Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.8K subscribers
13.8K photos
2.01K videos
13 files
6.08K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
#Infografika

Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni o‘z vaqtida manzillariga xavfsiz yetib olishini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi soha tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shimcha chora - tadbirlarni amalga oshirmoqda.

✈️Xususan, aviatsiya yo‘nalishida amaldagi muntazam qatnovlardan tashqari joriy yilning 23-dekabridan 29-dekabrigacha bo‘lgan davrda "Uzbekistan airways" aviakompaniyasi tomonidan qo‘shimcha 17 ta aviaqatnov amalga oshiriladi.

🛫 “Humo air” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent – Urganch – Toshkent, Toshkent – Nukus – Toshkent, Toshkent – Qarshi – Toshkent hamda Toshkent – Samarqand – Toshkent yo‘nalishlarida qo‘shimcha 7 ta reys bajariladi.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Infografika

🚆Temir yo‘l transportida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha 58 ta reys yo‘lga qo‘yiladi.

“Toshkent – Urganch – Toshkent”, “Toshkent – Andijon – Toshkent”, “Toshkent – Termiz – Toshkent”, “Toshkent – Buxoro – Toshkent”, “Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent” yo‘nalishlarida qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha to‘rttadan vagon ulanadi.

Natijada 50 240 nafar yo‘lovchini qo‘shimcha tashish imkoniyati yaratiladi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Infografika

🚌 Toshkent shahrini boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi 44 ta shaharlararo yo‘nalishlarda 276 ta avtobuslar biriktirilgan.

2023-yilning 20 – 31-dekabr hamda 2024-yilning 1– 7-yanvar kunlari 381 ta qo‘shimcha reyslar orqali 18 669 ta yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatiladi.

🚏 “Toshkent” avtovokzalidan jami 14 ta yo‘nalishda 290 ta reys, “Abu Saxiy” avtovokzalidan jami 7 ta yo‘nalishda 91 ta reys bajariladi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
FIDIC mutaxassislari tomonidan trening mashg‘uloti o‘tkazildi

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida Xalqaro muhandis-konsultantlar federatsiyasi “FIDIC” mutaxassislari tomonidan yo‘l qurilishi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari vakillari uchun trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Trening mashg‘ulotlari davomida tadbirkorlik subyektlari vakillari, muhandislar, pudratchilar va quruvchilarga loyihalarini, qurilish sohasidagi shartnomalarni FIDIC Xalqaro muhandis-konsultantlar federatsiyasi standartlariga muvofiq tuzish, bitimlarda ishlarning aniq hajmi, huquq va majburiyatlar, shuningdek, tomonlarning javobgarligi masalalari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Batafsil
Shu maqsadda quyidagi 4 ta yo‘nalishda shahar ekspress avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi:

1 E-sonli “Temir yo‘l vokzali – Konigil turizm qishlogi”;

3 E-sonli “Amir Temur maqbarasi – Boqiy shahar turizm markazi”;

4 E-sonli “Amir Temur maqbarasi – Aeroport”;

5 E-sonli “Amir Temur maqbarasi – Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi”.

Shuningdek, 2 E-sonli “Amir Temur maqbarasi – Imom al-Buxoriy ziyoratgohi” shahar atrofi ekspress avtobus yo‘nalishi ochiladi.

2024-yilning 23-yanvar kuni Samarqand viloyati hududidagi shahar va shahar atrofi ekspress avtobus yo‘nalishlarini biriktirish bo‘yicha elektron tarzda ochiq tender o‘tkaziladi.

Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan e-tender.uztrans.uz axborot tizimi orqali taqdim etiladi.

Batafsil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Qish mavsumida Namangandan Toshkentga poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Samarqand shahrida “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK va Ozarbayjon Respublikasi “Azeraeronavigatsiya” YoAJ aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlar o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo’lib o’tdi.

Tomonlar parvozlar xavfsizligini ta’minlash yo’nalishidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama etishdi. Uchrashuv yakunida aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlar o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolandi.

Batafsil