Leaders.uz
8.77K subscribers
386 photos
137 videos
69 files
401 links
🏥Leaders Medical School [] Oliy Tibbiyot Maktabi

https://taplink.cc/leaders Sahifalar
@LMS_Qabul Online Kurs Qabul
@Leaders_Result Natijalar
Download Telegram
#fikrlarim

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh

Men avval institutga kirishni boshqacha tasavvur qilardim, xuddi institutga kirgandan soʻng, umuman oʻqimay mazza qilib talabalik gashtini suriladi deb oʻylardim lekin chuchvarani xom sanagan ekanim😁😅 (tibbiyot instituti uchun emas ekan bu oʻylar🫣). Tibbiyot sohasi xodimlari oxirigacha (hayotizni oxirigachani nazarda tutilgan) oʻqib izlanib yurilmasa, oʻzini ustida ishlanmasa boʻlmasligini angladim. Keyin hozirda oʻqilayotgan online kurslarga qoʻshilish hayolimga keldi. Kursdoshlarim boshqa oʻqiyotgan tanishlardan kurslarni surishtirishni boshladim.

Shu yerga kelguncha ancha kurslar haqida tanishib chiqdim🤭(lekin negadir birortasiga yuragim urmadi yaʼni xohlamadim). Keyin Leaders jamoasiga qabul ketayotganini koʻrib qoldim. Qabul shartlarini oʻqitish tizimi haqida tanishganimdan soʻng, jamoada barcha bilimlarni uygʻun holda oʻqitilishi uchundir balki boshqa sabab juda yoqdi. Alloh koʻnglimga solib, bir tavakkal 1oycha oʻqib koʻray degan fikr bilan qoʻshilgandim.😇

Keyinchalik fikrlarim "Allohga shukur haliyam qoʻshilibman" degan fikrlarga oʻzgardi.☺️☺️☺️

Jamoaga kirib shuni koʻrdimki, ilm qanday olinishi kerak, jamoadagi insonlarni bir-biriga munosabati, ahillik, mehribonlik, positivelik bularni koʻrib insonni mazza qilib oʻqigisi keladi. Toʻgʻrisi institutda darslarni oʻtilishini koʻrib, oʻqigim kelmay qolgandi. Bu jamoa meni yana qayta oʻqishga undadi😇 buning uchun Jamoaga Kattakon Rahmat!😊

Kelajakdagi ishlariga muvaffaqiyat, omad va zafarlar tilayman,shu jamoa uchun jon kuydirayotgan har bir insonga Ollohim ajr savoblarini koʻpaytirsin🤲

Ilohim shu jamoa bilan birgalikda oxirigacha davom etish nasib qilsin🤲☺️😇

Hech qachon ilm olishdan charchamanglar:) Ilm yoʻlida hammamizni sobit qilsin!
Amiyn🤲😊

P.S. Amiyn, in shaa Alloh