Leaders.uz
9.36K subscribers
381 photos
137 videos
69 files
396 links
🏥Leaders Medical School [] Oliy Tibbiyot Maktabi

https://taplink.cc/leaders Sahifalar
@LMS_Qabul Online Kurs Qabul
@Leaders_Result Natijalar
Download Telegram
Audio
#Lider | #Inson | #Fikr | #Xolis

🎙Barcha (shu qator men ham) hurmat qiluvchi insonlarning bir guruhi

P.S. Qariyb 3 yildan beri jamoa bilan faoliyat qilib shu kabi insonlardan hayot uchun juda ko'p saboq oldim (olyapman), shuni ulashish nasib qilgan ekan.
Manfaatli qilsin in Shaa Allah

@Leaders_official
​​#Alhamdulillah | #yil_3 | #Leaders | #created

Barcha Olamlar Robbi bo'lgan Alloh Subhanahu va Taologa Hamd-u Sanolar, Olamlar Sarvari bo'lgan Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo s.a.v. ga durudu salovatlar bo'lsin.

Alhamdulillah,  Bugun 28.05.2023y. ni ko'rish barchamizga nasib qildi. 3 yil avval xuddi shu kunda Alloh Subhanahu va Taoloning Hidoyati ila shu Leaders jamoasi tashkillandi.

Hikmatni qarang-ki, yaqin 1 oydan beri uyga qayta olmayotgan edim. Dublyaj videolar, Videodarslar tayyorlash, kitob yozish va hakozo sabablar bilan. Lekin bugun negadir o'zimga aniq bo'lmagan sabab bilan uyga shoshdim. Alloh ota-onalarimizni va yaqinlarimizni o'z rahmati bilan siylasin.

Farzandim ilm yo'lida deya, xattoki farzand sog'inchiga ham chidashmoqda. Barchamizning ota-onalarimiz qalblariga Hidoyat bersin va burchlarimizni ado etishlikni nasib qilsin.

Uyga qaytganimni ta'kidlaganim sababi, aynan shu joyda jamoa tashkillangan edi, hozir yana shu joyda yozmoqdaman.

6000 dan ziyod talaba bilan ilm yo'lida uchrashish nasib qildi (offline&online) ba'zilarining mas'uliyatsizlik sabablari ila ulardan saboq olgan bo'lsak, ba'zilarini ijobiy hislatlari sabab saboq oldik, in shaa Alloh davomli qilsin.

Ilm tolibi uchun eng kerak omilni sizga aytaman. Bu bir yerga o'rnashgach, Allohga to'kis tavakkal qilib, mehnatdan to'xtamaslik.

Jamoa sababi ila berilgan ne'matlardam Roziman Alhamdulillah. 

Jamoa shakllanishidagi hodisa qanday qilib birdan (suddenly) kelgan bo'lsa, hozir ham 3 yil bo'lgani haqidagi fikr birdan keldi. Shu onda o'yladik, "bugun bejiz uyga qaytmabman" - deya.

Bugun sizni ham #fikr laringizni bilmoqchi edik, 3 yil mobaynida maqsadimiz yo'lida qodir qilgancha harakat qilib nimadir ulasha oldikmi?

Va yana nimalarni kutmoqdasiz in shaa Alloh.

Fikrlaringiz bo'lsa #fikr deya
@Leaders_official_bot ga yuborishingiz mumkin.

Qadam bosilgan in shaa Alloh umrimiz yakuniga qadar bu qadamni to'xtatib qo'ymasin. Bizdan so'ng davom etuvchilar qadamini ham shaxdam qilsin in shaa Alloh.

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh.

© "Leaders" jamoasi

00:10 | 28.05.2023y |
📍Chortoq

Telegram | Instagram | YouTube
#fikr

Assalomu alaykum va rohmatullohi va borakatuh

Men gapiray desam gap va fikrlar juda ko'p😁.

Ammo bir narsadan doim minnador bo'laman ko'proq. Ya'ni mehribon Robbim men nodonni "Sizlar" bilan aynan shu kundan 1 yil avval uchrashtirdi.🥹

To'g'risi qanday tarif va
fikr yozishga ham o'ylanyapman. Bu ma'lum bir fikr yo'qligidan emas, hozir miyamda aylanib yurgan fikrlarning haddan tashqari ko'pligida.

Men jamodan va jamoa a'zolaridan juda ko'p narsani o'rgandim. Ham diniy ham dunyoviy ham ijtimoiy ham hayotiy saboqlarni va bir qancha ma'qbul amallrni o'rgandim va oldim Alhamdullillah. 🙃

Hozir yuqoridagi xabarni o'qib, o'zimning jamoa safidagi 1 yillik hayotimni esga oldim va qanday dir 6-hissiyot bilan oldin sezmagan "nimanidir" (shu so'zni topa olamaypaman, balkim bu so'z yo'qdir😁) qalbimda sezdim. Endi 3 yillik bunday hayotni tasavvurimga ham sig'dira olmasam kerak. Hozir agar meni xabarimni o'qiyotgan bo'lsangiz demak, mening fikrlarim hali ham siz va sizlar uchun ahamiyatli. Men aynan shu narsadan xursand bo'laman.

Allloh Taolo barchamizdan ilmga bo'lgan ishtiyiqni, oramizdagi ahillikni, quvnoq davrani va ko'plab aytilmay qolib ketgan ajoyib xislatlarimizni hech qachon oramizdan ko'tarib qo'ymasin.

MEN JAMOAMDAN FAXRLANAMAN.
In shaa Alloh hali bu ishlar boshlanishi. Katta yutuqlar hali oldinda. Nafaqat talabalik, balki kasbimizda ham xattoki In shaa Alloh oxiratda Jannat bog'larida ham birga bo'lamiz.

"Barchasi" uchun rahmat!


P.S. In shaa Alloh. Amiyn.
#fikr
Assalomu alaykum. Leaders jamoasi haqidagi fikrim ijobiy ishingizga omad . Insonlarga ilim ulashish yo‘lidagi say harakatlaringizni Alloh o‘zi siylasin. Umringiz ham qilgan savobli amallaringiz kabi go‘zal bo‘lsin . Kelajakdagi ishlaringizga omad . Doim el nazarida va duosida bo‘ling .

P.S. in shaa Alloh, Amiyn.
#fikr

Men Leaders jamoasini 2 yildan beri kuzatib kelaman. Talaba bo'laturib,yosh bo'laturib shuncha narsa qilishga ulguribsizlar, Ma Sha Alloh. Har bir ishingizni, vediolaringizni Bismillahdan boshlab, menda bu sòzga nisbatan òzgacha mehr, ilohiyligiga ishonch uyğotdinglar. Zero bu kalima ila qanday darajaga yetish mumkinligini kòrib turibman.

Jamoa faoliyatiga qarasam hamma sohadan bor😅 til ham, tibbiyot ham.
Men sizlardan olgan eng katta manfaatim fiziologiya asoslari kitobidir. Òzbek tilida shunday ajoyib kitobdan bahramand bòlishni nasib qilgan, sizlarni sababchi qilgan Alloh Taologa shukronalar aytaman.🌙

Jamoaga tilagim harakatdan charchamanglar,tòxtab qolmanglar. Yuksak zafarlar,🔥muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

P.S. in shaa Alloh, Amiyn.
#fikr Men talaba sifatida bir emas bir necha bor Leaders ga tashrif buyurishga ulgurdim😁😁.

Eng birinchi navbatda o'rganganim post yozish bo'ldi😅😉.
Endi shuni amalga qo'llamoqchiman.

To'g'risini aytsam avval tg ni uncha faol ishlatmas edim.
"Online ham o'qib bo'lar ekanmi😒" degan fikrni peak ga chiqargandim hayolot olamimda😃.

Lekin hozirgi fikrlarim tubdan farq qiladi. Nega deysizmi😁?

Avvali tg ga kirib, tg dagi tibbiy guruhlarda talabalarni uzun-uzun Tibbiyotga doir fikrlar yozishini ko'rib😳, lol qolardim🤓🫣. Chunki o'zim qila olmayman deb o'ylardim😁.

Uni ustiga ingliz yo Rus tilidan o'qishganini aytishsa yonib ketardim😶🌫🤯. Men ham "insonmanmi" degan fikrchalar girdi kapalak bop ketardi🫨.

Allohga shukur, hozir o'zim uncha muncha tilni tushuna olaman🤫, shu sabab post yozishimda #fikr kelib qoldi, ruscha, inglizcha, nemischa, Arab tilidan kichik birliklar kiritish🫠😶.

Shunday qilmoqchi ham bo'ldim😁, keyin menga berilgan dakkilar yodimga tushdi:
"Qachonki ommaga shaxsiy fikring orqali murojaat qilar ekansan, fikrlar ommaga tushinarli bo'lishi eng birinchi omil, aks holda fikrlarni oltin bilan o'yib yozsang ham, foydasiz bo'lib qadrini yo'qotadi" shu sabab oltinni isrof qilgim😂, fikrimni foydasizga chiqarishni tanlagin kelmadi😉.

Allohga shukur hozir Men ham postlar yozyapman😁😁, hech yo'q boshqa mavzuda bo'lsa ham, tibbiyot bo'yicha esa postchalar yozaman. 1 yilcha avvam kitob ham yozmoqchi bo'ldim😂😂, lekin 🫠😬 biroz bor ekan vaqt Unga.

Jamoaga tashkillangan arafasidan biriz o'tib qo'shilgandim, lekin Juda ko'p bor ertak bo'ldim 😕: (bir bor ekan, bir yo'q ekan kamina haqida).

Muhimi borligimda ham yo'qligimda ham saboq olishni o'rganganim🤓.

O'rganganlarimga kelsam, to'g'risi bir kitob yozsam bo'ladi. Jamoa haqida desam yana dakki eshitaman🤓, sababi ila, ha sababi ila. Muhit ichida Juda Juda ko'op narsalarni guvohi bo'ldim. Tibbiyot Ilmi boyicha yetarlicha bilaman🤓 deb o'ylardim, adashgan ekanman (present perfect🤪). Buni bir amalladim🤓, chuni o'zimdan kuchli talabalarni ko'rib, buni tan olib harakatni boshladim. Tibbiyotdan tashqari yana olgan eng kerakli saboqlarim diniy tushunchalarim qanchalik sayoz ekanini jamoada mavjud bo'lgan bir necha 10 Dan ziyod talabalar ko'rsatib berishdi. Ko'rsatishdi-ku, To'g'ridan-to'g'ri qalbga boruvchi saboq bilan ko'rsatishdi. Ular boshqacha insonlar😊, ular go'zal, ularning qalbi go'zal. Zero yuz ifodasi ahamiyatsiz, online bo'lganimiz sabab bu ochiq-oydin bilindi, qalb go'zalligi qanchalik hushbichim ekani. Saboqlari amal ila qalblarga dars berdi. Ishonasizmi, xattoki o'zimga saboq olib, ko'zlarimga yosh😢 keldi. Bu menda ham Allohga shukur biroz bo'lsada vijdon bor ekanidan darakmi endi.

Yuqorida online ta'lim, ta'limmi der edim🤓, deya ta'kidladim.

ASLIDA ta'lim olish Nima ekanini bilmas ekanman😑, bir ma'lumotni o'zini o'rganish, bu ta'lim bo'lib qolmas ekan. Ochig'i ilm degands avvaldan kora umuman boshqacha fikrlar keladigan bo'lgan hayolimha.

O'zimni gohida "tupoymisan, nima. Harakat qil" deb so'kaman🤪. Shunda "hech Kim sizdan kuchli emas, avvalroq boshlagan, ko'proq mehnat qilhan..." degan fikrlar aylanadi boshimda.

Ilm ichiga mo'ralab👀, ilm olishni, uni ulashishni, qiyinchiliklarini biroz🤏 his qildim.
Ta'rifi esa eheee😮😮, Juda 🤯🤯. Lekin maza😁😁.

Ochig'i, bir narsani ko'p ustida o'tirilsa tez asab bo'p qolaman odatda😁, lekin shu vawt ichida, hamma narsaga shunday vaqt sarflaydigan. Xatto😳 1 ta so'z ma'nosini chuqur tahlil qilib, nega aynan bu so'z bunday ma'no berishini o'rganishga sabr qiladigan bo'ldim🤓. Bu istalgan so'z, tibbiy termin...

Keyin o'zimcha bunga nom berdim😂, "teran fikrlash" . Menimcha shundayda😁. Fiziologiya Asoslarini birinchi bor ko'rganimdagi taasurotlarimni so'z bilan tg ga tushirib bo'lmaydi😃😃🤩🤩. O'zi undan avval chiqgan kitoblarni😃😃 ta'riflamayin. Bu kitoblar bir tomon, uni men kabi tengdoshlarim chiqarayotgani 2-tomon😂😂, men esa yuribman Hali ham, bitta ishni do'ndirdim deb😂. Davomli qilsin in shaa Alloh, kamida shu kitoblarni o'qib tugatish nasib qilsin. Birinchi kitoblar chiqganda xatolarni topib tashladim o'zlariga🤓, Davomi...
#fikr

Assalomu alaykum va rohmatulohi va barokatuh. Oldin òqiganman shu jamoada. Sizlar sabab kammi ko'pmi ilm olganman. Rahmat. Alloh rozi bo'lsin sizlardan. Bundan keyingi ishlaringlarda rivoj tilayman. Ilm olish va berishdan charchamanglar. Rahmat!
#fikr

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.

''Leader'' jamoasi haqida gapirishdan oldin uning bir bo‘lagi bo‘lgan ,,Only action'' haqida gapirmoqchiman.
Man birinchi marta bu ingliz tili kursiga kelganimda Darslarni yuqori kayfiyatda, erkinlikda o‘tishi juda yoqgandi. Deyarli o‘qishga kirgandan berib vazifa qilmagan edim. Shu kursga kelib vazifa qilishdan zavqlandim. Vaqtni bekor ketmaslikni, har bir o‘rganayotgan narsani yurakdan o‘rganish kerakligini angladim. Kursdagi teacherlar va O‘quvchilar haqiqatda har tomondan hammaga o‘rnak bo‘la oladigan insonlar.
Man bu jamoani bir bo‘lagi bo‘lgan ''Only action'' ga kirganimdan juda xursandman.
Jamoaning biz tanigan a'zolariga haqiqatda juda havas qilamiz. Ularni harakati va Izlanishlari hammamizga o‘rnak bo‘lishi kerak.
Jamoani ishlariga omad va Zafarlar tilayman.
Bundanda ko‘p natijalarga erishishlaringni tilayman.
Alloh barchalaringdan rozi bo‘lsin. 🤲🤲

P.S. in shaa Alloh, Amiyn.
#fikr

Assalomu aleykum va rahmatullohi va barokatuh.
Leaders jamoasining faoliyatini talaba boʻlganimdan beri,yaʼni qariyb bir yildan beri kuzataman.Jamoa haqida fikr bildirsam, bir soʻz bilan aytganda, "super" 😇. Avvalo, sizlarga chin dildan havas qilaman.Sizdek liderlar koʻpayishini va ular qatorida men ham boʻlishimni orzu qilaman 😊.Jamoangiz faoliyati nafaqat bizga ilm ulashadi,balki motivatsiya beradi, doimo olgʻa intilishga,har bir daqiqadan unumli foydalanishga, yangilik izlashga undaydi. Ilm ulashishdek mashaqqatli va sharafli yoʻlda ekansiz, avvalo sizlarga Allohning oʻzi madadkor boʻlsin🤲. Ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar hamrohingiz boʻlib, parvozingiz baland boʻlsin! Doimo el ardogʻida boʻling va bundanda yuksak martabalarga erishing...

P.S. in shaa Alloh, Amiyn
#fikr
Assalomu alaykum va rahmotullohi va barokatuh!
Leadersda o'tgan vaqtim hayotimning eng yaxshi davrlaridan biri bo'lgan desam aslo adashmayman. Hozir jamoada bo'lmasam ham doimiy faoliyatlarini kuzatib va ulashayotgan ilmlaridan olib o'rganishda davom etarkanman bu fikrimga yana ham Amin bo'lib boraveraman. Jamoadagi sof niyat, toza qalb bilan ilmga undash juda ajoyib xususiyati men uchun. InshaaAlloh yuksak natijalarga bu dunyo va Oxiratda yetishmoqlik barchalariga nasib qilsin, ilmlari va ilmga rag'batlari bundan ziyoda bo'lsin🤲

P.S. Amiyn, in Shaa Alloh.
#Fikr

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh 😊
Ustoz !
Sizlarning qalbingizga ilm yoʻlidagi jiddu-jahdni solgan, bu yoʻlda sizlarni aziz qilayotgan va meni sizlarga yoʻliqtirgan Alloh taologa Hamdlar boʻlsin...

▫️Leaders jamoasi liderlariga tilagim:
Allohim sizlarga ikki dunyo saodatini bersin.Oʻrganayotgan va oʻrgatayotgan ilmlaringizni Allohim sizga hayrli va barokatli qilsin.
Talabalar uchun yoʻl koʻrsatyapsiz,
Rahmli Alloh shayton makrlaridan sizni muhofaza etsin.
Sizlar sharoiti yoʻq talabalar uchun ham yordam qoʻlini choʻzmoqdasiz,
Al- Karim boʻlgan zot sahovat qilsin
Ustozlarim Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
Sizlardagi bu xislatlar biz oʻquvchilaringizga yuqsin.


امين

P.S. Amiyn in shaa Alloh
#fikr

Assalomu alaykum ilm olib va berib charchamanggizlar . Menga ham juda ham yoqadi ishlariz juda ham kerakli maʼlumotlar koʻp guruhlarizda . Men doim kuzatib boraman 1 yildan buyon .
Audio
#fikr

Leaders va Boshqa jamoa (va ularning Yetakchilari) haqida ko'plab savollar bo'lgan edi shu 3 yil mobaynida, shunga izoh berdik ilk bor.

Va umumiy fikrlarni izohlab o'tdik.

In shaa Alloh Hidoyatidan ayirmasin.
#fikr

Assalomu alaykum va Rahmatullohi va barokatuh ahli jamoa. Mening leaders jamoasi bilan hayotimiz 1 yil avval boshlangan. O'shanda fiziologiya offline darsi haqida kanalga e'lon joylangan, va men bordim, qarasam hech Kim yo'q😳 ya'ni e'lon bo'yicha faqat men boribman, menimcha qolganlar jiddiy qabul qilmagan yoki boshqa.. 1-kursda osmonlarda uchib yurardik. O'qishga kirganimizdan g'ururlanib😁 shu tariqa men ilk marta fiziologiya darsi va mohir ustozlar yordamida tibbiyot deya atalmish dunyoga asta-sekin kira boshladim, va lol edim to'g'risi💯. Darslarni "Hakuna matata" nomli ustoz audio shaklida tushuntirganini eshitib, Rosa Kim ekanligini bilgim kelardi, albatta minnatdorchiligmni bildirish va Tibbiyotga doir savollarimga javob topish uchun. Leaders jamoasiga qo'shilishim men uchun tubdan o'zgarish bo'ldi deya ayta olaman. Olgan bilimlarimizni samarasini 2-kursda bildim. Buning uchun jamoa liderlariga o'zimni minnatdorchiligimni bildiraman 🤝 va Alloh Subhanahu va Taolodan ilmlariga ilm qo'shishligini, tuganmas kuch-quvvat va ilmga ishtiyoqni hech so'nmasligini so'raymiz. Alloh siz-u bizdan rozi bo'lsin, olayotgan ilmlarimizni manfaatli va hayrli qilsin🤲

P.S Bu fikrlar "xamir uchidan patir" xolos. Aslida fikrlar juda ko'p, ammo "asalning ozi shirin" bo'lgani kabi, ortiqcha yozmadim😉
#fikr
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Leaders jamosi guruhlarida taqsil olishni boshlaganimga salkam bir yil boʻlmoqda. Oʻqishga kirganimizdan soʻng abituriyentlik vaqtidagi yonib turgan olov oʻchgan edi. Faqat darslarga borar edik , qaytar edik☹️. Alhamdulillah shu jamoa kurslariga qatnashib , ilmga boʻlgan tibbiyoga boʻlgan qiziqish harakatimiz oshmoqda. Bu jamoaga qoʻshilganimda mening eʼtiborimni jalb etgan va juda yoqqan holat ilmni xolis Alloh roziligi uchun oʻrganishlari ulashishlari ularning samimiyligi, faqat ummat uchun bir manfaatim tegsin deb bir kuchi bilan xarakat qilishlari va oʻz qilgan mehnatlariga baho berib qoʻymasdan doimo harakatda boʻlishlari edi . Menda bu jamoga boʻlgan xurmatimni juda oshirgan edi. Bu jamoada inson faqatgina tibbiy ilmlarni olmaydi, balki bu ilmlar bilan birgalikda til kurslari, leader boʻlib shakillanish uchun nimalar qilish kerakligi, badiiy ilmlar va yana ahamiyatlisi diniy ilmlar ham shakillantirib boriladi.

Fikrimning yakunida shularni aytamanki, Alloh subhanahu va taolo bu jamoaning keyingi rivojiga, ishlariga baraka ato qilsin, davomli qilsin va bizlarni ham shu jamoa leaderlari bilan bir safda ummat uchun xizmat qilishligimizni nasib qilsin.

P.S. Amiyn.
#fikr

Assalomu aleykum va Rahmatullohi va barakatuh.

Mandat chiqdi,endi oqishga ketishga tayyorgarlik korish kk😎, 5 kurs qo'shni opam bor edila, shu kishi bn maslahatlashish un bordim. kn Andijonga ketish un taxi gr ga qoshib qoyaman dedilar. Qo'shdilar ham. qarasam🙄 hc qanday gruppa emas. Hakuna gruppasi ekan🤦‍♀. nma keragi bor ekin☹️ menga degandm. kn uydaa bekorchlkdaa otirib, gruppani titkilab chqdim😉(qanday gruppa ekin🤔deb). kn @Leaders_official kanalni topdim. unga qoshildim. ajoyib narsalar bor ekan🤭.(juda qiziq tuyulgandi). Oqish boshlangandan kn oyida inglz tili kurs ochildi deb elon berishgandi. bazi bir sabablar tufayli borolmagandm😔(barbir boraman deb ko'nglimga qast qln qoygandm😉). Allohga shukur yana qishda kurs tashkillashdii🤗 bordim. juda ajoyib. shuncha vaqt Inglzdan kursga borib bunaqa mazza kursni topolmagandm. inglz tilidan nafratlanrdm🤦‍♀. kn teachrlarim sabali fikrim ozgardi😊. kn leaders ni hamma kanallariga sekin qoshila boshladm. kn LMS ga elon berishdi. uxx😱. juda ham zor👍ish boldi bu. togrisi 1 smestr🤷‍♀umuman institutdan olgan bilimimdan qoniqmadm. biz ham oqimadk. oqtuvchilar ham indashmadi😏 (bizga ham yoqib tushgandi🙊). kn ozimdan hafa bolib o'qimasam bomasligini tushunb LMS ga qoshildm🤩. u yerda bilimli talabalar juda kop🤫ekan. men esa😕..
Leadrs jamoasiga qoshilganmdan bundan kn ham In shaa Alloh hc qachon afsuslanmayman. chunki menda juda katta ozgarishlarga sababchi boldi. birnchi bb telefondan togri foydalanishni hamda oz vaqtimni sal bolsada togri taqsimlashni boshladm. avval vaqtim kopligidan nma qlishni blmasdan yurardim, hozir esa aksi🤦‍♀ bundan esa Hursandman😊. bu jamoadagilar un pul birnchi navbatda turmasligini, hamma (men tanigan) adminlar sabr toqatli ekanliklari guvohi boldim, shu bn birga ozilari olgan bilimni hamisha boshqalarga erinmasdan ulashishardi.😊.

Hullas, O'qtuvchilarimdan Alloh rozi bo'lsin, Robbim Ilmlarini ziyoda qilsin, Jannati bilan siylasin, hammalariga ilm yolida kuch quvvat bersin. Robbim hamisha yo'llarini ochiq, yuzlarini yorug' qilsin🤲🤲.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fikr

Leaders Tarkibida: "Leaders Olimpiada" guruhi tashkillangan edi 2020 yilda😁.

500 dan ortiq yopiq guruh/kanal ochgan bo'lsak, eng Qaynoq 🔥 bo'lgani shu edi.

A'zosi Judaaaa ko'p emasdi, lekin aka-uka, opa-singildek bo'p ketgandi. Guruhga kirgan savol "tirik chiqmasdi" 😃

Qaysi fan ekanini qizig'i yo'q, tilni ham qizig'i yo'q edi😅.

Liderlardan esdalik tayyorlangan.
@Leaders_official_bot agar sizda ham #fikr yoki taklif bo'lsa mana shu botga yuborishingiz mumkin, takliflar bo'lsa ham yaxshi bo'lardi :)