Panda Books
6.26K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.98K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#mutolaa

Bu kitob meni larzaga solayapti. Bekorga "Oy Kitobi" etib tanlamagan ekanmiz. Xudo xohlasa, sizlar bilan muhokamada gaplashadigan gaplarimiz ko'p bo'lajak.

Sizchi, o'qiyapsizmi?

@panda_books
#mutolaa

Konteyner ko'rmagan odam orangizda bo'lmasa kerak to'g'rimi? Hatto bizda konteynerda yashab, xalqqa yaqin bo'lishga uringan hokimbuvalarimiz ham bor edi.

Xo'sh, ushbu uncha ko'zga tashlanmas, lekin nihoyatda foydali temir qutilar butun jahon iqtisodiyotini o'zgartirib yuborganini bilasizmi?

Xullas, olim Mark Levinsonning "Quti: Qanday qilib kema konteyneri Dunyoni kichikroq, jahon iqtisodiyotini kattaroq qildi" nomli kitobini o'qishni boshladim.

Mana uzunligi 300 metr, eni 42 metr tanker o'zida qariyb 90 ming tonna yuk ko'tara olarkan. Bu hali o'rtacha hajmdagi tanker. Lekin shu kemaning ekipajlari qancha deb o'ylaysiz? Nari borsa atigi 20 nafar.

Xullas, juda qiziqarli va noodatiy mavzu.

@panda_books
Panda Books
#BookoftheMonth Oy kitobi Demak, eng ko'p ovoz olgan nomzod sifatida fevral oyi uchun kitob tanladik — bu Murod Muhammad Do'st "Lolazor" romani! Bir oy davomida uni o'qib chiqib, oxirida birgalikda muhokama qilamiz. @panda_books
#mutolaa

Murod Muhammad Do'st "Lolazor" romani ham yarimlab qoldi. Lekin mutolaadan 2 xil taassurot paydo bo'layapti menda.

Bir tomonda, asar voqelari qandaydir alohida bir ma'no kasb etmayotgandek tuyulsa ham, ko'pgina joylari hozirgi hayotga ham to'g'ri kelishi ham bor gap. Xullas, aralash tuyg'u.

Oy kitobini kimlar o'qiyapti o'zi?


@panda_books
#mutolaa

Bo Bennettning – "Mantiqiy xato" kitobi men uchun favqulodda qiziqarli bo'lib chiqdi.

Internetda yoki turli offlayn muhokamalarda qatnashadigan, bahsda to'g'ri argument keltirish va kuchli kontr-argumentlarga chap berish ko'nikmalari bo'yicha ko'proq o'qishni istaydiganlar uchun yaxshi qo'llanma ekan.

P.s: "Lolazor" taqrizim bugun chiqmaydigan bo'ldi. Sal yana pishitib olishim kerak.

@panda_books
#mutolaa

Mixail Zigarning "Вся кремлевская рать. Краткая история современной России" kitobining audioversiyasini o'qishni boshladim.

Bu kitob 2000-yildan 2015-yilgacha Vladimir Putin hukmronligi davridagi Rossiya haqida hikoya qiladi. Kitob hujjatlar, ochiq manbalar va muallif Vladimir Putinning yaqin atrofidagilardan olgan o'nlab noyob shaxsiy intervyulariga asoslangan. Birgalikda to'plangan faktlar, voqealar, intrigalar va qahramonlarning fikrlari Kreml hayotining to'liq kartinasini yaratadi.

Bu orqali Vladimir Putinning qanday qilib va ​​nima uchun 2000-yillarning boshlaridagi liberal va g'arbparast prezidentlikdan, vaqt o'tib avtoritar hukmdor va G'arbning eng ashaddiy muxoliflaridan biriga aylanganini bilib olamiz.

@panda_books
#mutolaa

Agar voyaga yetgan inson to'rt muchasi butun va sog'lom bo'lsa, uning tanasi barcha a'zolari bilan "Qizil bozor"da $250 ming dollar turarkan. Qon esa insondagi eng ko'p sotiladigan tovari hisoblanarkan.

O'qishni boshladim.

@panda_books
Panda Books
#newbook #yangikitob Nihoyat, sevimli yozuvchim va zamonaviy dunyoning eng kuchli eruditlaridan biri Nassim Nikolas Talebning "Антихрупкость: Как извлечь выгоду из хаоса" kitobini xarid qildim. Kitob yaxshigina qimmat ($17,3 ga tushdi menga). Lekin, albatta…
#mutolaa

Kutubxonamdagi eng nodir kitoblardan biri👆. Shu kabi qimmatbaho va sara kitoblarni, narxi qancha tursa ham, atayin qog'oz shaklida qo'limda tutish, his qilish va varaqlash uchun sotib olishga harakat qilaman. Qog'oz kitobni o'qish boshqacha baribir.

Nassim Taleb - hozirgi zamondagi eng kuchli eruditlardan va shuningdek, o'ta mustaqil fikrlay oluvchi kamdan-kam personalardan biri.

Bizda uning "Qora Oqqush" va "Tasodifga aldanganlar" (ikkinchisini tarjimasi juda dabdala) kitoblari tarjima qilingan. Tushunish biroz murakkab, lekin o'ta qiziqarli.

@panda_books
Panda Books
#mutolaa Agar voyaga yetgan inson to'rt muchasi butun va sog'lom bo'lsa, uning tanasi barcha a'zolari bilan "Qizil bozor"da $250 ming dollar turarkan. Qon esa insondagi eng ko'p sotiladigan tovari hisoblanarkan. O'qishni boshladim. @panda_books
#mutolaa

Oldin ham yozganim Skott Karning ilmiy va shaxsiy tadqiqotlariga asoslangan "Qizil bozor" kitobini o'qirkanman, u daf'atan mening oldimda ancha qiziqarli va dahshatli statistikalarni oshkor qilishda davom etmoqda. Masalan, global inson suyaklari biznesi haqida.

- Inson tanasi o'lganidan keyin ham bozor qiymatiga ega bo'larkan, masalan, yaxshi holatdagi skelet kamida $70,000 dollar turadi.
- Hindiston, dunyoda suyak eksporti bo'yicha yetakchilardan biri. 1985-yilda uyerdan kamida 80mingga yaqin skelet va suyaklar chetga sotilgan.
- Bolalar skeleti kattalarnikidan ancha qimmat turadi. Aslida shu sabab tufayli doimiy bolalar o'g'irligi va qotilliklar uchrab turadi.
- AQShda uzoq yillar oq tanlilar qabristoniga deyarli tegilmagan, asosan, qora tanlilarnikidan ko'proq murdalar qazib olingan. (Salom, ratsizm!)
- Inson skeleti qadimdan mediklar uchun muhim amaliyot vositasi bo'lgan, shuningdek, ba'zi boyvachchalar va muzeylar u bilan o'z koshonalarini bezashgan.
- Bozorda tovarga talab katta, lekin suyaklar daraxtda o'smaydi. Shu sababli, kambag'allarga o'lganidan keyin ma'lum mablag' evaziga tanasini sotish taklif qilinadi. Lekin bu samarasiz metod.
- Dunyoda yagona effektiv usul - bu murdalarni qabristonda kavlab olish va o'g'irlashdir. Hindistonda bunday jirkanch ish bilan bir necha avlod shug'ullanib keladigan oilalar mavjud ekan. Ma'muriyat yoki marhumning qarindoshlarining qarshiliklari deyarli besamar.
- Vaqtida AQSh va Britaniyada ham o'xshash voqealar yuz bergan bo'lsa-da, baribir hozir dunyoda boy davlatlardagi yosh talabalar inson anatomiyasini o'rganishi uchun Hindiston kabi kambag'al davlatlarda suyak biznesiga talab saqlanib qolaveradi.

Kitob yengil emas. Ayniqsa, u inson taraqqiyotining asosiy sohalari asoslari va yuksak axloq/diniy e'tiqod o'rtasidagi kuchli qarama-qarshilikning men oldin e'tibor bermagan jihatlarini ko'rsatib berayapti.

@panda_books
#mutolaa

Yandeks Muzika'da betakror Hayao Miyadzaki va uning mashhur "Ghibli" studiyasi haqidagi audiokitob chiqib qoldi. Bugun o'zi yapon madaniyatiga bag'ishlangan kunim ekan:)

Bilmadim, balki dunyodagi eng yaxshi animelarni aynan uning ijod namunalari deb bilganim uchunmi, bu kitob yonidan shundoq o'tib ketolmadim. Uning animelari haqqatdan inson hayoti faqat yeb-ichishdan iborat emasligini ko'rsatib beradi.

Siz Hayao Miyadzakining qaysi san'at asarlari (animelar)ni tomosha qilgansiz? Va nima uchun ularni yoqtirasiz?

@panda_books
#mutolaa

Yuqoridagi yangi serialni Netflix'da mazza qilib tomosha qildim. Va endi odatimga muvofiq, o'zimga yoqqan seriallarga asos bo'lgan kitob mutolaasini boshladim. Kitob tokchada 2 oydan beri chang bosib yotgandi:)

Yozuvchi Lyu Sisinning ilmiy-fantastika janridagi "Uch jism masalasi" (2007) ingliz tiliga tarjima qilingach, dunyo bo'ylab mashhurlikka erishadi va hatto 2015-yilda nufuzli "Xyugo" mukofotini qo'lga kiritadi. Aytgancha, bu trilogiyaning birinchi kitobidir.

@panda_books
#mutolaa

Boshladik! "Taxtlar o'yini"ni endi o'zbek tilida ham o'qib chiqamiz.

@panda_books
#mutolaa

Hozir o'qiyotgan ilmiy-fantastik kitobimda 200 yildan keyin Yer yuzidan xususiy mulk, oila instituti va majburiyat yuklaydigan munosabatlar yo'q bo'lib ketarkan.

Aytgancha, odamlar yashash uchun 1000 metr Yer tagida shaharlar qurishadi. Chunki Yer yuzi yashash uchun yaroqsizga aylanadi.

@panda_books
#mutolaa

Nihoyat, "Taxtlar o'yini" tugadi. Naq 920 varaqlik kitob. O'rniga bemalol 3 ta o'rtacha roman yoki 6-7 ta qissa o'qisa bo'lardi. Lekin bunchalik taassurotlarni boshqa romanlardan topish mushkul.

Abatta, GoT bunga arziydi. Batafsil keyinroq.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
#mutolaa

Ilmiy-ommabop kitoblardan dam olib, ta'tilda Frenk Gerbertning "Dyuna" kitobini boshladim. Qiziqqanimdan kattagina kitobning deyarli yarmiga kelib qolibman.

Qirolicha Irulan va Ledi Atreydes personajlari kitobdan farq qilishini tushindim, shuningdek umuman kitob tili - juda boshqacha, yoqimli va qiziqarli.

Endi Arrakis olami bo'yicha ham Geek bo'lib ketmasam bo'ldi:)

@panda_books
#mutolaa

“A time to get and time to lose, ” Jessica thought, quoting to herself from the O.C. Bible. “A time to keep and a time to cast away; a time for love and a time to hate; a time of war and a time of peace.”

— Frank Herbert, "Dune"

@panda_books
#mutolaa

Bu Olamda bizni o‘rab turgan hamma narsada yashirin naqsh bor. Unda simmetriya, nafislik, oliymaqomlik... durdona asarning barcha belgilari mujassam. Fasllar o‘zgarishiga, qiyalikdan oqib tushatotgan qum donalariga, Keyin uning barglariga. Biz bu naqshlarni hayotimizda, jamiyatda takrorlashga harakat qilamiz, bizga taskin beradigan ritmlarni, raqslarni topishga harakat qilamiz.

— Frenk Gerbert, "Dyuna"

@panda_books
#mutolaa #reading

Bukmeytda ushbu ajoyib kitobni boshladim. Shon Baytell - bu britaniyalik (shotland aniqrog'i) bukinistik kitobdor va o'z kitobida kitob savdosi davomida yuritgan kundaligini keyinchalik kitob holida chop qilgan.

@panda_books
Forwarded from Panda Books
#mutolaa

Yangi sovet o'zbek yozuvchilarining turlicha taqdirlari

1920-yillar o'rtasiga kelib jadidlardan yosh dunyoqarashi keng ajoyib yozuvchilar yangi guruhi sahnaga kirib keldi.

Ushbu rasmga e'tibor qiladigan bo'lsak, 15 yilcha oldin "Istanbul oliftasi" hisoblangan A.Fitrat kiygan zamonaviy kiyim-kechaklar endi odatiy holga aylanganini ko'ramiz.

Shiddatli o'zgarishlar zamonidagi avlod ichra qatag'ondan omon qolgan Oybek, G'.G'ulom va H. Olimjon butun O'zbekiston bo'ylab mislsiz mashhurlikka erishadi. Nomlari barcha yuksak joylarga berildi. Ba'zi G'ayratiy va Mirtemir kabi mashhur bo'lmasa ham, samarali umr kechirishadi.

Ammo ular orasida o'zbek tilida ilk nasriy yozuvchi ayol Amaliya xonim kabi nomi xotiradan o'chib ketganlari ham bor...

Adib Xolid, "O'zbekiston tavalludi"

@panda_books