Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi
1.03K subscribers
20.5K photos
2.57K videos
7 files
6.28K links
Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining rasmiy sahifasi

Bot manzilimiz: @Ecopoytaxt_murojaat_bot

https://instagram.com/ekopoytaxt

https://www.facebook.com/tashkentecology
Download Telegram
#Ekologiya
#Ekologik_nazorat

Joriy yilning 8-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Qoraqamish mavzesi, 1/2-sonli uyida joylashgan "River Park" hududida chiqindilar to'planib qolganligi to'g'risida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Olmazor tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi bo'limi xodimlari hamda Olmazor tumani mas'ul tashkilot vakillari tomonidan o'rganish ishlari amalga oshirildi va o'rganishlar davomida ushbu to'planib qolgan chiqindilar bartaraf etildi.

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot ximati
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌿 Toshkentda agrobiologik xilma-xillikni ko‘paytirish bo‘yicha innovatsion yondashuvlar taqdim etildi

7-mart kuni Toshkent shahrida Orol dengizi havzasidagi sho‘rlangan, unumsiz yerlarda agrobiologik xilma-xillikdan foydalanish va saqlashni ta’minlashga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
https://eco.gov.uz/yz/site/news?id=4041
__

🌿 В Ташкенте представили инновационные подходы для повышения агробиоразнообразия

7 марта в Ташкенте состоялся семинар по обеспечению использования и сохранения агробиоразнообразия на засоленных малопродуктивных землях в бассейне Аральского моря.
https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=4041
__

🌿 Innovative approaches to increase agrobiodiversity were presented in Tashkent

On March 7, Tashkent hosted a seminar on ensuring the use and conservation of agrobiodiversity on saline, unproductive lands in the Aral Sea basin.
https://eco.gov.uz/en/site/news?id=4041

Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi
Video
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridan oqib o'tuvchi Qoraqamish kollektoridagi suv oq rangda oqayotganligi bo'yicha o'rganish ishlari olib borilayotganligi to'g'risida xabar berilgan edi.

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi hamda Toshkent shahar Prokuraturasi hamkorligida olib borilgan o'rganish natijalari bo'yicha mazkur qonunbuzilish holatini sodir etgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritildi. Hamda, qurilish materiali hisoblangan (suyuq shpaklevka)ni noqonga xilof tarzda Qoraqamish kollektoriga o'zboshimchalik bilan oqizganligi uchun davlat inspektori tomonidan MJtK ning 91-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHM ning o'n barobari (3 400 000 so'm) miqdorida jarima belgilandi.

Shuningdek, ifloslantirilgan Qoraqamish kollektoridan ekologik laboratoriya uchun tahlil namunalar olingan, bugungi kunda mutaxassislar tomonidan tekshiruvlar o'tkazilmoqda. Tekshiruv ishlarining yakuniy natijalari bo'yicha tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanib, qoplama to'lovlari undiriladi.

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot ximati
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boyqush va to'tiqush o'rtasidagi do'stlik 🦉 🦜

🌱Tabiat sirli mo'jizalarga boy dunyo bizni kuzatishda davom eting!

Telegram | Instagram | Facebook
Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш тўғрисида"ги қарори

Постановление Президента Республики Узбекистан "О проведении священного месяца Рамазан на достойном уровне"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
♻️ Ekologiya vazirligi maxsus chiqindi paketlarini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi!

Xarid qilinadigan paketlar qator talablarga javob berishi lozim.
https://eco.gov.uz/yz/site/news?id=4042
__

♻️ Министерство экологии принимает коммерческие предложения на закупку специальной упаковки для мусора!

Приобретаемые пакеты должны соответствовать ряду требований.
https://eco.gov.uz/ru/site/news?id=4042

Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ekologiya
#Ekologik_nazorat

Belgilanmagan joyga qurilish chiqindisini joylashtirgan fuqaro jarimaga tortildi

Joriy yilning 11-mart kuni Toshkent shahar, Olmazor tumani “Islom Ota” MFY, 45-sonli uyning oldi qismiga fuqaro X. A tomonidan qurilish-ta'mirlash ishlarida hosil bo'lgan chiqindilarni qonunga xilof tarzda joylashtirganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Olmazor tumani bo’limi inspektori tomonidan ushbu huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtK ning 91¹-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi va shu kabi holatlar qayta takrorlanmasligi, belgilanmagan joylarga noqonuniy chiqindi tashlamaslik bo‘yicha qat'iy ogohlantirildi.

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM