Josh*Developer
4.85K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
657 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim 🌙
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Tepadagi fikrlarimni to'liqroq yozishga vaqt topdim mana.

Rasm ham chizdim 😅

Mana nega React'ni "hate" qilaman.
Shaxsan o'zimga kelsak, biror texnologiyani yomon ko'radigan darajada ahmoq emasman. Ammo, ma'lum bir maqsadlar uchun o'zimni shunday ko'rsatishim mumkin.

React kutubxonasini Angular freymvorkidan kuchsiz deyish noo'rin. Aslida ikkisi ham o'z o'rniga ega.
Ikkisini ham ishlatiladigan o'rinlari bor.

"Hate" qilishimga asosiy sabab esa, bizda balans buzilib ketganligi. Indeed.com va djinni.co saytlaridan olingan ma'lumotlar yordamida tepadagi rasmni chizdim. Bizda balans buzilganini shu orqali tushuntirmoqchiman.

Bu real hayotda bo'layotgan narsa. Ish qidirib yurgan Frontend'chilarni 80-90% qismi React'chi bo'ladi(meni tajribamda shunday). Shaxsan o'zim, telegramdagi ishsizlik bo'yicha yozishmalarimga qarasam, Angulardan ish qidirib yurgan birorta Middle dasturchini bilmayman. Ammo React'dan, juda ko'p. Junior'lik davrida barchasida ham qiyinchilik bo'ladi. React'ni maqtayotgan odamlarga qarshi shu sabab gapiraman. Balansni buzishga qo'shimcha sababchi bo'lishadi chunki.

Bozorga kengroq qarasak esa, bu holat jiddiy muommolardan biri, ishsizlikka olib keladi. Shu sabab, Vue'ga kamroq tosh otaman, React'ga ko'proq. Chunki Vue'da balans bor. Ish ham o'rtacha, odamlari ham. React'da esa, ish ko'p, ammo odamlari esa 10-20+ barobar ko'p.
Angularda esa mazza. Ish o'rtacha, odamlar esa kamroq.

Bu gaplarimdan keyin, Vue va Angular dasturchilari "Nonimizni yarimta qilmasade shu bola" deyishi mumkin. Ammo, rizq Allohdan. Balansni ushlash orqali ko'pchilik ishsizlar ish bilan ta'minlanadi, raqobat ham kuchayadi. React ish e'lonlariga ham yuzlab odam topshirib "flood" qilib yubormaydi 😄. Yuzlagan React'chilar ish qidirib sarson bo'lmaydi. Xullas, me'yor bo'ladi.
Shu sabab o'quv markazlarini qilayotgan ishlariga gapiraman. Yo JS va Umumiy frontendni shu qadar zo'r o'rgatishsinki, bemalol xohlagan freymvorkida ishlay olsin(bu qiyin), yoki yiliga minglagan React'chilarni chiqarishdan oldin, ularni taqdirini ham o'ylab ko'rishsin, ular sizga ishonib shu sohaga kirgan. Bozorni o'rganib turib qaror qilish kerak.

Shunaqa gaplar 🙂
Biz Angular'chilar kamchilik bo'lsak ham bag'rimiz keng 😉

The battle's finished, the secret's revealed.

#angular #react #vue

@JoshDeveloper
👏53👍134😴4❤‍🔥1😁1🤯1🌚1🤣1🤨1👀1
Kuchli React dasturchi bo'lish uchun maslahat yozibdi Azizbek aka kanalida.

Foydali post ekan ko'pchilikka inshaaAlloh
Marhamat https://t.me/itsr4y/92

#react

Sizlar ham bir kuchli bo'linglarda React'chilar 🌚

@JoshDeveloper
🤣24👏8👍4🤨3
🔥14👍6
React vs Angular

Esingizda bo’lsa, React.js’ni ham bir o’rganishni boshlagandim. Orada uzulib qoldi. Ammo, asosiy mavzularini ko’rib chiqishga ulgurdim. Angular va React.js yana qayta solishtirib quyidagi xulosaga keldim.

Umuman olganda avvalgi fikrlarimda qolaman.
React’ni kutubxona ekanligiga, Angularni esa freymvork ekanligiga yana bir bor amin bo’ldim.
Lekin, React’ni ustunlik tarafi, kutubxona bo’lgani sabab, kichik dasturchalarga ham bemalol mos tushadi, shu bilan birga uni o’zingiz freymvork darajasiga olib chiqa olasiz. Ammo, bu ancha tajriba talab qiladi. Yomon tomoni ham ayni shu, “framework” qilaman deb, “trashwork” qilib qo’yishadi. Yoki, yaxshi qilishsa ham, yangi kelganlar tushunishmaydi. Deyarli har bir loyihada xuddi yangi “framework” o’rganayotgandek bo’ladi yangi kirganlar.

Angular esa unday emas. Uning o’zi framework. O’z strukturasiga ega. Ishlatish uchun ko’p narsalarni tayyor beradi. Ammo, ularni o’rganish biroz qiyin (edi, hozir osonlashtirishyapti).
Lekin bir o’rganib olsangiz, loyihalarga tushishda uncha qiynalmaysiz. Angular jamoasi freymvork ustida juda qattiq ishlashni boshlashganiga va ko’plab yangiliklar qilib ulgurishganiga qaraganda, Google’ni Angular bilan umidlari katta. Demak, “Angular is dead” degan feyk xabarchilarga ishonmang. It’s still worth learning.

Yana bir narsa, React va Angular yoki Vue’dan boshqa yaxshi freymvork/kutubxonalar ham talaygina. Ammo, shunchaki ularni bozori hali katta emas xolos.

Bozorga tushib olish uchun baribir shu uchisidan birini tanlaysiz. Qiziqish bo’lsa esa, qolganlarini yo’l-yo’lakay o’rgansangiz bo’ladi.

#angular #react #vue

@JoshDeveloper
👍55🤷‍♂1😁1