Leaders.uz
8.34K subscribers
363 photos
137 videos
69 files
387 links
🏥Leaders Medical School [] Oliy Tibbiyot Maktabi

https://taplink.cc/leaders Sahifalar
@LMS_Qabul Online Kurs Qabul
@Leaders_Result Natijalar
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥PHENOMENAL NEWS By LEADERS 🔥


📜RESTER GA A'ZO BO'LING!!!

RES = Respublika
TER = Terma jamoasi

2023-2024 o'quv Yilida Tibbiyot Talabasi Bo'lish Uchun Tayyorlanayotganlar

Respublikamizning Eng Kuchli Talabalari (bo'lajak) Jamlanyotgan Guruhga a'zo bo'ling.

▪️Darslar Jahon Standartlari asosida olib boriladi.
▪️Tibbiyot Fanlari bilan birgalikda Ingliz Tili ham o'qitiladi
▪️Eng aktiv, Eng intiluvchanlar bilan birga bo'lasiz.

⚠️Shartlari Quyidagicha:
▫️2023-2024 yil Talabalikka topshirgan bo'lishi
▫️Undan Avval Respublika yoki Xalqaro Olimpiada ishtirokchisi
▫️Viloyat Olimpiada Sovrindori

@Leaders_official_bot ushbu botga
@Hakuna_admin yoki ushbu profilga.

"RESTER GA A'zolik uchun" deb yozasiz.

@Leaders_official [] @Leaders_Kurslari
Tibbiyot Liderlarini ABITURIYENTLIKDAN boshlab seleksiya qilsakkina keyin natijalarga real qaray olamiz.

Ilmu Toliblar Ona qornidan boshlab harakat qilishga qiyoslasak, bu harakatimiz aslida kech, shuni tushining!

@Leaders_official [] @Leaders_Kurslari
#art [] #anatomy [] #Leaders [] #Handwritten

📙Anatomiya HANDWRITTEN BOOK chiqishini kutyotganlar uchun maxsus😉🤫

https://youtube.com/shorts/Tn_-SEUE5Oc?feature=share

Instagramda esa: https://www.instagram.com/leadersuz1 🤫
​​#Alhamdulillah | #yil_3 | #Leaders | #created

Barcha Olamlar Robbi bo'lgan Alloh Subhanahu va Taologa Hamd-u Sanolar, Olamlar Sarvari bo'lgan Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo s.a.v. ga durudu salovatlar bo'lsin.

Alhamdulillah,  Bugun 28.05.2023y. ni ko'rish barchamizga nasib qildi. 3 yil avval xuddi shu kunda Alloh Subhanahu va Taoloning Hidoyati ila shu Leaders jamoasi tashkillandi.

Hikmatni qarang-ki, yaqin 1 oydan beri uyga qayta olmayotgan edim. Dublyaj videolar, Videodarslar tayyorlash, kitob yozish va hakozo sabablar bilan. Lekin bugun negadir o'zimga aniq bo'lmagan sabab bilan uyga shoshdim. Alloh ota-onalarimizni va yaqinlarimizni o'z rahmati bilan siylasin.

Farzandim ilm yo'lida deya, xattoki farzand sog'inchiga ham chidashmoqda. Barchamizning ota-onalarimiz qalblariga Hidoyat bersin va burchlarimizni ado etishlikni nasib qilsin.

Uyga qaytganimni ta'kidlaganim sababi, aynan shu joyda jamoa tashkillangan edi, hozir yana shu joyda yozmoqdaman.

6000 dan ziyod talaba bilan ilm yo'lida uchrashish nasib qildi (offline&online) ba'zilarining mas'uliyatsizlik sabablari ila ulardan saboq olgan bo'lsak, ba'zilarini ijobiy hislatlari sabab saboq oldik, in shaa Alloh davomli qilsin.

Ilm tolibi uchun eng kerak omilni sizga aytaman. Bu bir yerga o'rnashgach, Allohga to'kis tavakkal qilib, mehnatdan to'xtamaslik.

Jamoa sababi ila berilgan ne'matlardam Roziman Alhamdulillah. 

Jamoa shakllanishidagi hodisa qanday qilib birdan (suddenly) kelgan bo'lsa, hozir ham 3 yil bo'lgani haqidagi fikr birdan keldi. Shu onda o'yladik, "bugun bejiz uyga qaytmabman" - deya.

Bugun sizni ham #fikr laringizni bilmoqchi edik, 3 yil mobaynida maqsadimiz yo'lida qodir qilgancha harakat qilib nimadir ulasha oldikmi?

Va yana nimalarni kutmoqdasiz in shaa Alloh.

Fikrlaringiz bo'lsa #fikr deya
@Leaders_official_bot ga yuborishingiz mumkin.

Qadam bosilgan in shaa Alloh umrimiz yakuniga qadar bu qadamni to'xtatib qo'ymasin. Bizdan so'ng davom etuvchilar qadamini ham shaxdam qilsin in shaa Alloh.

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

© "Leaders" jamoasi

00:10 | 28.05.2023y |
📍Chortoq

Telegram | Instagram | YouTube
#fikr

Assalomu alaykum va rohmatullohi va borakatuh

Men gapiray desam gap va fikrlar juda ko'p😁.

Ammo bir narsadan doim minnador bo'laman ko'proq. Ya'ni mehribon Robbim men nodonni "Sizlar" bilan aynan shu kundan 1 yil avval uchrashtirdi.🥹

To'g'risi qanday tarif va fikr yozishga ham o'ylanyapman. Bu ma'lum bir fikr yo'qligidan emas, hozir miyamda aylanib yurgan fikrlarning haddan tashqari ko'pligida.

Men jamodan va jamoa a'zolaridan juda ko'p narsani o'rgandim. Ham diniy ham dunyoviy ham ijtimoiy ham hayotiy saboqlarni va bir qancha ma'qbul amallrni o'rgandim va oldim Alhamdullillah. 🙃

Hozir yuqoridagi xabarni o'qib, o'zimning jamoa safidagi 1 yillik hayotimni esga oldim va qanday dir 6-hissiyot bilan oldin sezmagan "nimanidir" (shu so'zni topa olamaypaman, balkim bu so'z yo'qdir😁) qalbimda sezdim. Endi 3 yillik bunday hayotni tasavvurimga ham sig'dira olmasam kerak. Hozir agar meni xabarimni o'qiyotgan bo'lsangiz demak, mening fikrlarim hali ham siz va sizlar uchun ahamiyatli. Men aynan shu narsadan xursand bo'laman.

Allloh Taolo barchamizdan ilmga bo'lgan ishtiyiqni, oramizdagi ahillikni, quvnoq davrani va ko'plab aytilmay qolib ketgan ajoyib xislatlarimizni hech qachon oramizdan ko'tarib qo'ymasin.

MEN JAMOAMDAN FAXRLANAMAN.
In shaa Alloh hali bu ishlar boshlanishi. Katta yutuqlar hali oldinda. Nafaqat talabalik, balki kasbimizda ham xattoki In shaa Alloh oxiratda Jannat bog'larida ham birga bo'lamiz.

"Barchasi" uchun rahmat!


P.S. In shaa Alloh. Amiyn.
#fikr
Assalomu alaykum. Leaders jamoasi haqidagi fikrim ijobiy ishingizga omad . Insonlarga ilim ulashish yo‘lidagi say harakatlaringizni Alloh o‘zi siylasin. Umringiz ham qilgan savobli amallaringiz kabi go‘zal bo‘lsin . Kelajakdagi ishlaringizga omad . Doim el nazarida va duosida bo‘ling .

P.S. in shaa Alloh, Amiyn.
#fikr

Men Leaders jamoasini 2 yildan beri kuzatib kelaman. Talaba bo'laturib,yosh bo'laturib shuncha narsa qilishga ulguribsizlar, Ma Sha Alloh. Har bir ishingizni, vediolaringizni Bismillahdan boshlab, menda bu sòzga nisbatan òzgacha mehr, ilohiyligiga ishonch uyğotdinglar. Zero bu kalima ila qanday darajaga yetish mumkinligini kòrib turibman.

Jamoa faoliyatiga qarasam hamma sohadan bor😅 til ham, tibbiyot ham.
Men sizlardan olgan eng katta manfaatim fiziologiya asoslari kitobidir. Òzbek tilida shunday ajoyib kitobdan bahramand bòlishni nasib qilgan, sizlarni sababchi qilgan Alloh Taologa shukronalar aytaman.🌙

Jamoaga tilagim harakatdan charchamanglar,tòxtab qolmanglar. Yuksak zafarlar,🔥muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

P.S. in shaa Alloh, Amiyn.
#fikr Men talaba sifatida bir emas bir necha bor Leaders ga tashrif buyurishga ulgurdim😁😁.

Eng birinchi navbatda o'rganganim post yozish bo'ldi😅😉.
Endi shuni amalga qo'llamoqchiman.

To'g'risini aytsam avval tg ni uncha faol ishlatmas edim.
"Online ham o'qib bo'lar ekanmi😒" degan fikrni peak ga chiqargandim hayolot olamimda😃.

Lekin hozirgi fikrlarim tubdan farq qiladi. Nega deysizmi😁?

Avvali tg ga kirib, tg dagi tibbiy guruhlarda talabalarni uzun-uzun Tibbiyotga doir fikrlar yozishini ko'rib😳, lol qolardim🤓🫣. Chunki o'zim qila olmayman deb o'ylardim😁.

Uni ustiga ingliz yo Rus tilidan o'qishganini aytishsa yonib ketardim😶🌫🤯. Men ham "insonmanmi" degan fikrchalar girdi kapalak bop ketardi🫨.

Allohga shukur, hozir o'zim uncha muncha tilni tushuna olaman🤫, shu sabab post yozishimda #fikr kelib qoldi, ruscha, inglizcha, nemischa, Arab tilidan kichik birliklar kiritish🫠😶.

Shunday qilmoqchi ham bo'ldim😁, keyin menga berilgan dakkilar yodimga tushdi:
"Qachonki ommaga shaxsiy fikring orqali murojaat qilar ekansan, fikrlar ommaga tushinarli bo'lishi eng birinchi omil, aks holda fikrlarni oltin bilan o'yib yozsang ham, foydasiz bo'lib qadrini yo'qotadi" shu sabab oltinni isrof qilgim😂, fikrimni foydasizga chiqarishni tanlagin kelmadi😉.

Allohga shukur hozir Men ham postlar yozyapman😁😁, hech yo'q boshqa mavzuda bo'lsa ham, tibbiyot bo'yicha esa postchalar yozaman. 1 yilcha avvam kitob ham yozmoqchi bo'ldim😂😂, lekin 🫠😬 biroz bor ekan vaqt Unga.

Jamoaga tashkillangan arafasidan biriz o'tib qo'shilgandim, lekin Juda ko'p bor ertak bo'ldim 😕: (bir bor ekan, bir yo'q ekan kamina haqida).

Muhimi borligimda ham yo'qligimda ham saboq olishni o'rganganim🤓.

O'rganganlarimga kelsam, to'g'risi bir kitob yozsam bo'ladi. Jamoa haqida desam yana dakki eshitaman🤓, sababi ila, ha sababi ila. Muhit ichida Juda Juda ko'op narsalarni guvohi bo'ldim. Tibbiyot Ilmi boyicha yetarlicha bilaman🤓 deb o'ylardim, adashgan ekanman (present perfect🤪). Buni bir amalladim🤓, chuni o'zimdan kuchli talabalarni ko'rib, buni tan olib harakatni boshladim. Tibbiyotdan tashqari yana olgan eng kerakli saboqlarim diniy tushunchalarim qanchalik sayoz ekanini jamoada mavjud bo'lgan bir necha 10 Dan ziyod talabalar ko'rsatib berishdi. Ko'rsatishdi-ku, To'g'ridan-to'g'ri qalbga boruvchi saboq bilan ko'rsatishdi. Ular boshqacha insonlar😊, ular go'zal, ularning qalbi go'zal. Zero yuz ifodasi ahamiyatsiz, online bo'lganimiz sabab bu ochiq-oydin bilindi, qalb go'zalligi qanchalik hushbichim ekani. Saboqlari amal ila qalblarga dars berdi. Ishonasizmi, xattoki o'zimga saboq olib, ko'zlarimga yosh😢 keldi. Bu menda ham Allohga shukur biroz bo'lsada vijdon bor ekanidan darakmi endi.

Yuqorida online ta'lim, ta'limmi der edim🤓, deya ta'kidladim.

ASLIDA ta'lim olish Nima ekanini bilmas ekanman😑, bir ma'lumotni o'zini o'rganish, bu ta'lim bo'lib qolmas ekan. Ochig'i ilm degands avvaldan kora umuman boshqacha fikrlar keladigan bo'lgan hayolimha.

O'zimni gohida "tupoymisan, nima. Harakat qil" deb so'kaman🤪. Shunda "hech Kim sizdan kuchli emas, avvalroq boshlagan, ko'proq mehnat qilhan..." degan fikrlar aylanadi boshimda.

Ilm ichiga mo'ralab👀, ilm olishni, uni ulashishni, qiyinchiliklarini biroz🤏 his qildim.
Ta'rifi esa eheee😮😮, Juda 🤯🤯. Lekin maza😁😁.

Ochig'i, bir narsani ko'p ustida o'tirilsa tez asab bo'p qolaman odatda😁, lekin shu vawt ichida, hamma narsaga shunday vaqt sarflaydigan. Xatto😳 1 ta so'z ma'nosini chuqur tahlil qilib, nega aynan bu so'z bunday ma'no berishini o'rganishga sabr qiladigan bo'ldim🤓. Bu istalgan so'z, tibbiy termin...

Keyin o'zimcha bunga nom berdim😂, "teran fikrlash" . Menimcha shundayda😁. Fiziologiya Asoslarini birinchi bor ko'rganimdagi taasurotlarimni so'z bilan tg ga tushirib bo'lmaydi😃😃🤩🤩. O'zi undan avval chiqgan kitoblarni😃😃 ta'riflamayin. Bu kitoblar bir tomon, uni men kabi tengdoshlarim chiqarayotgani 2-tomon😂😂, men esa yuribman Hali ham, bitta ishni do'ndirdim deb😂. Davomli qilsin in shaa Alloh, kamida shu kitoblarni o'qib tugatish nasib qilsin. Birinchi kitoblar chiqganda xatolarni topib tashladim o'zlariga🤓, Davomi...
1-qism Davomi ...
Keyin rahmat eshitdim.
Jahlim chiqdi🙁, yozganga yarasha to'g'irlab yozsang bo'lmaydimi deb ichimda o'zimga - o'zim gapirdim. Buni qandayligini 1 yil avval kitob yozmoqchiman men ham deb, kitob yozishga kirishganda bildim😢.

Muhit haqida gapiradigan bo'lsam, positive🥳, quvnoq, ilmga joziba beruvchi🤩.
Sokinlik, og'ir bosiqlik, vazminlik. Ilm haybati🙂. Sabr-qanoat topish, sobitqadam bo'lish. Ilm olishdan so'ng uni ulashish zarurligi. Ilm oluvchilar orasida qanday hurmat mavjud ekani.
Qiyinchilik, ilmda pastlashish, ilmni jamoa bilan olganda faqat foydasi bo'lganda yoniga Chopib, sinov kelganda qochmaslik, ... kabi sifatlarni barchasini o'zim uchun topdim.
Chindan Kim nimani izlasa shunj toparkan.

Ochig'i kanalga savol berilganda "olgan foydangiz" degan qismiga.

Avvalgi men: qancha soqqa💸💸 nazarda tutilyaptimi😄😄
Hozirgi men: 🧠Olingan saboqlar, ruhiy oziqlar nazarda tutilyaptimi

Chunki avval biznes ichida bo'lib, ko'proq shuni savdosi bilan shug'ullanganmanda✌️, endi tushunyapman ilm savdosini, siz ham ilm savdosi deganda soqqani o'yladingizmi😁😁😁😁.

Gaplarim yakunida Ilm yo'lidagi men bilgan va bilmagan jamoa a'zolari va yetakchilariga Allohning Ilm uchun beruvchi g'ayrati, shijoati, sabr-qanoati, hidoyatini so'rayman, shu qatorida bizlarni ham rizqlantirsin. Amiyn Ajmain.

Faoliyat bardavom bo'lsin in shaa Alloh

P.S. in shaa Alloh, Amiyn.
#fikr

Assalomu alaykum va rohmatulohi va barokatuh. Oldin òqiganman shu jamoada. Sizlar sabab kammi ko'pmi ilm olganman. Rahmat. Alloh rozi bo'lsin sizlardan. Bundan keyingi ishlaringlarda rivoj tilayman. Ilm olish va berishdan charchamanglar. Rahmat!
#fikr

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

''Leader'' jamoasi haqida gapirishdan oldin uning bir bo‘lagi bo‘lgan ,,Only action'' haqida gapirmoqchiman.
Man birinchi marta bu ingliz tili kursiga kelganimda Darslarni yuqori kayfiyatda, erkinlikda o‘tishi juda yoqgandi. Deyarli o‘qishga kirgandan berib vazifa qilmagan edim. Shu kursga kelib vazifa qilishdan zavqlandim. Vaqtni bekor ketmaslikni, har bir o‘rganayotgan narsani yurakdan o‘rganish kerakligini angladim. Kursdagi teacherlar va O‘quvchilar haqiqatda har tomondan hammaga o‘rnak bo‘la oladigan insonlar.
Man bu jamoani bir bo‘lagi bo‘lgan ''Only action'' ga kirganimdan juda xursandman.
Jamoaning biz tanigan a'zolariga haqiqatda juda havas qilamiz. Ularni harakati va Izlanishlari hammamizga o‘rnak bo‘lishi kerak.
Jamoani ishlariga omad va Zafarlar tilayman.
Bundanda ko‘p natijalarga erishishlaringni tilayman.
Alloh barchalaringdan rozi bo‘lsin. 🤲🤲

P.S. in shaa Alloh, Amiyn.
#fikr

Assalomu aleykum va rahmatullohi va barokatuh.
Leaders jamoasining faoliyatini talaba boʻlganimdan beri,yaʼni qariyb bir yildan beri kuzataman.Jamoa haqida fikr bildirsam, bir soʻz bilan aytganda, "super" 😇. Avvalo, sizlarga chin dildan havas qilaman.Sizdek liderlar koʻpayishini va ular qatorida men ham boʻlishimni orzu qilaman 😊.Jamoangiz faoliyati nafaqat bizga ilm ulashadi,balki motivatsiya beradi, doimo olgʻa intilishga,har bir daqiqadan unumli foydalanishga, yangilik izlashga undaydi. Ilm ulashishdek mashaqqatli va sharafli yoʻlda ekansiz, avvalo sizlarga Allohning oʻzi madadkor boʻlsin🤲. Ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar hamrohingiz boʻlib, parvozingiz baland boʻlsin! Doimo el ardogʻida boʻling va bundanda yuksak martabalarga erishing...

P.S. in shaa Alloh, Amiyn
#fikr
Assalomu alaykum va rahmotullohi va barokatuh!
Leadersda o'tgan vaqtim hayotimning eng yaxshi davrlaridan biri bo'lgan desam aslo adashmayman. Hozir jamoada bo'lmasam ham doimiy faoliyatlarini kuzatib va ulashayotgan ilmlaridan olib o'rganishda davom etarkanman bu fikrimga yana ham Amin bo'lib boraveraman. Jamoadagi sof niyat, toza qalb bilan ilmga undash juda ajoyib xususiyati men uchun. InshaaAlloh yuksak natijalarga bu dunyo va Oxiratda yetishmoqlik barchalariga nasib qilsin, ilmlari va ilmga rag'batlari bundan ziyoda bo'lsin🤲

P.S. Amiyn, in Shaa Alloh.
#Fikr

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh 😊
Ustoz !
Sizlarning qalbingizga ilm yoʻlidagi jiddu-jahdni solgan, bu yoʻlda sizlarni aziz qilayotgan va meni sizlarga yoʻliqtirgan Alloh taologa Hamdlar boʻlsin...

▫️Leaders jamoasi liderlariga tilagim:
Allohim sizlarga ikki dunyo saodatini bersin.Oʻrganayotgan va oʻrgatayotgan ilmlaringizni Allohim sizga hayrli va barokatli qilsin.
Talabalar uchun yoʻl koʻrsatyapsiz,
Rahmli Alloh shayton makrlaridan sizni muhofaza etsin.
Sizlar sharoiti yoʻq talabalar uchun ham yordam qoʻlini choʻzmoqdasiz,
Al- Karim boʻlgan zot sahovat qilsin
Ustozlarim Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
Sizlardagi bu xislatlar biz oʻquvchilaringizga yuqsin.


امين

P.S. Amiyn in shaa Alloh
#fikr

Assalomu alaykum ilm olib va berib charchamanggizlar . Menga ham juda ham yoqadi ishlariz juda ham kerakli maʼlumotlar koʻp guruhlarizda . Men doim kuzatib boraman 1 yildan buyon .
#fikrlarim

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh

Men avval institutga kirishni boshqacha tasavvur qilardim, xuddi institutga kirgandan soʻng, umuman oʻqimay mazza qilib talabalik gashtini suriladi deb oʻylardim lekin chuchvarani xom sanagan ekanim😁😅 (tibbiyot instituti uchun emas ekan bu oʻylar🫣). Tibbiyot sohasi xodimlari oxirigacha (hayotizni oxirigachani nazarda tutilgan) oʻqib izlanib yurilmasa, oʻzini ustida ishlanmasa boʻlmasligini angladim. Keyin hozirda oʻqilayotgan online kurslarga qoʻshilish hayolimga keldi. Kursdoshlarim boshqa oʻqiyotgan tanishlardan kurslarni surishtirishni boshladim.

Shu yerga kelguncha ancha kurslar haqida tanishib chiqdim🤭(lekin negadir birortasiga yuragim urmadi yaʼni xohlamadim). Keyin Leaders jamoasiga qabul ketayotganini koʻrib qoldim. Qabul shartlarini oʻqitish tizimi haqida tanishganimdan soʻng, jamoada barcha bilimlarni uygʻun holda oʻqitilishi uchundir balki boshqa sabab juda yoqdi. Alloh koʻnglimga solib, bir tavakkal 1oycha oʻqib koʻray degan fikr bilan qoʻshilgandim.😇

Keyinchalik fikrlarim "Allohga shukur haliyam qoʻshilibman" degan fikrlarga oʻzgardi.☺️☺️☺️

Jamoaga kirib shuni koʻrdimki, ilm qanday olinishi kerak, jamoadagi insonlarni bir-biriga munosabati, ahillik, mehribonlik, positivelik bularni koʻrib insonni mazza qilib oʻqigisi keladi. Toʻgʻrisi institutda darslarni oʻtilishini koʻrib, oʻqigim kelmay qolgandi. Bu jamoa meni yana qayta oʻqishga undadi😇 buning uchun Jamoaga Kattakon Rahmat!😊

Kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyat, omad va zafarlar tilayman,shu jamoa uchun jon kuydirayotgan har bir insonga Ollohim ajr savoblarini koʻpaytirsin🤲

Ilohim shu jamoa bilan birgalikda oxirigacha davom etish nasib qilsin🤲☺️😇

Hech qachon ilm olishdan charchamanglar:) Ilm yoʻlida hammamizni sobit qilsin!
Amiyn🤲😊

P.S. Amiyn, in shaa Alloh
Audio
#fikr

Leaders va Boshqa jamoa (va ularning Yetakchilari) haqida ko'plab savollar bo'lgan edi shu 3 yil mobaynida, shunga izoh berdik ilk bor.

Va umumiy fikrlarni izohlab o'tdik.

In shaa Alloh Hidoyatidan ayirmasin.
#fikr

Assalomu alaykum va Rahmatullohi va barokatuh ahli jamoa. Mening leaders jamoasi bilan hayotimiz 1 yil avval boshlangan. O'shanda fiziologiya offline darsi haqida kanalga e'lon joylangan, va men bordim, qarasam hech Kim yo'q😳 ya'ni e'lon bo'yicha faqat men boribman, menimcha qolganlar jiddiy qabul qilmagan yoki boshqa.. 1-kursda osmonlarda uchib yurardik. O'qishga kirganimizdan g'ururlanib😁 shu tariqa men ilk marta fiziologiya darsi va mohir ustozlar yordamida tibbiyot deya atalmish dunyoga asta-sekin kira boshladim, va lol edim to'g'risi💯. Darslarni "Hakuna matata" nomli ustoz audio shaklida tushuntirganini eshitib, Rosa Kim ekanligini bilgim kelardi, albatta minnatdorchiligmni bildirish va Tibbiyotga doir savollarimga javob topish uchun. Leaders jamoasiga qo'shilishim men uchun tubdan o'zgarish bo'ldi deya ayta olaman. Olgan bilimlarimizni samarasini 2-kursda bildim. Buning uchun jamoa liderlariga o'zimni minnatdorchiligimni bildiraman 🤝 va Alloh Subhanahu va Taolodan ilmlariga ilm qo'shishligini, tuganmas kuch-quvvat va ilmga ishtiyoqni hech so'nmasligini so'raymiz. Alloh siz-u bizdan rozi bo'lsin, olayotgan ilmlarimizni manfaatli va hayrli qilsin🤲

P.S Bu fikrlar "xamir uchidan patir" xolos. Aslida fikrlar juda ko'p, ammo "asalning ozi shirin" bo'lgani kabi, ortiqcha yozmadim😉