Forwarded from Adkham Zokhirov
Biz Sun’iy intellekt (AI) yechimlari ustida ishlashni yangi bosqichga olib chiqmoqdamiz va jamoamizga kuchli mutaxassislarni qidiryapmiz.
Ochiq vakansiyalar bilan tanishing va ariza topshiring:
👉 https://mohirdev.ai/careers
Eslatma: Nomzodlarni saralashning birinchi bosqichini AI (Sun’iy intellekt) amalga oshiradi! 😉
@adkham_zokhirov

mohirdev.ai
Mohirdev AI Lab - AI Solutions for Voice & Language
Build AI to break language barriers and empower businesses globally.
🔥10👍5
Forwarded from Umidjon Ishmukhamedov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bloomberg’dagi oʻzbek yigit
Millat Umidi podkastining ushbu sonida Londonda joylashgan Bloomberg kompaniyasida faoliyat yuritayotgan Javohir Joʻrahodjayev mehmon boʻldi.
Ushbu podkastni ota-onalar, talabalar, yoshlar – barcha koʻrishini xohlardik va tavsiya qilardik. Tomosha qilsangiz, bu safargi suhbat nega odatdagidan koʻproq davom etganligiga amin boʻlasiz 🙌🏻
Koʻring va ulashing, barchaga foydali boʻlsin 🚀
🔗 Video havolasi: https://youtu.be/Xy7pr8K5acc
@umidjon_ishmukhamedov
Millat Umidi podkastining ushbu sonida Londonda joylashgan Bloomberg kompaniyasida faoliyat yuritayotgan Javohir Joʻrahodjayev mehmon boʻldi.
Ushbu podkastni ota-onalar, talabalar, yoshlar – barcha koʻrishini xohlardik va tavsiya qilardik. Tomosha qilsangiz, bu safargi suhbat nega odatdagidan koʻproq davom etganligiga amin boʻlasiz 🙌🏻
Koʻring va ulashing, barchaga foydali boʻlsin 🚀
@umidjon_ishmukhamedov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥19😱1
Forwarded from MohirDev.uz
Kirib kelgan Ramazon oyi muborak boʻlsin!
Bu muqaddas oyda uyingizga fayz, ilmingizga baraka tilaymiz.
@mohirdev

🎉22🔥7👍5
Ramazon muborak!
Ramazon barakali o`tsin. Ibodatlarga qiynalmay qoim turish nasib etsin.
Duolaringiz ijobat bo`lsin!
Ayyom muborak!
18.02.2026 London
@DrAlgorithm

Ramazon sabab ishlarimiz yanada rejali va intizomli bo`ladi.
Ayyom muborak!
18.02.2026 London
@DrAlgorithm
🔥51👍16⚡9🎉6
Forwarded from Khumoyun Codes
Sardor og'a bilan bo'lgan suhbatni yukladik, iftorgacha ko'rib ulgursa bo'ladi bemalol, og'a qanday qilib PHPchi bo'lib qolganlaridan, 13 yildan beri nega ish joyini almashtirmayapganlari va boshqa mavzular haqida gaplashdik. Xullas suhbat qisqa bo'lmadi, lekin qiziqarli bo'lganiga shubham yo'q.
Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz 😊
@khumoyun_codes
https://youtu.be/Bcv9b6H6FNs

YouTube
Dasturchi o'sishi uchun komfort zo'nadan chiqishi kerakmi? Sardor Dushamov | TechGurung
Salom dasturchilar 👋🏻
Bugalgi mehmonimiz Sardor Dushamov a.k.a. Sardor og'a, ular bilan PHP dan boshqa deyarli hamma narsa haqida gaplashdik 😁 Asosiy mavzularimizdan biri, komfort zo'nasida qolib ketish va buni dasturchning mutaxasis sifatida o'sishiga…

1👍16🔥8⚡3💯1🏆1
AICA | Central Asian Association for AI
Мы начинаем цикл живых встреч с экспертами, которые строят карьеру на глобальном рынке и работают с передовыми технологиями.
Первый гость — Жавохир, Data Engineer at Bloomberg L.P..
Assalomu alaykum do`stlar,
Shu do`stimiz, Javohirni, juda yaxshi taniyman. Ko`pchilik yoshlar uchun o`qish va ish topish bo`yicha yaxshi tavsiyalar bera oladilar deb ishonaman.
Agar hali ko`rishishga ulgurmagan bo`lsangiz, off-line ko`rishib oling. Bilishimcha Vatanda biroz bo`lib qaytadilar.
Tadbir Fourders Club (Yoshlar agentligi, Toshkent)da bo`lib o`tar ekan.
27.02.2026 London

Joy: Founders Cafe
28 Fevral, 10:00 – 12:00
O`zbek tilida
Ro`yxatdan o`tish [havolasi]
27.02.2026 London
@DrAlgorithm
👍18
Forwarded from UK Hayot | Saidolim
Telegram
Al-Khorezmi Community Centre
Assalom Alaykum Azizlar, Hurmatli Vatandoshlar!
ILTIMOSNOMA!
Londonda tashkil qilinayotgan Al Khorezmi Markazi Doimiy maskani uchun Fundraiser(xayr-ehson) marafoniga qo’shiling!
GoFundMe platformasi orqali xayriya:👇👇👇
https://gofund.me/6e05f4e45
Bank…
ILTIMOSNOMA!
Londonda tashkil qilinayotgan Al Khorezmi Markazi Doimiy maskani uchun Fundraiser(xayr-ehson) marafoniga qo’shiling!
GoFundMe platformasi orqali xayriya:👇👇👇
https://gofund.me/6e05f4e45
Bank…
Assalomu alaykum do`stlar,
Ramazonning qiymatli kunlari ham o`z nihoyasiga yetmoqda. Ibodatlaringiz qabul bo`lsin.
Shu aziz kunda Londondagi yurtdoshlarimiz ajoyib ish boshlashdi. Londonda O`zbekistonliklar uchun markaz barpo etishmoqda.
👉 https://t.me/alkhorezmiuk/181
Bu markaz nasib qilsa UK da yurgan O`zbek Vatandoshlarimiz uchun xususiy maskan bo`ladi. Talabalarga yordam berishda, oilalar bir biri bilan tanishishida, farzandlar uzoq yillik do`st orttirishida turtki bo`ladi.
Bugun markaz binosi uchun pul yig`ish tadbiri qilinayotgan ekan. Agar sizda ham ham savob ham kelajakda bir bino bo`lishi uchun o`z hissangizni qo`shmoqchi bo`lsangiz, tadbirda qatnashishingiz mumkin.
Barcha tafsilotlarni tashkilotchilar yana aytib berishadi.
15.03.2026 London
@UKHayot

Bir bino uchun $20 atalsa, x100++ savol bilan qaytar ekan.
15.03.2026 London
@UKHayot
👍13🔥5👏3⚡1🤝1
Kitob
Kitob oʻqishda qaysi kitobni oʻqish kerak degan savol hayolimdan chiqmaydi.
Lekin bugun ustoz bilan suhbat qilar ekanman vaziyat yanada qiziq va qiyin holatga keldi. Endi hayolni boshqa narsa egalladi:
Kitob qushning 2 qanoti kabi boʻlmas ekan. Faqat bir qanot ekan. Unda 2-qanot nima?
Shuni tushuntirib berishdi. Esga solishdi. Endi u ilmni ham bilimga aylantirishim kerak.
Kanalga shu sabab maqola yoza olmadim. Endi quvvat yigʻdik, davom etamiz.
17.03.2026 London

Faqat koʻp kitob oʻqish najot emas.
Kitob qushning 2 qanoti kabi boʻlmas ekan. Faqat bir qanot ekan. Unda 2-qanot nima?
Shuni tushuntirib berishdi. Esga solishdi. Endi u ilmni ham bilimga aylantirishim kerak.
Bu yil Ramazon juda barakali va manfaatli boʻldi.
Kanalga shu sabab maqola yoza olmadim. Endi quvvat yigʻdik, davom etamiz.
17.03.2026 London
@DrAlgorithm
⚡26🔥21👍18👏2👌1
Kitob o‘qish yetarli emas
Avvalgi maqolamda yozgan narsam, aynan faqat kitob o‘qish orqali bilimga ega bo‘lish haqida edi. Ammo shunday narsalar bor-ki, ularni kitobdan o‘rganib bo‘lmaydi.
Ilmiy ish bilan shug‘ullangan olimlar biladi-ki, ko‘p ilm odamlari ko‘rganiga ishonadi. Shu sababli ulamolar bilan kelishmovchiliklari bor. Ammo eng qizig‘i, aynan o‘sha olimlar oxir-oqibatda ulamolar aytgan narsaga borib qoladi.
Bundan olgan natijam, bizga Ustoz-Shogird an’anamiz kerak ekan.
Inson ustozdan o‘rgansa manfaatli bo‘ladi ekan.
Demak farzandlarimiz uchun yaxshi ustoz topishimiz kerak.
👨🏫 Ustozlar, sizlar bilan esa, yangi ustoz bo‘ladigan shogirdlar chiqarishimiz kerak ekan.
Harakat qilish vaqti keldi...
19.03.2026 London

Shunday narsalar bor yozib bo‘lmaydi,
Shunday narsalar bor o‘qib bo‘lmaydi,
Shunday narsalar bor aytib bo‘lmaydi,
Ularni faqat ko‘rish va amal qilish mumkin.
Ilmiy ish bilan shug‘ullangan olimlar biladi-ki, ko‘p ilm odamlari ko‘rganiga ishonadi. Shu sababli ulamolar bilan kelishmovchiliklari bor. Ammo eng qizig‘i, aynan o‘sha olimlar oxir-oqibatda ulamolar aytgan narsaga borib qoladi.
Ulamo amal qiladi, keyin ilmini o‘rganadi,
Olim avval o‘rganadi, keyin amal qilmoqchi bo‘ladi.
Bundan olgan natijam, bizga Ustoz-Shogird an’anamiz kerak ekan.
Inson ustozdan o‘rgansa manfaatli bo‘ladi ekan.
Demak farzandlarimiz uchun yaxshi ustoz topishimiz kerak.
👨🏫 Ustozlar, sizlar bilan esa, yangi ustoz bo‘ladigan shogirdlar chiqarishimiz kerak ekan.
Harakat qilish vaqti keldi...
19.03.2026 London
@DrAlgorithm
1🔥36👍11⚡7😁1💯1
Xavfsizlik birinchi o‘rinda
Anchadan beri maqola yoza olmadim. Shu sababli bir necha maqolani birdan tayyorlashga harakat qilaman.
Sizlar bilan biror mavzuni to‘liq yoritish ustida o‘ylayotgan edim. Chunki mana 2 yildan beri Shaxsiy ma’lumotlar gigiyenasi, Korxona ma’lumotlari xavfsizligi bo‘yicha gapirib kelaman. Afsuski, hammaga ham yetkazish imkoni bo‘lmadi.
Keling, siz bilan shuni qanday qilib to‘g‘rilash mumkin ekanini ko‘rib chiqsak.
Agar har birimiz o‘zimizda va korxonamizda shu ishlarni yo‘lga qo‘yishni boshlasak, o‘ylaymanki ko‘pchilikka foydali bo‘ladi.
Oxirgi postlarimdan birida CIS va ITIL haqida yozgan edim. Buni men O‘zbekistonda ishlab yurganimda yaxshi his etmas edim. Va albatta ko‘p xatolar qilganman. CISni o‘rganib, uni korxonada tatbiq qilganimdan keyin, shuni bildim-ki, buni O‘zbekistonda hammamiz qo‘llashimiz kerak.
CIS nima?
CIS (Critical Security Controls) bu shunchaki qoidalar to‘plami bo‘lmay, balki butun dunyodagi ekspertlar tomonidan, haqiqiy hayotdagi kiberhujumlarni o‘rganib chiqib tuzilgan "jangovar" qo‘llanma.
Buning qismlari bizning O‘zDST standartimizda ham bor. Lekin CISning eng katta ustunligi - u "tirik". Har yili xakerlarning yangi usuldagi hujumlariga qarab yangilanib turadi. Men ilk bor ishlashni boshlaganimda 6-talqinini ishlatgan edim. Hozirda CIS Controls v8.1 amalda.
Shu mavzuda bir necha post tayyorlab, siz ham korxonangizda ishlatishingiz uchun sodda tilda yozishga harakat qilaman. Tayyorlab qo‘ygan andozalarimni ulashaman. Sizga va korxonangizga foydali bo‘lsa, xursand bo‘laman. Bitta duo qilib qo‘ysangiz yetadi.
Demak CIS ni o‘rganishni boshladik.
#CIS #CISControls #Xavfsizlik
CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism
28.03.2026 London

Buning natijasida esa odamlarimiz ma’lumotlari (qisman) ko‘chaga chiqish, yoki korxonalarimiz tizimlari buzilishi haqida xabarlar chiqdi.
Keling, siz bilan shuni qanday qilib to‘g‘rilash mumkin ekanini ko‘rib chiqsak.
Agar har birimiz o‘zimizda va korxonamizda shu ishlarni yo‘lga qo‘yishni boshlasak, o‘ylaymanki ko‘pchilikka foydali bo‘ladi.
Oxirgi postlarimdan birida CIS va ITIL haqida yozgan edim. Buni men O‘zbekistonda ishlab yurganimda yaxshi his etmas edim. Va albatta ko‘p xatolar qilganman. CISni o‘rganib, uni korxonada tatbiq qilganimdan keyin, shuni bildim-ki, buni O‘zbekistonda hammamiz qo‘llashimiz kerak.
CIS nima?
CIS (Critical Security Controls) bu shunchaki qoidalar to‘plami bo‘lmay, balki butun dunyodagi ekspertlar tomonidan, haqiqiy hayotdagi kiberhujumlarni o‘rganib chiqib tuzilgan "jangovar" qo‘llanma.
CIS Controls - Korxonada Axborot Texnologiyalari (AT) xavfsizligini ta’minlash uchun aniq, qadamma-qadam yozilgan yo‘riqnoma.
Buning qismlari bizning O‘zDST standartimizda ham bor. Lekin CISning eng katta ustunligi - u "tirik". Har yili xakerlarning yangi usuldagi hujumlariga qarab yangilanib turadi. Men ilk bor ishlashni boshlaganimda 6-talqinini ishlatgan edim. Hozirda CIS Controls v8.1 amalda.
Shu mavzuda bir necha post tayyorlab, siz ham korxonangizda ishlatishingiz uchun sodda tilda yozishga harakat qilaman. Tayyorlab qo‘ygan andozalarimni ulashaman. Sizga va korxonangizga foydali bo‘lsa, xursand bo‘laman. Bitta duo qilib qo‘ysangiz yetadi.
Demak CIS ni o‘rganishni boshladik.
#CIS #CISControls #Xavfsizlik
CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism
28.03.2026 London
@DrAlgorithm
2🔥34👍15
CIS: Tatbiq etish Guruhlari (IG)
CIS tarixan katta korxonalar xavfsizligi uchun ishlab chiqilgan. Lekin hamma ham katta bank yoki zavod emas. Kichik korxonalar ham CISni o‘zida tatbiq qilishni xohlaydi. Buni amalga oshirish uchun esa Implementation Groups (IGs) - Tatbiq etish Guruhlari ishlab chiqilgan.
IG1 - Asosiy kiber gigiyena (Essential Cyber Hygiene)
Bu o‘rta va kichik korxonalar uchun. Odatda alohida xavfsizlik mutaxassisi yo‘q yoki IT xodimlar soni kam korxonalar uchun. Ular asosan tayyor texnika va dasturlardan foydalanishadi.
Maqsad: Eng keng tarqalgan, oddiy hujumlardan himoyalanish.
IG2 - Korxona darajasi (IG1 ni o‘z ichiga oladi)
Bu guruh alohida IT bo‘limi va infratuzilmani boshqaradigan xodimlari bor korxona uchun. Korxonada mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari bilan ishlansa, shu guruhdagi nazoratlarni ishlatishlari taklif etiladi.
Maqsad: Murakkab IT tizimni boshqarish va axborot sizib chiqishini oldini olish.
IG3 - Mutaxassis darajasi (IG1 va IG2 ni o‘z ichiga oladi)
Bu darajadagi korxonalarda xavfsizlik bo‘yicha alohida bo‘limi yoki mutaxassis (Xavfsizlik bo‘limi) bo‘lishi kerak. Ular davlat ahamiyatiga ega ma’lumotlarni yoki katta moliyaviy tizimlarni boshqaradi.
Maqsad: Eng zamonaviy, maqsadli va murakkab (zero-day) hujumlarni qaytarish.
Nimadan boshlash kerak?
Ko‘pchilik ro‘yxatni ko‘rib qo‘rqib ketadi. Qo‘rqmang!
Sizning kompaniyangiz qanchalik katta bo‘lmasin (hatto bank bo‘lsa ham), tavsiyam - IG1 dan boshlang.
Keyingi postlarda har bir nazorat (Control) bo‘yicha o‘tib chiqamiz.
#CIS #CISControls #Xavfsizlik
CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism
29.03.2026 London

Har bir korxona o‘zining "vazni" va imkoniyatiga qarab, qaysi guruhga kirishini tanlab oladi. Barcha nazorat (controls) turlari 3 ta IG ga ajratilgan.
IG1 - Asosiy kiber gigiyena (Essential Cyber Hygiene)
Bu o‘rta va kichik korxonalar uchun. Odatda alohida xavfsizlik mutaxassisi yo‘q yoki IT xodimlar soni kam korxonalar uchun. Ular asosan tayyor texnika va dasturlardan foydalanishadi.
Maqsad: Eng keng tarqalgan, oddiy hujumlardan himoyalanish.
Kimlar uchun: Kichik ofislar, do‘konlar, yakka tartibdagi tadbirkorlar. Asosiysi - ish to‘xtab qolmasligi.
IG2 - Korxona darajasi (IG1 ni o‘z ichiga oladi)
Bu guruh alohida IT bo‘limi va infratuzilmani boshqaradigan xodimlari bor korxona uchun. Korxonada mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari bilan ishlansa, shu guruhdagi nazoratlarni ishlatishlari taklif etiladi.
Maqsad: Murakkab IT tizimni boshqarish va axborot sizib chiqishini oldini olish.
Kimlar uchun: O‘rta biznes, ishlab chiqarish korxonalari, xizmat ko‘rsatish servislari. Agar korxona tizimi buzilsa, korxona abro‘siga va mijoz ishonchiga katta ta’sir qiladi.
IG3 - Mutaxassis darajasi (IG1 va IG2 ni o‘z ichiga oladi)
Bu darajadagi korxonalarda xavfsizlik bo‘yicha alohida bo‘limi yoki mutaxassis (Xavfsizlik bo‘limi) bo‘lishi kerak. Ular davlat ahamiyatiga ega ma’lumotlarni yoki katta moliyaviy tizimlarni boshqaradi.
Maqsad: Eng zamonaviy, maqsadli va murakkab (zero-day) hujumlarni qaytarish.
Kimlar uchun: Banklar, davlat tashkilotlari, tibbiyot markazlari, katta fintech kompaniyalar.
Nimadan boshlash kerak?
Ko‘pchilik ro‘yxatni ko‘rib qo‘rqib ketadi. Qo‘rqmang!
Sizning kompaniyangiz qanchalik katta bo‘lmasin (hatto bank bo‘lsa ham), tavsiyam - IG1 dan boshlang.
Avval "gigiyena"ni to‘g‘rilab olmasdan, murakkab himoya tizimini qurolmaysiz.
Keyingi postlarda har bir nazorat (Control) bo‘yicha o‘tib chiqamiz.
#CIS #CISControls #Xavfsizlik
CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism
29.03.2026 London
@DrAlgorithm
🔥11👍5
IT Asset Management
CIS Controls v8.1 asosida
Tasavvur qiling: Korxonangizda 200 ta noutbuk bor. Bir kuni xavfsizlik hodisasi yuz berdi — kimningdir kompyuteri orqali ma’lumotlar sizib chiqqan. Siz so‘raysiz: "Bu kompyuter kimniki? Qachon berilgan? Qanday dasturlar o‘rnatilgan?" — va hech kim javob bera olmaydi.
Bu muammo asset management (aktivlarni boshqarish) yo‘qligidan kelib chiqadi.
Ushbu maqolada CIS Controls v8.1 xalqaro standartiga asoslangan holda, qurilmalarni boshqarish jarayonlarini ko‘rib chiqamiz.
1. Asset Management Nima?
Nimalar "asset" hisoblanadi?
* Kompyuterlar: noutbuk va ish stoli kompyuterlari (Mac, PC)
* Serverlar: fizik serverlar, virtual mashina va cloud serverlar (AWS, GCP, Azure)
* Tarmoq qurilmalari: router, switch, access point va firewall’lar
* Mobil qurilmalar: smartfon va planshetlar
* IoT qurilmalar: printer, kamera, smart TV va sensorlar
* Tashqi saqlash: USB disk, tashqi HDD/SSD va NAS qurilmalari
Nega uchun bu muhim?
1. Xavfsizlik: noma’lum qurilma = nazorat qilinmagan xavf.
2. Moliyaviy nazorat: qurilma qayerda, kimda, holati qanday ekanini bilishimiz kerak.
3. Qonuniy talablar: audit o‘tkazilganda ro‘yxat tayyor turishi uchun.
4. Samaradorlik: ortiqcha qurilma sotib olmaslik, mavjudlarini to‘g‘ri taqsimlash.
CIS Controls v8.1 nima deydi?
CIS Safeguard 1.1 talabi:
Har bir qurilmaga quyidagi ma’lumotlar belgilanishi shart:
* Qurilma identifikatsiyasi: qurilma nomi (hostname), model, ishlab chiqaruvchi, seriya raqami
* Mas’ul shaxs (owner): qurilmadan kim foydalanadi va kim javobgar
* Bo‘lim (department): qaysi tashkiliy birlikka tegishli
* Qurilma konfiguratsiyasi: protsessor, RAM, disk hajmi, operatsion tizim versiyasi
* Tarmoq ma’lumotlari (agar statik ulanish bo‘lsa): MAC va IP manzili, tarmoqqa ulanish ruxsatnomasi (approved / not approved)
#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma
CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism
30.03.2026 London

Asset management (IT aktivlarni boshqarish) tashkilotdagi texnik qurilmalarni ro‘yxatga olish, kuzatib borish va nazorat qilish jarayoni o‘z ichiga oladi.
Nimalar "asset" hisoblanadi?
* Kompyuterlar: noutbuk va ish stoli kompyuterlari (Mac, PC)
* Serverlar: fizik serverlar, virtual mashina va cloud serverlar (AWS, GCP, Azure)
* Tarmoq qurilmalari: router, switch, access point va firewall’lar
* Mobil qurilmalar: smartfon va planshetlar
* IoT qurilmalar: printer, kamera, smart TV va sensorlar
* Tashqi saqlash: USB disk, tashqi HDD/SSD va NAS qurilmalari
Nega uchun bu muhim?
1. Xavfsizlik: noma’lum qurilma = nazorat qilinmagan xavf.
2. Moliyaviy nazorat: qurilma qayerda, kimda, holati qanday ekanini bilishimiz kerak.
3. Qonuniy talablar: audit o‘tkazilganda ro‘yxat tayyor turishi uchun.
4. Samaradorlik: ortiqcha qurilma sotib olmaslik, mavjudlarini to‘g‘ri taqsimlash.
CIS Controls v8.1 nima deydi?
CIS Safeguard 1.1 talabi:
Tashkilotdagi ma’lumotlarni saqlash yoki qayta ishlash imkoniyatiga ega barcha aktivlarning aniq, batafsil va yangilangan ro‘yxati yuritilishi kerak.
Har bir qurilmaga quyidagi ma’lumotlar belgilanishi shart:
* Qurilma identifikatsiyasi: qurilma nomi (hostname), model, ishlab chiqaruvchi, seriya raqami
* Mas’ul shaxs (owner): qurilmadan kim foydalanadi va kim javobgar
* Bo‘lim (department): qaysi tashkiliy birlikka tegishli
* Qurilma konfiguratsiyasi: protsessor, RAM, disk hajmi, operatsion tizim versiyasi
* Tarmoq ma’lumotlari (agar statik ulanish bo‘lsa): MAC va IP manzili, tarmoqqa ulanish ruxsatnomasi (approved / not approved)
#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma
CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism
30.03.2026 London
@DrAlgorithm
👍9⚡1
Ana surpriz-u, mana surpriz.
Ana kir yuvodig‘on moshina-yu, mana telebizor.
Man odamlarga shaxsiy ma’lumotlarni saqlashni o‘rgatish harakati yursam, odamlar JIDDIY korxona ma’lumotlarini shartta ko‘chaga chiqarib yuborishdi.
⚠️ Claude-code ham ehtiyotsizlik bilan ma’lumotlaridan ajraldi.
Tezroq o‘zimiz ustimizda ishlab, korxonamiz ma’lumotlarini nazoratga olaylik do‘stlar!
manba #ClaudeCode #Xavfsizlik #AI #SI
31.03.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣34👍13😨6😐1
Qurilmalar nazorati (2-qism)
CIS Controls v8.1 asosida
Qurilmalarni to‘g‘ri nazorat qilish uchun ularni bir tizimga solib, tasniflash kerak. Ularni vazifasi, shakli, maxfiyligi va boshqa ma’lumotlariga asosan tasniflash foydali bo‘ladi. Keling shularni birma-bir ko‘rib chiqamiz.
2.1 Asosiy kategoriyalar
Kategoriya - Misol (Xavf darajasi)
2.2 Ma’lumot sezgirligi bo‘yicha tasniflash
Har bir qurilmaga unda saqlanadigan va qayta ishlanadigan ma’lumot bo‘yicha ham tasniflanadi. Bu Ma’lumot turlari (data classification) ro‘yxatingizga biriktiriladi:
Bu tasniflash qurilmani qanchalik jiddiy himoyalash kerak ekanini belgilab beradi. Aynan Maxfiy (qizil) nishonli qurilmalarni ehtiyotkorlik bilan nazorat qilish kerak.
2.3 Egalik huquqi bo‘yicha
Odatda korxonalar xodimlari ishlashi uchun qurilmalarni o‘zlari sotib oladi. Kichik korxonalarda esa shaxsiy qurilmalar bilan ishlashga ruxsat beriladi. Yana bir tur korxonalarda aralash usul ishlatiladi.
Egalik huquqi bo‘yicha quyidagilarga bo‘lsak bo‘ladi.
2.4 Tartib raqam - Asset Tag
Har bir qurilmaga Tartib Raqam beriladi. Bu amaliyotni ko‘pchilik biladi. Faqat iltimos Bo‘yoq (Kraska) bilan yozib chiqmang. Zamonaviy usullari ko‘p hozir.
Tashkilot hajmiga qarab ikki xil shakl tavsiya etilaman:
Yirik korxonalar uchun (1000+ xodim)
Shakl:
Misollar:
-
-
-
-
-
Bu shaklda kategoriya va yil darhol ko‘rinadi, minglab qurilmalar orasida navigatsiya oson bo‘ladi. Eskirgan qurilmani topib va ro‘yxatdan chiqarish oson bo‘ladi.
Kichik va o‘rta korxonalar uchun (1000 gacha xodim)
Bu shaklni o‘zim uchun o‘ylab topganman. 3 ta korxonada ishlatganman. Juda samarali usul bo‘lgan.
Shakl:
Bu shakl qurilma va uning tashkil etuvchilari (aksessuarlar) bir guruhda bo‘ladi. Bitta qurilma bilan birga kelgan yoki sotib olingan barcha narsalar bir xil asosiy raqamni oladi. Masalan, Noutbuk sotib olganda uning simlari, sichqoncha kabi qo‘shimcha qurilmalari bo‘lishi mumkin.
Misol — yangi noutbuk keldi, komplektatsiyasi bilan:
-
-
-
-
Afzalligi: boshidagi 4 raqam (’0034’) bo‘yicha bir-biriga bog‘liq barcha narsalarni topish oson. Xodim korxonadan ketganda
Fizik yorliq (stiker) ham yopishtiriladi - qurilmani ko‘zda tutib aniqlash uchun. Har bir qo‘shimcha qurilma (aksessuarga) ham kichik stiker yopishtiriladi.
#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma
CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism
31.03.2026 London
@DrAlgorithm
CIS Controls v8.1 asosida
Qurilmalarni to‘g‘ri nazorat qilish uchun ularni bir tizimga solib, tasniflash kerak. Ularni vazifasi, shakli, maxfiyligi va boshqa ma’lumotlariga asosan tasniflash foydali bo‘ladi. Keling shularni birma-bir ko‘rib chiqamiz.
2.1 Asosiy kategoriyalar
Kategoriya - Misol (Xavf darajasi)
* Foydalanuvchi qurilmasi (End-user devices) - Noutbuk, ish stoli, planshet (O‘rta - Yuqori)
* Mobil qurilmalar - Smartfon, planshet (BYOD ham) (Yuqori)
* Serverlar - Fizik, virtual, cloud (Juda yuqori)
* Tarmoq qurilmalari - Router, switch, AP, firewall (Juda yuqori)
* IoT / Xizmatchi qurilmalar - Printer, kamera, sensor, smart TV (Past - O‘rta)
* Tashqi xotira - USB, HDD, NAS (O‘rta - Yuqori)
2.2 Ma’lumot sezgirligi bo‘yicha tasniflash
Har bir qurilmaga unda saqlanadigan va qayta ishlanadigan ma’lumot bo‘yicha ham tasniflanadi. Bu Ma’lumot turlari (data classification) ro‘yxatingizga biriktiriladi:
🔴 Maxfiy (Confidential): moliyaviy ma’lumotlar, mijozlar bazasi, xodimlar ma’lumotlari
🟡 Ichki (Internal): ichki hujjatlar, loyiha andozalari, strategik rejalar
🟢 Ommaviy (Public): marketing materiallari, veb-sayt kontenti
Bu tasniflash qurilmani qanchalik jiddiy himoyalash kerak ekanini belgilab beradi. Aynan Maxfiy (qizil) nishonli qurilmalarni ehtiyotkorlik bilan nazorat qilish kerak.
2.3 Egalik huquqi bo‘yicha
Odatda korxonalar xodimlari ishlashi uchun qurilmalarni o‘zlari sotib oladi. Kichik korxonalarda esa shaxsiy qurilmalar bilan ishlashga ruxsat beriladi. Yana bir tur korxonalarda aralash usul ishlatiladi.
Egalik huquqi bo‘yicha quyidagilarga bo‘lsak bo‘ladi.
- Korxona mulki (Company-owned): korxona sotib olgan qurilma.
- Shaxsiy / BYOD (Bring Your Own Device): xodimning shaxsiy qurilmasi.
- Korxona sotib olgan, xodim ishlatadi / COPE (Corporate-Owned, Personally Enabled): korxonaning, lekin shaxsiy ishlatishga ham ruxsat berilgan qurilma.
- Ijaraga olingan (Leased): Boshqa korxonadan yoki lizingga asosida olingan qurilma.
2.4 Tartib raqam - Asset Tag
Har bir qurilmaga Tartib Raqam beriladi. Bu amaliyotni ko‘pchilik biladi. Faqat iltimos Bo‘yoq (Kraska) bilan yozib chiqmang. Zamonaviy usullari ko‘p hozir.
Tashkilot hajmiga qarab ikki xil shakl tavsiya etilaman:
Yirik korxonalar uchun (1000+ xodim)
Shakl:
[Kategoriya]-[Yil]-[Tartib raqami]
Misollar:
-
LPT-2026-0042 - Laptop, 2026-yilda ro‘yxatga olingan, 42-qurilma-
SRV-2025-0003 - Server, 2025, 3-server-
MOB-2026-0118 - Mobil qurilma-
NET-2024-0007 - Tarmoq qurilmasi-
IOT-2026-0015 - IoT qurilmaBu shaklda kategoriya va yil darhol ko‘rinadi, minglab qurilmalar orasida navigatsiya oson bo‘ladi. Eskirgan qurilmani topib va ro‘yxatdan chiqarish oson bo‘ladi.
Kichik va o‘rta korxonalar uchun (1000 gacha xodim)
Bu shaklni o‘zim uchun o‘ylab topganman. 3 ta korxonada ishlatganman. Juda samarali usul bo‘lgan.
Shakl:
[Biror harf]-[Qurilma ID]-[Sub qurilma ID]
Bu shakl qurilma va uning tashkil etuvchilari (aksessuarlar) bir guruhda bo‘ladi. Bitta qurilma bilan birga kelgan yoki sotib olingan barcha narsalar bir xil asosiy raqamni oladi. Masalan, Noutbuk sotib olganda uning simlari, sichqoncha kabi qo‘shimcha qurilmalari bo‘lishi mumkin.
Misol — yangi noutbuk keldi, komplektatsiyasi bilan:
-
M-0034-01 - Noutbuk (asosiy qurilma)-
M-0034-02 - Quvvatlantiruvchi adapter-
M-0034-03 - Adapter kabeli-
M-0034-04 - Sichqoncha (birga sotib olingan)Afzalligi: boshidagi 4 raqam (’0034’) bo‘yicha bir-biriga bog‘liq barcha narsalarni topish oson. Xodim korxonadan ketganda
M-0034-* bo‘yicha qidirib, hamma narsani - noutbukni ham, adapterini ham, sichqonchasini ham - qaytarib olish mumkin.Fizik yorliq (stiker) ham yopishtiriladi - qurilmani ko‘zda tutib aniqlash uchun. Har bir qo‘shimcha qurilma (aksessuarga) ham kichik stiker yopishtiriladi.
#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma
CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism
31.03.2026 London
@DrAlgorithm
🤝6🔥5
Qurilmalar nazorati (2-qism, bonus)
🏷 Yorliq qanday bo‘lsin?
Bu masalada ham ko‘p sinovlarni o‘tkazganman. Turli usullarni sinab ko‘rdim:
* Qog‘ozga raqamni chiqarib olib, skotch bilan yopishtirish.
* O‘zi yopishadigan qog‘ozga chiqartirib ishlatish. (Samokleyka)
* Maxsus sellofan A4 varaqqa chiqarib ishlatish. (Acetate Paper)
O‘zi yopishadigan qog‘oz tez kir bo‘ladi va qorayib ketadi. “Acetate” qog‘ozida yozuv vaqt o‘tishi o‘chib ketadi.
Shunda tushgandim nima uchun eski davrlarda bo‘yoq (Kraska) bilan chizishganini.
Eng samarali usul oddiy oq qog‘oz va skotch ekan.
Ham toza turadi, ham arzon va ortiqcha narsa kerak emas. Korxonada printer bor, skotch sotib olinsa, anchaga yetadi. Arzon.
Shu andozalarimni siz bilan ulashgim keldi:
Andoza: Tartib raqam 👈
📁 https://docs.google.com/spreadsheets/d/1bucjgPLY1K5k8r_wGWRCN_z9Qkw2nEkcmwg1Tti3A1o
Andoza: Qurilmalar nazorati 👈
📁 https://docs.google.com/spreadsheets/d/1CROqupKX6TSes1xHXbR9OzfH5KSW2bUdthuIXKxLGhg
#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma
CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism
31.03.2026 London
@DrAlgorithm
Telegramda uzun maqola yozib bo‘lmaydi. Shu sababli qaymog‘i qolib ketdi.
🏷 Yorliq qanday bo‘lsin?
Bu masalada ham ko‘p sinovlarni o‘tkazganman. Turli usullarni sinab ko‘rdim:
* Qog‘ozga raqamni chiqarib olib, skotch bilan yopishtirish.
* O‘zi yopishadigan qog‘ozga chiqartirib ishlatish. (Samokleyka)
* Maxsus sellofan A4 varaqqa chiqarib ishlatish. (Acetate Paper)
O‘zi yopishadigan qog‘oz tez kir bo‘ladi va qorayib ketadi. “Acetate” qog‘ozida yozuv vaqt o‘tishi o‘chib ketadi.
Shunda tushgandim nima uchun eski davrlarda bo‘yoq (Kraska) bilan chizishganini.
Eng samarali usul oddiy oq qog‘oz va skotch ekan.
Ham toza turadi, ham arzon va ortiqcha narsa kerak emas. Korxonada printer bor, skotch sotib olinsa, anchaga yetadi. Arzon.
Bir vaqtlar maxsus dastur ishlatmagan paytlarim Google Spreadsheet yordamida qurilmalar nazoratini yuritar edim.
Shu andozalarimni siz bilan ulashgim keldi:
Andoza: Tartib raqam 👈
Andoza: Qurilmalar nazorati 👈
#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma
CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism
31.03.2026 London
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Dr. Algorithm
Ana surpriz-u, mana surpriz. Ana kir yuvodig‘on moshina-yu, mana telebizor. Man odamlarga shaxsiy ma’lumotlarni saqlashni o‘rgatish harakati yursam, odamlar JIDDIY korxona ma’lumotlarini shartta ko‘chaga chiqarib yuborishdi. ⚠️ Claude-code ham ehtiyotsizlik…
CLAUDE.md
3.2 KB
Yana bir xabar.
Bir muhandis Claude Codening sizib chiqqan kodini o‘rganib, ajoyib maqola yozibdi.
Yakunda, ushbu cheklovlarni aylanib o‘tish va kod sifatini oshirish uchun maxsus CLAUDE.md fayli sozlamalari taqdim etilgan.
Buni o‘qish ko‘rishga arziydi.
To‘liq o‘rgana olsam, xabarini beraman.
31.03.2026 London
@DrAlgorithm
Bir muhandis Claude Codening sizib chiqqan kodini o‘rganib, ajoyib maqola yozibdi.
* Faqat Anthropic xodimlarigagina ma’lum bo‘lgan sozlama.
* Sizga aytmay, sezdirmasdan kontekstni o‘chirib yuborilishi (auto-compaction).
* Yashirincha ishlovchi, ko‘p agentli (multi-agent) tizim imkoniyatlari.
* Fayllarni o‘qish va qidirishda natijalarning kesib tashlanishi.
* Tizim so‘rovlari (system prompts) tufayli sun’iy intellektning muammolarga chuqur kirmay, "dangasalik" bilan yuzaki yechim berishi.
Yakunda, ushbu cheklovlarni aylanib o‘tish va kod sifatini oshirish uchun maxsus CLAUDE.md fayli sozlamalari taqdim etilgan.
Buni o‘qish ko‘rishga arziydi.
To‘liq o‘rgana olsam, xabarini beraman.
Shu kunlarda @UzTechUK guruhimizda AI darsi qilmoqchi edik. Yaxshi keys bo‘ldi.
31.03.2026 London
@DrAlgorithm
👍33🤝5
Yangi qurilmaga so‘rov jarayoni
(New device request)
Qurilmalar nazorati (3-qism)
Korxonaga yangi xodim kelganida yoki yangi faoliyat boshlaganingizda yangi qurilma sotib olishga ehtiyoj bo‘ladi. Yangi qurilmani tartibsiz sotib olish esa yaxshi ish emas, albatta rasmiy jarayon mavjud bo‘lishi kerak. Shunday jarayonlardan biri Yangi qurilmaga so‘rov jarayoni. Kelin shu haqida gaplashamiz.
So‘rov bosqichlari
Xodimga qurilma kerak bo‘lganida albatta o‘zining bo‘lim boshlig‘idan so‘rashi kerak. O‘zboshimchalik bilan sotib olishi yoki ATga olib bering deyishi to‘g‘ri emas. Shu sababli ko‘rsatilgan ketma-ketlikda ishlash eng yaxshi usullardan biri.
Shuni birma-bir qarab chiqsak:
1-qadam: Xodim so‘rov yuboradi
So‘rovda quyidagilar ko‘rsatiladi:
- Qurilma turi (noutbuk, telefon, va h.k.)
- Nima maqsadda kerak (ishlab chiqish, buxgalteriya, dizayn)
- Maxsus talablar (GPU kuchi, RAM va SSD hajmi, va boshqalar.)
2-qadam: Bo‘lim boshlig‘i tasdiqlaydi:
- Byudjetga mos kelishini tekshiradi
- Haqiqatan kerakligini tasdiqlaydi
3-qadam: AT bo‘lim baholaydi:
- Mavjud bo‘sh qurilma bor-yo‘qligini tekshiradi (qayta ishlatiladigan qurilma)
- Texnik talablarni moslashtiradi yoki standart konfiguratsiya tanlaydi
- Agar tayyor qurilma bo‘lmasa, moliya bo‘limi bilan sotib olishni maslahat qiladi
4-qadam: Moliya tasdiqlaydi va byudjet ajratadi
- AT bo‘limidan kelib tushgan talabni o‘rganadi.
- Agar budjet ajrata olinsa, sotib olishga ruxsat beradi
- Qaysi hisob/kartadan to‘lov qilish ko‘rsatmasini beradi.
- To‘lov invoice’larini yuritadi.
5-qadam: Sotib olinadi yoki ombordan ajratiladi
- Sotib olingan qurilma ishlatishdan avval Qurilma Nazorati tizimiga kiritiladi.
- Raqamlanadi va nishon (stiker) yopishtiriladi.
- Keyin xodimga berishga kirishiladi.
Ko‘pincha AT bo‘limi qurilmani tizimga kiritmaydi, yoki kech kiritadi. Ba’zida bo‘limlar o‘zlari moliya bo‘limi bilan kelishmasdan qurilma sotib oladi. Oradan vaqt o‘tib, falon qurilma qani? - degan savolga barcha bo‘limlar javob bermay qoladi.
Tizimga solishda boshlanishiga email orqali yuborsa bo‘ladi. Keyinchalik Google Forms’ga o‘tilsa, keyin kattaroq tizimlarga ham o‘tsa bo‘ladi.
#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma
CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism
01.04.2026 London

Xodim → Bo‘lim boshlig‘i → AT bo‘lim → Moliya → Buyurtma → Yetkazib berish
Xodimga qurilma kerak bo‘lganida albatta o‘zining bo‘lim boshlig‘idan so‘rashi kerak. O‘zboshimchalik bilan sotib olishi yoki ATga olib bering deyishi to‘g‘ri emas. Shu sababli ko‘rsatilgan ketma-ketlikda ishlash eng yaxshi usullardan biri.
* Xodim rahbari bilan maslahat qiladi va keyin qurilmaga so‘rov yuboradi.
* AT bo‘limi so‘rovni ko‘rib chiqadi. Agar bo‘lim boshlig‘i roziligi topilmasa, o‘zi so‘raydi. Tasdiq olinganidan keyin moliya bo‘limiga chiqadi.
* Moliya bo‘limi bilan narxni kelishadi. Bunda AT bo‘limi xodimi 2-3ta alternativ narx berishi kerak.
* AT xodimi buyurtma beradi va yetib kelishini nazorat qiladi.
* Yetib kelgan qurilmani avval ro‘yxatdan o‘tkazadi va keyin xodimga beradi.
Shuni birma-bir qarab chiqsak:
1-qadam: Xodim so‘rov yuboradi
So‘rovda quyidagilar ko‘rsatiladi:
- Qurilma turi (noutbuk, telefon, va h.k.)
- Nima maqsadda kerak (ishlab chiqish, buxgalteriya, dizayn)
- Maxsus talablar (GPU kuchi, RAM va SSD hajmi, va boshqalar.)
2-qadam: Bo‘lim boshlig‘i tasdiqlaydi:
- Byudjetga mos kelishini tekshiradi
- Haqiqatan kerakligini tasdiqlaydi
3-qadam: AT bo‘lim baholaydi:
- Mavjud bo‘sh qurilma bor-yo‘qligini tekshiradi (qayta ishlatiladigan qurilma)
- Texnik talablarni moslashtiradi yoki standart konfiguratsiya tanlaydi
- Agar tayyor qurilma bo‘lmasa, moliya bo‘limi bilan sotib olishni maslahat qiladi
4-qadam: Moliya tasdiqlaydi va byudjet ajratadi
- AT bo‘limidan kelib tushgan talabni o‘rganadi.
- Agar budjet ajrata olinsa, sotib olishga ruxsat beradi
- Qaysi hisob/kartadan to‘lov qilish ko‘rsatmasini beradi.
- To‘lov invoice’larini yuritadi.
5-qadam: Sotib olinadi yoki ombordan ajratiladi
- Sotib olingan qurilma ishlatishdan avval Qurilma Nazorati tizimiga kiritiladi.
- Raqamlanadi va nishon (stiker) yopishtiriladi.
- Keyin xodimga berishga kirishiladi.
Bu jarayon odatda ancha sodda. Eng qiyin narsa, bu jarayonni hayotda ishlata olish.
Ko‘pincha AT bo‘limi qurilmani tizimga kiritmaydi, yoki kech kiritadi. Ba’zida bo‘limlar o‘zlari moliya bo‘limi bilan kelishmasdan qurilma sotib oladi. Oradan vaqt o‘tib, falon qurilma qani? - degan savolga barcha bo‘limlar javob bermay qoladi.
* Shularni hisobga olib, muqim bir odam bu jarayonni nazoratga olishi kerak.
* Rahbar ham, boshqa xodimlar ham biror qurilma kerak bo‘lsa, albatta shu mas’ul xodimdan so‘rashi kerak.
* Kim nima so‘rashidan qat’iy nazar Shakl (form)ni to‘ldirib, murojaat yuborishi kerak. Og‘zaki so‘rash mumkin emas.
Tizimga solishda boshlanishiga email orqali yuborsa bo‘ladi. Keyinchalik Google Forms’ga o‘tilsa, keyin kattaroq tizimlarga ham o‘tsa bo‘ladi.
#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma
CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism
01.04.2026 London
@DrAlgorithm
👍5
50 yil va safar
1960x yillarda ilk bor inson yer orbitasidan uzoqqa safar qilgan edi. Lekin qiziq savol bor:
Bu savol 50 yil davomida ko‘p marotaba berilgan bo‘lsa kerak. Sababi oddiy. Bir maqolada o‘qiganimda chiroyli qilib aytib berilgan edi:
Nima uchun?
Sababi ilk borishda sport musobaqasi kabi, odam bor kuni bilan harakat qiladi. Eplaganidan keyin yana kimdir eplashi qiyin bo‘ladi. Texnologiya rivojlanib, imkoniyatlar ko‘payganida esa rasmiy va muntazam qatnovlar tashkil qilinadi.
1 Aprel kuni oyga safar ham shu sabab bilan bo‘ldi. Oradan 50 yil o‘tdi. Lekin bu davr ishida texnologiya va bilim oshdi. Imkoniyatlar ko‘paydi. Shu sababli borish imkoni paydo bo‘ldi.
🥇 1 Aprel 2026 yil sanasi tarixda yangi sahifa ochdi.
Bu nafaqat Oyga safar, balki yangi ilm, yangi izlanishlar, yangi imkoniyatlar degani.
📱 https://www.youtube.com/watch?v=m3kR2KK8TEs
P.S. Bir kam dunyo.
Bechora dasturchilar shu yerda ham aybdor bo‘lishdi. Yerdan 33,400 mil masofada turgan fazo kemasida Microsoft Outlook ishlamay qoldi. Nimadir "bug" chiqqan. Adminlarga quvvat bersin.
02.04.2026 London
@DrAlgorithm
1960x yillarda ilk bor inson yer orbitasidan uzoqqa safar qilgan edi. Lekin qiziq savol bor:
- Agar Oyga chiqilgan bo‘lsa, nega hozir ham chiqilmaydi?
Bu savol 50 yil davomida ko‘p marotaba berilgan bo‘lsa kerak. Sababi oddiy. Bir maqolada o‘qiganimda chiroyli qilib aytib berilgan edi:
- Antarktidaga ilk marta 1820 yilda borilgan. Lekin rasman tan olingan va doimiy borish boshlangani 1890x yillarga to‘g‘ri keladi.

🤣36👍9🔥1