Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi
1.1K subscribers
21.2K photos
2.66K videos
7 files
6.64K links
Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining rasmiy sahifasi

Bot manzilimiz: @Ecopoytaxt_murojaat_bot

https://instagram.com/ekopoytaxt

https://www.facebook.com/tashkentecology
Download Telegram
#Ekologiya
#Ekologik_nazorat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Mirzo Ulug’bek tumani “Buyuk ipak yo’li” ko’chasida obodonlashtirish ishchilari tomonidan daraxtlar kallaklab tashlanayotgani haqida xabar qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Mirzo Ulug’bek tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O’rganishlar natijasida ushbu ko’chadagi “Safora” daraxtlari yuqori kuchlanishli elektr simlari ost qismida joylashganligi tufayli yuz berishi mumkin boʻlgan tutashuvlarni oldini olish maqsadida butalanganligi aniqlandi.

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ekologiya
#Ekologik_nazorat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Yunusobod tumani “Tamaki” fabrikasi hududida chinorlar shoxlari kesilayotgani haqida xabar qilindi.

Mazkur holat bo’yicha Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Yunusobod tumani bo’limi inspektorlari tomonidan o’rganish ishlari olib borildi.

O’rganishlar natijasida daraxtlarning shoxlari ishlov berish maqsadida kesilganligi va daraxtlarga ziyon yetkazilmaganligi aniqlandi. Holat yuzasidan hech qanday qonun buzilish holatlari aniqlanmadi.

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi
Telegram | Instagram | Facebook
#Ekologiya
#Ekologik_nazorat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali "Toshkent shahridagi Menejment va zamonaviy texnologiyalar universitetiga (University of Management and Future Technologies) tegishli bino to’g’risidagi daraxtga, elektr shiti o’rnatishgan"i haqida xabar qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Yakkasaroy tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O’rganishlar natijasida ushbu ko’chadagi daraxtga o'rnatilgan elektr shiti olindi.

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ekologiya
#Ekologik_nazorat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani, "Prime plan" aholi xonadonlari qurilish kompaniyasi atrofidagi daraxtlarning tag qismi betonlanib ketilganligi xabar qilingan edi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Mirzo Ulug'bek tumani bo‘limi mas'ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O’rganishlar natijasida yuqorida ko'rsatib o'tilgan manzildagi daraxtlar mutasaddi tashkilot xodimlari tomonidan bartaraf etildi va holat takror sodir etilmasligi bo'yicha qat'iy ogohlantirish ishlari olib borildi.

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi
Telegram | Instagram | Facebook
#Ekologiya
#Ekologik_nazorat

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Yashnobod tumani, Sandiqali ko'chasi, 120-sonli aholi yashash xonadonlari oldida chiqindilar to'planib qolganligi xabar qilingan edi.

Holat, Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi Yashnobod tumani bo'limining Chiqindi bilan bog'liq ishlarni amalga oshirish xodimlari tomonidan nazoratga olinib, tezkor o'rganish ishlari olib borildi.

Olib borilgan o'rganishlar natijasida hududga maxsus texnika vositalari jalb qilinib, chiqindilar bartaraf etildi, shuningdek, hududdagi boshqa ob'yektlar ham inspektorlar tomonidan ko'zdan kechirilib, chiqindilarni bartaraf etish borasida mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berildi.

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ekologiya
#Ekologik_nazorat

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasining Mirzo Ulug'bek tumani bo’limi inspektorlari tomonidan navbatdagi reyd tadbirlari o’tkazildi.

O’tkazilgan nazorat reyd tadbirlari mobaynida tumanning TTZ mavzesidagi belgilanmagan joylarga fuqarolar S.S. va S.T.  tomonidan qurilish chiqindilari noqonuniy ravishda tashlanganligi aniqlandi.

Ushbu fuqarolarga nisbatan MJtKning tegishli moddalari asosida maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi. Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot ximati
Telegram | Instagram | Facebook
#Ekologiya
#Ekologik_nazorat

Joriy yilning 8-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Qoraqamish mavzesi, 1/2-sonli uyida joylashgan "River Park" hududida chiqindilar to'planib qolganligi to'g'risida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan Olmazor tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi bo'limi xodimlari hamda Olmazor tumani mas'ul tashkilot vakillari tomonidan o'rganish ishlari amalga oshirildi va o'rganishlar davomida ushbu to'planib qolgan chiqindilar bartaraf etildi.

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot ximati
Telegram | Instagram | Facebook
#Ekologiya
#Ekologik_nazorat

Belgilanmagan joyga qurilish chiqindisini joylashtirgan fuqaro jarimaga tortildi

Joriy yilning 11-mart kuni Toshkent shahar, Olmazor tumani “Islom Ota” MFY, 45-sonli uyning oldi qismiga fuqaro X. A tomonidan qurilish-ta'mirlash ishlarida hosil bo'lgan chiqindilarni qonunga xilof tarzda joylashtirganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Olmazor tumani bo’limi inspektori tomonidan ushbu huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtK ning 91¹-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi va shu kabi holatlar qayta takrorlanmasligi, belgilanmagan joylarga noqonuniy chiqindi tashlamaslik bo‘yicha qat'iy ogohlantirildi.

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ekologiya
#Ekologik_nazorat

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining havosi ifloslanganligi hamda dunyo shaharlar reytingida yuqori o'rinlarda ekanligi to'g'risida xabarlar tarqalmoqda.

Holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi mas'ullari hamda Toshkent shahar Prokuraturasi hamkorligida tezkor ishchi guruh tashkil qilinib, poytaxt havo sifatining umumiy holatini o'rganish maqsadida hududlarda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlarga Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasining Atrof-muhit ifloslanishi monitoringi iqlim o‘zgarishi va cho‘llanishga qarshi kurashish (Tahliliy laboratoriya) bo‘limi xodimlari ham jalb qilib, mutaxassislar yordamida tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook
Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi
Photo
#Ekologiya
#Ekologik_nazorat

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan poytaxtimizning Mirobod tumani hududi bo'ylab navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbirlari amalga oshirildi.

Amalga oshirilgan mazkur nazorat tadbirlari mobaynida tumanning At-Termiziy MFY, Mirobod ko'chasi, 4-sonli uy yonida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayonida fuqaro X. B tomonidan ikki tup daraxtni tag qismidan kesganligi va ikki tup daraxtni o'sishdan to'xtamaydigan darajada shikastlaganligi aniqlandi.

Aniqlangan ushbu holat yuzasidan fuqaro X. Bga nisbatan davlat inspektori tomonidan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning yigirma besh barobari (8 500 000 so'm) miqdorida jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar uchun (20 230 000 so'm) ta'sir chorasi qo'llanildi. Shuningdek, noqonuniy kesilgan har bir daraxtning o'rnini qoplash maqsadida fuqaroga nisbatan 100 tupdan daraxt ekish majburiyati yuklatilib, uch yil davomida parvarish qilish majburiyati yuklatildi.

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot ximati
Telegram | Instagram | Facebook
#Ekologiya
#Ekologik_nazorat

🗣Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek  tumani hududida joylashgan "Sadaf" stomotologiyasi yon atrofidagi  darxtlarning tag qismi sun'iy chim qoplamasi bilan o'ralganligi to'g'risida xabar berilgan edi.

💬Ushbu holat, zudlik bilan Mirzo Ulug'bek tumani, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi bo'limi xodimlari ishtirokida o'rganib chiqildi. O'rganishlar natijasida, hudud mas'ullari tomonidan ushbu daraxtlarning tag qismiga o'rnatilgan sun'iy qoplamalar olib tashlandi va shu kabi harakatlar qayta takror sodir etilmasligi yuzasidan fuqaro qat'iy ogohlantirildi.

🌐 Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ekologiya
#Ekologik_nazorat

🍀Toshkent shahar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi Shayxontohur tumani bo’limi xodimlari tomonidan tuman hududi bo’ylab navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbirlari tashkil etildi.

🟢Tashkil etilgan mazkur nazorat reyd tadbirlari mobaynida Shayxontohur tumani, “Labzak” MFY hududi o’rganilganda, qurilish ishlari olib borilayotgan obyektlarining birida og’ir yuk tashuvchi avtotransport vositalari tomonidan yo’lning yuza qismini ifloslantirib harakatlanayotganligi ma’lum bo’ldi.

💬Holat yuzasidan qurilish tashkiloti xodimiga nisbatan ekologiya bo’limi inspektori tomonidan MJtKning 91-prim 1-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarima belgilandi. Shuningdek, qurilish hududiga maxsus texnika vositalari jalb qilinib, ifloslantirilgan yo’l yuzasini tozalash ishlari olib borildi.

🌐 Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot ximati
Telegram📱Instagram📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ekologiya
#Ekologik_nazorat

📆Bugun, joriy yilning 26-mart kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining Shayxontohur tumani bo'limi mas'ullari tomonidan tuman hududi bo'ylab navbatdagi ekologik nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

💬Amalga oshirilgan mazkur nazorat tadbirlar davomida Shayxontohur tumanining Abdulla Qodiriy ko'chasi, 2-sonli uyi oldida fuqaro SH. A tomonidan yetti tup "Chinor" daraxti shoxlari o'sishdan to'xtamaydigan darajada kesilganligi aniqlandi.

😎Aniqlangan ushbu holat yuzasidan fuqaro SH. Aga nisbatan davlat inspektori tomonidan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning yigirma besh barobari (8 500 000 so'm) miqdorida jarima hamda tabiatga yetkazilgan zarar uchun (9 520 000 so'm) miqdorda ta'sir chorasi qo'llanildi. Mazkur fuqaro tabiatga yetkazgan zarari uchun jami miqdorda (18 020 000 so'm) to'laydigan bo'ldi.

🌐 Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Telegram📱Instagram📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM