Josh*Developer
4.83K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
658 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Well,
Ko'pchilikni fikrini o'qidim. Epamerlarni ham(uyerda o'qiganlar ham bor ekan).

Ba'zan bunday tushunmovchiliklar katta kompaniyalarda ham bo'lib turadi.
Mentorga kelsak, bir katta o'quv markazida o'nlab mentorlar bo'ladi. Ularning orasida bittasi yaxshi bo'lmagani sabab butun bir o'quv markazini ayblab chiqish to'g'ri emas. Zero yaxshilari ham bor ekan.

Ammo, bu narsa linkedinga bormasidan hal qilinishi kerak edi o'zaro. Bu narsa ko'proq o'quv markazini aybi bilan sodir bo'ladi. Ba'zan "noshukur" o'quvchilar chiqib qolmasa albatta.

Umid qilamiz bu muommo tez orada o'z yechimini topadi.
Bundan hamma o'quv markazlari saboq olishadi va o'quvchilar fikrlarini iloji boricha har oy olib borishga harakat qilishadi degan umiddaman.

+ Darslarni narxidan so'ng sifatiga ham qarash payti keldimikin-a...πŸ™‚

Ha keyin, #offtopic, bunaqa katta platformalarda yurtingizdagi muommolarni qo'yavermang. Yaqinda bir O'zbek internetimizni ustidan kulib chiqibdi. Kulishga boshqa joylar ham borπŸ˜‰. Asosiysi asos bilan bo'lsin.


@JoshDeveloper
πŸ‘10πŸ”₯6πŸ€”1
Bahor ham kelibdi. Umrni o'tishini qarang. Boshqa kasblarni bilmadim-u, dasturlashda umr juda tez o'tgandek his qilarkan odam o'zini. Buni sababini dasturchilar o'zlari yaxshi bilishadi.)

#Offtopic deb aytarsiz bu gaplarimni, ammo aytishim kerak. Ba'zan inson dunyo ichida o'zini qanday tutayotgani, qanday yashab umrini tugatayotganini tepadan kuzatib ham turishi kerak.

Bilasizmi kimlarni juda hurmat qilaman va shularga o'xshagim keladi ?

Dunyosini deb dinini, dinini deb dunyosini tashlab ketmagan insonlarni. Dinini mahkam tutgan holda, dini yo'lida dunyosini ham obod qiluvchilarni. Ulug' maqsad yo'lida yashayotganlarni.

Ana shular, aqlli insonlar emasmi ? Tarozini ikki pallasini ham birdek yaxshi tutib turgan insonlar.

Oramizda kim dunyosini deb dinini ortga surib, kechiktirib yurgan bo'lsa, ayni hozir buni to'xtatish uchun juda ajoyib fursat. Kim benamoz yurgan bo'lsa, boshlashga ayni hozir juda ajoyib fursat.

Kim ikkisini ham ortga surib yurgan bo'lsa, dinidan boshlashi u uchun naqadar go'zal tanlov bo'lar edi. Zero, dinimiz dunyoda qanday yashashni o'rgatganchalik hech narsa bu qadar kuchli o'rgata olmaydi.

Umrimiz tugab boryapti. Biz esa past narsalar ortidan quvib yuribmiz...
Alloh hammamizni ikki dunyo yaxshiliklari bilan siylasin.

Β«Odamlarga hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, g'aflatda, yuz o'giruvchi bo'lgan hollarida.Β»
Anbiyo surasi, 1-oyat

#islam

@JoshDeveloper
πŸ‘93πŸ”₯7❀5πŸ‘3πŸ’―3🐳1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Amerikaliklarning 24 soat davomida nimalarga band bo'lishi animatsion ko'rsatkichlarda.

Bizda qanday bo'lar edi bu holat deb o'ylaysiz?

Manba

#offTopic

@JoshDeveloper
πŸ‘16❀2πŸ”₯2😁2
#offtopic

Sizlarni juda qadrlayman. Shu sabab sizlarga yaxshilikni ravo ko'raman. Bu safar bir eslatmani ulashmoqchiman.

Hozirgi davrda harxil yod tushunchalar ko'paygan.
Biz tanidigan insonlar orasida ham undaylar talaygina. Yashirib yuradiganlari ham ochiqchalari ham.

Maslahatim kimni eshitayotganingizga va nima eshitayotganingizga e'tiborli bo'ling. Masalan "Shunchaki 'standup' eshityapman, kulgu uchunku!" yoki "Boshqa fikrlari to'g'rida, shunga eshitaman bu odamni" – degan gaplar ham ketmaydi. Qanchalik yaqinlashsangiz, shunchalik qorasi yuqish ehtimoli oshadi.

#eslatma

@JoshDeveloper
πŸ‘71🫑18⚑6πŸ‘4πŸ’―3πŸ‘Œ2