Panda Books
6.26K subscribers
2.14K photos
420 videos
6 files
1.99K links
Books & Book Reviews.
Zamonaviy mutolaa repertuari.

Insta: instagram.com/pandabooksuz

Donat: tirikchilik.uz/PandaBooks
Reklama: @pandapochtabot
Download Telegram
#offtop

Go'zal boshqotirma. Yurish oqlardan. Bitta yurishda qoralar mot bo'ladi. O'sha yurishni topish kerak.

Ba'zi ochiq yurishlar "связка" tufayli mumkin emas. Qani topolarmikansizlar?

@panda_books
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#offtop

16+ Kim edingu, kim bo'lding

— Amiran bilan birga vaqtingda qancha obunaching bor edi?
— 400 ming.
— Hozirchi?
— 700 ming.
— Demak, o'zing 300 ming yig'a olding?
— Ha, o'zbek auditoriyasi tufayli. Ular eng yaxshisi.
— Ular seni qanday topishdi? Xayriya qildingmi?
— Ey, yo'g'ey men orada yalang'och fotolarimni joylab boraman. Ular meni heyt qiladi, auditoriya o'sadi.
— Yalang'och fotolaring uchunmi?
— Men kupalnikdagi rasmlarimni joylayman, hamma shuni muhokama qiladi, men esa "sizlarga katta rahmat" deyman, ular meni "fohisha!" deyishadi, men esa "Yaxshi" deyman.
— Bu normalmi sen uchun?
— Bu ajoyib! Ko'proq raqamlar, ko'proq daromad...

@panda_books
#offtop

Oppengeymer

"Oppengeymer" filmi premyerasidan keyin tarmoqlarda, ayniqsa inglizzabon media makonda Xirosima va Nagasakiga atom bomba tashlash kerakmidi yoki yo'qmi degan bahs-munozalar boshlanib ketdi. Bu dilemma bizda ham bo'lib o'tgan bo'lsa ham ajabmas.

Kecha ushbu 3 soatlik filmni tomosha qilganimdan so'ng, ba'zi men oldin bilmagan nyuanslardan voqif bo'ldim. Shuning uchun men ham bu haqida ba'zi fikrlarimni aytib o'tsam.

Atom bombasi qo'llash borasida "Rozi" pozitsiyasidan boshlaylik.
a) Urushni tezroq tugatishning boshqa yo'li yo'q edi: Gitler Yevropada yanchib tashlangan bo'lsa-da, uzoq Osiyoda uning ittifoqchisi bo'lmish Yaponiya taslim bo'lmadi va urushni davom ettirdi. Bombardimon tashqari muqobil yo'l Yaponiyaga bostirib kirish - bu armiyani Yevropadan Tinch okeaniga evakuatsiya qilish, har bir shahar uchun janglarda qurbonlar va yana bir necha yil urushning cho'zilishi degani edi.
b) Atom bombasi kichikroq yovuzlik sifatida qabul qilindi; yuz minglab amerikalik askarlari (va yapon askarlarining) hayotini saqlab qolgan "kichik yovuzlik"; Millionlab qurbon o'rniga yuz minglab qurbon afzal ko'rildi.

Endi bomba tashlanishiga "qarshi" pozitsiyani ko'rsak:
a) Yaponiya hukumati allaqachon taslim bo'lishga tayyor edi va diplomatik kanallar orqali tinchlik muzokaralarini boshlab yuborgandi. O'zi butun boshli alyans bilan kurasha olmasdi.
b) An'anaviy usullar ham foyda berishi aniq edi: dengiz blokadasi, odatiy bombardimonlar, shuningdek, Sovet qo'shinlarining Kvantung armiyasi ustidan g'alaba qozonishi - taslim bo'lishga yetarli sabab bo'la olardi;
c) Yaponiya har qanday holatda ham taslim bo'lardi, nafaqat atom bombasi, balki SSSRning urushga kirganligi bunda katta rol o'ynardi (ko'plab nufuzli yapon tarixchilari bu haqda yozishgan).

Albatta, an'anaviy, ya'ni yadroviy bo'lmagan bombalarning Tokioga tashlanishi yapon imperiyasini qo'rqitish uchun yetarli emasdi, lekin Qizil Armiyaning Manchuriya va Janubiy Saxalinga bostirib kirishi shuni ko'rsatardiki, endi muzokaralardan umid yo'q, ular oldida faqat taslim bo'lish varianti qolardi.

Har qanday holatda ham atom bombasi bu yerda ma'nosiz, asossiz, haddan tashqari shafqatsizlik edi, buni hatto harbiy jinoyat yoki insoniyatga qarshi jinoyat sifatida ko'rish ham mumkin.

Ammo tarix buni qanday qabul qilishni negadir har bir insonning o'ziga qoldirgandek, lekin shunisi aniqki, yadro quroli yangi dunyoni yaratilishi tamaltoshiga aylandi.

@panda_books
​​#offtop

Baxtlilik darajasi

Qiziq infografika. 1972-yildan beri amerikalik erkaklar va ayollarning baxt darajasi tadqiq qilinibdi. Natija esa o'sha davrdan boshlab har ikkala jins vakillarining baxtlilik darajasi borgan sari pasayib boryotganini ko'rsatmoqda.

Rashev yozadi, "Ayollar har doimgiga qaraganda erkinroq, mustaqilroq, boyroq bo'lib, feminizm dunyoda hukmron mafkuraga aylanayotganiga qaramay, so'nggi 50 yil ichida ayollarning qoniqish darajasi barqaror ravishda pasayib bormoqda. Bunga turli sabablar bo'lishi mumkin. Ehtimol, ofis ishi, oilaning yo'qligi va jinsiy hayotdagi partnyorlarning ko'pligi ayol baxtining kaliti bo'la olmas."

Bunga men ham qo'shilaman. Masalan, Patriarxatga qarshi kurash yoki marketing, shou-biznes va mediada ayollarga ko'proq e'tibor qaratilishi Amerikadagi erkaklar baxtlilik darajasiga ta'sir etgandur. Bo'lishi mumkin. Bu holat nafaqat Amerikada, balki dunyo bo'ylab davom etyapti. Misol, butun tarix davomida erkaklik simvoli bo'lgan repperlar ham hozir ko'proq brutallikda BTSga o'xshash muloyim yigitchalarga aylanishgan. Go'zallik konkurslarida haqiqiy go'zallar qolib qandaydir ozchilik va sun'iylik vakillari tojni ilib ketyapti.

Xullasi kalom, oddiy qilib aytganda normal orientatsiyta, dunyoqarash va yumor hissi bor bo'lgan oddiy yigit va qizlar xuddi bu ajib dunyoda o'zlarini begonadek seza boshladilar. Absurdligi aniq mavzular ustidan muhokama yuritish tugul, fikr bildirish qiyin bo'lib qoldi, xazillar esa nihoyatda sayqallana boshladi. Ayollar esa negadur baxtiyor bo'la olishmayapti, negaligini men bilmayman.

@panda_books
#offtop

Kitob olamida mening ko'plab kuchli, iqtidorli bookbloger do'stlarim bor. Yosh talantli shoirlar, mehnatkash yozuvchilar bor. Kam emasmiz.

Haqiqat shuki, ko'pchilik o'z ijodini aynan moliyaviy qiyinchiliklar sabab to'xtatadi. Buni aslo yashirishga hojat yo'q. Men qancha umidli loyihalarning shunaqa qilib yopilib ketganini ko'rganman. Book Talks jamoamiz yig'ilgandan ham eng ko'p muhokama qiladigan mavzumiz shu.

Mana bu yerda yopiq kanal ochganimda "yil oxirigacha tarjimalarimni 50 ming so'm qilganimni qimmat ko'rishmasmikin?" deya istihola qilgandim. Yoki kanalda tez-tez reklama berishni (o'zi deyarli yo'q) ham uncha yoqtirmayman. Xudoga shukr, haliyam nasibamiz boshqa joylardan kelib turibdi.

Xullas, nimadur xato: yo biz qandaydir omadsiz insonlarmiz, yoki mehnatimiz qadri yo'q.

@panda_books
#offtop

"Oddiy xalq"qa oddiy stul (mi)?

Navoiyda ekologlar echkisi daraxt ko‘chatiga arzimas shikast yetkazgan kishini jarimaga tortdi. Unga 1 mln 650 ming so‘m jarima yozilib, 990 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.

Navoiy viloyatining Tomdi tumanida yashovchi kishi echkisining “beboshligi” ortidan 2,6 mln so‘mga tushdi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar bergan.

Rasmdagi holat sizda ham "ispancha uyat" uyg'otdimi?

@panda_books
#offtop

Memento mori

Afsuski, bugun millat uchun xayrli ertalab bo'lmadi. Hamma uyg'onib, birinchi bo'lib Sergelidagi portlash haqida eshitdi manimcha.

Zarar juda ulkan, omboram yongan, mashinalar ham shikastlangan, jabrlangan bino, odamlar ham bor va eng yomoni - yana bitta qurbon ham. Voqea natijasida shu atrofda yashaydigan 15 yashar maktab o'quvchisi vafot etibdi.

Bilasiz, ulkan portlash bo'lganida, u havoda kuchli to'lqin yaratadi, bu to'lqin yaqin atrofga tarqaladi. Natijada yaqin atrofdagi oynalar sinib ketadi. Voqea tunda bo'lgani uchun o'z yotog'ida uxlab yotgan boyagi bola ustiga ham deraza romi qulagan va oyna siniqlari tanasini kesib ketgan ekan. Kasalxonaga olib borishganida esa allaqachon unda tiriklik alomatlari bo'lmagan. Oila a’zolari va yaqinlariga sabr tilaymiz.

Hech kim o'z taqdirini ertaga qanday bo'lishi bila olmaydi, barchamiz ojiz bandamiz, qarang hatto soppa-sog' bo'la turib, ertaga ertalab ko'zimizni ochamizmi yo'qmi bilmaymiz. Bu faqat yolg'iz Xudoga ayon.

Shu ham hayot va mamot oralig'i qanchalar yaqin ekanligiga yana bir misol.

@panda_books
#offtop

"O'zbekistonlik: Students"

Ko'rsatuvni ko'rib chiqdim. Formatda katta o'zgarish qilishibdi. Endi unda 2 ta boshlovchi bor: Alixanov va Husnora. Bizda boshlovchi tanlash kriteriyasi qizig'a) Xorijdagi, bo'libam nufuzli ta'lim dargohlarida o'qiyotgan insonlar bilan suhbat qilishga mos boshlovchilarmikin?

Keyin izohlarga qaradim. Odamlarning aksariyatiga ko'rsatuv manzur kelmagan. Izohlarda nega reklamalar ko‘pligi, loyiha mavzusiga jiddiy yondashilmagani tanqid qilingan. Rostan, allaqachon homiysi bor ko'rsatuvga reklama nimaga zarur bo'p qoldi? Ko'pchilik, boshlovchisiz loyihalar yaxshi edi, deyishmoqda.

Eto ne heyt, eto ne negativ. Bu odamlarning fikri. Biznikilar ham kecha tug'ilgani yo'q. Aslida rostan foydali mavzu tanlangan, piarsiz ham odamlar topib ko'rishardi, ko'rib kelishyapti ham. Endi shularning tarmoqlarda auditoriyasi katta deb faqat ularni taklif qilish qanchalik to'g'ri?

Haqiqiy jurnalistlarimiz ham bor edi. Ularda afsuski bunday imkoniyat yo'q.

@panda_books
Panda Books
#nocomment Ba'zi universitetlarda talabalarni shunaqa toifalash boshlanibdi. # Siz qaysi toifadansiz? @panda_books
#offtop

Bunday absurdlikka moyil harakatlar haqida yozmay deymanu, mayli.

Qarang, psixologiyada bitta fenomen bor: siz biror muammoni yechish uchun, uni avvalo tan olishingiz kerak. Hozir mana shu ro'yxatni tuzarkan, demak, Universitet amalda ularda muammo borligini tan olyapti. Chunki ro'yxat tuzildimi, unga kiradiganlar ham bo'lishi kerak. Jinoyatchilikda gumon qilinganlar ro'yxati darhol Bosh prokuratura va tegishli organlarga topshirilishi lozim. Agar ro'yxat yolg'on bo'lsa, universitet inson sha'ni qadr qimmatini kamsitishda ayblanishi lozim. Lekin qiziq tarafi shuki, katta ehrimol (bunga aminman) yil oxiriga borib, bu ro'yxat hech qayerda aks ettirilmaydi yoki rektor/zamdekanlarda kimdir shu salbiy statistika tufayli hisobdor bo'lmaydi. Universitetimizda hammasi joyida deb hisobot beriladi baribir.

Ikkinchi faktor - o'qishga qabul qilish tizimimiz eskirgani haqida. Aytaylik, shu statistikani abituriyentlar ko'rdi. Qaysi abiturient yoki kim o'z farzandini narkoman yo qimorga berilgan talabalar safida o'qishini istaydi? Savol ritorik. Oldin kim duch kelsa qabul qilib, uni tarbiyalagandan, shunchaki yaxshi yoshlarni qabul qilish kerak. Butun dunyoda shunaqa ishlaydi tizim.

Uchinchidan eng muhimi - shaxsiy daxlsizlik buzilishi. Aslida ichish, chekish har kimning shaxsiy ishi. Kuchli sevgi ta'siriga tushganlarni qanday aniqlashmoqchi umuman tushunmadim:) Lekin to'g'ri, me'yor bo'lishi kerak. Bizda me'yorga amal qilishmasligi haqida zo'r narsa yozgandim. Shaxsiy daxlsizlik bizning universitet ma'murlariga mutlaqo begona tushuncha ekanini hisobga olsak, kerak bo'lsa, yotgan joyingizni syomka ham qilishadi (bo'gan shunaqasi).

Nihoyat talabaga katta, muomalaga layoqatli, o'z xatti-harakati uchun javob beradigan shaxs deb qarash vaqti yetdi. Rasmning o'ng tepasida "onasini raqami" degan yozuvni ko'rib aytyapman.

Mayli, hozircha shu. Imlo xatolariga ko'z yumilgan bu statistikani unuting, gaplarimga e'tibor bermang, yo'qsa meni bir narsalarga moyil bookbloger ro'yxatiga qo'shvorishmasin:)

@panda_books
#offtop

Middle East

Umuman olganda, Isroildagi hozirgi vaziyatga nazar tashlasak, juda qadimiy bir konfliktni ko'rishimiz mumkin.

Bu urush bugun yo kecha boshlangan emas, Falastin xalqi o'z davlatini haligacha qura olmayapti. Isroil ularning katta hududlarini egallab olgan. Bizdagi ba'zi blogerlar esa "Nega muzokaralar stoligia o'tirishmaydi, o'tirib tinchlikka erishilmaydi?" deya savol berishlarini ko'rsam, shunchaki kulib qo'yaman, xolos. Hayotdagi hamma masalaga ham pushti ko'zoynak ortidan qarab bo'lmaydi. U joyi kelsa juda shafqatsiz va qahrli. Doim ham hamma masalani chopon kiygizib, choy ustida hal qilolmaysiz.

Rosti, bizda ko'pchilik nihoyatda oddiy bir haqiqatni unutib qo'yishgandek, Dunyoda urush o'chog'lari hech qayerga ketgani yo'q. "Urush" degan instinkt genimizni hech qachon tark etmagan va etmasligini bilishsa edi.

Isroil allaqachon urush holati e'lon qildi, bugun Isroil mudofaa vaziri: “Men G‘azo sektorini to‘liq blokadaga olinganini e’lon qilaman. Elektr, oziq-ovqat, yoqilg'i bo'lmaydi, hamma narsa o'chiriladi” deya xabar berdi. G'azo bu falastinlik muhojirlar yashaydigan eng katta hududlardan biri, endi u qal'a misol qamal qilinadi. Bu muammo masshtabini his qilishingiz uchun.

Yana bitta narsaga hayron qolaman. Falastin uchun jang qilayotgan guruhlar (HAMAS)ni terrorchi deyish uchun yoki Isroilni mazlum deyish uchun odam, qo'pol bo'lsa ham faqatgina g'arbparast bo'lishi kerak. Sir emas, axir Isroil ortida doimo AQSH turib kelgan. G'azo chegarasida reyv-festival o'tkazishga kelib hujumga uchragan sayyohlarga kelsak, ularni ushbu xavfli maskanga ko'ngil ochish uchun kelib o'lib ketgani uchun achinish qanchalik mantiqli? Savol ritorik.

Umuman olganda, hozir qiziqqanlarga Yaqin Sharq tarixini yaxshilab o'qib chiqishni ham maslahat berardim. Zero, u yerda haqiqatda ona vatan uchun urush bo'lyapti. Bu uchun kurashganlar esa terrorchi deyilmaydi.

@panda_books
#offtop

Bugun rafiqamning tug'ilgan kuni. 1-da meniki edi, 11-da uniki. Ertalabdan uyda o'zgacha atmosfera.

Albatta, erkaklar doimo ayolimga nima sovg'a qilsam ekan deb o'ylanishadi. Men ham rosa o'ylab yurdim. Chunki gullar va shirinliklar sovg'aga o'tmaydida. Bundoq olib qarasam, ko'p narsamiz bor ekan.

Keyin uning anchadan beri aytib yurgan ta'lim haqidagi so'zlari esimga tushdi. Xullas, bugun ayolimning kelajakdagi ta'limi uchun investitsiya sovg'a qilishga qaror qildim. Sohasi finance uchun juda kerakli, lekin qimmat turadigan international program sotib oldik. Rosa xursand bo'ldi.

Menimcha, yaqin insoningni sifatli ta'lim olishiga imkon yaratib berish ham – juda ajoyib sovg'a bo'la oladi deb o'ylayman.

@panda_books
#offtop

Nimaiki qayta takrorlanaversa va reklama qilinaversa, odatda u – yolg'on bo'lib chiqadi. Agar moliyaviy tashkilot nomida "Capital" so'zi bormi - katta ehtimol bilan u piramida. Agar yoningizdagi kimdir hadeb o'zini ilmiy unvonini (magistr, PhD) pesh qilaversa - demak u katta ehtimol bilan "tupoy".

Davlatlar bilan ham shunday. E'tibor bering, rasmiy nomida "Xalq", "Demokratiya" va "Respublika" so'zlari qatnashgan mamlakatlarning aslida demokratiyaga hech qanday aloqasi yo'q. Kongo Demokratik Respublikasi, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, masalan.

Jamiyat hayotida Konstitutsiyaning chinakamiga ahamiyati bo'lgan davlatlarda "Konstitutsiya kuni" yo'q. O'qituvchilar qadr topgan mamlakatlarda esa odatda "O'qituvchilar kuni" nishonlanmaydi. Haqiqatni yozadigan hech bir gazeta nomida "Haqiqat" so'zi ko'rmaysiz. Realno katta va kuchli biznesmen o'zini hech qachon omma oldida "omadli tadbirkor" deb atamaydi.

Shu qoidaga muvofiq, o'zini hamisha "vatanparvar", "ekspert", "biznes trener" va "mentor" deb ataydiganlardan ehtiyot bo'lish lozim. 99% holatda ular bularning aksi bo'lib chiqadi.

@panda_books
#offtop

Bugun oyimning tug'ilgan kuni. Ikki o'g'ilning onasi. Hayotda eng katta tayanchlarimdan biri.

Yaqinda o'zim ham ota bo'lgach, ayolimga qarab ona bo'lish qanchalar qiyin ekanligini yana bir bor angladim. Bu safar boshqa rakursdan qarab ko'rdim. Bolani parvarishlash, uni katta qilish, tarbiyalab voyaga yetkazish - ehtimol eng qiyin kasb dunyoda.

Albatta, bu yana ulkan baxt hamdir. Alloh onalarni farzandining quvonchi va qayg'usiga sherik qilib yaratgan, ular hamisha o'z farzandlarini o'ylab yashaydilar.

Hatto shuncha ulg'ayib ham men onamni qattiq sog'inaman, endi poytaxtdan ona shahrimga qaytish uchun eng katta sabab bo'lib qolgan – bu onam.

Bugun yubiley. Onam 50 yoshda. Eng go'zal tabriklarim va barcha ezgu tilaklarim siz uchun! Doimo sog'-omon bo'ling!

Happy birthday, Mama!

@panda_books
#offtop

Ayollar interneti, Feminizm, Demokratiya

Yangiliklarni ochasan - hammayoqda shunday xabarlar: yana kimnidir tez yordam mashinasida zo'rlashgan, kimdir qizini urgan, pichoqlagan, o'ldirgan... OAV hozir faqat negativ xabarlar ortidan yugurishini tushunish mumkin: chunki yomon xabar yaxshi sheyr bo'ladi, ko'proq layk to'playdi.

Ayniqsa, ayollar global internetda hozir juda aktiv va bu qandaydir nevrozga o'xshaydi. "Hammasi yomon, hammayoqda pedofillar, qotillar, zo'ravonlar. Tizim ishlamayapti, bizni terror qilishyapti". Agar sen ularga bari u darajada emas desang, ular uchun sen "Sotilgan va vijdonsiz" odamsan.

Yaqindagi jadidlarning "Ichkari" qissalarini o'qib chiqqandim, unda 100 yil oldingi ayollarimiz tasvirlangan. Men o'shandagi muammolar hozir ham uchrab turibdi degandim. Lekin xolislik uchun, jarayon hozir ancha yaxshi ekanini ham aytib o'tish kerak. Menimcha, agar hozir Cho'lpon yoki Fitratlar tirik bo'lganda: "Ayollar biz istagan erkin, teng huquqli va ziyoli davrda yashayapti" deya quvongan bo'lardi. Lekin bu yerda yangi oqim ham bor...

Feminizm — bu oddiy so'z bilan aytganda, global miqyosdagi yangi e'tiqod. Feministlar ayollarni muqaddaslashtiradi. Xotya, buni islom dini ham amalga oshiradi, ammo ularga bu kam. Feministlarga hozirgi yashash tarzimiz unchalik yoqmaydi. Ular boshqacha yashashni xohlashadi. Va butun hayotini shu g'oya ustiga quradilar. Ular endi jim o'tiradigan seksual obyekt yoki avlod qoldiradigan inkubator bo'lishni istashmaydi. Ammo "Uyat", "Ma'naviyat" va "Qaynonalar" buni xohlashmaydi. Bu kurash muqarrar. bizda ba'zi bloger ayollar allaqachon o'z bo'yniga feminstik liderlar ma'suliyatini olib bo'lishdi. Ammo bu yangi e'tiqodning juda ko'p kamchiliklari mavjud. Bu apofeoz qanday davom etadi buni siz bilan birgalikda kuzatamiz.

Hozirgi internet shu darajadaki, istalgan erkakni (shu jumladan, men ham) "oilaviy zo'ravon"ga aylantirib qo'yishi mumkin. Va bu uchun hech qanday isbot shart emas. Tarmoqlarda kuchli bosim bo'lsa kifoya. Global miqyosda Jonni Depp keysi, o'zimizda "zamdekan" voqealarini eslang.

Ammo xalqchi? Bu yangi tushunchalarni ular qanday qabul qilayapti?
Fakt shuki, xalq feminizmni, tolerantlikni, xippilarni yoqtirmaydi, Eskicha qadriyatlar bilan yashashni istaydiganlar ko'pchilik. Ammo feminizm ham o'sib borayapti. Bu normalmi? Ha, bu aynan biz istagan o'sha demokratiya. Unga erishish uchun faqat inson huquqlarini ko'tarishgina emas, yana turli fikrlarga toqatlilik, ksenofobiyaga chek qo'yish, shaxsiy hayot daxlsizligi va uni hurmat qilish ham lozim. Shuningdek, mustaqil bozor munosabatlarini yo'lga qo'yish va demokratik institutlarni yaratish ham kerak.

Balki ishni shundan boshlarmiz?

@panda_books
#offtop

Mayli, ozroq ko'ngilni yozib oldik, endi o'zimizning jiddiy mavzularimizga qaytamiz.

Kechadan beri dunyodagi eng muhim siyosiy voqea — Husiylarning Adan ko'rfazidagi dengiz transportini blokirovka qilishiga javoban AQSh va Britaniya jangovar samolyotlari (hozir Avstraliya, Niderlandiya, Bahrayn, Kanada qo'shildi) Yaman havo hududiga bostirib kirishi va bir qator obyektlarga hujum qilishi bo'ldi.

Voqealar rivojiga alohida to'xtalib o'tirmayman, uni yangiliklar kanallaridan bilib olasiz. Men sizga ozgina tushuncha berib o'tmoqchiman.

Xo'sh, Qosim Sulaymoniy degan inson haqida eshitgandursiz, 2020-yil 3-yanvarda u Bag‘dodda AQSh harbiy-havo kuchlari hujumi natijasida halok bo‘lgandi, lekin uning ishlari haliyam davom etyapti.

Qosim Sulaymoniy — Eron harbiy rahbari, general-leytenant va Erondan tashqarida maxsus amaliyotlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi" (IRGC) tarkibidagi Al-Quds maxsus kuchlari qo‘mondoni.

Al-Quds kuchlari Sulaymoniy boshchiligida Falastin va Livandagi Xamas va Hizbulloh guruhlariga harbiy yordam koʻrsatadi hamda Amerika qoʻshinlari u yerdan olib chiqib ketilganidan keyin Iroqdagi siyosiy vaziyatni shakllantirishda muhim rol oʻynaydi.

2012-yildan beri Sulaymoniy Bashar al-Assad hukumatiga Suriyadagi fuqarolar urushi to‘lqinini o‘zgartirish va strategik shaharlar va hududlarni isyonchi guruhlardan qaytarib olishda yordam berib kelardi.

Norasmiy maʼnoda “Sulaymoniy doktrinasi” Eronning AQSh, Isroil va ularning ittifoqchilari (shu jumladan sunniylar)ni charchatishi kerak boʻlgan bir qator "periferik urushlar"ga tortish strategiyasiga berilgan umumiy nomdir.

Xullas, Yaqin Sharq yirik mintaqaviy urushlar zanjiriga duch kelmoqda. Yoki allaqachon bu yuz berdi deyishim mumkin. Demak, kecha Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazi davlatlari AQSH va Britaniya harbiy samolyotlariga Yamanga zarba berish uchun o‘z havo hududidan foydalanishga ruxsat berdi. O‘z navbatida, husiylar Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAni ogohlantirdi: "Agar siz havo hududingizni AQSH va Buyuk Britaniya uchun ochsangiz, biz bilan rasman urush holatida bo'lasiz".

Birinchi tahmin qilinayotgan narsa — Hizbullohning Isroilga qarshi shimoliy frontni ochishi.

Bir qator maʼlumotlarga koʻra, husiylar allaqachon javob nishonlariga ballistik raketalarni uchirgan.



2024-yilni shunaqa boshlab oldik.

@panda_books