KOMPYUTER AKADEMIYASI
33.7K subscribers
1.26K photos
815 videos
650 files
3.39K links
Oliy maqsadimiz - Yurtdoshlarimizning kompyuter savodxonlik darajasini oshirishga beg'araz hissa qo'shish!

Savollar: @k_a_chat

💼 Loyihalarimiz: https://t.me/ka_projects/63

💲Reklama: t.me/techno_ads/16

😎 Asoschi: @wmteam95
Download Telegram
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Intel protsessorlarining markalanishi
(2010-2019)

#videodars / #protsessor / #kompyuter

ℹ️ Intel Core i7 9700 KF modeldagi son va harflar nimani anglatadi? Pokoleniya nima degani? Kompyuterni ochmay turib uni markasidan u haqida batafsil maʼlumot olish mumkinligini bilasizmi?
😉 Javoblaringiz "Yo'q" bo'lsa videoni oxirigacha ko'ring!

▶️ YouTube da ko'rish

📰 Maqolada o'qish

: 04:12 💾: 8.9 mb

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / IT specialist / YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy maktabi - haqiqiy geniylar ishlab chiqaruvchi “fabrika”!
#tavsiya

ℹ️ Bolalarga dars jarayonida "Telefonga bog‘lanib qolish oqibati" haqida juda ibratli rolik qo‘yib berishibdi. ©️@BORGAPUZ

😎 Huddi shunday ibratli rolikni kompyuter o'ynovchilar haqidagisi bo'lsa ham ancha yaxshi bo'lardi...

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
KOMPYUTER AKADEMIYASI
Hammangizga tashakkur! Yaxshi fikrlar berildi, ishtirok etish istagidagilar ham ko'pgina ekan. Nasib qilsa shu haftada biror kun onlayn chat qilamiz va nimalar haqida dars o'tishimizni aniqlashtirib olamiz. Bizni kuzatishda davom eting 😉.
Assalomu alaykum akademiklar!

😎 Rozi boʻlsangiz bugun kechga bir "onlayn choyxona" qilib onlayn darslarimiz haqida gaplashib olsak, shunga qarab keyin qaror qabul qilar edik.

😉 Nasib qilsa chatimiz bugun soat 20:20 larda boshlanadi va 1 soat davom etadi. Chatimizda faqat reja qilinayotgan onlayn bepul darslar haqida gaplashamiz!

😊 Istasangiz savollaringizni shu post izohiga yozib qoldiring, tezgina savollaringizga javob beramiz va jonli savol javoblarga oʻtamiz!
Live stream scheduled for
Siz o'zbekcha kurslar joylanib boriladigan platformalardan foydalanasizmi? Qaysi biridan foydalanasiz? (Yana shunga o'xshash platformlar bo'lsa izohda yozib qoldiring)
Anonymous Poll
21%
EduOn.uz
27%
Onlinedars.uz
70%
Umuman foydalanmayman
Endi СУММ funksiyasi kerak emas 😎!
#shorts / #excel / #mohirlik

ℹ️ Jadvalingiz qanchalik katta bo'lsa ham yig'indilarni hisoblash endi sizga muammo bo'lmaydi!

▶️ Videoni ko'rish

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok I Shorts
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
Diplom bor degani ish aniq degani emas!
#tavsiya

ℹ️ Oldinlari diploming bo'lsa ish albatta topiladi deyilar edi, ammo hozir vaziyat umuman o'zgargan. Diplomi borlar ham hozirda ish topolmay qolishgan, bunga sabab esa oliy maʼlumotlilarni ko'payganidir!

Xo'sh bundan raqobat muhitida qanday g'alaba qozonish va yaxshi ish topish mumkin?
❗️Javob yagona: qo'shimcha bilimlarni egallash orqali!

Qo'shimcha bilimlar deb xorijiy tillar va kompyuterni o'rganishni nazarda tutdim.

㊙️ Xorijiy tillarni o'rganish kerakligi haqida ko'p gapirganman, til bilsangiz Siz ko'p maʼlumotlarni qabul qilish hamda tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

🖥 Kompyuterni o'rganish zaruriyatiga sabab esa hozirda hamma narsa elektronlashtirilmoqda: xatlar elektron pochta orqali, chizmalar elektron, yozishmalar elektron va h.k

Gapimning isboti sifatida bir savol beraman:
🤔 Tasavvur qiling siz korxona rahbarisiz va ishga olishingiz uchun qabulingizga 3 bitiruvchi keldi.
• 1-si o'qishni qizil diplomga bitirgan va bo'ldi;
• 2-si diplomi oddiy (yoki yo'q), kompyuterda yaxshi ishlay oladi (balki biror dasturni yaxshi bilar);
• 3-si diplomi bor yoki yo'q, kompyuter va xorijiy tillarni yaxshi biladi.
Demak savol: Siz qaysi nomzodni tanlaysiz? Qay biri sizni korxonangiz uchun foydali kadr hisoblanadi?

Hurmatli abituriyentlar o'qishga kirib olsam ishlarim besh deb hom hayolga berilmang, aksincha oladigan diplomingiz kelajakda asqotishi uchun tinimsiz mehnat qilish kerakligini haqida fikr yuriting!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram / YouTube
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Kompyuterni 0 dan oʻrganaman deydiganlar ishni mana bu yerdan boshlashingizni va shu yerga qadar hamma maʼlumotlarning oʻzingizga keraklilarini oʻrganib chiqishingizni tavsiya qilaman.

Oʻshandan keyin kami boʻlsa yana bir nima oʻylab toparmiz 😉.
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
#Shorts formatida e'lon qilgan videolarimiz:

Kompyuterdagi razryad (x32,x64,x86) nima? O'zaro farqi qanday?
Kompyuter yonish payti parol so'rashini o'chirish
30 soniyada 777 ta papka yaratish! (E)
Biror saytga kirishni va biror so'zni izlashni taqiqlash!
Istalgan yuzaga rasm joylash (P)
Endi СУММ funksiyasi kerak emas 😎! (E)
Windows 10'dagi yangilanish, dasturlar va ayg'oqchi funksiyalarni o'chiramiz!
Kompyuterdagi nosozlikni oson aniqlash!
Bir bosganda kiradi!
Bulutli xotira nima? Nega fayllarimizni "bulut"ga ishonishimiz kerak?
Kompyuterdagi barcha portlar bilan tanishamiz!
Rasmlarni Photoshop'ni ukasi bilan tahrirlaymiz!
PDF hujjatlarni birlashtiramiz!
Arxiv nima? Arxiv fayllar bilan ishlash!
PDF hujjatni qirqish (eng sodda yoʻl)
GPT yoki MBR?
Excel'da jadvallarni ag'daramiz! (E)
Drayver nima? Drayverlar haqida batafsil ma'lumot
Ofis dasturlarini 5 yarim soatda! (W) (E) (P)
Barcha oynalarni bir harakatda yopamiz!
Hujjatlarni PDF'dan Word'ga o'tkazishning sinalgan 3 usuli (W)
Biror dasturni (qo'shimcha dastur o'rnatmasdan) internetga kirishini taqiqlash
Endi tezroq oʻqiysiz!
Hujjatlardagi rasmlarni oson oʻchirish yoki almashtirish (W)
Ish stolida koʻrinmas papka yaratish 
Matnlarni osonlik bilan jadvalga oʻtkazish (W)
Talabalar uchun "зебра" varog'ini tayyorlaymiz (W)
Bir tugmani bosish orqali yuzlab saytlarga kirish 
Word hujjatidagi ortiqcha bo'shliqlarni olib tashlash (W)
Excel'da giperhavola hosil boʻlishini oʻchiramiz! (E)
Animatsiya yaratish uchun dastur va saytlar 
Word'da o'lcham chizg'ichlarini yoqish & birligini o'zgartirish (W)
Excel'da sanalarni avtomatik yasash (E)
Windows'da kerakli sozlamaga tezkor kirish uchun yorliq yaratish 
Word dasturida chiziqlar hosil qilish (W)

🔁 Ushbu postning original versiyasi bu havolada joylashgan. Eng so'ngi yangilanishlarni original postdan topasiz!

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️ 
Telegram I YouTube I Insta I TikTok
Word va Excel uchun qo'shimcha
#kengaytma / #excel / #word

ℹ️ "Word va Excel dasturlarini imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiluvchi qo'shimlarim bor", deyapti savodxon.uz sayti. Kirill -> Lotin kabi ishlarni ham amallash imkoni bor ekan.

😉 Tekshirib ko'ramiz: https://savodxon.uz/

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok I Shorts
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sun'iy intelekt bilan kelajakda nimalar qilolamiz?
#AI

ℹ️ Sun'iy intellekt kelajakda ishimizni olib qo'yadimi? O'zi nimalarni kutish mumkin bu narsadan? kabi savollarga javob oling.

🇺🇸 Video ingliz tilida, lekin o'zbekcha subtitri mavjud (o'zim loydan yasadim).

©️ instagram.com/ka_rasmiy

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok I Shorts
DNS keshini tozalash
#mohirlik / #internet

ℹ️ DNS keshi siz tashrif buyurgan barcha veb-resurslar va ularning IP manzillarini o'z ichiga olgan vaqtinchalik ma'lumotlar bazasi. Ushbu kesh sahifaga qayta kirganingizda tezroq yuklanishi uchun ishlatiladi.

Ko'pincha, DNS keshini tozalash zarurati yangi xostingga o'tgan bir yoki bir nechta saytlarning yuklanishini to'xtatishi yoki foydalanuvchiga kerak bo'lgan sahifa o'rniga almashtirish sahifasi ochilishi bilan oqlanadi. Shuningdek, keshni tozalash DNS shlyuzi (modem, router) sozlamalarini o'zgartirgandan so'ng kerak bo'ladi. ©️Компуктерная

1️⃣ Avval Win + R tugmalar birikmasini bosing, keyin ochilgan Выполнить oynasida cmd buyrug'ini kiriting va OK tugmasini bosing.
2️⃣ Sizda buyruq satri ochiladi, unda siz quyidagi buyruqni bajarishingiz kerak: ipconfig /flushdns
3️⃣ Shundan so'ng tizim sizga quyidagiga o'xshash xabar beradi: Кэш сопоставителя DNS успешно очищен.

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Insta I TikTok I Shorts
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI
PowerPoint dasturi uchun tayyor shablonlar
#manba / #powerpoint

ℹ️ PowerPoint dasturida ajoyib taqdimot yaratish uchun tayyor, mukammal shablonni bo'lishi bizning ancha vaqtimizni tejalishiga va taqdimotimizni yanada yaxshiroq bo'lishiga xizmat qiladi. Quyida shablonlarni yuklashimiz mumkin bo'lgan manbalar bilan tanishamiz:

▪️Microsoft PowerPoint - dasturning o'zida ham yetarlicha tayyor, sodda shablonlar mavjud. Agar internet bilan dasturga kirsangiz yana ham ko'proq shablonlardan foydalanishingiz mumkin.

▪️PowerPoint Templates Free - sodda, bepul shablonlar jamlanmasi.

▪️Google Cлайды - Google tomonidan tayyorlangan onlayn taqdimot tayyorlash dasturi, o'zida ham yetarlicha tayyor shablonlar mavjud.

▪️SlidesGo - taqdimot yaratish uchun kerak bo'lgan barcha elementlar (ikonkalar, rasmlar va h.k) mavjud bo'lgan shablonlar jamlanmasi. Shaxsan o'zimga juda yoqadigan sayt. Pullik obunasi ham mavjud.

▪️Microsoft PowerPoint Templates - Microsoft'ni o'zi taqdim etayotgan shablonlar. Ushbu saytdan Word, Excel, Forms, Access va Visio kabi dasturlar uchun ham shablonlar topish mumkin.

▪️FPPT - "yengilgina" ro'yxatdan o'tgandan so'ng ko'plab shablonlar "qo'l ostingizga o'tadi".

▪️Slides Carnival - mavzulardan tashqari ranglar bo'yicha ham filtrlash orqali kerakli shablonni topishingizga ishonaman.

▪️Free PP Templates Design - ushbu saytni slidesgo'ni bepul versiyasi deyishim mumkin. Qolganini o'zingiz ko'rib chiqarsiz :)

▪️PowerPoint Styles - uncha murakkab va sifatli bo'lmasa ham biror kunga yaraydigan shablonlar mavjud ekan.

▪️Showeet Templates - kreativ, murakkab shablonlarni topishingiz mumkin.

▪️Slide Hunter - toifalarga ajratilgan shablonlar: vaqt jadvali, yo'l xaritasi, 3D elementlari bilan variantlar, grafikalar va boshqalar. Siz uchun 6700 dan ortiq variantlar mavjud.*(tah. 28.10.22)

💻 Kompyuterni birga o'rganamiz ⤵️
Telegram I YouTube I Xarita
Kompyuter Akademiyasining YouTube'dagi kanali oʻchirib tashlanibdi 😢.

Sababi: Tinimsiz qoida buzishi ekan.

Tiklash boʻyicha harakat qilaman, iltimos siz duo qilib turing. Necha yillik mehnatlar bor edi...
YouTube'dagi kanalimizni o'chishi haqidagi nutqim 😅