Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi
1.03K subscribers
20.5K photos
2.57K videos
7 files
6.28K links
Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining rasmiy sahifasi

Bot manzilimiz: @Ecopoytaxt_murojaat_bot

https://instagram.com/ekopoytaxt

https://www.facebook.com/tashkentecology
Download Telegram
Ayol - jamiyat va millat tayanchi!

Bugun, 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi boshlig'i A. Rasulov so'z olib, boshqarmada samarali mehnat faoliyatini olib borayotgan xotin-qizlarni bayram munosabati bilan qutlab, turmush tarzimizning osudaligi, baxt-saodatli va totuvligi, olib borilayotgan har bir bunyodkorlik, yaratuvchanlik, ekologiya sohalarida ayollarimizning aql-zakovati, o‘tkir zehni mujassam ekanligini quvonch bilan ta’kidladi va esdalik sovg'alari topshirildi.

Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari! Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot ximati
Telegram | Instagram | Facebook
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi
Photo
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 11-mavzesida joylashgan "Enjoy house" MCHJ tomonidan hududdagi  20 va 30-sonli uylar oralig'idagi yer maydoni o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi, unda qurilish ishlari olib borilayotganligi to'g'risida xabar e'lon qilingan edi.


Ushbu holat yuzasidan Uchtepa tumani ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi bo'limi davlat inspektorlari tomonidan yuqorida ko'rsatib o'tilgan manzilda o'rganish ishlari olib borildi.

Olib borilgan o'rganishlar natijasida, ushbu MCHJ tomonidan hududdagi to'rt tup daraxtni tag qismiga yaqin kovlab, ularning ildiz qismiga shikast yetkazganligi aniqlandi. Aniqlangan holat yuzasidan qurilish kompaniyasi mas'ul xodimlarga nisbatan MJtK ning 79-moddasi 1-qismiga bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi. Shuningdek, mazkur hududdagi barcha daraxtlar davlat inspektorlari tomonidan xatlovdan o'tkazilib, daraxtlarni asrash va saqlashga doir qonunchilikda belgilab qo'yilgan tartib-qoidalar yuzasidan qurilish mas'ullariga nisbatan ogohlantirish xati berilib, kafolat xati rasmiylashtirilib olindi.

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot ximati
Telegram | Instagram | Facebook
🌷Qadrli, opa-singillar! Barchangizni 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklayman.

Bugun jamiyatimizda xotin-qizlarning o’rni tobora mustahkamlanib bormoqda. Negaki Siz nafaqat oila mustahkamligi, balki jamiyat farovonligida ham muhim ahamiyatga egasiz. Sizni oilaviy baxt, kasbiy muvaffaqiyat, nafosat va go’zallik aslo tark etmasin. Sharafli va mashaqqatli mehnatingiz, sadoqatingiz va bizni doim qo’llab-quvvatlab kelayotganingiz uchun minnatdorlik bildiraman.

Bayramingiz muborak bo’lsin!
Hurmat bilan,
vazir Aziz Abduhakimov boshchiligidagi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi jamoasi

Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌸 Yurtimizda istalgan sohada ayol rahbarlarni uchratamiz. Bugun ayollar fidoiy ekolog, inspektor, tabiatning jonkuyar himoyachilari.

🥳 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ekologiya sohasida uzoq yillardan beri mehnat qilib kelayotgan ayollarni alohida e’tirof etishga qaror qildik.

Instagram | 🕊Telegram | 📱Facebook | X |🌐 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM