ko'p narsa bilib oldim.

Aytgancha, Hamza Shohimardonda toshbo'ron qilib o'ldiriladi. Kuni kecha u kishining qabri joylashgan qabristondan o'tib ketgandim. Ammo o'sha yerdaligini bilmapman, yo'qsa ziyorat qilgan bo'lardim.

@panda_books
#news
Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanarkan.

@panda_books
​​#review #taqriz

📗Shohrux Usmonov – "Tadorik"

Yosh bo'lishiga qaramay, allaqachon o'zining puxta tarjimalari ("Uzunpaypoq Peppi") bilan o'zbek kitobxonlariga tanilishga ulgurgan do'stim Shohruxning ilk kitobi bosilib chiqibdi.

Nomi ham ajoyib bo'lgan "Tadorik" kitobida tarjimonning eng sara tarjimalari o'rin olgan. Kichkina cho'ntak kitobcha shaklida chop etilgan bo'lishiga qaramay, u o'z ichiga ko'plab qiziqarli hikoyalarni jamlagan.

Misol uchun, o'zimga Jorj Oruellning "Fil" va Mark Tvenning "O'triksiz hikoya" si manzur bo'ldi. Shuningdek, ko'pchilik sevib o'qiydigan O'Genrining "Ilohiy in'om" (The Gift of Magi") hikoyasi ham o'rin olgan.

Undan tashqari, Ernest Heminguey, Jubron Xalil Jubrondan ham tarjimalar kitobxonlarni befarq qoldirmaydi deb o'ylayman. Tarjimalar o'zbekchaga chiroyli o'girilgan, so'zlar mahorat bilan tanlangani seziladi.

O'ylaymanki, bu hali boshlanishi ekanligini hisobga olsak, tarjimonimizdan kelajakda ko'plab yaxshi va sifatli tarjimalar kutib qolsak bo'ladi.

Kitobxonlar jamiyatimizda yosh va umidli tarjimonlar ko'payishidan hamma yutadi deb o'ylayman. Ijod qilishdan to'xtamang!

@panda_books
#bookstore

Beruniy metro oldida ajoyib bukinistik kitob do'koni bor ekan. Eski, kamyob kitoblarni shu yerdan topishingiz mumkin.

Narxlari o'rtacha. Asosan rus tilidagi kitoblar. Qulay atmosfera.

📍location 👈

@panda_books
Panda Books
Photo
#newbook #yangikitob

Bugun xarid qilgan kitoblarim:

Yasunari Kavabata"Tanlangan asarlar" // "Progress" nashriyoti, Moskva, 1971-yil.

Filipp Buonarotti2 tomlik "Заговор во имя равенства" // "SSSR Fanlar akademiyasi nashriyoti", Moskva, 1964-yil.

Ikkalasiniyam o'qib chiqishga oshiqyapman.

@panda_books
#newbook #yangikitob

"Akademnashr"dan yangi premyera!

Xurshid Abdurashidning "Dardisar" kitobi yetib keldi. Ilk o'quvchilar u haqida allaqachon iliq fikrlar bildirishga ulgurishdi.

Juda noodatiy nom va syujetga ega asar. Tez orada bu kitob mutolaasiga kirishamiz, albatta.

@panda_books
Forwarded from Bored Panda
​​293-o'qchi polk, 97-o'qchi diviziya...

1943-1944-yillarda mash'um Ikkinchi jahon urushining eng qizg'in davrida mening bobom, dadamni otalari, Muftullaev Bazarbay tinch hayotini tark etib urushga borib qo'shiladi. U kishi 1-Belarus frontidagi 293-o'qchi polk, 97-o'qchi diviziyada xizmat burchini bajargan.

Ammo 1944-yil fevral oyida qo'lidan qattiq yarador bo'lganidan so'ng harbiy gospitalga jo'natilgan. Keyinchalik urush g'alaba bilan tugagach, o'z yurtiga qaytib hayotini davom ettirgan.

Bugun dadam otamning shaxsiy arxividan quyidagi fotolarni jo'natdi. Unda urushdan keyin har yubiley yillarida turli joylardan G'alaba bilan tabriklab jo'natilgan otkritkalarni, faxriy yorliqlarni ko'rishingiz mumkin.

Bu bayram aslo siyosiy bayram emas. Bu o'tmishni qumsash ham emas, kimgadir nimanidir isbotlash ham emas.

Buni siyosiylashtiradiganlar, turli xil bayonotlar bilan chiqadiganlarning asl maqsadi boshqa ekanligini hech ham unutmaslik lozim.

Hozir men otamning o'sha davrdagi jasoratiga boqar ekanman, shunday odamning avlodi ekanligimdan faxr tuydim. Otam yurtimizni chindan sevgan, uning uchun jon olib, jon bergan. Qachonki, biz shu bayram yaqinlashar ekan, avvalo otamni, boshqa o'tgan qahramon ota-bobolarimizni yodga olamiz.

Bu eng avvalo Xotira kuni. Xotirlash, yaxshilarni eslash dami.
Bu eng avvalo Qadrlash kuni. Tinchligimizni qadriga yetish, yurtimizni azizlash lahzasi.

Bayramingiz bilan Ota! Bayramingiz bilan azizlar!

@boredpandablog
9-May - Xotira va qadrlash kuni bilan!

@panda_books
#tavsiya

​​9-May bayramida mutolaa qilish uchun tavsiyalar

Xotira va qadrlash kuni - men uchun alohida e'tiborga molik bayram. Bunda ikkinchi jahon urushida qatnashgan ota-bobolarimiz ruhi yodga olinadi. Shuningdek, urushning dahshatli xotiralari asosida dunyo adabiyotidagi bir qator nodir asarlar bilan tanishishning ham ayni vaqti. Quyida o'z tavsiyalarim bilan bo'lishaman:

Erix Mariya Remark - "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q"
Jahon klassikasiga aylangan asar. Bu kitob urushni romantizatsiya qilgan, siyosatchilarning ayyorona puch propagandasi qurboniga aylangan yosh askarlar haqida. Ular urushning eng oldi frontlarida jang qilisharkan, asta-sekin sovuq va qahrli reallik bilan to'qnash kelishadi. Adib urushda hech qanday romantika bo'lmasligini ta'sirli ochib bera olgan.

Abdurashid Nurmurodov - "Qon hidi"
Afg'on urushi va uning qatnashchilari, o'y-xayollari, orzulari haqidagi ajoyib asar. Bu urush bizga WWII dan kam talafot yetkazmagan.

Mansurxo'ja Xo'jaev - "Shermuhammadbek va qo'rboshilar jasorati"
Turkiston milliy ozodlik harakati namoyondasi Shermuhammadbek lashkarboshi va uning ajoyib qo‘rboshilari haqida hikoya qiluvchi asar. To'g'ri, u bevosita 2-JUga aloqador emas, ammo kitobda tariximizning juda kam o'rganilgan qismini yaxshi ochib berilgan.

Nikolay Saburov - "Zafar bahori"
Ro'yxatda topish eng qiyin bo'lgan asar.
Yoshligimda uydagi kutubxonamizda bo'lardi. O'shanda o'qib chiqqandim. U Ikkinchi jahon urushi haqida o'qigan ilk kitobimga aylangan. Unda qo'mondon Saburov o'z partizan guruhi bilan qilgan jasoratlari haqida hikoya qilinadi.

Abdurashid Nurmurodov - "O'lim ko'z yosh to'kkanda"
Ikkinchi jahon urushida fashizmga qarshi kurashib halok boʻlganlarning, mamlakatimiz ozodligi va mustaqilligi uchun jon bergan Oʻzbekistonning barcha oʻgʻlonlari xotirasi bag'ishlangan milliy asar.

Chingiz Aytmatov - "Jamila"
Bu asar bu ro'yxatda bevosita urushga bog'liq bo'lgani uchun tanlanmadi. Aytmatovning bu asari frontdan uzoqda urushdagi askarlar uchun mehnat qilayotgan oddiy insonlar taqdiri haqida so'zlaydi. Lui Aragon tomonidan "dunyodagi eng go'zal sevgi qissasi" deya ta'riflangan bu qissani ham o'qib chiqish lozim deb o'ylayman.

Shuningdek, O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari", Said Ahmadning "Ufq", Shuhratning "Shinelli yillar" va Oybekning "Quyosh qoraymas" kitoblari top tavsiyalar hisoblanadi.

Agar sizda ham mavzuga doir tavsiyalar bo'lsa, izohlarda bo'lishing.

@panda_books
#mutolaa

Boshladik! "Taxtlar o'yini"ni endi o'zbek tilida ham o'qib chiqamiz.

@panda_books
​​#haqida

O'z-o'zini rivojlantirish haqidagi kitoblarning deyarli barchasi shunday fikr bilan boshlanadi:

"Siz avvalo ongingizni o'zgartirishingiz kerak".

Shu orada Genri Forddan iqtibos keltiraman:
"Siz nimadir qila olishingizga ishonasizmi yoki qila olmasligingizga ishonasizmi, har ikkala holatda ham haqsiz".

Ford haqiqatan ham shunday deganmi? Bilmadim, katta ehtimol bilan yo'q bo'lsa kerak. Lekin bu aslo muhim emas. Asosiysi, bu fikrda biroz bo'lsa ham jon bor.

Biror narsaga ishonsang, u albatta bo'ladi, o'z oldingga ushbu jarlikdan chiqishni maqsad qilib qo'ysang, albatta chiqib ketasan.

Ko'pchilik odatda nima qila olishi emas, nima QILA OLMASLIGI haqida qayg'uradi. Mamlakat yomon, hukumat samarasiz, qish qattiq keldi va hokazo. Aytaymi, nima? Ular haq. Ular allaqachon o'zlarini shu jarlikda qolish uchun oldindan tayyorlab bo'lishgan.

Shuning uchun, asosiysi - avvalo o'zingizni to'g'ri "nastroy" qilishdir. Qolgani hayot davomida to'g'rilanib ketaveradi.

@panda_books
Haqiqiy mukofot

Maktab, universitet, ish, siyosat, sport, o'yinlar - barchasi sovrin yoki baho uchun seni boshqalar bilan bellashishga undaydi.

Haqiqiy mukofotlar ‐ boylik, bilim, sevgi, sog'lik va xotirjamlik esa qachonki biz boshqalar bilan bellashishdan to'xtab, o'zimizni rivojlantirishni boshlaganimizda kela boshlaydi.

@panda_books
​​#review #taqriz

📗 Haruki Murakami – "Tokio afsonalari"

"Albatta, hayotda mendan yaxshi yashayotgan odamlar ko'p, ammo bu men ularga hasad qilaman degani emas.."

Murakami - eng avvalo musiqa. Jaz. Sokin, shu bilan birga jo'shqin. Murakami - bu so'z. Go'zal ipga terilgan marjon kabi nafis va qo'shiq so'zlaridek qisqa va tushunarli.
Murakami - bu adabiy terapiya. Ko'cha shovqini, ofis kulrang hayotidan zerikkan, ishlatilmaganidan o'rgimchak to'r qo'ya boshlagan qalbdagi hislarni yana hayotga qaytaradigan eleksir go'yo.

Bu hikoyalar to'plami Murakamida o'qigan ikkinchi kitobim. Birinchisi ham to'plam edi. Negadur uning shuncha zo'r romanlariga haligacha kirishganim yo'q. O'z vaqtini kutib meni poylashayotganiga ancha bo'ldi. Balki aroq kabi Murakamiga bo'kib qolishdan qo'rqarman. U ko'proq Moët&Chandon, aniqrog'i Dom Perignon kabi qimmatbaho shampan, faqat yuksak tadbirlarda ozgina xo'planadigan, ammo ta'mini butun umrga unutib bo'lmaydigan premium-klassdir.

"Tokio afsonalari"dagi birinchi 2 ta hikoya nihoyatda manzur bo'ldi. Undagi syujet liniyasi, ma'nosi va ozgina mistikasi sizni o'ziga tortishi aniq. Oxirgi hikoya esa umumiy nomga mos afsonaga yaqin janrda yozilgan. Hikoyalar bir-biridan alohida mavzular, qahramonlar, zamon va makonni o'z ichiga olsa-da, ularni o'zaro birlashtirib turadigan jihatlar yo'q emas. Bu stil. Hikoyalar xuddiki qayerdandir paydo bo'lgandek tuyuladi va sen sekin ritmga tushib, endi voqealarni anglayman deganingda, u oxirgi so'zni o'quvchiga qoldirib tugab qoladi.

Murakamining bu hikoyalari uzoq bo'lmagan safarda yo'lda o'qish uchun olib chiqsa bo'ladi. U tinchlantiradi, ozgina falsafa qilishga undaydi. Hech bo'lmasa, qo'lingdagi Murakami hikoyalarini ushlab o'tirsang, yo'lda birorta go'zal qiz/kelishgan yigit bilan tanishib ketishing uchun chiroyli bahonang bo'ladi:)

Ushbu yaponiyalik maestroning asarlarini vaqti-vaqti bilan o'qib turishni maslahat beraman. Qalb uchun yaxshiroq da'vo topolmasangiz, unga murojaat qilishingiz mumkin.

@panda_books
#tavsiya

Amazonda qiziq kitob bor ekan. Netflix strimingida namoyish etilgan 70 ga yaqin serial va kinolardagi taomlar va ichimliklar menyusini o'zida jamlagan retseptnoma deyish mumkin. Qiziq g'oya.

Yozuvchi Anna Painterning fikricha, sevimli shoungiz ko'rish vaqtida unda dasturxonga tortilgan taomni ta'tib ko'rish istagi kuchli bo'larkan.

Kechki payt film tomosha uchun o'sha film qahramonlari tanovul qiladigan menyuni yaratmoqchimisiz? Marhamat!

@panda_books