Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.6K subscribers
14.1K photos
2.04K videos
13 files
6.18K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Talabalar uchun qoʻshimcha avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda

Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida Transport vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda bevosita Talabalar shaharchasidan qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlarini tashkil etdi.

Qatnovlar Toshkent – Qarshi, Toshkent – Shahrisabz, Toshkent – Qorako‘l, Toshkent – Mirbozor, Toshkent – Termiz, Toshkent – Uzun, Toshkent – Denov yoʻnalishlarida bajarilmoqda.
🚌 Aholiga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, qishki taʼtil munosabati bilan talabalarni doimiy yashash joylariga yetib olishlari uchun Samarqand – Urganch – Samarqand yo‘nalishida qo‘shimcha qatnovlar yo‘lga qo‘yildi.

🚏 2023-yilning 27-dekabr kuniga qadar har kuni Samarqand shahar, Katta O‘zbek traktida joylashgan Buxoro bekatidan (Galaosiyo) soat 18:00 da qo‘shimcha avtobuslar harakati tashkil etilmoqda.

“Muxtor nur transservis” va “Graderoy travel” MCHJga tegishli zamonaviy 3 ta avtobus bir vaqtning o‘zida Samarqand shahridan jo‘nab ketadi. Yo‘l kira narxi bir yo‘lovchi uchun 120 000 (bir yuz yigirma ming) so‘m.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon

+998 91 531-00-70
+998 97 927-60-66.

Manzil: havolani bosing
Yangi yil bayram tadbirlarini nishonlash maqsadida, dam olish kunlarida avtobus saroylariga biriktirilgan avtobus yoʻnalishlarining faoliyati quyidagicha tashkil etiladi:

🔸 2023-yil 30-dekabr, shanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

🔸2023-yil 31-dekabr, yakshanba – ishlanmaydigan bayram kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

🔸 2024-yil 1-yanvar, dushanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

🔸 2024-yil 2-yanvar, seshanba – dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;

🔸2024-yil 6-yanvar, shanba – ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚌 Toshkent avotovokzalidan kuniga 80 ga yaqin reyslar bajarilmoqda

📱Yo'lovchilar chiptalarni "Toshkent" avtovokzali chiptaxonalaridan hamda "UzBus" mobil ilovasi orqali onlayn tarzda sotib olishi mumkin.

Qatnovlarning bajarilish vaqti va chipta narxlari bilan batafsil tanishing.

☎️ Ma'lumot uchun telefon: 71 207-87-00
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚌 Talabalar shaharchasidan hududlarga avtobus qatnovlari bajarilmoqda

Transport vazirligi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida tahsil oluvchi va qishki taʼtil munosabati bilan doimiy yashash joylariga joʻnab ketuvchi talabalar uchun quyidagi qoʻshimcha avtobus yoʻnalishlari tashkil etilgan:

Toshkent – Qarshi, Toshkent – Shahrisabz, Toshkent – Qorako‘l, Toshkent – Mirbozor, Toshkent – Termiz, Toshkent – Uzun, Toshkent – Denov.
Transafg‘on koridori orqali yuk tashuvlari rivojlantiriladi

Bugun, 26-dekabr kuni Transport vaziri Ilhom Maxkamov Afg‘oniston transport va fuqaro aviatsiyasi vaziri vazifasini bajaruvchi Hamidullo Oxunzoda boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tomonlar transport va logistika sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish maqsadida,

- avtomobil tashuvlarida undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni paritet asosida undirilishini ta’minlash;

- Afg‘oniston hududi orqali tranzit hamda ikki tomonlama tashuvlarni rivojlantirish;

- temir yo‘l tashuvlaridagi tarif stavkalariga imtiyozlar taqdim etish;

- “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” temir yo‘l qurilishi loyihasini jadallashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.
Idoralararo komissiyasining sayyor yig‘ilish o‘tkazildi

“Toshkent – Samarqand – Buxoro” yuqori tezlikda harakatlanish temir yo‘l uchastkasida “Yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga oid chora-tadbirlar" amalga oshirilishini tashkil etish va muvofiqlashtirish, shuningdek, nazorat qilish bo‘yicha Idoralararo komissiyasining navbatdagi sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Transport vazirligi Temir yo'l transporti boshqarmasi boshlig'i O.Irkabayev raislik qilgan yig‘ilishda Transport vaziri tomonidan tasdiqlangan yuqori tezlikdagi temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlash, hududlarni obodonlashtirish, shaharsozlik talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining ijrosi mutasaddilar ishtirokida muhokama qilindi.

Batafsil
Bayram kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro ishlash vaqti quyidagi tartibda amalga oshiriladi

2023-yil 31-dekabr yakshanba - dam olish kunida metro poyezdlari harakati doimiy jadval asosida ish faoliyatini olib boradi.

Ish vaqtining tugashi esa, 1 (bir) soatga uzaytiriladi, ya’ni barcha metro bekatlari 31-dekabr soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida (2023-yil 30-dekabr, 2024-yil 1-2-yanvar) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida, soat 05:00 dan 00:00 gacha harakatlanadi.

Batafsil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yoshlar forumi-2023” sarhisobi bilan tanishing!

21-22-23-dekabr kunlari
poytaxtimizdagi “Yoshlar ijod saroyi”da bir qator vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlarining yoshlar bilan ochiq muloqoti bo’lib o’tdi.

Jumladan, butun respublikamiz bo‘ylab 18-23 dekabr kunlari 200 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rektorlari, viloyat hamda tuman (shahar) hokimlari yoshlar bilan shaxsan uchrashib, yoshlar tomonidan ko‘tarilgan bir qator talab va takliflarni o’z ish rejasiga kiritdilar.

Hukumat vakillari va boshqa rahbarlarning yoshlar bilan uchrashuvlari qanday o‘tgani haqida batafsil ushbu video orqali bilib olish mumkin.

#YoshlarForumi2023

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yangi qurilgan “Uzun” temir yo‘l vokzali foydalanishga topshirildi

Bugun, 27-dekabr kuni Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida “Uzun” temir yo‘l vokzalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

“Uzun” temir yo‘l vokzali ushbu tuman va unga tutash hududlardagi aholini Surxondaryo viloyatining Termiz shahri va boshqa hududlari bilan hamda mamlakatimizning poytaxti va viloyatlari bilan bog‘lab turishda muhim ahamiyatga ega.

Batafsil