Panda Books
5.86K subscribers
2.07K photos
400 videos
6 files
1.94K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#haqida

Zamonaviy kutubxona ochish

Albatta, kitobxon kishilarning deyarli barchasi kutubxonalarni sevsa kerak. Bizda, afsuski, joylarda bunday maskanlar kamayib ketgan. O'zim ham imkon qadar o'zim tug'ilib o'sgan joyda kutubxona ochishni o'z oldimga niyat qilib qo'yganman.

Ammo vaqt va zamon o'zgarib borayapti. Endi kutubxonalar shunchaki mingtacha kitob yig'ib, o'quv zali tashkil qilib qo'yish bilan cheklanib qolmayapti. Butun dunyoda kutubxonalar endilikda barcha qatlamdan o'qish va o'rganishni istagan kishilar uchun bir joyda yig'iladigan maskanga aylanib bormoqda.

Dunyodagi ko'plab kutubxonalarni kuzatib, imkon bo'lsa, ularga tashrif buyurib zamonaviy kutubxona konsepsiyasini tadbiq qilishni o'ylayman doim. Albatta, bu oson ish emas, ammo harakat qilib ko'rishga arziydi.

Bu haqida oldin ham yozgan edim. Shunchaki, endi shu yangiliklarni yurtimizga ham olib kelish qoldi.

Bizga zamonaviy kutubxonalar kerak.

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#youtube_tavsiya

Men ham endilikda Youtubeda kontent qilishni boshladim. Bundan keyin faolroq bo'lishga harakat qilaman. Hozircha havaskorona video montaj qilindi, qo'llab-quvvatlaysiz deb o'ylayman!

Birinchi video natsionalizm va milliy davlatchilik tarixi haqida

Ko'rish uchun👉 https://www.youtube.com/watch?v=Y84o6hGmFfs&t=6s

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Panda Books
#feedback https://youtu.be/zyZAMR56mXY peace. Youtubedagi sayohat blogeri, ukrainalik Anton Ptushkinning ijodini diqqat bilan kuzatib boraman. Bugun u uzoq pauzadan keyin yangi video - Norvegiya davlati haqida 1 soatlik ijodini taqdim etdi. Hozir biror…
#Youtube_tavsiya

Ukrainalik ajoyib travel-bloger Anton Ptushkin mana 1 yildirki, ijodni umuman yig'ishtirgan. Uning yo'qligi rosa bilinyapti. Ammo Ptushkin kanalidagi videolar prosmotr yig'ishda davom etmoqda.

Masalan, Norvegiya to'g'risidagi mana shu ajoyib videoga ham 1 yarim yil bo'lib qolibdi. Chiqqan zahoti mazza qilib ko'rgan va feedback yozgan sevimli videom. Menimcha, Ptushkinning oxirgi 10 ta videochiqishini bemalol alohida hujjatli film sifatida baholasa arziydi.

Youtube har doim va barchaga birdek tavsiya qiladigan kanallarimdan biri.

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#youtube_tavsiya

Men kuzatadigan Youtube kanallar

Youtube bu juda katta resurs. Undan eng foydalilarini olish uchun ba'zan saralab turish hech ham zarar qilmaydi. Men o'zim ko'proq xorijiy kontentlarni kuzatsam-da, o'zbek Youtubeda ham sifatli kontentlar ko'payotganini quvonch bilan aytib o'tishim kerak. Keling, bugun shularnda ba'zilari bilan tanishamiz.

1️⃣ Leap English: Online Academy
Ingliz tilini oson, quvnoq va tez o'rganishda yordam beruvchi sifatli kanal. Adashmasam, noldan boshlab o'rgatadigan videokurslari ham bor.

2️⃣ Mahin Reads
O'zbek bookbloging sferasida hozirgi kunda eng faol va sifatli Youtube kanallardan biri. Mahinni kanalim obunachilari yaxshi tanisa kerak, u bilan biz Book Talks loyihasida birgamiz.

3️⃣ SUSAMBIL
ilmiy fantastika, fentezi janridagi film va seriallarning hamda mashhur franshizalarning tahliliga bagʻishlangan oʻzbek tilidagi YouTube kanal. Juda sifatli va original kontent, ayniqsa, yangiliklar muntazam chiqib turadi.

4️⃣ Ma'rufjon Ochilov
Kitoblar va kinolar haqidagi blog. Do'stim Ma'rufjon Youtube sohasida ham yaxshi ketayotgan edi, ammo hozir biroz sustlashdi. Lekin qiziqarli materiallar topiladi.

5️⃣ XURMO
Oʻzbek zabon auditoriya uchun xorijiy YouTube kontentini rasmiy tarjimasi va dublyaji bilan shugʻullanadigan sifatli kanal. Menga ayniqsa ularning dublyajlari manzur. Tiniq va ravon eshitiladi.

Bularga agar obuna bo'lmagan bo'lsangiz, obuna bo'lishni tavsiya qilaman. Zero, manfaatli ishlarni qo'llab-quvvatlasak, buning foydasi katta.

📱 @panda_books
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#youtube_tavsiya

Bilasiz, endilikda Youtube kontentlarni ham rivojlantirib borishga qaror qilganman. Mana shuning ilk qadamlarini kutib oling.

Bugun men sizlarga shafqatsiz dohiy, sobiq Ittifoq diktatori bo'lgan Iosif Stalinning dafn marosimi kinoxronikasidan qiziq bir lahzani hikoya qilib bermoqchiman.

Sizlardan yagona iltimos, Youtube kanalimga obuna bo'ling, layk va kommentlar qoldiring. Imkon qadar bizni qo'llab-quvvatlab tursangiz, juda minnatdor bo'lardim😊

Demak, havola quyida:
https://www.youtube.com/watch?v=HsWfeSNk_Fw

@panda_books
#youtube_tavsiya

⚡️Youtube kanalimizda yangi video!

Bu safar kino olamiga sayohat qildik, aniqrog'i kinodarg'alaridan biri hisoblangan - Andrey Tarkovskiyning qiziqarli ma'ruzalaridan birini o'zbek tiliga o'girdik.

"Tarkovskiy: Kino - bu vaqtlardan yasalgan mozaikadir!"

P.s: Hozirda imkon qadar Youtube formatiga o'tishga harakat qilayapmiz, shu sababli ba'zi texnik kamchiliklar uchun uzr so'rayman! Tez orada barchasini bartaraf etamiz:)

Sizdan doimgidek maksimal share, layk va kommentlar so'rab qolaman! Kanalimizni qo'llab-quvvatlang😊

https://www.youtube.com/watch?v=IeMKYXPinLE

@panda_books
#youtube_tavsiya

💥YouTubeda yangi videomiz chiqdi!

Bu safar yangi rukn boshladim: "Book Review". Har sonda bitta kitobni atroflicha tahlil qilamiz. Ilk sonimizni Vikas Svarupning "Xarobadan chiqqan millioner"idan boshladik

Aytgancha, har bir videoni diqqat bilan tomosha qiling, chunki video oxirida sizlarni yutuqli tanlov kutib turibdi. Ham foydali kontent ko'rib, ham sovg'a yutib olish imkoni bor.

Albatta, sizdan maksimal qo'llov kutib qolaman😊
👉 https://youtu.be/gWdTZTfZ6N4

Yoqimli tomosha!

@panda_books
#youtube_tavsiya

💥YouTube kanalimizda yangi video!

"Book Review"
ruknining 2-sonini e'tiboringizga havola qilaman. Moliyaviy savodxonlik va pulni oqilona tejash haqida gaplashamiz.

Bu safar Devid Bax'ning "Latte omili" kitobi haqida gaplashamiz. Aytishim kerak, kitob tanlashdan ko'ra, montajga vaqt ajratish qiyin bo'ldi:)

Doimgidek sizlardan maksimal qo'llab-quvvatlov va kanalga obuna bo'lishni kutib qolaman:)

https://www.youtube.com/watch?v=7vlfszAaIQk

@panda_books
#youtube_tavsiya

Anchadan beri Youtube tavsiya bermay qo'ygandim. Chiqqaniga 3-4 kun bo'lgan bo'lsa ham bu safar Chaq-Chaqni yangi sonini tavsiya qilaman.

Ba'zilarga hozir tarix haqida gaplashish shunchaki "haypoviy" narsadek tuyulsa kerak, ammo ilm odami bo'lgan, ijtimoiy tarixga, ayniqsa, millatimiz tarixiga qiziqqanlar uchun juda mos suhbat bo'libdi. Ochig'i, ko'pchilikka "Atlas kostyum kiygan erkak" deya pastga urishni istashadigan tarixchi Baxtiyor Alimdjanov yoqmaydi. Lekin menga u kishini bir qator fikrlari ma'noli, jo'yali tuyuldi. Aslida hamma gap o'zimizda: o'zimizcha ko'p narsa bilamiz deb, faqat maktab darsligidan boshqa narsa o'qimaganimiz oqibatida uning ijtimoiy tariximiz, hatto yaqin tarix haqidagi qarashlari, aytayotgan gaplari xuddi parallel olamdan kelayotganga o'xshaydi.

Xullas, ko'ring, eshiting va keyin nima muhokamalaringiz bo'lsa, keyin izohlarda qoldiring.

Miyamizni charxlaymiz.
https://www.youtube.com/watch?v=uP_spudgARE

@panda_books
#youtube_tavsiya

Shaxsan men uchun urush tufayli san'at yutqazgan eng katta yo'qotishlardan biri - bu Anton Ptushkinning YouTube travel-blogidir.

Lekin mana nihoyat Antonning kanalida jonlashi bo'lyapti va qalbda sekin-asta uning qaytishiga umid so'nmayapti. Hozirgina uning yangi videosi chiqdi.

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#youtube_tavsiya

Zamonaviy kino va adabiyot tog'risida yana bir yaxshi podcast bo'libdi.

Meni xursand qilgan jihati, 5 nafar bookbloger yig'ilib, tashkil etgan offline platformamiz — "Book Talks" loyihamiz ham tilga olinibdi. Ha, bu juda yaxshi loyiha. To'g'ri, bu yil rejadagi sonlari chiqmadi hozircha. Lekin nasib etsa, @book_talks_uz to'xtamaydi, biz uni davom ettiramiz.

Podcastni to'liq tinglashni tavsiya qilaman 👉 shu yerda

@panda_books
#youtube_tavsiya

Sevara Nazarxonning 2022-yilda bergan yakkaxon konsertin nihoyat YouTube'da chiqdi.

Haqiqiy san'at va top darajadagi konsert qanday tashkil qilinishini, uning yoqimli hissiyotini montaj orqali go'zal tarzda yetkazib berish qanaqa bo'lishini bilmoqchi bo'lsangiz, mana shu konsert siz uchun.

https://www.youtube.com/watch?v=N35qwz-vlxY

@panda_books
#youtube_tavsiya
"Qo'rqma" chiqqanida mazza qilib o'qiganman. U haqida taqriz ham yozgandim. Ammo doim "Bu kitob qachon kino qilinarkan?" deb o'ylardim.

Mana, nihoyat roman asosida ajoyib mini-film yaratilibdi. Menimcha, taqdimotda ishtirok etganlar orasida haligacha ushbu kitobni o'qimaganlar, bu kinoni ko'rganidan so'ng, albatta, unga qiziqib qolishgani aniq.

Film uchun ijodkorlarga alohida tashakkur! U bugun Youtube tarmog'iga ham joylanibdi.

Kechki tomosha uchun eng munosib tanlov! Oilaviy ko'rish tavsiya etiladi.
👉 https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ

@panda_books
#youtube_tavsiya

Mana bu yer sizlarga ajoyib turkmancha Rep olib keldim. Ha, bu ikki so'z - turkman va rep bitta jumlada ketma-ket kelmoqda😁

Yo'q, yo'q, bu siz o'ylagandek, supermen Arkadag'imizdan navbatdagi xit ham emas:)

Emin Rasen ismli repper bor ekan va uning vatanparvarlik ruhidagi rep qo'shiqlari tarmoqda yetarlicha chiqib keldi. Shulardan birini, turkiy xalqlar birligi va tarixi haqidagi "Turon" ni e'tiboringizga havola qilaman.

Unda ko'pgina bobolarimiz hurmat bilan tilga olingan. Bir eshitib ko'rish zarar qilmaydi.

@panda_books
#youtube_tavsiya

"Farg'ona Shveysariyasi"ga sayohat

Shohimardon — O‘zbekistonning Qirg‘iziston hududida joylashgan eksklavi. U Farg‘ona viloyati, Farg‘ona tumaniga qaraydi. Qishloq aholisi 6500 kishidan ziyodroq.

Shohimardon — Farg‘ona viloyatining eng mashhur kurort maskani. Mahalliy aholi qishloqni «Farg‘ona Shveysariyasi», deb ham atashadi. Go‘zal qishloq Oqqiya, Yordon qishloqlari orasida joylashgan. Shu yerda toshbo‘ron qilingan Hamza Hakimzoda Niyoziy xotirasiga sovet yillarida Hamzaobod deb atab kelingan. Keyinchalik uning tarixiy nomi qaytarilgan.

May boshida shu qishloqqa sayohat qildim va qisqacha videorolik tayyorladim.

👉 Youtubeda ko'rish

Ko'rib baho berasiz degan umiddaman!

@boredpandablog
Forwarded from Panda Books
#mundarija

Kanalda postlarni o'qish va topishni osonlashtiruvchi (#) heshteglar

#taqriz / #review / #feedback - Biror asarga yozilgan taqrizlarni oson topish uchun;

#tavsiya - Kanal muallifi tomonidan o'qish tavsiya etiladigan kitoblar ro'yxati uchun;

#sarhisob - Oy, mavsum yoki yil bo'yi mutolaa qilingan asarlarning ro'yxatini topish uchun;

#Youtube_tavsiya - YouTube videoxostingida ko'rish tavsiya etiladigan foydali kontentlar uchun;

#haqida - Biror qiziqarli mavzu haqida yozilgan postlar;

#list - kitoblar yoki foydali kontentlar ro'yxati;

#mutolaa - Ayni damda mutolaa qilinayotgan kitobdan iqtibos yoki parcha;

#newbook / #yangikitob - Panda Books tomonidan harid qilingan yoki sovg'a qilishgan kitoblar uchun;

#iqtibos - kitobdan iqtiboslar uchun;

#intervyu - Panda Books suhbatlari, podcastlari uchun;

#offtop - Kitob mavzusidan biroz tashqari sohalarga doir postlar uchun;

#longread - Uzuuun yozilgan katta postlaaaar;

#KitobMukofotlari - Dunyoning nufuzli kitob mukofotlari haqida ma'lumotlar uchun;

#bookstores - Ajabtovur kitob do'konlari haqida chiroyli fotolar va ma'lumotlar

#maqola - birorta kattaroq qiziqarli mavzu haqida maqolalar

#nazm - she'riy postlar

#tarjima - kamina tarjima qilgan postlar

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok