Бахт ва омадга йўл
120 subscribers
3.25K photos
1.33K videos
92 files
6.65K links
Психолог, Калбшунос, Бизнес Леди Тошпулатова Назокат. Мурожат учун: +998881523339 @Tashpulatova_Nazokat
Download Telegram
#tarbiya #farzand #maslahat
BAXTLI BOLA TARBIYALASH SIRI❗️

Yaponiyalik Masaru Ibuka - ko'p qirrali va juda iste'dodli inson. Sony kompaniyasi asoschilaridan bo'lgan jiddiy biznesmen bolalar psixologiyasi va pedogogikani chuqur o'rgangan va o'zining “Uch yoshdan keyin kech bo'ladi” deb nomlangan bolalarni erta rivojlantirish borasidagi g'aroyib qo'llanmasini yaratdi.

U bolani rivojlantirishdan maqsad uni vunderkind qilib tarbiyalash emasligini doimiy tarzda qayd etgan. “Erta rivojlantirishning asosiy maqsadi – bu baxtli bolalarni tarbiyalashdir. Bolaga yaxshi musiqa tinglash, xorijiy tillarni o'rganish imkoniyati uni tilshunos yoki musiqachi etib tarbiyalash maqsadida berilmaydi. Asosiysi – bola hayotidagi xursandchiliklar yanada ko'proq bo'lishi uchun uning cheksiz imkoniyatlarini rivojlantirishdan iborat”, - deb yozadi u.

Quyida Masaru Ibukaning “Uch yoshdan keyin kech bo'ladi” asaridagi asosiy maslahatlarni keltirib o'tamiz. O'z vaqtida ular novatorlik g'oyalari edi, hozirgi kunda esa mehribon va suyukli ota-otanalar uchun normal xulq-atvor normalariga aylanib boryapti.

Masaru Ibukaning asosiy maslahatlari: 👇👇👇

1. Bola kichik yoshidanoq insoniyatning eng yaxshi yutuqlari ichida bo'lsin. Mumtoz musiqa tinglang, san'at asarlarini ko'rsating, badiiy adabiyot o'qib bering.

2. Bolani tez-tez qo'lingizda ko'taring. Bunday muloqot bolaning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega.

3. Chaqaloq bilan chuchuk tilda gaplashmang.Bola bilan tug'ilgan paytidan boshlab kattalar tilida gaplashing.

4. Bola bilan har kuni shug'ullaning. Hatto bir kunlik mashq ham hayratlanarli natijalarga olib keladi.

5. Bolaning oldida urishmang. Farzandingiz salbiy holatlarni ta'sirchanlik bilan his etadi.
6. Farzandingizga sizning joyingizda birga uxlashga ruxsat bering. Birgalikda uxlash bolaga rivojlantirish ta'sirini o'tkazadi.

7. Bolani boshqa bolalar bilan muloqotga kirishishga ruhlantiring. Bu bola aqli, raqobatbardoshlilik, birinchi bo'lish xissini oshiradi.

8. Farzandingizga o'z manfaatlarini ilgari surish va hatto urishishni ham man etmang.Bahslar muloqot qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.

9. Bolani cheklamang. Bola qo'llari bilan amalga oshiradigan barcha mashg'ulotlar uning aqliy qobiliyati va ijodiy ko'nikmalarini rivojlantiradi.

10. Bolani ehtiyotkorlik maqtang va jazolang.Ayniqsa o'g'il bolalarni ishlari uchun maqtash kerak, juda kam jazolang.

11. O'zingizning “yaxshi” va “yomon”ingizni bolaga singdirmang. Bolaga o'z hayot tajribasini sizning yordamingizda olishiga qo'yib bering, vaqt o'tishi bilan u hamma narsani o'zi farqlay oladigan bo'ladi.

12. Bolada biror narsaga qiziqish uyg'oting.Buning uchun barcha sharoitlarni yaratib bering.

13. O'tilganlarni takrorlang. Bu bola miyasida to'g'ri chizmalarni shakllantiradi.

14. Bolaga nafaqat ona, ota ham kerak. Ota va farzand o'rtasidagi muloqotda hech qanday cheklovlar bo'lmasligi darkor.

15. Bolalar hayoloti (fantaziya) sini ahmoqona deb hisoblamang. Orzu va hayol qilish qobiliyati bolaning ijodiy salohiyatini shakllantiradi.

16. Bolaga o'zingizning shaxsiy buyumingiz sifatida qaramang. Bunday emas. Bundan tashqari, bu bolaning o'z kuchiga ishonmasligiga sabab bo'lishi mumkin.

17. Bolada qo'l orqali his qilish qobiliyatini rivojlantiring. Bolaga turli materiallar – yumshoq va qattiq, og'ir va engil, tekis va g'adir-budir predmetlarni bering.

18. Bolaga u so'ragan barcha o'yinchoqlarini sotib olib bermang. O'yinchoqlarning ko'pligi diqqatni oladi, buning oqibatida ilm olish murakkablashadi.

19. Bolaga detallardan iborat o'yinchoqlarni taqdim eting. Bola o'yinchoqni o'zi yig'a olganida quvonchga to'ladi. Tayyor o'yinchoqlar davrida bu juda noyob.

20. Bolaning kichik motorikasini - yasash, applikatsiyalar, shakllarni kesish va yig'ish orqali rivojlantiring. Ma'lumki, “bolaning aqli – uning barmoqlarining uchida”.

21. Bola bilan piyoda sayr qiling. Piyoda yurish juda foydali, axir yurish vaqtida tananing 639 ta mushaklaridan 400 tasi harakatda bo'ladi.

https://t.me/NBAXTVAOMAD
#tarbiya

🚸Bolaning qanday xulqli bo‘lishi uning oilada olgan tarbiyasiga bog‘liq.


🌱 Farzandingizni tug‘ilganidan 6 yoshgacha bo‘lgan davri uning tarbiyasidagi eng muhim davr hisoblanadi. Bunda u oiladagi muhitni o‘ziga butunlay singdirib oladi. Biz bilgan va bilmagan xarakterlar aynan mana shu davr mobaynida shakllanadi. Shu sababdan, bunday davrda ota-ona farzandiga e'tiborli bo‘lishi lozim.

🌱Ba'zan ota-onalar hayron qolishadi, “Bu o‘g‘lim nimaga unaqa qaysar bilmayman, yoki nimaga tortinchoq tushunmayman”🤷 degan gaplari qulog‘imizga ko‘p chalinadi. Psixologlarning fikricha, ota-ona o‘zlari bilmagan holda bolaga to‘g‘ri tarbiya beraman deb, ularda salbiy xarakterlarni shakllantirar ekan. Shu sababdan bugun sizlarning e'tiboringizga ota-onalar nazdidagi to‘g‘ri tarbiya tarbiya hisoblangan usullar aslida nimalarga olib kelishi haqida suhbatlashamiz.

☝️Tarbiyaning oqibatlari:

🔆Agar bola doim tanqid qilinsa - u nafratlanishga o‘rganadi.

🔆Agar bola tahlik asosida yashasa - urshqoqlikka o‘rganadi.

🔆Agar bolani masxaralab turilsa - pismiq, odam ovi, tortinchoq bo‘lib qoladi.

🔆Agar bolaga doim minnat qilinsa - u o‘zini aybdordek his qilishga o‘rganadi.

🔆Agar bola to‘g‘rilikda o‘ssa - u adolatli bo‘lishni o‘rganadi.

🔆Agar bola xotirjam yashasa, u kishilarga ishnonishga o‘rganadi.

🔆Agar bola g‘iybatlashish vaqtida bo‘lib qolsa, u chaqimchilikka o‘rganadi.

🔆Agar bolaga tan jazosi berilaversa, u surbet, qaysar, o‘jar bo‘lib qoladi.

🔆Agar bola o‘zaro chidam-qanoat muhitida o‘ssa, u boshqalarni tushunishni o‘rganadi.

🔆Agar bolani yaxshi harakatlari quvvatlab turilsa, u o‘ziga ishonch hosil qilib yashashga va mustaqil fikrini ayta olishga o‘rganadi.

🔆Agar bolaga boshqa bolalarni o‘rnak qilib maqtasa, bola bahillikka o‘rganadi.


🤔Xo‘sh, unda qanday tarbiyalash kerak, deb o‘ylayotgandirsiz?

☝️Ularni tarbiyalashda hamkorlik usulidan foydalaning, ya'ni birga ish qiling, ular bilan do‘st bo‘ling, har bir ishini qo‘llab quvvatlang, urshing, uni ham me'yori bo‘lsin.

👨‍👩‍👧‍👧Asalning ham ozi shirin deganlaridek, farzand tarbiyasida ham shunga amal qiling. Ayniqsa, 6 yoshgacha bo‘lgan davrda yuqoridagilarga amal qiling.

https://t.me/NBAXTVAOMAD
#farzand #tarbiya

ФАРЗАНДИНГИЗГА АСЛО БУНДАЙ ДЕЯ КЎРМАНГ!

Беодоб сўзлар* (сўкиниш)

Нима учун мумкин эмас? Ота-онанинг фарзанди олдида сўкиниши керак эмаслигини барчамиз яхши биламиз, бу борада маъруза ўқишга ҳожат бўлмаса керак. Бундай сўзларни нутқингиздан умуман олиб ташланг.

"Сен ёмонсан!" ёки "Қулоқсизсан"

Нима учун бундай дейиш мумкин эмас? Болалар ота-оналарининг фикрларини жуда қадрлашади. Бундай сўзларни айтар экансиз, фарзандингиз уларга амал қилишини ёддан чиқарманг. Бу боланинг ўзига бўлган ишончини йўқотади ва келажакдаги муаммолардан дарак беради. "Сен ёмонсан" ёки "Қулоқсизсан" дейиш ўрнига "Сен тўғри иш қилмадинг", "Бу нотўғри қарор", деб айтинг. Болага эмас, унинг ҳаракатларига баҳо бериб, сиз унинг яхши томонга ўзгаришига туртки берган бўласиз.

"Сени яхши кўрмайман"

Нима учун бундай дейиш мумкин эмас? Ота-онанинг севгисида шарт қўйиш ноўрин. Ундан маҳрум бўлиш хавфи ҳаётдан маҳрум бўлишга тенг. Фарзандингизни яхши кўрасиз-ку, ахир! Унда нима учун болага ёлғон гапирасиз? Бундай гапларни айтаверсангиз, боланинг кўнглига совуқчилик соласиз.

"Сени ташлаб кетаман"

Нима учун бундай дейиш мумкин эмас? Ота-она - фарзанди учун энг муҳим инсон. Унинг ҳаёти ота-онага боғлиқ, бола онасиз яшашни тасаввурига ҳам сиғдира олмайди. Шу боис баъзан бу усул сизга иш бераётгандек туюлади... Ҳар қандай асоссиз таҳдидлар такрорланаверса, бола уларни қабул қилмай қўяди, лекин асабини ишдан чиқаришга улгурасиз. Асло бундай қила кўрманг! Фарзандингиз билан қўрқув ва жазога асосланган муносабат ўрнатманг. Бунинг уддасидан чиқиш осон эмас, албатта, бироқ натижа буни оқлайди. 

Кўриб турганингиздек, ота-онанинг фарзандига бўлган муносабати, уларнинг гапираётган гаплари катта аҳамиятга эга. Шу боис ҳар бир сўзингизга эътиборли бўлинг. Ота-онанинг хатти-ҳаракати эса ундан-да муҳим. Ёмон сўзлардан сақланиш билан бирга нотўғри амаллардан ҳам сақланинг, зеро фарзандингиз сизни кузатиб турибди, у келажакда сизнинг ҳаракатларингизни ёки гап-сўзларингизни такрорламаслигига ҳеч ким кафолат бера олмайди. "Қуш уясида кўрганини қилади" мақолини доим ёдда тутинг.

БИЗГА ҚЎШИЛИШНИ УНУТМАНГ!
👇👇👇
https://t.me/NBAXTVAOMAD
Taqdirdan nolimang! Chunki siz sog‘lomsiz...

😥 Afsus, uxlashga yotgan har bir inson ertalab uyg‘onavermaydi! Siz bugun tongda uyg‘ondingiz, demak, siz ertalab uyg‘ona olmagan minglab insonlardan baxtlisiz!

🙄 Ba‘zi kishilar bor farzandlarining o‘qishidagi shartnoma pulini to‘lolmay, ko‘pchilikdan norozi bo‘ladi. Bu juda yomon! Chunki ba‘zilar bor farzandi o‘lim to‘shagida yotibdi. Uning operatsiyasi uchun yuqoridagi shartnoma pulidan bir necha o‘n barobar ko‘proq pul kerak. Ammo ular noligani yo‘q. Ular umid bilan yashamoqdalar...

😣 Ba‘zilar bor, bolalari ozgina sho‘xlik qilib qo‘ysa, ulardan norozi bo‘lib ketadi. Ularni qarg‘aydilar. Tasavvur qiling, farzandingiz xuddi siz qarg‘agandek ahvolga tushib qolsa, nima qilgan bo‘lar edingiz?

💬 P.s: Xulosa o‘zingizdan...

#eslatma #tarbiya

https://t.me/NBAXTVAOMAD/
​​"Bir onaning yegan taomi, ichgani va farzandiga bergan suti bolaning vujudiga oziq bo‘lganidek, tilidan chiqqan so‘zlar ham bolaning ruhiga oziq beradi. Homilalik paytida chaqaloqlarning ona qornidaligidayoq onasining ovozini eshitishi va yurak urishini ham sezishini yaxshi bilamiz. O‘ylab ko‘raylik, ona homilador vaqtida yolg‘on gapirsa — Alloh asrasin – buni bola eshitadi. Yolg‘on gapirganingizda bunga bolangiz guvoh bo‘lgani bilan baravar holatdir bu. Kim biladi, necha marta farzandimizni uyga yoki boshqa joyga chaqirish uchun o‘zimiz kichik sanagan yolg‘on chuquriga tushdik. Biz buni yolg‘on deb hisoblamadik hatto".

Murat Tosunning "Olim yetishtirgan onalar" kitobidan #Iqtibos

#tarbiya #ona

https://t.me/NBAXTVAOMAD/
☝️ #TARBIYA

Фарзандингиз гапингизга кирмаса, табиийки жахлингиз чиқади. Лекин болангизга айтган озгина қўпол гапингиз ҳам унда травма бўлиб қолиб кетишидан, натижада дилбандингиз келажакда қийналишидан хабарингиз бор, тўғрими?

ХЎШ, НИМА ҚИЛИШ КЕРАК
0 ёшдан 16 ёшгача боланинг қайсарлиги табиий холат хисобланади. Чунки бу давр болада унинг “МЕН”и шаклланадиган давр. Сиз унинг энг яқин инсони сифатида уни тушунишингиз ва қўллаб - қувватлашингиз лозим. Демак, Болангизга БУЙРУҚ беришни бас қилинг! Аксинча, унга ТАНЛОВ беринг☝️☝️☝️ Фарзандингизга бирор юмуш буюрмоқчимисиз, унга камида 2 хил танлов беринг. Масалан: сут ичишини хоҳласангиз “Сутингни ичиб ол” эмас, “Сутни шоколад билан ичасанми ёки ўзиними?” ёки “Дарсларингни қил” эмас, “Дарс қилишни математикадан бошлайсанми ёки она тилидан?” тарзида. Шунда сиз болангизнинг миясига шу ишни қилиши кераклиги ҳақидаги ахборотни сигнал қилиб юборасиз, у эса буни “МЕН”ига тегмаганингиз учун бажонидил қилади. Синаб кўринг, ажойиб техника!

https://t.me/NBAXTVAOMAD/