Josh*Developer
4.83K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
658 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim ๐ŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Nimalarni o'rganyapman?

Bozorni holini ko'rgandan so'ng, o'quv rejalarim ancha o'zgarib ketdi. .NET o'rganishni boshlagandim esingizda bo'lsa. Uni bir muddatga to'xtatib turishga to'g'ri keldi. Keyinroq davom ettiraman. Hozir "Basic" bilimlar oldim.

Uni o'rniga nimani o'rganyapman?
- React.js

Bugun React'chilar mahallasida bayram :)

Nega bu qarorni qildim?
Chunki, hozir boshqa ishga o'tishim uchun kam muddat bor. Shu muddat ichida .NET Backend'chi sifatida ishga kirish yoki Full-stack dasturchi sifatida ishga kirish biroz qiyin. Shu sabab Frontend'ni o'zidagi bozorni kattaroq qismini egallashga qaror qildim. Hozir masalan 1/5 qismidagi vakansiyalar ayni menbob bo'lsa, React.js'dan keyin bu ko'rsatkich tahminan 3/5 ga ko'tariladi. So'ng Backend va Cloud(bulutli โ˜๏ธ texnologiyalar)larni ham davom ettirmoqchiman.

InshaaAlloh

Shunaqa gaplar :)

@JoshDeveloper
๐Ÿ”ฅ66๐Ÿ‘9๐ŸŒš8๐Ÿ‘5๐Ÿคจ5๐Ÿ‘€3๐Ÿคฃ2โšก1๐Ÿ‘Œ1๐Ÿค1๐Ÿ—ฟ1
React'chilar, juda unaqa hursand bo'lmang ๐Ÿ˜„

Tepadagi qarorim Angular yomonligidan degani emas, React kuchli degani ham emas.
Shunchaki bozordagi kattaroq o'rinni egallash maqsadim. Texnologiyalar oddiy bir vosita xolos. Shu narsa orqali bozorda o'zim istagan narsaga erisha olamanmi? Why not to learn it too?

Kengroq qamrovni egallamoqchiman. React va Angular'ni o'rgansam, Frontend o'zida tahminana 60-70%+ bozor qamrovini bemalol egallay olar ekanman. Maqsadim shu.

React'ni o'rganishda yaqin akamiz Azizbek aka'dan mavzularni yozib berishlarini iltimos qilgandim. Ajoyib qilib list qilib yozib berdilar, https://t.me/itsr4y/153. Shuni birma-bir โœ… qilib chiqishim kerak endi. :)

Angular'ni o'rganmoqchi bo'lib yurganlar bo'lsa, bemalol o'rganaverishsin. Juda kuchli freymvork. Bozori ham ancha yaxshilanyapti. Bir yo'nalishda master bo'lsangiz yetadi boshlanishiga. Angular esa hali ham juda yaxshi tanlov. Keyinchalik qamrovlaringizni kengaytiraverasiz. Like me.
Xuddi shu maslahat React va Vue dasturchilariga ham. Yaxshi darajaga chiqqan bo'lsangiz, sekin qamrovlaringizni kengaytirib boravering. Bitta freymvork yoki kutubxonaga bog'lanib qolish shart emas. Bozorni holatidan kelib chiqib, shaxsiy maslahatimni beryapman. Lekin bittasida master bo'lmasdan turib sakrab yurish hali ham xato.

Shunaqa :)

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘42โค5๐Ÿ—ฟ2
Google'da ishlayotgan Vohid aka, o'z resumelarini ulashgan ekanlar. Shundan ko'rib resume to'ldirsangiz bo'ladi.

Link: https://t.me/vovopapcom/130

#resume

P.s: Resume'larida Angular degan chaqnab turgan โœจ yozuv ham bor ekan ๐ŸŒš

@JoshDeveloper
๐Ÿ”ฅ10๐Ÿ—ฟ4๐Ÿ‘3๐ŸŒš3โค2
๐Ÿคฃ15๐Ÿ‘10โค1๐Ÿ‘€1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amerikaliklarning 24 soat davomida nimalarga band bo'lishi animatsion ko'rsatkichlarda.

Bizda qanday bo'lar edi bu holat deb o'ylaysiz?

Manba

#offTopic

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘16โค2๐Ÿ”ฅ2๐Ÿ˜2
AbduazizPy ancha vaqt oโ€™tib yana qiziqarli maqola yozibdi.

Pythonโ€™chilar boโ€™lsa taklif qilaman kanalni.

โ€œLatestโ€ maqola: https://t.me/AbduazizPy/196

#reklom

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘5๐Ÿ‘€3โค1
Ofisni yo'lida "Mardikor bozor" oldidan o'tdim. Halol mehnat uchun chiqqan insonlar bilan to'la.

Ba'zilarimizni otalarimiz, ba'zilarimizni onalarimiz, balki akalarimiz...

Ushbu kanalda ko'pchilik kuzatuvchilar hali yoshlar bo'lgani sabab, ulardan bir savolni so'ragim keldi. Ba'zilariga tegishli. Balki ba'zi kattalarga ham tegishlidir.

Siz uchun o'lib tirilib, issiqni issiq demasdan, sovuqni sovuq demasdan ishlab, o'qitishyapti, yeb-ichirishyapti, kiyintirishyapti. Sizni esa vaqtingizni bekor o'tkazishga, bekorchi o'yinlar(nomlarini o'zingiz bilasiz) o'ynab yurishingizga, ko'chada bekordan bekor sang'ib yurishingizga, sevdim-o'ldim qilib yurishga, qizlar bilan yurishingizga vijdoningiz qanday chidayapti?

Shu edi savolim.

@JoshDeveloper
๐Ÿ”ฅ86๐Ÿ‘31๐Ÿ˜ข24โค3
Vaziyat balki boshqacha-dir?!

Ikki qalin doโ€™st bir biri bilan hazillashib urushgandek tonda gaplashib turganda, chetdan ularni orasidagi vaziyatni bilmagan odam ularni urushyapti deb o'ylaydi. Ular orasidagi yaqinlikni chetdagi odam his qilmaydi.

Endi aytmoqchi bo'lganimni aytsam, hali asl mohiyatini tushunmagan narsangizga fikr bildirishga shoshilmang. Osmondan tushib qolib, biror narsaga darrov "reaction" qilmang. Kimdir haqida noto'g'ri ma'lumot tarqagan bo'lsa, darrov uni yomon inson demang. Mazmunini bilmasangiz aralashmang. Balki siz bilmassiz... Balki... Balki... degan savollarni berib, yaxshi gumonga borishga urunib ko'ring.

Odamlar haqida qilayotgan birinchi gumoningiz, sizning qanday inson ekanligingizni bildiradi.

#tanqid

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘46๐Ÿ”ฅ6๐Ÿ’Š3๐Ÿคทโ€โ™‚2๐Ÿ’ฏ2๐Ÿ‘€2๐Ÿ—ฟ2๐Ÿคฏ1๐Ÿ‘Œ1๐Ÿณ1๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป1
Vakansiyalarga quyidagi "requirement"larni qo'yishni boshlashsa xayron qolmayman.

We'd consider if the candidate:
- Can search and find a solution to the simple issues using Google, ChatGPT or other.
- Can learn fast after mistakes and helps from teammates without re-asking the same thing.

Nima deb o'ylaysiz, yana qanday "skill"lar borgan sari kamayib ketyapti?

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘24๐Ÿ’ฏ8
Microfrontend arxitekturasi haqida avval ham bir gaplashgan edik. Adashmasam kanalda "Live" qilib.

Hozir "Module federation" orqali qilish haqida qiziq video ko'rib o'tirgan edim. Ng-conf'dan.

Angular ichida React, Vue, Angularni boshqa versiyalarini ham ishlatib ko'rsatgan ๐Ÿ˜„ Such a huuuugeee ๐Ÿ˜ฎ

Link: https://www.youtube.com/watch?v=CDKK6FVvqvs&ab_channel=ng-conf

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘13๐Ÿค11
Qanday qilib juda tez "Senior" bo'lish mumkin?

Aslida, "Senior"larni bilim darajasiga birnecha oyda chiqsangiz bo'ladi. Agar miyyangiz shu qadar "ochiq" bo'lsa va hamma ma'lumotni tushunib o'rgana olsangiz.

Lekin miyangiz kamida 2-3 yil ustingizda qattiq ishlab, tajriba orttirgandagina ochilishni boshlaydi. ๐Ÿ˜…

Demak, No way! :')

#joke

P.s: "Senior" nisbiy tushuncha, kompaniyalarga qarab farqlanadi, ammo ommaviy kommunikatsiyada hamma tushunadi "Senior" deganda kimni nazarda tutilishini. Shunday ekan, kommentda boshlamang janjalni shu gapimdan ham "bug ๐Ÿชฒ" topib.

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘26๐Ÿซก3๐Ÿ”ฅ1๐Ÿ˜ข1
Angular bo'yicha telegram kanallar biroz kam. Biladigan 2 ta kanalim quyidagilar:

1. https://t.me/your_ngbro
2. https://t.me/angular_fox

O'rganayotganlar bo'lsa marhamat.

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘6
Shuncha sohalar bor ekan "IT"da. Balki bundan ham ko'proq.

Bizda hali ham Frontend va Backend "hype"da.

#someIncredibleHashtag

@JoshDeveloper
๐Ÿ’ฏ40๐Ÿ‘16๐Ÿ˜11โšก1
O'zbekistonda ishlayotgan chet-ellik hamkasbim bilan gaplashib qoldim.

Musaffo osmonimizni tark etayotgan ekan. Gruziya tomon.

"Iya, ha?" desam, shunday ma'noda aytdi:

"Svet juda ko'p o'char ekan. Toshkentni markazida bo'lsa ham. Soat 2 dan kechki 8 gacha ham o'chdi xatto. Yana, havo juda iflos ekan.(Yaxshiyam hali havodan boshqa ifloslar borligini bilmaydi.)
Internet tezligi ham dabdala. 4G ko'rsatsa ham, lekin..."

Afsus, musaffo osmonni qadriga yetmadi. IT Park shuncha harakat qilib, olib kelyapti bularni. Bular esa arzimagan narsalarga ketishyapti. Axir svetsiz ham yashasa bo'ladiku? Avvalgilar yashashganku?
Yana nima kerak bularga? Sham yoqib ishlasa bo'lmaydimi axir bu allambalo dasturlash degan sohasida?

#tanqid #sarkazm

@JoshDeveloper
๐Ÿ˜112๐Ÿคฃ33๐Ÿ‘18๐Ÿ˜ข8๐Ÿ—ฟ4๐Ÿคฏ2๐Ÿ’”2๐Ÿ‘€2โšก1๐Ÿ‘จโ€๐Ÿ’ป1
Forwarded from Josh*Developer
Shunaqa tajriba oshirmoqchi bo'lganlarga qimmatli maslahat mana.

Share โœˆ

#maslahat

@JoshDeveloper
๐Ÿ’ฏ52๐Ÿ‘25โšก1๐Ÿ—ฟ1
๐Ÿ”ฅ14๐Ÿ‘6
Ertaga Itransition'dagi oxirgi kunim. Taklif qilingan 3 oylik kontraktni qabul qilmadim.

Boshqa joyga o'tyapman. O'zim uchun nisbatan yangi va qiyinroq bo'lgan joyga. O'zimni lokal kompaniyada sinab ko'rmoqchiman. O'ylaymanki, chetel kompaniyalarida o'rganganlarimni buyerda qo'llashga muvaffaq bo'laman. Mas'uliyat ko'proq bo'ladi, balki biroz muddatdan so'ng jamoa boshqaruvini ham olarman Xudo xohlasa, o'sish uchun yaxshi imkon.

Oylik esa...
Hozirgi oyligim bilan deyarli birhil. Demak, oylik yaxshi :)

Qayerga kirganimni ishni boshlab olgandan so'ng, Linkedin'da e'lon qilaman inshaaAlloh.

@JoshDeveloper
๐Ÿ”ฅ61๐Ÿ‘20๐ŸŽ‰2๐Ÿ•Š2
Ishlar qanday chiqdi?

Statistikacha bilan ulashsam. Boshida "Open-to-work"ni "Recruiter only" qildim. Ish chiqmadi deyarli.

Keyin hamma uchun ochib qoydim. 1-3 atrofida ish chiqdi. Ammo, bo'lmadi ular ham. Orada djinni.co'da profil ochdim. 2 tacha ich chiqdi. Bo'lmadi.

Orada DSR'ga o'zim yozaman degan edim avval, yozdim. EPAM'ga referral qilindim. Ikki joydan ham chiqdi. To'g'ri kelmadi.

Orada hozir kirgan ish joyimdagi aka ish qidirayotganimni ko'rib, vakansiyalari bilan ulashdilar.

Yana orada Payme'ga ham referral orqali topshirdim. Intervyularidan yaxshi o'tdim. Ammo, ba'zi shaxsiy sabablar tufayli "offer"dan oldin ularni "cancel ๐Ÿ™…โ€โ™‚๏ธ" qilishga majbur bo'ldim.

Demak, avval ham aytganimdek, bu qiyin bozor sharoitida ish topishning eng samarali usullaridan biri, "tanish-bilish". Intervyuga yetib borgan ish joylarini tahminan 80% qismi "tanish-bilish" orqali bo'ldi.

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘70๐Ÿ˜13๐Ÿ•Š2
- "Tanish-bilish" orttirish qiyinmi?

- Not at all. ๐Ÿ™…โ€โ™‚๏ธ

Internet rivojlangan, ijtimoi tarmoqlar ishlab turibdi. Avvalgidek ko'rishib "tanish-bilish" orttirishdan, "online" qilish ancha oson.
Shunchaki, kim bilan "tanish-bilish" bo'lmoqchi bo'lsangiz, shu odamga chiroyli xulq-atfor bilan xabar yuborsangiz yetadi. Email yuborishdan ko'ra, ijtimoi tarmoqlarda osonroq.

Savol so'rang. So'rashingizni o'zidan sizga hurmati oshsin. Meta savollar so'rab vaqtini olmang. Iloji boricha bitta xabarda hal qiling hamma gapingizni.

Fikrlash darajangizni sizni gaplaringizdan bilsa bo'ladi. Ijtimoi tarmoqda sizni ko'proq xulqingiz va profilingizni tutishingizdan tanib qolishadi. Shu sabab chiroyli xulq bilan birga, chiroyli profil qiling. Qayerdagi "detskiy" fontlar bilan, qandaydir allambalo nomlarni yozib qo'yishadi, qo'yadigan rasmlarniku aytmang. Bu o'z yuzingizni chaplashdek gap.
"aka kmopnyezda iw j6yi bosa mani referal qvorn????" deb yozish ham shu yuzingizni chaplashdek gap.
Yuzingizni asrang :)

Asosan kimgadir biror yordam kerak bo'lsa yoziladi. "Tanish-bilish"ni o'rni ham ko'proq ish qidirayotganda, yangi foydali nimadir qidirayotganda asqotadi.
Siz ham tanishishim kerak ekan deb, bekordan bekor yozmang. Umuman begona odamdan, harxafta xol ahvol so'rash ortiqcha. Mayda-chuyda savollar so'rash ham.
Ishingiz tushdimi ? Aytganimdek chiroyli tartibda, chiroyli profil bilan so'rasangiz, 80% holatda ishingiz bitadi Xudo xohlasa. Ana shu "tanish-bilish" deyishga ham yetadi.


@JoshDeveloper
๐Ÿ‘43๐Ÿ”ฅ11๐Ÿ˜1๐Ÿณ1
1-iyulga qadar Frontint.uz kursining Classic va Pro tariflariga 70% chegirma eโ€™lon qilaman. ๐ŸŽ‰

Saytdan barcha maโ€™lumotlarni koโ€™rib, bizga bogโ€™lanishingiz mumkin.

Classic: 207 000 soโ€™m chegirmada,
Pro: 225 000 soโ€™m chegirmada

Ulgurib qoling. ๐Ÿƒ

Hayit muborak barchaga. ๐ŸŒ™

@JoshDeveloper
๐Ÿ‘64โšก7๐Ÿ”ฅ4๐Ÿ˜2