HAQIQAT
Vodiylardan vohalarga shoshib chopgan jayrondek daryo,
Tog‘lar oshib qir-adirni makon tutgan yam-yashil o‘tloq.
O‘ylarimni uylarimdan olislarga boshlagan dunyo,
Bog‘imdagi har shoximdan goh sarg‘ayib uzilgan yaproq.
Xazon bo‘ldi dema oyoq ostida har ezilgan giyoh,
So‘nmaydi deb o‘ylamagin samo uzra yongan har chiroq.
Yo‘q demagin pinhon bo‘lgan qalbingdagi ishlarga guvoh,
Ahir, aytgin, sen o‘zingdan qochib qayga ketasan yiroq!..
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Vodiylardan vohalarga shoshib chopgan jayrondek daryo,
Tog‘lar oshib qir-adirni makon tutgan yam-yashil o‘tloq.
O‘ylarimni uylarimdan olislarga boshlagan dunyo,
Bog‘imdagi har shoximdan goh sarg‘ayib uzilgan yaproq.
Xazon bo‘ldi dema oyoq ostida har ezilgan giyoh,
So‘nmaydi deb o‘ylamagin samo uzra yongan har chiroq.
Yo‘q demagin pinhon bo‘lgan qalbingdagi ishlarga guvoh,
Ahir, aytgin, sen o‘zingdan qochib qayga ketasan yiroq!..
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
👍4
VATANIM – YURAGIMSAN
Zamin uzra menga onamsan o‘zing,
Zarrin Quyosh nuri otam mehrisan.
Vodiy, sahrolarda olamsan o‘zing,
Ikki daryo – Zamzam, Jannat sehrisan.
Tuprog‘ingda yashar ming yillik o‘tmish,
Goh tahir, goh shirin xotiralar bor.
To‘rt iqlim charxpalak: bahor, yoz, kuz, qish,
Shom kirsa tongingga ko‘zlar intizor.
Bag‘ringda yashasam bo‘lib bir daraxt,
Mayli tosh otsalar, sindirsalar ham.
Hatto yaproqchalik topmasam ham baxt,
Tandir-o‘chog‘ingda o‘tining bo‘lsam.
Bog‘laringni kezsam bo‘lib hur sabo,
Tog‘laringda ko‘chmas bo‘lsaydim qoya.
Hech tinmas azondek yangrab xush sado,
Sodiq quling bo‘lsam, ortingdan soya.
Nechun shimolni hech tark etmas odam?
Nechun sahrolarni tutadi maskan?
Nechun musofirlar qaytadi har dam?
Nechun ona kabi muqaddas Vatan!?
Bu savol menga-da, tuyuldi og‘ir,
Bu savol qiynagan buyuk fotihni.
Bu savol necha ming ochadi oxir,
Zamonlar qarida qolgan tarixni.
Mayli, qolmasa ham bag‘ringda oltin,
Bag‘ringda tug‘ilib, unsin farzandim.
Bosgan qadamida yashnasin zamin,
Tomirim sendadir, sensan yuragim!
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Zamin uzra menga onamsan o‘zing,
Zarrin Quyosh nuri otam mehrisan.
Vodiy, sahrolarda olamsan o‘zing,
Ikki daryo – Zamzam, Jannat sehrisan.
Tuprog‘ingda yashar ming yillik o‘tmish,
Goh tahir, goh shirin xotiralar bor.
To‘rt iqlim charxpalak: bahor, yoz, kuz, qish,
Shom kirsa tongingga ko‘zlar intizor.
Bag‘ringda yashasam bo‘lib bir daraxt,
Mayli tosh otsalar, sindirsalar ham.
Hatto yaproqchalik topmasam ham baxt,
Tandir-o‘chog‘ingda o‘tining bo‘lsam.
Bog‘laringni kezsam bo‘lib hur sabo,
Tog‘laringda ko‘chmas bo‘lsaydim qoya.
Hech tinmas azondek yangrab xush sado,
Sodiq quling bo‘lsam, ortingdan soya.
Nechun shimolni hech tark etmas odam?
Nechun sahrolarni tutadi maskan?
Nechun musofirlar qaytadi har dam?
Nechun ona kabi muqaddas Vatan!?
Bu savol menga-da, tuyuldi og‘ir,
Bu savol qiynagan buyuk fotihni.
Bu savol necha ming ochadi oxir,
Zamonlar qarida qolgan tarixni.
Mayli, qolmasa ham bag‘ringda oltin,
Bag‘ringda tug‘ilib, unsin farzandim.
Bosgan qadamida yashnasin zamin,
Tomirim sendadir, sensan yuragim!
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
👍4
ORZULAR
Asrlarkim, ko‘ngil to‘rida
Yashar mangu ezgu tuyg‘ular.
Ahli Jannat ila so‘rida,
Orom olib uchar orzular.
Ostidagi oqayotgan suv,
Ummonlarning qa’ridagi dur.
Baxt bog‘ida tinchlik va totuv,
Daraxtlardan to‘kiladi nur.
Unda ranglar beqiyos, ko‘rkam,
Yangrar yana turfa bir ohang.
Ustlarida bordir chinakam,
Iymoniga libos hamohang.
Yolg‘onlardan silamas sabo,
Yolg‘onlardan qoraymas quyosh.
Yolg‘on bo‘lmas asil aqrabo,
Yolg‘on bo‘lmas unda ko‘zu qosh.
Atomlardan o‘lmas odamlar,
Achomlarga zor bo‘lmas go‘dak.
Hadsiz erur unda olamlar,
Bir xalq yashar islomi yuksak.
Boylik uchun sotmaydi vijdon,
Amal uchun bermaydi pora.
U shundayin hazrati inson,
Nafsiga qul emas bechora.
Yuzlarida ibo porlagan,
Mahramiga borlig‘i mahr.
Haq yo‘liga yorin chorlagan,
Ayol bordir ishqi ming bahr.
Ko‘kka parvoz qilar oqqushlar,
Otilmaydi ularga hech o‘q.
Tunlar aro ko‘rilmas tushlar,
Chunki unda qaro tunlar yo‘q...
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Asrlarkim, ko‘ngil to‘rida
Yashar mangu ezgu tuyg‘ular.
Ahli Jannat ila so‘rida,
Orom olib uchar orzular.
Ostidagi oqayotgan suv,
Ummonlarning qa’ridagi dur.
Baxt bog‘ida tinchlik va totuv,
Daraxtlardan to‘kiladi nur.
Unda ranglar beqiyos, ko‘rkam,
Yangrar yana turfa bir ohang.
Ustlarida bordir chinakam,
Iymoniga libos hamohang.
Yolg‘onlardan silamas sabo,
Yolg‘onlardan qoraymas quyosh.
Yolg‘on bo‘lmas asil aqrabo,
Yolg‘on bo‘lmas unda ko‘zu qosh.
Atomlardan o‘lmas odamlar,
Achomlarga zor bo‘lmas go‘dak.
Hadsiz erur unda olamlar,
Bir xalq yashar islomi yuksak.
Boylik uchun sotmaydi vijdon,
Amal uchun bermaydi pora.
U shundayin hazrati inson,
Nafsiga qul emas bechora.
Yuzlarida ibo porlagan,
Mahramiga borlig‘i mahr.
Haq yo‘liga yorin chorlagan,
Ayol bordir ishqi ming bahr.
Ko‘kka parvoz qilar oqqushlar,
Otilmaydi ularga hech o‘q.
Tunlar aro ko‘rilmas tushlar,
Chunki unda qaro tunlar yo‘q...
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
🕊4👍1
ORZULAR
Asrlarkim, ko‘ngil to‘rida
Yashar mangu ezgu tuyg‘ular.
Ahli Jannat ila so‘rida,
Orom olib uchar orzular.
Ostidagi oqayotgan suv,
Ummonlarning qa’ridagi dur.
Baxt bog‘ida tinchlik va totuv,
Daraxtlardan to‘kiladi nur.
Unda ranglar beqiyos, ko‘rkam,
Yangrar yana turfa bir ohang.
Ustlarida bordir chinakam,
Iymoniga libos hamohang.
Yolg‘onlardan silamas sabo,
Yolg‘onlardan qoraymas quyosh.
Yolg‘on bo‘lmas asil aqrabo,
Yolg‘on bo‘lmas unda ko‘zu qosh.
Atomlardan o‘lmas odamlar,
Achomlarga zor bo‘lmas go‘dak.
Hadsiz erur unda olamlar,
Bir xalq yashar islomi yuksak.
Boylik uchun sotmaydi vijdon,
Amal uchun bermaydi pora.
U shundayin hazrati inson,
Nafsiga qul emas bechora.
Yuzlarida ibo porlagan,
Mahramiga borlig‘i mahr.
Haq yo‘liga yorin chorlagan,
Ayol bordir ishqi ming bahr.
Zino degan so‘zga tushgan o‘t,
Sudxo‘rlikdan qolmagan izlar.
Allaqachon sinib bitgan but,
Mangu yashar bokira qizlar.
Ko‘kka parvoz qilar oqqushlar,
Otilmaydi ularga hech o‘q.
Tunlar aro ko‘rilmas tushlar,
Chunki unda qaro tunlar yo‘q.
Bu hayotni kuylaydi bulbul,
Unda sira buzilmas ohang.
Navosidan mast bo‘lgan ko‘ngil,
Kamalakdek burkanar bashang.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Asrlarkim, ko‘ngil to‘rida
Yashar mangu ezgu tuyg‘ular.
Ahli Jannat ila so‘rida,
Orom olib uchar orzular.
Ostidagi oqayotgan suv,
Ummonlarning qa’ridagi dur.
Baxt bog‘ida tinchlik va totuv,
Daraxtlardan to‘kiladi nur.
Unda ranglar beqiyos, ko‘rkam,
Yangrar yana turfa bir ohang.
Ustlarida bordir chinakam,
Iymoniga libos hamohang.
Yolg‘onlardan silamas sabo,
Yolg‘onlardan qoraymas quyosh.
Yolg‘on bo‘lmas asil aqrabo,
Yolg‘on bo‘lmas unda ko‘zu qosh.
Atomlardan o‘lmas odamlar,
Achomlarga zor bo‘lmas go‘dak.
Hadsiz erur unda olamlar,
Bir xalq yashar islomi yuksak.
Boylik uchun sotmaydi vijdon,
Amal uchun bermaydi pora.
U shundayin hazrati inson,
Nafsiga qul emas bechora.
Yuzlarida ibo porlagan,
Mahramiga borlig‘i mahr.
Haq yo‘liga yorin chorlagan,
Ayol bordir ishqi ming bahr.
Zino degan so‘zga tushgan o‘t,
Sudxo‘rlikdan qolmagan izlar.
Allaqachon sinib bitgan but,
Mangu yashar bokira qizlar.
Ko‘kka parvoz qilar oqqushlar,
Otilmaydi ularga hech o‘q.
Tunlar aro ko‘rilmas tushlar,
Chunki unda qaro tunlar yo‘q.
Bu hayotni kuylaydi bulbul,
Unda sira buzilmas ohang.
Navosidan mast bo‘lgan ko‘ngil,
Kamalakdek burkanar bashang.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
🕊4
TURKISTONLI QARDOSHLARIMIZGA
Ilmu ma'rifat ham hunardin qoldi mahrum bizni xalq,
Ma'rifatsizlik balosiga yo'liqqon bizni xalq.
Bir kishi millatparast o'lsa, deyurlar "dahriy" deb,
Bir kishi millatni so'ksa, izzat aylar bizni xalq.
Maktab o'rniga ochildi har mahallada mayxona,
Nafrat etmak nari tursun, shodu xandon bizni xalq.
Maktaba yo'q bir tiyini, to'yga ming so'mlab berur,
Chorasi mushkul kasalga mubtalodir bizni xalq.
Ibrat olmaydir boshiga shuncha kulfat kelsa ham,
Misli bir kaltak yo'qotgan ko'rga o'xshar bizni xalq.
Ko'r-da farq aylar yo‘li toʻgʻri ila noto'g'rini,
To'g'ri yo'lga boshlasang-da, egri xohlar bizni xalq.
Har shaharda ixtilofdin, «jiqqamush»dan so'z bo'lur,
Ittifoqdan so'z ochilsa, misli quyon bizni xalq.
Orzu qilmas o'g'limi maktabda aylay tarbiya,
To'y qilub, karnay cholurni orzu aylar bizni xalq.
Boshqa millatlar solurlar har mahalda madrasa,
Onlarning aksiga solg'on choyxonalar bizni xalq.
Bo‘ldilar boy armanilar piva sotmaklik ila,
Topg‘oniga olub ichkay, xor bo‘lg‘oy bizni xalq.
Boshqalar banka ochub, savdo qilub pul topsa-da,
Topganini shunda berub, och-yalang'och bizni xalq.
Kes so'zingni, ey «qalam», bas, shuncha faryoding yetar,
Ko'b baqirsang, ogʻizga toshlarni otkay bizni xalq.
Cho'lpon
Ilmu ma'rifat ham hunardin qoldi mahrum bizni xalq,
Ma'rifatsizlik balosiga yo'liqqon bizni xalq.
Bir kishi millatparast o'lsa, deyurlar "dahriy" deb,
Bir kishi millatni so'ksa, izzat aylar bizni xalq.
Maktab o'rniga ochildi har mahallada mayxona,
Nafrat etmak nari tursun, shodu xandon bizni xalq.
Maktaba yo'q bir tiyini, to'yga ming so'mlab berur,
Chorasi mushkul kasalga mubtalodir bizni xalq.
Ibrat olmaydir boshiga shuncha kulfat kelsa ham,
Misli bir kaltak yo'qotgan ko'rga o'xshar bizni xalq.
Ko'r-da farq aylar yo‘li toʻgʻri ila noto'g'rini,
To'g'ri yo'lga boshlasang-da, egri xohlar bizni xalq.
Har shaharda ixtilofdin, «jiqqamush»dan so'z bo'lur,
Ittifoqdan so'z ochilsa, misli quyon bizni xalq.
Orzu qilmas o'g'limi maktabda aylay tarbiya,
To'y qilub, karnay cholurni orzu aylar bizni xalq.
Boshqa millatlar solurlar har mahalda madrasa,
Onlarning aksiga solg'on choyxonalar bizni xalq.
Bo‘ldilar boy armanilar piva sotmaklik ila,
Topg‘oniga olub ichkay, xor bo‘lg‘oy bizni xalq.
Boshqalar banka ochub, savdo qilub pul topsa-da,
Topganini shunda berub, och-yalang'och bizni xalq.
Kes so'zingni, ey «qalam», bas, shuncha faryoding yetar,
Ko'b baqirsang, ogʻizga toshlarni otkay bizni xalq.
Cho'lpon
❤3
DO'STLIK UYI
O‘zliging anglaysan do‘sting bo‘lsa gar,
O‘zgaga egilib qolmaydi boshing.
O‘zbekning yuragi keng osmon qadar,
Bag‘ringga talpinar turkiy qardoshing.
Xur, ozod Vatanim – O‘zbekistonim,
Dunyoning me’mori, beshigi bo‘lgan.
Oqil Sarbon ila yurtim – bo‘stonim,
Xurlik, tinchlik, do‘stlik eshigi bo‘lgan.
Do‘stlarga quchog‘in ochar diyorim,
Shu zamin ostidan unar kelajak.
Erkin va farovon yashash shiorim,
Chin do'stlik hayotga bo'ladi bezak.
Yulduzlarga to'la bo'lsin osmoni,
O'chmasin turkiylar o‘rni va nomi.
Birdamlik yuksalish, yashash imkoni,
Bo'lsin oqibati - do‘stlik in'omi.
Maqsadimiz oliy – xalqlar do‘stligi,
Bor bo‘lsin do‘stlikda boqiy sadoqat.
Bor bo‘lsin abadiy zamin tinchligi,
Obodlik, omonlik bor bo‘lsin faqat.
Qo‘qonim turkiylar do‘stligi uyi:
Turkiy, qozoq, qirg‘iz, turkman, ozarga.
Doim yangrab tursin do‘stlikning kuyi,
O'zbek, qoraqalpoq yozgan asarga.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
O‘zliging anglaysan do‘sting bo‘lsa gar,
O‘zgaga egilib qolmaydi boshing.
O‘zbekning yuragi keng osmon qadar,
Bag‘ringga talpinar turkiy qardoshing.
Xur, ozod Vatanim – O‘zbekistonim,
Dunyoning me’mori, beshigi bo‘lgan.
Oqil Sarbon ila yurtim – bo‘stonim,
Xurlik, tinchlik, do‘stlik eshigi bo‘lgan.
Do‘stlarga quchog‘in ochar diyorim,
Shu zamin ostidan unar kelajak.
Erkin va farovon yashash shiorim,
Chin do'stlik hayotga bo'ladi bezak.
Yulduzlarga to'la bo'lsin osmoni,
O'chmasin turkiylar o‘rni va nomi.
Birdamlik yuksalish, yashash imkoni,
Bo'lsin oqibati - do‘stlik in'omi.
Maqsadimiz oliy – xalqlar do‘stligi,
Bor bo‘lsin do‘stlikda boqiy sadoqat.
Bor bo‘lsin abadiy zamin tinchligi,
Obodlik, omonlik bor bo‘lsin faqat.
Qo‘qonim turkiylar do‘stligi uyi:
Turkiy, qozoq, qirg‘iz, turkman, ozarga.
Doim yangrab tursin do‘stlikning kuyi,
O'zbek, qoraqalpoq yozgan asarga.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
👍3
Forwarded from Kokand University (rasmiy)
📣 ABITURIENTLAR DIQQATIGA!
⚡️Davlat oliy ta'lim muassasasiga hujjat topshirishga ulgurmadingizmi? Unda bu imkoniyat aynan Siz uchun❗️
🏛 Qo‘qon universitetida 2023/2024 o‘quv yili KUNDUZGI ta'lim shakli uchun yo‘nalishlariga qabul davom etmoqda❗️
Mavjud yo‘nalishlarimiz ⬇️
▪️60110200 – Maktabgacha ta'lim;
▪️60110500 – Boshlang‘ich ta'lim;
▪️60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) – o‘zbek guruhi;
▪️60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) – rus guruhi;
▪️60310100 – Iqtisodiyot – o‘zbek guruhi;
▪️60310100 – Iqtisodiyot – rus guruhi;
▪️60310900 – Psixologiya;
▪️60410400 – Moliya;
▪️60411200 – Menejment;
▪️60610500 – Kompyuter injiniringi;
▪️61010100 – Mehmonxona va turizmni boshqarish.
📁Ro‘yxatdan o‘tish uchun kerakli hujjatlar:
➖Fuqarolik pasporti yoki ID-karta;
➖Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);
➖Xorijiy til sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).
🔖 Xorijiy til sertifikati borlar uchun imtiyoz mavjud.
📥 Hujjatlar Qo‘qon universiteti Axborot-kutubxona markazi binosida offlayn va http://qabul.kokanduni.uz elektron tizimi orqali onlayn qabul qilinadi.
✔️ Eslatib oʻtamiz, KUNDUZGI ta'lim shakli bo'yicha qabul jarayonlari 2023-yil 31-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi. Bilimli, jonkuyar ustozlardan saboq olib, porloq kelajagingiz yoʻlida dadil qadam tashlang❗️
🌐Axborot-maslahat markazi (call center)
+99873 545 44 44;
+99873 545 55 55.
📍Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy, Axborot-kutubxona markazi binosi.
⚡️Davlat oliy ta'lim muassasasiga hujjat topshirishga ulgurmadingizmi? Unda bu imkoniyat aynan Siz uchun❗️
🏛 Qo‘qon universitetida 2023/2024 o‘quv yili KUNDUZGI ta'lim shakli uchun yo‘nalishlariga qabul davom etmoqda❗️
Mavjud yo‘nalishlarimiz ⬇️
▪️60110200 – Maktabgacha ta'lim;
▪️60110500 – Boshlang‘ich ta'lim;
▪️60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) – o‘zbek guruhi;
▪️60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) – rus guruhi;
▪️60310100 – Iqtisodiyot – o‘zbek guruhi;
▪️60310100 – Iqtisodiyot – rus guruhi;
▪️60310900 – Psixologiya;
▪️60410400 – Moliya;
▪️60411200 – Menejment;
▪️60610500 – Kompyuter injiniringi;
▪️61010100 – Mehmonxona va turizmni boshqarish.
📁Ro‘yxatdan o‘tish uchun kerakli hujjatlar:
➖Fuqarolik pasporti yoki ID-karta;
➖Umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat (ilovasi bilan);
➖Xorijiy til sertifikati (agar mavjud bo‘lsa).
🔖 Xorijiy til sertifikati borlar uchun imtiyoz mavjud.
📥 Hujjatlar Qo‘qon universiteti Axborot-kutubxona markazi binosida offlayn va http://qabul.kokanduni.uz elektron tizimi orqali onlayn qabul qilinadi.
✔️ Eslatib oʻtamiz, KUNDUZGI ta'lim shakli bo'yicha qabul jarayonlari 2023-yil 31-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi. Bilimli, jonkuyar ustozlardan saboq olib, porloq kelajagingiz yoʻlida dadil qadam tashlang❗️
🌐Axborot-maslahat markazi (call center)
+99873 545 44 44;
+99873 545 55 55.
📍Manzil: Qo‘qon shahri, Turkiston ko‘chasi, 28-a uy, Axborot-kutubxona markazi binosi.
👍1
SHAVKATLI INSON
(Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga)
Taqdirni biz emas, bitguvchi Alloh,
Uning irodasi abadiyatdir!
Gar yaproq uzilsa, bo‘lguvchi ogoh,
Senu men bu ishda sababiyatdir!
Haqning roziligi – sening qudrating,
Shohlik ham, boylik ham Uning himmati.
Islom bo‘yog‘ida soldi surating,
Rasululloh suygan bo‘lding ummati.
Temurdek bu yurtga bo‘lding rahnamo,
Mo‘minlar amiri Umardek odil.
Fuqarodan tortib olim-ulamo,
Seningdek xulq uzra bo‘lishsin komil.
Oddiy ko‘rpachaga solib taxtini,
Osmondan yer sari tushdi ne zotlar.
Odamlar ichidan topmay baxtini,
Olomondan qochdi yana ne yotlar.
Mayli, saralandi shu bahona bosh,
Xalqim deb, yurtim deb yonsin-da, yurak!
Qaro xalq ko‘zidan to‘kilmasin yosh,
Yerdan uzilmagan oyoqlar kerak.
Mehri qaynoq, yuzi yorug‘ Quyoshdek,
Bu yurt osmonida porlang hamisha.
Shahdi chaqmoq doim yigirma yoshdek,
Tanda ruh so‘nishdan qilsin andisha.
Xuddi chegarada turgandek har chog‘,
Xalqingiz holidan bo‘ling xabardor.
Mirishkor bog‘bondek yarating bir bog‘,
Har go‘sha farovon, bo‘lsin chamanzor.
Azon yangramagan qolmasin hech uy,
Bu el Allohga chin qilsin bandalik.
Uning rizosiga erishmoqlik o‘y,
Oliy maqsadimiz bo‘lsin kundalik.
Bu hayot boqiylik aro bir bekat,
Undan shoh ham, gado o‘tguvchi, ahir.
Umrimiz shomida namoz uch rakat
O‘qisak, abadiy tong otar oxir.
Bu manzil yo‘lida sinovlar bisyor,
Og‘ir karvonimiz bo‘ling sarboni.
Haqiqat, adolat yukini, zinhor,
Qo‘lida qoldirmang ojiz insonni(ng).
Tog‘dayin bardoshli bo‘ling yurtboshim,
Ummondek tuganmas tilayman iymon.
Zulm ne bilmasin hech bir yurtdoshim,
Doimo bo‘ling siz Shavkatli inson!
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
(Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga)
Taqdirni biz emas, bitguvchi Alloh,
Uning irodasi abadiyatdir!
Gar yaproq uzilsa, bo‘lguvchi ogoh,
Senu men bu ishda sababiyatdir!
Haqning roziligi – sening qudrating,
Shohlik ham, boylik ham Uning himmati.
Islom bo‘yog‘ida soldi surating,
Rasululloh suygan bo‘lding ummati.
Temurdek bu yurtga bo‘lding rahnamo,
Mo‘minlar amiri Umardek odil.
Fuqarodan tortib olim-ulamo,
Seningdek xulq uzra bo‘lishsin komil.
Oddiy ko‘rpachaga solib taxtini,
Osmondan yer sari tushdi ne zotlar.
Odamlar ichidan topmay baxtini,
Olomondan qochdi yana ne yotlar.
Mayli, saralandi shu bahona bosh,
Xalqim deb, yurtim deb yonsin-da, yurak!
Qaro xalq ko‘zidan to‘kilmasin yosh,
Yerdan uzilmagan oyoqlar kerak.
Mehri qaynoq, yuzi yorug‘ Quyoshdek,
Bu yurt osmonida porlang hamisha.
Shahdi chaqmoq doim yigirma yoshdek,
Tanda ruh so‘nishdan qilsin andisha.
Xuddi chegarada turgandek har chog‘,
Xalqingiz holidan bo‘ling xabardor.
Mirishkor bog‘bondek yarating bir bog‘,
Har go‘sha farovon, bo‘lsin chamanzor.
Azon yangramagan qolmasin hech uy,
Bu el Allohga chin qilsin bandalik.
Uning rizosiga erishmoqlik o‘y,
Oliy maqsadimiz bo‘lsin kundalik.
Bu hayot boqiylik aro bir bekat,
Undan shoh ham, gado o‘tguvchi, ahir.
Umrimiz shomida namoz uch rakat
O‘qisak, abadiy tong otar oxir.
Bu manzil yo‘lida sinovlar bisyor,
Og‘ir karvonimiz bo‘ling sarboni.
Haqiqat, adolat yukini, zinhor,
Qo‘lida qoldirmang ojiz insonni(ng).
Tog‘dayin bardoshli bo‘ling yurtboshim,
Ummondek tuganmas tilayman iymon.
Zulm ne bilmasin hech bir yurtdoshim,
Doimo bo‘ling siz Shavkatli inson!
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
🏆2
TOG'LI TUYG'ULAR
Qarshimda gerdayib turar ulug'vor,
Qoshimda Zaminning mag'rur ustuni.
Qutlug' niyatlarni qilib umidvor,
Qalbim simiradi ajib tuyg'uni.
Bag'rida bahorning iliq havosi,
Biram erkalanib oqadi soyda.
Bulbul ohangidek yangrar navosi,
Butkul dunyolardan holi bir joyda.
Toshlarga aytaman tilaklarimni,
Totli suvlaridan to'yguncha ichib.
Topaman yo'qolgan yuraklarimni,
Tubsiz jarlik uzra qushdayin uchib.
Sira his qilmagan tuyaman baxtni,
Sokin tun qo'ynida surgancha xayol.
Sekin silayotir sabo daraxtni,
Safo nafasini olgandek ayol.
Oy ham bir ko'rinib, qoldi yo'qolib,
Osmon yulduzlardan yaralgan go'yo.
Orzumand qoyalar kelgandek g'olib,
Odamdek gerdayib boqmaydi qiyo.
Lekin men zabt etdim o'sha cho'qqini,
Labirint so'qmoqlar ichidan o'tib.
Lavadek erigan yurak cho'g'ini,
Lahzada so'ndirdim jarlarga otib.
Ammo cho'qqilarda qolmoq yo'q uzoq,
Ajabo, chiqishdan tushmoqlik mushkul.
Azamat tog'larning ko'ksidan, biroq,
Asriy obihayot oqadi nuqul...
Hamid IKROM
Qoqon universiteti talabasi
Qarshimda gerdayib turar ulug'vor,
Qoshimda Zaminning mag'rur ustuni.
Qutlug' niyatlarni qilib umidvor,
Qalbim simiradi ajib tuyg'uni.
Bag'rida bahorning iliq havosi,
Biram erkalanib oqadi soyda.
Bulbul ohangidek yangrar navosi,
Butkul dunyolardan holi bir joyda.
Toshlarga aytaman tilaklarimni,
Totli suvlaridan to'yguncha ichib.
Topaman yo'qolgan yuraklarimni,
Tubsiz jarlik uzra qushdayin uchib.
Sira his qilmagan tuyaman baxtni,
Sokin tun qo'ynida surgancha xayol.
Sekin silayotir sabo daraxtni,
Safo nafasini olgandek ayol.
Oy ham bir ko'rinib, qoldi yo'qolib,
Osmon yulduzlardan yaralgan go'yo.
Orzumand qoyalar kelgandek g'olib,
Odamdek gerdayib boqmaydi qiyo.
Lekin men zabt etdim o'sha cho'qqini,
Labirint so'qmoqlar ichidan o'tib.
Lavadek erigan yurak cho'g'ini,
Lahzada so'ndirdim jarlarga otib.
Ammo cho'qqilarda qolmoq yo'q uzoq,
Ajabo, chiqishdan tushmoqlik mushkul.
Azamat tog'larning ko'ksidan, biroq,
Asriy obihayot oqadi nuqul...
Hamid IKROM
Qoqon universiteti talabasi
🕊1
TOG'LI TUYG'ULAR
Qarshimda gerdayib turar ulug'vor,
Qoshimda Zaminning mag'rur ustuni.
Qutlug' niyatlarni qilib umidvor,
Qalbim simiradi ajib tuyg'uni.
Bag'rida bahorning iliq havosi,
Biram erkalanib oqadi soyda.
Bulbul ohangidek yangrar navosi,
Butkul dunyolardan holi bir joyda.
Toshlarga aytaman tilaklarimni,
Totli suvlaridan to'yguncha ichib.
Topaman yo'qolgan yuraklarimni,
Tubsiz jarlik uzra qushdayin uchib.
Sira his qilmagan tuyaman baxtni,
Sokin tun qo'ynida surgancha xayol.
Sekin silayotir sabo daraxtni,
Safo nafasini olgandek ayol.
Oy ham bir ko'rinib, qoldi yo'qolib,
Osmon yulduzlardan yaralgan go'yo.
Orzumand qoyalar kelgandek g'olib,
Odamdek gerdayib boqmaydi qiyo.
Lekin men zabt etdim o'sha cho'qqini,
Labirint so'qmoqlar ichidan o'tib.
Lavadek erigan yurak cho'g'ini,
Lahzada so'ndirdim jarlarga otib.
Ammo cho'qqilarda qolmoq yo'q uzoq,
Ajabo, chiqishdan tushmoqlik mushkul.
Azamat tog'larning ko'ksidan, biroq,
Asriy obihayot oqadi nuqul.
Haqning qudratini yaqinroq sezdim,
Haqiqat: odamzod shu qadar ojiz!
Hattoki, toshni ham ohista ezdim,
Har on nafasimda jon edi yolg'iz.
Ruhimning shu jondan o'zga do'sti yo'q,
Rishtalar bog'langan ona bag'rida.
Roziman taqdirdan, doim ko'nglim to'q,
Rang-barang yaralgan olam barida.
Hamid IKROM
Qoqon universiteti talabasi
Qarshimda gerdayib turar ulug'vor,
Qoshimda Zaminning mag'rur ustuni.
Qutlug' niyatlarni qilib umidvor,
Qalbim simiradi ajib tuyg'uni.
Bag'rida bahorning iliq havosi,
Biram erkalanib oqadi soyda.
Bulbul ohangidek yangrar navosi,
Butkul dunyolardan holi bir joyda.
Toshlarga aytaman tilaklarimni,
Totli suvlaridan to'yguncha ichib.
Topaman yo'qolgan yuraklarimni,
Tubsiz jarlik uzra qushdayin uchib.
Sira his qilmagan tuyaman baxtni,
Sokin tun qo'ynida surgancha xayol.
Sekin silayotir sabo daraxtni,
Safo nafasini olgandek ayol.
Oy ham bir ko'rinib, qoldi yo'qolib,
Osmon yulduzlardan yaralgan go'yo.
Orzumand qoyalar kelgandek g'olib,
Odamdek gerdayib boqmaydi qiyo.
Lekin men zabt etdim o'sha cho'qqini,
Labirint so'qmoqlar ichidan o'tib.
Lavadek erigan yurak cho'g'ini,
Lahzada so'ndirdim jarlarga otib.
Ammo cho'qqilarda qolmoq yo'q uzoq,
Ajabo, chiqishdan tushmoqlik mushkul.
Azamat tog'larning ko'ksidan, biroq,
Asriy obihayot oqadi nuqul.
Haqning qudratini yaqinroq sezdim,
Haqiqat: odamzod shu qadar ojiz!
Hattoki, toshni ham ohista ezdim,
Har on nafasimda jon edi yolg'iz.
Ruhimning shu jondan o'zga do'sti yo'q,
Rishtalar bog'langan ona bag'rida.
Roziman taqdirdan, doim ko'nglim to'q,
Rang-barang yaralgan olam barida.
Hamid IKROM
Qoqon universiteti talabasi
🕊2
MUNISA AYOL
(Mahzuna ismli olima timsolida barcha dunyo ayollariga)
Ilm suvin ichib yashnagan daraxt,
Har shox, novdasida ungan xazina.
Kutubxona saroy, kitoblardan taxt,
Saodat tog‘iga yo‘l bo‘lgan zina.
Oqila va dono olima jamol,
Sarishta, farishta, g‘amxo‘r, gulguna.
Dunyoning ziynati shugina kamol,
Iymon nuri ila go‘zal Mahzuna.
Vatanning sha’nisiz, elning g‘ururi,
Oy kabi oqshomning sohibasisiz.
Xonadon chirog‘i, ko‘ngil sururi,
Hayot gulbog‘larin jozibasisiz!
O‘zbekoyimlardek millat onasi,
To‘maris momomdek mardlikka timsol.
Sizlarsiz qurilmas baxt koshonasi,
Olamni tebratgan munisa ayol.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
(Mahzuna ismli olima timsolida barcha dunyo ayollariga)
Ilm suvin ichib yashnagan daraxt,
Har shox, novdasida ungan xazina.
Kutubxona saroy, kitoblardan taxt,
Saodat tog‘iga yo‘l bo‘lgan zina.
Oqila va dono olima jamol,
Sarishta, farishta, g‘amxo‘r, gulguna.
Dunyoning ziynati shugina kamol,
Iymon nuri ila go‘zal Mahzuna.
Vatanning sha’nisiz, elning g‘ururi,
Oy kabi oqshomning sohibasisiz.
Xonadon chirog‘i, ko‘ngil sururi,
Hayot gulbog‘larin jozibasisiz!
O‘zbekoyimlardek millat onasi,
To‘maris momomdek mardlikka timsol.
Sizlarsiz qurilmas baxt koshonasi,
Olamni tebratgan munisa ayol.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
❤4
HAQIQAT
Tinchlik, osoyishtalik orzu kimlarga hozir,
Sog‘-omon o‘tsa kuni undan baxtli yo‘q odam.
Vatanidan quvg‘inda, sarson, qochoq, musofir,
Yana kim och-yalong‘och, do‘zaxga teng bu olam.
Kimlar tillo tog‘iga qurayapti maqbara,
Kimning go‘ri balandroq bo‘lishiga ovvora.
Fir'avnlar ustingdan qilmoqdalar masxara,
CHunki kamlik qilyapti shoh qabriga favvora.
Qaylardadir qay bir xalq suv topolmay xoru zor,
Quyosh tig‘i tegmagan topolmaysan bir inson.
Yana qay bir makonda ribodan qaynar bozor,
Beboshlikning dastidan qoraygan yeru osmon.
Soylarida qon oqar, bog‘larida o‘q-dori,
Saroylarda qo‘y boqar, uvolni terib cho‘pon.
Tog‘lardagi toshlardan o‘chog‘iga o‘t yoqar,
Koinot yuragini yondiradi yosh CHo‘lpon.
SHoirning dalasiga otmang bo‘hton toshini,
Bor boyligi so‘zida bo‘lsa bordir oq paxta.
Artishgada qodirmas mazlumning bir yoshini,
Ularning so‘zlariyu, o‘zlari hatto sohta.
Tanqid emas, tahlil qil o‘tgan har bir oningni,
Taqdiringa bir so‘zni yozolmaysan, nachora!
O‘qqa, cho‘qqa urmagin omonat bu joningni,
Ajalini hech kimsa olmaydi berib pora.
Besh kunlik dunyo uchun bu qadar ketmagin past,
Mol-dunyo, mansab, amal ochiq bir sinov, tashvish.
Foniylik karvonida yo‘lovchi har biri kas,
Oxirat manziliga xotirjam borar darvesh.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Tinchlik, osoyishtalik orzu kimlarga hozir,
Sog‘-omon o‘tsa kuni undan baxtli yo‘q odam.
Vatanidan quvg‘inda, sarson, qochoq, musofir,
Yana kim och-yalong‘och, do‘zaxga teng bu olam.
Kimlar tillo tog‘iga qurayapti maqbara,
Kimning go‘ri balandroq bo‘lishiga ovvora.
Fir'avnlar ustingdan qilmoqdalar masxara,
CHunki kamlik qilyapti shoh qabriga favvora.
Qaylardadir qay bir xalq suv topolmay xoru zor,
Quyosh tig‘i tegmagan topolmaysan bir inson.
Yana qay bir makonda ribodan qaynar bozor,
Beboshlikning dastidan qoraygan yeru osmon.
Soylarida qon oqar, bog‘larida o‘q-dori,
Saroylarda qo‘y boqar, uvolni terib cho‘pon.
Tog‘lardagi toshlardan o‘chog‘iga o‘t yoqar,
Koinot yuragini yondiradi yosh CHo‘lpon.
SHoirning dalasiga otmang bo‘hton toshini,
Bor boyligi so‘zida bo‘lsa bordir oq paxta.
Artishgada qodirmas mazlumning bir yoshini,
Ularning so‘zlariyu, o‘zlari hatto sohta.
Tanqid emas, tahlil qil o‘tgan har bir oningni,
Taqdiringa bir so‘zni yozolmaysan, nachora!
O‘qqa, cho‘qqa urmagin omonat bu joningni,
Ajalini hech kimsa olmaydi berib pora.
Besh kunlik dunyo uchun bu qadar ketmagin past,
Mol-dunyo, mansab, amal ochiq bir sinov, tashvish.
Foniylik karvonida yo‘lovchi har biri kas,
Oxirat manziliga xotirjam borar darvesh.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
❤4
SHUKRONALIK
Ortinga bir nazar tashla, biroz o‘yla,
Osmonlarda uchib yurmay tuproqqa qayt.
Vijdon ila haqiqatni bilsang so‘yla,
Iymoning gar bo‘lsa zarra shukrona ayt!
O‘tgan kuning tun ostida yotgan bir jon,
Bugun tongga o‘qimoqda hayoting bayt.
Qishlog‘ingda yangramoqda yana Azon,
Iymoning gar bo‘lsa zarra shukrona ayt!
Haq so‘zni deb toptalganda sha’ning, qadring,
Senga ochiq najot bergan Allohga qayt!
Qizg‘aldoqlar to‘lmasidan g‘arib qabring,
Iymoning gar bo‘lsa zarra shukrona ayt!
Ko‘kka emas, ko‘pga qara, atrofga boq,
Halol mehnat qilsang, rohat ko‘rar bir payt.
Yuragingda so‘ngan umid olovin yoq,
Iymoning gar bo‘lsa zarra shukrona ayt!
Jannatmonand zamin uzra ungan inson,
Bobolaring ishlariga bo‘lma loqayd.
Sen ham ayla bu Vatanni bog‘u bo‘ston,
Iymoning gar bo‘lsa zarra shukrona ayt!
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Ortinga bir nazar tashla, biroz o‘yla,
Osmonlarda uchib yurmay tuproqqa qayt.
Vijdon ila haqiqatni bilsang so‘yla,
Iymoning gar bo‘lsa zarra shukrona ayt!
O‘tgan kuning tun ostida yotgan bir jon,
Bugun tongga o‘qimoqda hayoting bayt.
Qishlog‘ingda yangramoqda yana Azon,
Iymoning gar bo‘lsa zarra shukrona ayt!
Haq so‘zni deb toptalganda sha’ning, qadring,
Senga ochiq najot bergan Allohga qayt!
Qizg‘aldoqlar to‘lmasidan g‘arib qabring,
Iymoning gar bo‘lsa zarra shukrona ayt!
Ko‘kka emas, ko‘pga qara, atrofga boq,
Halol mehnat qilsang, rohat ko‘rar bir payt.
Yuragingda so‘ngan umid olovin yoq,
Iymoning gar bo‘lsa zarra shukrona ayt!
Jannatmonand zamin uzra ungan inson,
Bobolaring ishlariga bo‘lma loqayd.
Sen ham ayla bu Vatanni bog‘u bo‘ston,
Iymoning gar bo‘lsa zarra shukrona ayt!
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
🕊5
FARG‘ONAM MENING
Osiyo gavhari, muazzam vodiy,
Tangritog‘ va Hisor-Oloy viqori.
Go‘zal bu o‘lkaga qalqon abadiy,
Qoyalardek metin o‘zbek shunqori.
Qo‘qon, Bekoboddan goh esar shamol,
Balki butun vodiy bo‘ylab kezarlar.
Vodiyda Kumushdek maftunkor jamol,
Otabek, Farhodlar qalbin uzarlar.
Ming yillik tarixi xonlarga poytaxt,
Hunarmand ahliga boy ko‘hna Qo‘qon.
Humo qanotidan qalam tutgan baxt,
Adabiyot uchun mustahkam qo‘rg‘on.
Atlas, adrasida millat timsoli,
O‘zbek momomlarning qiyofasi bor.
Loydan ajib san’at yasar kuloli,
Dillarni sel qilar kuyi Tanavor.
Sirdaryo bag‘rida jon – obi-hayot,
Shoshib, chopib yelar Shohimardonsoy.
Qirlarda yam-yashil qaynar hissiyot,
Dalalar qo‘ynida paxta yo bug‘doy.
Bahordan kuzgacha o‘zgacha bog‘lar,
Quva anoriyu, o‘rik, giloslar.
Mirishkor elining ishidan tog‘lar,
Ko‘klamdan yasanib kiyar liboslar.
Oltiariq uzra marjon shodalar,
Jannat ishkomida ko‘rk bo‘lar boqiy.
Yashaydi bu yurtda bek, xonzodalar,
Tabiat bolini quyuvchi soqiy.
Buyuk olimlarning ona vatani,
Yana iste’dodga to‘la bu makon.
Tuprog‘i muqaddas oltin maxzani,
Farg‘onam, yagonam, chaman, guliston!
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Osiyo gavhari, muazzam vodiy,
Tangritog‘ va Hisor-Oloy viqori.
Go‘zal bu o‘lkaga qalqon abadiy,
Qoyalardek metin o‘zbek shunqori.
Qo‘qon, Bekoboddan goh esar shamol,
Balki butun vodiy bo‘ylab kezarlar.
Vodiyda Kumushdek maftunkor jamol,
Otabek, Farhodlar qalbin uzarlar.
Ming yillik tarixi xonlarga poytaxt,
Hunarmand ahliga boy ko‘hna Qo‘qon.
Humo qanotidan qalam tutgan baxt,
Adabiyot uchun mustahkam qo‘rg‘on.
Atlas, adrasida millat timsoli,
O‘zbek momomlarning qiyofasi bor.
Loydan ajib san’at yasar kuloli,
Dillarni sel qilar kuyi Tanavor.
Sirdaryo bag‘rida jon – obi-hayot,
Shoshib, chopib yelar Shohimardonsoy.
Qirlarda yam-yashil qaynar hissiyot,
Dalalar qo‘ynida paxta yo bug‘doy.
Bahordan kuzgacha o‘zgacha bog‘lar,
Quva anoriyu, o‘rik, giloslar.
Mirishkor elining ishidan tog‘lar,
Ko‘klamdan yasanib kiyar liboslar.
Oltiariq uzra marjon shodalar,
Jannat ishkomida ko‘rk bo‘lar boqiy.
Yashaydi bu yurtda bek, xonzodalar,
Tabiat bolini quyuvchi soqiy.
Buyuk olimlarning ona vatani,
Yana iste’dodga to‘la bu makon.
Tuprog‘i muqaddas oltin maxzani,
Farg‘onam, yagonam, chaman, guliston!
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
❤3
VISOL
Senu men yashagan oylar qaytmaydi,
Sevgimizga guvoh soylar qaytmaydi.
Balki Quyosh yana uyg‘onar tongda,
Tuyog‘lari olov toylar qaytmaydi.
Sochlaring o‘ynagan sabo begona,
Sensiz qolar bo‘lsam havo begona.
Dunyoda yolg‘izman telba devona,
Endi yorsiz yor-yor navo begona.
Bahorlarda kuzning zarhal maktubi,
Sarg‘aygan so‘zidan g‘amli mahbubi.
Ko‘karmay uzilgan yaproqlar sarson
Ishqimiz azobi ayriliq tubi.
Ko‘ksimizda uchgan qushlar qaytmaydi,
Birga ko‘rgan ajib tushlar qaytmaydi.
Balki sog‘inganda esar shamollar,
Izlarimiz qolgan qishlar qaytmaydi.
Men seni sog‘insam yog‘adi yomg‘ir,
Eslasam, ertagim, yuragim og‘rir.
Balki sen mensiz ham yashaysan baxtli,
Ertaga men sensiz yashashim og‘ir.
Foniylik tugarmish kelsa qiyomat,
Boqiy hayotimda sen bor ehtimol.
U yerda sevgiga bo‘lmas xiyonat,
U yerda oshiqlar topadi visol...
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Senu men yashagan oylar qaytmaydi,
Sevgimizga guvoh soylar qaytmaydi.
Balki Quyosh yana uyg‘onar tongda,
Tuyog‘lari olov toylar qaytmaydi.
Sochlaring o‘ynagan sabo begona,
Sensiz qolar bo‘lsam havo begona.
Dunyoda yolg‘izman telba devona,
Endi yorsiz yor-yor navo begona.
Bahorlarda kuzning zarhal maktubi,
Sarg‘aygan so‘zidan g‘amli mahbubi.
Ko‘karmay uzilgan yaproqlar sarson
Ishqimiz azobi ayriliq tubi.
Ko‘ksimizda uchgan qushlar qaytmaydi,
Birga ko‘rgan ajib tushlar qaytmaydi.
Balki sog‘inganda esar shamollar,
Izlarimiz qolgan qishlar qaytmaydi.
Men seni sog‘insam yog‘adi yomg‘ir,
Eslasam, ertagim, yuragim og‘rir.
Balki sen mensiz ham yashaysan baxtli,
Ertaga men sensiz yashashim og‘ir.
Foniylik tugarmish kelsa qiyomat,
Boqiy hayotimda sen bor ehtimol.
U yerda sevgiga bo‘lmas xiyonat,
U yerda oshiqlar topadi visol...
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
🕊3
OZODLIK NAFASI
Osmoni musaffo, tunlari oydin,
Necha ming yulduzlar yog‘ilar yana.
Tuprog‘ida mo‘l-ko‘l rizqu ro‘z, oltin,
Istiqlol shuuri qilar tantana.
Otash tongimizni o‘qqa tutsa kun,
Tandirida tayyor bo‘lar shirmoy non.
Quyoshday hayotbaxsh nuri bor uchun,
Yerdagi jannat u - turmush farovon.
Azon yangraganda uyg‘onar dillar,
Oshiqar masjidlar sari olomon.
Allohning zikrida hamisha tillar,
Keksalar e'zozda, xalqi sog‘-omon.
Balki duolardan shirin havosi,
Simirib, sevinib to‘ymaydi tanim.
Sahar chug‘urlashgan qushlar navosi,
Madhingga hamohang, aziz vatanim!
Ko‘chalar suv ichgan dilbar qizidan,
Momolarim isi - gulu rayhonlar.
Bolam chopayotir shodlik izidan,
O‘yinga to‘ymagan hovli, sayhonlar.
Orzularda yashar, begona armon,
Qirlarda shamolday yelar tulpori.
Tog‘larda ungan har giyohi darmon,
Bog‘larda abadiy yashar bahori.
Obi zam-zam erur oqayotgan suv,
Musaffo va sokin eliday halim.
Yigitlari alpday, qizlari suluv,
Ajdodlari bo‘lgan ulug‘ muallim.
Bu yurtning qoyadek posbonlari bor,
Ota-onadayin Yeru samosi.
Vodiylari shomu sahar fusunkor,
Ezgulikka yordir doim humosi.
Buyuk kelajakka mustahkam ishonch,
Bizga olamlarning kelar havasi.
Qalbda xotirjamlik, yuzdagi quvonch,
Ozodlik baxsh etgan qutlug‘ nafasi!
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Osmoni musaffo, tunlari oydin,
Necha ming yulduzlar yog‘ilar yana.
Tuprog‘ida mo‘l-ko‘l rizqu ro‘z, oltin,
Istiqlol shuuri qilar tantana.
Otash tongimizni o‘qqa tutsa kun,
Tandirida tayyor bo‘lar shirmoy non.
Quyoshday hayotbaxsh nuri bor uchun,
Yerdagi jannat u - turmush farovon.
Azon yangraganda uyg‘onar dillar,
Oshiqar masjidlar sari olomon.
Allohning zikrida hamisha tillar,
Keksalar e'zozda, xalqi sog‘-omon.
Balki duolardan shirin havosi,
Simirib, sevinib to‘ymaydi tanim.
Sahar chug‘urlashgan qushlar navosi,
Madhingga hamohang, aziz vatanim!
Ko‘chalar suv ichgan dilbar qizidan,
Momolarim isi - gulu rayhonlar.
Bolam chopayotir shodlik izidan,
O‘yinga to‘ymagan hovli, sayhonlar.
Orzularda yashar, begona armon,
Qirlarda shamolday yelar tulpori.
Tog‘larda ungan har giyohi darmon,
Bog‘larda abadiy yashar bahori.
Obi zam-zam erur oqayotgan suv,
Musaffo va sokin eliday halim.
Yigitlari alpday, qizlari suluv,
Ajdodlari bo‘lgan ulug‘ muallim.
Bu yurtning qoyadek posbonlari bor,
Ota-onadayin Yeru samosi.
Vodiylari shomu sahar fusunkor,
Ezgulikka yordir doim humosi.
Buyuk kelajakka mustahkam ishonch,
Bizga olamlarning kelar havasi.
Qalbda xotirjamlik, yuzdagi quvonch,
Ozodlik baxsh etgan qutlug‘ nafasi!
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
✍2