Бахт ва омадга йўл
113 subscribers
3.25K photos
1.33K videos
92 files
6.65K links
Психолог, Калбшунос, Бизнес Леди Тошпулатова Назокат. Мурожат учун: +998881523339 @Tashpulatova_Nazokat
Download Telegram
​​"Har bir erkak sevgan ayolining qahramoni bo‘lishni xohlaydi. Hech qaysi qahramon burni yerga ishqalanishini istamaydi, albatta. Erkaklar shundog‘am ko‘p hollarda xatolarini bilishadi, bilmaganlari uchun emas, istashmagani uchun ishga kirishishmaydi. Lekin taqdirlangan, mehnati e’tirof etilgan erkak qilmagan boshqa ishlarini ham qilishni boshlaydi".

Sema Marashlining "To‘ydan keyin ham muhabbat bo‘lsin" kitobidan #Iqtibos

#Erkaklar

https://t.me/NBAXTVAOMAD/
​​"Erkak kishi turmush o‘rtog‘i, farzandlaridan rozi bo‘lsa, kasbida muvaffaqiyatga erishsa, tun-u kun, issig‘-u sovuqda xushchaqchaq holda yursa, u hayotda baxtli bo‘ladi.
Agar turmush o‘rtog‘ini yomon ko‘rsa, farzandlariga ishonmasa, kasbida kasodga uchrasa, kunduz kuni tun bo‘lishini orzu qilsa, tunda esa tong otishini kutsa, bunday kishi o‘z nafsiga qaytishi, holatini isloh qilishiga juda muhtojdir. Aks holda doimo tushkunlik va baxtsizlikda bo‘ladi".

Doktor Hasson Shamsiyning "Baxt ulashing" kitobidan #Iqtibos

https://t.me/NBAXTVAOMAD/
​​"Bir onaning yegan taomi, ichgani va farzandiga bergan suti bolaning vujudiga oziq bo‘lganidek, tilidan chiqqan so‘zlar ham bolaning ruhiga oziq beradi. Homilalik paytida chaqaloqlarning ona qornidaligidayoq onasining ovozini eshitishi va yurak urishini ham sezishini yaxshi bilamiz. O‘ylab ko‘raylik, ona homilador vaqtida yolg‘on gapirsa — Alloh asrasin – buni bola eshitadi. Yolg‘on gapirganingizda bunga bolangiz guvoh bo‘lgani bilan baravar holatdir bu. Kim biladi, necha marta farzandimizni uyga yoki boshqa joyga chaqirish uchun o‘zimiz kichik sanagan yolg‘on chuquriga tushdik. Biz buni yolg‘on deb hisoblamadik hatto".

Murat Tosunning "Olim yetishtirgan onalar" kitobidan #Iqtibos

#tarbiya #ona

https://t.me/NBAXTVAOMAD/