Dr. Algorithm
3.06K subscribers
477 photos
53 videos
3 files
541 links
Saidolim Djuraev’ning mantiq va qiziqarli ma'lumotlar haqida kanali.

Savollar yoki javoblar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Kitob javoni

Kechagi xabarda yil davomida kitob o‘qish haqida yozgan edim. Faol kitob muxlislarimiz GoodReads tizimdan ro‘yxatdan o‘tishdi. Ular bilan do‘stlashib ham ulgurdik.

Tizimdan faqat shaxsiy kitoblarim uchun foydalangan ekanman. Yaxshiroq o‘rgansam, guruh ochish imkoni ham bor ekan. Bu menga AyTi (IT)ga oid kitoblar javonini tuzish g‘oyasini berdi.

Tayyor tizimdan tekinga foydalanish sizga ham yoqsa kerak?


Uzbek IT (AyTi) kitobxonlari guruhini ochdim.

https://www.goodreads.com/group/show/1260067-uzbek-it-ayti-kitobxonlari


Guruh ochiq. Xohlagan odam a'zo bo‘lish uchun ariza qoldirishlari mumkin. Men esa o‘z navbatida kitoblarni qo‘shib boraman.

Shu bilan birga kitoblarni mavzular bo‘yicha ajratish mumkin. Siz o‘qish uchun o‘zingizga qo‘shib olishingiz va o‘z navbatida kitobga izoh qoldirishingiz mumkin. Yangi o‘qimoqchi bo‘lganlarga foydali bo‘ladi.

#kitob #jamoa

02.01.2025 London
@DrAlgorithm
👍30🔥11