Josh*Developer
4.85K subscribers
421 photos
38 videos
12 files
657 links
IT blog of:
Umar Sadullayev
Muslim πŸŒ™
Senior Frontend Engineer
Angular GDE
Founder of @vector_academy_uz and @pingpong_dev
Download Telegram
Vohid Karimov
FAANGga qaysi yo’nalish yaxshi? Shu savolni mendan tez-tez so’rab turishadi. Men uchun bu savol sal g’alati tuyiladi. Har safar shu savolni eshitganimda ichimda bir narsa o’ladi. Chunki hamma dasturlash yo’nalishi bilan FAANGga kirsa bo’ladi. Bunday kompaniyalar…
Shuyerga bir narsani aytib ketmoqchi edim.

Vohidjon aka aytganidek, barcha AT yo'nalishlariga o'rin bor. Lekin shuni ham unutmangki, biror yo'nalishda ekansiz, biror yaxshi natijaga erishmaguncha undan boshqasiga o'tmang.
Bittasida mutaxassis bo'ling. Shunda o'rningiz bo'ladi.

The one who masters on one profession, is better than the one who knows many, but not good at any of them.

Β© Null

@JoshDeveloper
❀‍πŸ”₯20πŸ‘13πŸ”₯2😒2
Forwarded from MDC Uzbekistan
Github actions dan foydalanib CI/CD qilish

Do
'stlar, avvalgi mavzularimizda Windows server bilan to'g'ridan to'g'ri ishlab, .NET ilovalarimizni deploy qilishni ko'rib chiqdik. O'ylaymizki, siz CI/CD haqida eshitgansiz. Masalan, Heroku servislaridan deployment uchun foydalangansiz, esingizda bo'lsa u yerda CI/CD sozlamalari qilingan edi. Ya'ni github/gitlab/azuredevops ga push qilish orqali, loyihamiz avtomatik tarzda build -> test -> deploy -> run bo'lardi. Ushbu mavzuni kengroq o'rganishimiz uchun Abduvohid ustozni mahorat darsimizga taklif qildik.

Barchangizni ushbu mahorat darsida kutib qolamiz. Kirsangiz xursand bo'lamiz, kirmasangiz hafa bo'lish yo'q )

Sana: 5-mart, 20:00

Havola: Zoom

Speaker: Wahid Abduhakimov

#githubactions #deployment #cicd

.NET Uzbekistan Community
βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–βž–
Telegram | Instagram | Youtube
πŸ‘6
Boshlanib ketibdi. Kiringlar.

.Net + Angular = Friends 🌚

@JoshDeveloper
🀣25⚑4
Forwarded from Josh*Developer
.NET va Angular

Bu ikkisini vakansiyalarda birga ko'raverib-ko'raverib, "Nega shu ikkisi birga ishlatilaveradi ?" deb so'ragan bo'lsangiz ajab emas.

Nega .NET dasturlariga Angularni mos ko'rishadi ?

Chunki,
1. Angular backend'chi uchun tushunarli va ajoyib strukturaga ega.
2. Angular TypeScript'da yozilgani. Ushbu .NET dasturchilari uchun TS ancha oson. Chunki C# va TypeScript sintakslari o'xshash.
3. Angular .NET kabi haqiqiy freymvork. Ikkisi ham "built-in features"ga boy. Shunchaki ishlatsa bo'ldi.
4. Ikki freymvork ham dasturlarni tuzishda OOP va MVC'ga e'tibor qaratgan.
5. Angularni man ishlatamanda. πŸ€“

Shunaqa gaplar ...)

@JoshDeveloper
😁32πŸ‘5
Estimation

PM(Project manager)lar dasturchidan hardoim "Estimation"(vazifani qanchada tugatishni baholash)ni to'g'ri va aniq berishini xohlaydi.

Biror vazifani 100% aniq baholay olish mumkin emas. Ammo, unga yaqinroq baholash mumkin. Qanday ?

Yaxshi "Estimation" qilish uchun ko'plab maslahatlar bor. Bulardan ba'zilari:

1. Vazifa nima haqida ekanligini to'liq tushinib olish.
2. Vazifani bajarish nimalarni talab qilishini tushunib olish.
3. Vazifa katta bo'lsa, qismlarga ajratish.
4. Shu kabi vazifa avval qilinganmi yo'qmi ko'rib, shunga qarab "estimate" qilish.
5. "Risk"larni hisobga olish.
6. "Estimation" texnikalaridan foydalanish.

va hkz.

Siz nimalarni maslahat bera olasiz ?

@JoshDeveloper
πŸ‘33πŸ€”3πŸŽ‰1
Forwarded from Josh*Developer
Ishsizlik

Ko'pchilik dasturlashga kirgan insonlarda uzoqroq va qiyin davom etadigan bosqich bu - ishsizlik davri. Ya'ni, o'quv markazini bitirib yoki biror texnologiyalarni mustaqil o'rganib, ish topadigan davr. Bu davr ba'zilarda tez o'tadi. Ammo, ko'pchilikda uzoq vaqt davom etadi.
Shu davr haqida o'zimni fikrlarimni aytsam.
Keling ish topishda ba'zi qoidalar va ularga sharxlar bilan tanishamiz:

1. Ish talablariga kamida 70% javob bermaguningizcha, 90% kompaniyalar sizga ish bermaydi.
Ha, kompaniyalar talab qilgan ma'lum bir texnologiyalar, bilim va ko'nikmalarsiz ishga kirishni orzu qilishni maslahat bermayman. Bu talablarga kamida 70% javob bersangizgina ish qidiring. Bo'lmasa, yo'nalishingiz va darajangizga qanday talablar borligini o'rganib chiqib, shularni o'rganing va bo'shliqni to'ldiring. So'ng yana ish qidirishga qayting.
2. Sababini qilmaguncha, natijani orzu qilmang. Yohud, ish topishga rostan harakat qiling.
Iymon, namoz va boshqa ibodat-u yaxshi amallar qilmasdan Jannatni orzu qilib yurish xato bo'lgani kabi, bizning holatda ham ishga yetkazadigan omillarni qilmasdan, Allohdan yaxshi ish berishini kutish biroz xato.
Bilimingiz yaxshi bo'lsa-yu, ish topa olmayotgan bo'lsangiz, demak ana shu omillarga urg'u berish payti keldi. Ya'ni,
1. chiroyli resume yasash.
2.
linkedin.com, djinni.co, hh.uz va boshqa platforma, telegram kanallar kabi joylardan ish qidirish, o'z profilingizni juda namunali qilish
kabi omillarga e'tibor qarating. Agar tepadagi platformalarning ba'zisida ajoyib profil yasab, recruiter'larni o'ziga tortadigan qilsangiz, sizni o'zlari topib olishadi. O'zingiz chiqsangiz ham bo'ladi.
Qolgan omillari esa chiroyli muomala va bilimingizni yaxshi ko'rsatib berishingizga ham bog'liq.

Shulardan ham keyin yaxshi ish topa olmayotgan bo'lsangiz, qiyinchiliklar davom etayotgan bo'lsa, chiroyli sabr qiling. Ba'zan Alloh bizga shunday sinovlar beradi. Undan chiroyli sabr qilib, umidni so'ndirmasdan, harakatni to'xtatmasdan o'tib olsangiz, uyoqi xohlaganingizdan ham go'zalroq bo'ladi inshaaAlloh. Ishonavering. Siz ilm olishni va harakat qilishni to'xtatmasdan davom eting. Natijasiga aniq rozi bo'lasiz inshaaAlloh.

Shu va shu kabi mushkullarda, ushbu oyatlarni esingizda saqlab yuring.
Β«Albatta, Biz sizlarni bir oz qoβ€˜rqinch va ochlik bilan, mol-mulkka, jonga, mevalarga nuqson yetkazish bilan sinaymiz. Va sabrlilarga bashorat ber. Ular musibat yetganda: Β«Albatta, biz Allohnikimiz va, albatta, biz Unga qaytuvchimizΒ», derlarΒ».
Baqara 155-156

@JoshDeveloper
πŸ‘84❀15πŸ†5🫑3πŸ”₯2😒2⚑1πŸ•Š1🐳1🌚1
Podkast va maqolalarimni bir joyga yig'ib qo'yish maqsadida bir do'stimiz bot yasab bergandilar.

Yangi podkastlar va maqolalar chiqsa shu botga qo'shib boriladi inshaaAlloh.

Marhamat: @JoshDeveloper_Bot

#bot

@JoshDeveloper
πŸ‘21πŸ‘1
Nega buni yig'ishyapti bilmadim-u(bilsangiz ayting), agar kanalimdan manfaat olgan bo'lsangiz va sifatli deb topsangiz, pastdagi linkda birnarsalar yozib qo'ysangiz bo'ladi.🌚

"Sifatli kontent yaratuvchi mualliflarni ro’yxatini shakllantirishni rejalashtirdik.

Bunda sizning yordamingiz kerak!

Siz hurmat qiladigan va kuzatadigan blog va sahifalar mualliflarini kategoriyalar bo’yicha so’rovnomada ko’rsatib o’ting. Imkoni bo’lsa havola bilan.

Oldindan rahmat!

https://forms.gle/GMkEJHrCeps5wL9x7"
πŸ‘11😁9πŸ†’4πŸ‘€2
Dasturchi sifatida ingliz tilini oshirish uchun bera oladigan eng katta maslahatim, inglizcha intervyular yoki podcast'lar ko'p eshitish.
Texnik bo'ladimi yoki umuman boshqa mavzularda bo'ladimi farqi yo'q. O'zingiz qiziqqan biror mavzuda inglizcha kontent ko'rish juda katta yordam beradi.

"Strenjrs in ze nayt" deb aksentlar chiqarishni xohlasangiz ham, shu usul foydali 🌚

@JoshDeveloper
πŸ‘22😁10❀1⚑1
Kuchli React dasturchi bo'lish uchun maslahat yozibdi Azizbek aka kanalida.

Foydali post ekan ko'pchilikka inshaaAlloh
Marhamat https://t.me/itsr4y/92

#react

Sizlar ham bir kuchli bo'linglarda React'chilar 🌚

@JoshDeveloper
🀣24πŸ‘8πŸ‘4🀨3
Medium'da O'zbek kontenti ko'payayotganini ko'rib hursand bo'ldim.

Bir obunachimizning bloglarini ko'rib qolgandim.
O'zbek tilida maqolalar yozib borayotgan ekanlar.
https://medium.com/@khaitbekdev

Post kommentiga foydali deb bilgan o'zbek tilidagi dasturlashga oid maqolalar bo'lsa yuboring. Kimgadir foydasi tegar.

@JoshDeveloper
πŸ‘24πŸ‘Œ4
Bugundan frontint.uz kursimizga chegirmalar tugadi. (Orada balki bo'lib turar)

Buyoqiga asosan "Referral" orqali chegirma qilib sotib olsangiz bo'ladi.

Referral ? πŸ€”

Ha. Bugundan kursimizni sotib olgan barcha, kimnidir taklif qilish orqali o'zi ham daromad qilishi va olib kelgan o'quvchisiga 10% chegirma ham berishi mumkin.
Ya'ni, agar siz frontint.uz kursini sotib olgan bo'lsangiz va bir do'stingizga rost ma'lumotlar bilan kursimizni taklif qilsangiz, do'stingizga 10% chegirma beriladi, sizga esa BONUS puli(agar do'stingiz kursni ma'qul ko'rib, sotib olsa)
Bonus puli qancha deysizmi ? 🌚
Keling bunisi sizlar uchun sir bo'lib qola qolsin. πŸ˜‰
(Tag'in biznes qilaman deb kelmanglar) πŸ˜„
Kursni sotib olganlar biladi bonus pulini.

#frontint

@JoshDeveloper
😱22πŸ‘11πŸ—Ώ2
πŸ”₯23πŸ‘7⚑6πŸ‘€4🌚2
It does not matter how many resources you have. If you don't know how to use them, it will never be enough. (Linkedin'dan)

Tepadagi so'zlarni dasturchilarga yo'llamoqchiman.
Bizda Google, ChatGPT, Telegram guruhlar(Community)lar bor.
Agar foydalanishni bilsak, oddiy savollarga ham bosh qashib o'tirmasdan, darrov javobini topsak bo'ladi.

"Falon narsa nima ?, falon qanday ishlaydi ?, falonni qanday ishlatadi ?" kabi savollarga shunchaki shu miyangizdagi savolni Google'ga yoki ChatGPT kabi AI'larga tashlashingiz o'zi kifoya. Javobini olasiz.

Asosiysi imkoniyatlardan foydalana bilish.

@JoshDeveloper
πŸ‘37❀‍πŸ”₯6⚑2πŸŽ‰1🐳1πŸ†1
Sun'iy intellekt yot e'tiqodlarni singdirish quroliga aylanishi mumkinmi?

Shu mavzuda Anvar aka AzonTV'da gapirgan ekanlar. Musulmon dindoshlarimizga juda kerakli ma'lumotlar ekan. Eshiting.

Link: https://youtu.be/t8uFN1o__P0

#AI

@JoshDeveloper
πŸ‘20πŸ”₯3πŸ‘€1
Josh*Developer
Qaysi yo'nalishdansiz ?
Frontend yo'nalishi O'zbekistonda shu ketishda ketsa, oxiri borib "Frontend'chiga beradigan qizim yo'q" deyish ham ko'payib qolsa kerak. πŸ˜„πŸ˜„

#joke

const prevMeaning = this.post.meaning;
this.post.message = this.post.message.replace("Frontend", "React");

console.log(this.post.meaning === prevMeaning); // true


🌚

@JoshDeveloper
😁67😒12🀨5πŸ‘3😨3πŸ—Ώ2❀1πŸ‘Œ1🐳1πŸ’”1
Shunaqa tajriba oshirmoqchi bo'lganlarga qimmatli maslahat mana.

Share ✈

#maslahat

@JoshDeveloper
πŸ”₯76πŸ‘41πŸ‘4😐4πŸŽ‰3πŸ‘Œ3⚑1πŸ₯±1
Josh*Podcast'ni keyingi sonini kutayotganlar bormi ?)

Keyingi soni nima haqida bo'lishini tahmin qilingchi 🌚

#stayTuned

@JoshDeveloper
⚑42πŸ—Ώ11πŸ‘7🌚4❀1πŸ€”1
"Remote" ishlaydiganlar, Sizlarda ham oddiy narsalar uchun ham "Let's have a call" deyaveradigan hamkasblaringiz bormi ? πŸ˜„

#joke

@JoshDeveloper
😁53🀣14🌚6πŸ‘1🀯1