Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.6K subscribers
14.1K photos
2.04K videos
13 files
6.18K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
"TAILEV" loyihasining Muvofiqlashtiruvchi kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi hamkorligida “Toshkent – Kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish (TAILEV)” loyihasi Muvofiqlashtiruvchi kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida 2023-yilda Loyiha doirasida bajarilgan ishlar sarhisob qilindi. Xususan, Toshkent shahrida joriy etilishi rejalashtirilayotgan “Yashil shahar transport yo‘lagi”ning kontsept-dizayni, yo‘lakning iqtisodiy va ekologik samaradorligi asoslari hamda loyihaning gender strategiyasi taqdimot qilindi.

Batafsil
Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv

Bugun, 21- dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining Transport vazirligiga biriktirilgan a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Transport vazirining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi R.Po‘latov vazirlik tomonidan yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, transport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan yosh kadrlarga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar, vazirlikka biriktirilgan “ogʻir” toifadagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Batafsil
O‘zbekiston Aeronavigatsiya xizmati provayderi SOCEA platformasiga qo‘shildi

SOCEA – Yevropa va Osiyo uchun mintaqaviy aeronavigatsiya muvofiqlashtirish platformasi bo‘lib, havo harakatini boshqarish va aeronavigatsiya xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, ushbu yo‘nalishda axborot va bilim almashishda hamkorlikni taʼminlash maqsadida tashkil etilgan.

Turkiya Respublikasi Davlat aeroportlari bosh boshqarmasi hamda Ozarbayjon aeronavigatsiya xizmati provayderi “Azeraeronavigatsiya” YoAJ tomonidan tashkil etilgan birlashmaga “O‘zaeronavigatsiya” Markazi ham rasman a’zo bo‘ldi.

Batafsil
“Yashil shahar” transport yo‘lagining taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi va BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi Vakolatxonasi hamkorligida “Toshkent – Kam uglerodli avtotransportga investitsiyalar jalb etishni jadallashtirish (TAILEV)” loyihasi doirasida “Yashil shahar” transport yo‘lagining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

2025-yilgacha Toshkent shahri bo‘yicha jamoat transporti doimiy harakatlanadigan umumiy uzunligi 475 km bo‘lgan 36 ta alohida avtobus yo‘laklarini tashkil etish belgilangan bo‘lib, loyiha doirasida poytaxtning Shota Rustaveli ko‘chasida joriy etilishi rejalashtirilgan yashil transport yo‘lagining kontsept-dizayni, matematik modeli va uning asosida texnik iqtisodiy asosi ishlab chiqildi.

Batafsil
Talabalarning o‘z manziliga yetib olishi ta’minlanmoqda

Bugun erta tongdan Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov hamda oliy ta’lim muassasalari mas’ullari hamrohligida Toshkent mahalliy aeroporti va shimoliy temir yo‘l vokzali orqali qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joylariga joʻnab ketayotgan talabalarni kuzatishga chiqdilar.

Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilar oqimining keskin ortishi sababli aholining hududlarga harakatlanish imkoniyatini oshirish, yo‘lovchilarning o‘z vaqtida manzillariga xavfsiz yetib olishini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi soha tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shimcha chora - tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Natijada qo‘shimcha 67 190 nafar va umumiy hisobda 304 mingdan ortiq yo‘lovchini tashish imkoniyati yaratildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vazir va yoshlar uchrashuvi

Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida Transport vaziri va transport sohasida ish yuritayotgan yosh xodimlar hamda talabalar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida, vazir tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar, kelgusidagi rejalar xususida ma'lumotlar taqdim etildi. Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savol hamda takliflari eshitilib, ularga tegishli tashkilot rahbarlari bilan birgalikda javob berildi.

Tadbir so‘ngida esa, sohalar kesimida faol tarzda xizmat vazifasini olib borayotgan bir guruh yosh xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
25-dekabrdan Yunusobod va Turkiston metro bekatlari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi

Xabaringiz bor, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish maqsadida, Yunusobod hamda Turkiston metro bekatlari 4 oy muddatga yopilgan edi. Ushbu profilaktik ishlar o‘z yakuniga yetkazildi.

Shu munosabat bilan joriy yilning 25-dekabr sanasidan boshlab, bekatlar ish faoliyati soat tongi 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar doimiy reja asosida xizmat ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida, yo‘nalishda harakatlanuvchi poyezdlar oraliq vaqt intervali tig‘iz vaqtlarda 10 daqiqadan 4 daqiqagacha qisqartiriladi. Kelgusida bu ko‘rsatkich yanada qisqartirilib, 2 daqiqaga yetkazish rejalashtirilgan.