Dr. Algorithm
4.17K subscribers
628 photos
60 videos
4 files
649 links
Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali.

Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot
Download Telegram
Qurilmani ro‘yxatga olish

Qurilmalar nazorati (4-qism)
CIS Controls v8.1 asosida

Qurilmaga so‘rov berildi, moliyani tasdiqladik va qurilma yetib keldi. Endi uni to‘g‘ri ro‘yxatga olishimiz kerak. Keling shuni birma-bir qarab chiqamiz.

Qachon ro‘yxatga olinadi?

- Yangi qurilma sotib olganimizda
- Xodim shaxsiy qurilmasidan (BYOD) foydalanishi kerak bo‘lganida
- Cloud’da yangi server/tuzilma yasaganimizda (VM, container, cluster)
- IoT qurilma sotib olinganida (printer, kamera, sensor)
- Ijaraga olingan qurilma yetib kelganida

Oltin Qoida: Har qanday Qurilma tarmoqqa ulanishidan AVVAL ro‘yxatga olingan bo‘lishi shart.


Ro‘yxatga olish jarayoni

Qurilmani ro‘yxatga olish jarayonini bitta amallar ketma-ketligi qilib yozib olsangiz o‘zingizga oson bo‘ladi. Odatda korxonalarda turli rasmiy hujjatlar bo‘ladi, shu asosida tuzsangiz bo‘ladi. Agar sizning korxonada hali yozilgan hujjat mavjud bo‘lmasa, demak shu ro‘yxat uni yozishga turtki bo‘ladi.

O‘zingiz uchun oson va qulay shaklda yozib olsangiz bo‘ladi. Aniq majburiy shartlar yo‘q. Men sizga namuna sifatida quyidagini yozib chiqdim.

1-qadam: Fizik tekshiruv.

- Qurilma qutidan chiqarilib, holati yoziladi (yangi/ishlatilgan/ta’mirlangan)
- Seriya raqami, model raqami tekshiriladi

2-qadam: Asset Tag berish

- Tartib raqam (ID) tayyorlanadi (masalan,’M-0034-01’, ’LPT-2026-0043’)
- Fizik stiker yopishtiriladi (qog‘oz va skotch esingizdami?)
- Inventar tizimiga kiritiladi

3-qadam: Texnik sozlash (Provisioning)

- MDM (Mobile Device Management) profiliga qo‘shiladi
- Xavfsizlik dasturlari o‘rnatiladi (antivirus, encryption)
- Tarmoq sozlamalari kiritiladi (IP, hostname)
- Domain‘ga qo‘shiladi (mavjud bo‘lsa)
- Bo‘limga moslab, kerakli dasturlar o‘rnatiladi. (Xodim o‘zi dastur o‘rnatishi mumkin emas)

4-qadam: Ma’lumotlarni tizimga kiritish

Inventar bazasida quyidagi maydonlar to‘ldiriladi:

* Asset ID - Unikal identifikator (LPT-2026-0043)
* Kategoriya - End-user device (Laptop)
* Ishlab chiqaruvchi / Model - Aniq model (Dell Latitude 5550)
* Seriya raqami - Ishlab chiqaruvchining raqami (SN-7GK2M93)
* Xodim (Owner) - Kim foydalanadi (Alisher Karimov)
* Bo‘lim nomi - (Moliya bo‘limi)
* Sotib olingan sana - (2026-03-15)
* Kafolat muddati - Warranty expiry (2029-03-15)
* Holati - Faol/tuzatishda/ishlatilmayapti (Active)
* Joylashuv - Fizik manzil (Bosh ofis, 3-qavat)


Katta korxonalarda qo‘shimcha ravishda ishlatiladi:

* OT versiyasi - O‘rnatilgan tizim (Windows 11 Pro 24H2)
* Data classificatio - Ma’lumot turi (Confidential)
* Hostname - Tarmoqdagi nomi (FIN-LAPTOP-043)
* MAC manzili - Tarmoq kartasi manzili (AA:BB:CC:DD:EE:FF)
* IP manzili - Agar statik bo‘lsa (192.168.10.43)
* Egalik turi - Korporativ yoki shaxsiy qurilma (Corporate)


5-qadam: Xodimga topshirish

- Xodimga qurilmadan foydalanish siyosati (Device usage Policy, Acceptable Use Policy, BYOD Policy va bosh.) tushuntiriladi.
- IT bo‘limga yordam uchun murojaat qilish qoidalari aytib o‘tiladi.

Cloud va Virtual aktivlarni ro‘yxatga olish

Fizik qurilmalar bilan bir qatorda, cloud resurslar ham inventarga kiritiladi:

- AWS EC2 instancelar, RDS bazalar
- GCP VM lar, Cloud SQL
- Azure VM lar
- Docker/Kubernetes clusterlar

Bu resurslar uchun ham Asset ID, mas’ul shaxs, maqsad, va xavfsizlik klassi yoziladi. Avtomatlashtirish uchun Infrastructure-in-code yordamida tagging tizimidan foydalaniladi.

Ishlab turgan korxonada bu jarayonni boshlab olish vaqt oladi. Lekin bir marta yo‘lga qo‘yib olsangiz, keyin ishlaringiz ancha yengil kechadi. Senior ishni boshlab berib, keyin Juniorga topshirganda ehtiyot bo‘ling.

Bu ish dangasalikni yomon ko‘radi. Keyin qilaman desangiz, vaqt o‘tib, qurilmalar kimda ekanini izlab yurishingizga kerak bo‘ladi.


#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma

CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism | 4-qism

05.04.2026 Boku
@DrAlgorithm
👍121
Assalomu alaykum doʻstlar,

Ajoyib tadbir haqida aytib qolishdi. Nasib qilsa bir koʻrib kelmoqchiman qanday oʻtishini. Bu kabi tadbirlarda qatnashmaganimga ham koʻp boʻlgan ekan.

1-19 Aprel arizalar qabul qilinadi ekan, keyin saralash bosqichi.

26 Aprel kuni oflayn final bosqichi.

AIFU universitetimizda tadbirkorlar va ekspertlar oldida saralangan TOP 30 jamoa chiqadi ekan.

Tadir yaxshi oʻtishini tilab qolaman.

Muhim sanalar:
— 19-aprelgacha: ro‘yxatdan o‘tish va onlayn saralash (demo va loyiha topshirish)
— 26 aprel: final bosqichi (AIFU universiteti, Toshkent)


Mavjud va ishlab turgan loyihalar uchun — investitsiya imkoniyatlari yanada kengroq.

*AIFU Pitch Day hakaton formatida tashkil etiladi
- fevral oyi hakatonidan lavhalar

Imkoniyatni boy bermang — hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
👉 Ariza topshirish: https://pitch-day.uz/

☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121

Telegram | pitch-day.uz


09.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9👏2💯1
Qurilma egasi almashinishi

Qurilmalar nazorati (5-qism)
CIS Controls v8.1 asosida

Korxonada xodim boshqa bo‘limga o‘tganida, ishdan ketganida yoki qurilma boshqa xodimga berilishi kerak bo‘lganida ham bir jarayon bor. Bu jarayonni ham tartibga keltirish muhim hisoblanadi.

Keling, qurilma qabul qilinganida yoki boshqa xodimga berilganida nimalarga e’tibor berishni ko‘rib chiqsak.

1-qadam: Eski egasidan qabul qilib olish

Korxona qurilmalari shaxsiy mulk emas. Shu sababli xodim korxona qurilmasini buzmasdan ishlatishi kerak. Ko‘p holatlarda korxona mulkiga e’tiborsizlik, vaqtida ko‘rikka olib kelmaslik, yoki ehtiyotkorona ishlatmaslik qurilmani tez buzilishiga va eskirishiga olib keladi.

Xodimdan qurilmani qabul qilib olishda shu ma’lumotlarni ham e’tiborga olgan yaxshi.


Nimalarga e’tibor qaratsak, foydali?

- Qurilma fizik ravishda olinadi. Falonchiga berib qo‘ydim, deb o‘tkazib yubormang. AT bo‘lim ko‘rib chiqishi kerak ekanini bilishligi lozim.
- Kerak bo‘lsa topshirayotgan xodim dalolatnomaga imzo chekadi ("qurilmani qaytardim" deb)
- Shaxsiy ma’lumotlar o‘chiriladi. Shu sababli xodim, qurilmani topshirishidan avval o‘ziga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni boshqa joyga saqlab olishi kerak.
- Qurilma fizik holati tekshiriladi. Agar ataylab ziyon yetkazilgan bo‘lsa, rahbariyat bilan gaplashiladi.
- Qurilmalar ro‘yxatida xodimdan qabul qilib olingani belgilab qo‘yiladi.

2-qadam: IT bo‘lim vazifalari

- Ma’lumotlar tozalanadi. ⚠️ OT qayta o‘rnatiladi. (Chekka-chekkada qolib ketgan dastur ertaga ziyon berishi mumkin.)
- Xavfsizlik dasturlari yangilanadi.
- Zarur bo‘lsa, ta’mirlanadi.

Qurilmani xuddi yangi kelgan qurilma kabi Standart holatga olib kelinadi. Avval ishlatilgan ma’lumotlarni tiklab bo‘lmasligi kerak.


3-qadam: Yangi xodimga topshirish

- Yangi profil sozlanadi. ⚠️
- Xodim qaysi bo‘limda va lavozimga ishlashiga qarab kerakli dasturlar o‘rnatib beriladi. O‘zi o‘rnatishi mumkin emas.
- Yangi qabul-topshirish dalolatnomasi imzolanadi. (agar kerak bo‘lsa)
- Qurilmalar ro‘yxatida yangi xodimga berilgani belgilab qo‘yiladi.

Bu bo‘lim qiyin emas. Lekin ertasi kunga qoldirib bo‘lmaydigan jarayon. Tez va shoshmashosharlik bilan qilinsa, yozib qo‘yilmasa, keyin nima bo‘lganini eslash qiyin bo‘ladi. Shu sababli bu ishni o‘z vaqtida qilgan yaxshi.


#CIS #AssetManagement #CISControls #Xavfsizlik #qurilma

CIS | IG | 1-qism | 2-qism (bonus) | 3-qism | 4-qism

11.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
🔥75
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP
Saud Abdulwahed
yana 1 tonna kitob sovg'a qilaman
Eslab qolinglar, 1 TONNA kitob dedi!

Men 1 tonna kitob sovg'a qilaman degani uchun share qildim, ilm uchun.

14 yoshda qamalgan Saudaka gapiga javob beradigan inson deb bilamiz.

Hisob kitob qilamiz:
1 kitob o'rtacha 0.5 kg desak
1 tonna = 1000 kg
demak kamida 2000 ta kitob sovg'a qilishlari kerak. Ba'zi kitoblar, 0.2, 0.4 kg bo'lishi mumkin aslida.


100-200 ta kitobni mani kanalim a'zolariga bervorar a, nima dedingiz?)
😁20👍10🔥3
Assalomu alaykum doʻstlar,

Biz ham shu trendga qoʻshilgan nima deysiz?

Agar shu video 1mln view yigʻsa, Saud aka 1 tonna kitob sovgʻa qilar ekanlar.

Ilm olaman deganlar uchun katta imkoniyat.

😎 https://www.youtube.com/watch?v=JF6jWkL4UFA

Faqat OpenBudgetga ovoz bermay, shu 14 Yoshida qamalgan Xakerga ovoz beraylik, bitta bitta kitobli boʻlib qolamiz.

Lekin videoni koʻrish shart. Faqat ovoz uchun koʻrish hisobga oʻtmaydi.

🥇 Suhbat juda zoʻr boʻlgan. Koʻrishni tavsiya qilaman.

Trend oʻz yoʻliga. Foydali ma'lumot olasiz.

14.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥1
Forwarded from Naxalov | AI Blog 🔥
Linux - bu butun dunyo kompyuterlari, serverlari va smartfonlarining "yuragi" hisoblanadi. Yaqinda Linux asoschisi Linus Torvalds va uning jamoasi sun'iy intellekt (AI) borasida yakuniy to'xtamga kelishdi.


AI'ga ruxsat: Dasturchilar Copilot kabi AI-yordamchilardan foydalanishi mumkin. Bu taqiqlanmaydi.
"AI Slop" AI yozgan, lekin inson tekshirmagan sifatsiz va mantiqsiz kodlar qabul qilinmaydi.
👤 Mas'uliyat odamda: Agar kodda xato bo'lsa, "buni AI qildi" deb bahona qilib bo'lmaydi. Kod uchun faqat uni yuborgan dasturchi shaxsan javobgar bo'ladi.

Xulosa: AI - bu shunchaki tool, lekin sifat va xavfsizlik uchun faqat inson javob beradi!
💯49👍25🔥8🗿2
Yevropada MyIDni 2 daqiqada buzishdi

Bugun Telegram asoschisi Durov qiziq xabar bilan oʻrtoqlashdi. https://t.me/durov/491

Bilsangiz kerak, koʻp davlatlarda 13 yoshga toʻlmagan yoshlar uchun ijtimoiy tarmoq ishlatish mumkin emas.

Hozirgi kunda shu chegarani 15 yoki 17 yosh qilmoqchi boʻlgan davlatlar ham bor. Bu juda yaxshi talab. Farzand yoshligida vaqtini bilimga sarflashi uchun yordam.

Ammo, hamma ham oʻzini yoshini toʻgʻri yozmaydi. Ayniqsa tizim unga:

Sening yoshingda mumkin emas!


degan xabar chiqarsa, shatta yilni oʻzgartirib, qayta urinishadi.

Shu aldovni oldini olish uchun, yoshni tekshiradigan tizimlar ishlab chiqilmoqda. Bu kabi yangi App ham shu kunlarda taqdim etilgan edi.

Afsuski, 2 daqiqa ichida buni buzib qoʻyishibdi.


Dasturchi sifatida bizda sababi muhim. Chunki, biror muammoni oʻrganib, oʻzimizda takrorlamaslik yoki tuzatib olishimiz kerak.

Xato nimada edi?

Dasturga kirish uchun PIN kodni local qurilmada saqlashgan ekan. 🤯

Bu degani, qurilmada aynan oʻsha PIN kod faylini oʻchirib, yangi PIN qoʻysa bo‘ladi.

Juda tp, juda sodda ehtiyotsizlik.

Bu kabi davlat ahamiyatidagi dasturlarga jiddiy e'tibor beriladi. Yaxshi arxitektor, yaxshi dasturchi, yaxshi jarayon bo‘lmasa, katta talafot olib keladi.

Nima deyishga ham hayronman.

Iltimos dasturchi do‘stlar, siz bunday xatolarni qilmang. Maslahat kerak bo‘lsa katta dasturchilardan so‘rang. Ular inkor qilmaydi deb o‘ylayman.


Ayyom muborak bo‘lsin.

Manba: https://cybernews.com/security/eu-age-verification-app-hack

17.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
🔥18🤣13👍75
UzTech | UK
🇺🇿 UzTech - IT Hamjamiyati 🇬🇧

Assalomu alaykum, do‘stlar!

Ertaga navbatdagi offlayn Meetup’imiz bo‘lib o‘tadi. Bu safar biroz chuqurroq mavzu haqida gaplashamiz 👇

Mavzu: Kompyuter xotirasining fizikasi va ishlash logikasi
Speaker: Javohir Xo’jamberdiyev
Kim hali uhlamagan bo‘lsa, kompyuter xotiralari bo‘yicha tadbir boshlandi.

👉 <havola bor edi> - tugatib oldik.

@UzTechUK ning navbatdagi MeetUp tadbiri. Jahovir so‘zda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥103
Ajoyib kun

Ba'zida boshni koʻtarib, atrofga ham qarab turish kerak.


Ertalab kun salqin edi. Uchrashuv bor. Qalin kiyinsammi deb turgan edim. Agar kun davomida men kutmagan yangilik boʻlishini bilganimda buni oʻylashga vaqt sarflamas edim.

ATda loyihalar qilish, SI tizimlari haqida koʻp gaplashamiz. Lekin eng katta lazzat qayerda, bilasizmi?

Siz qurgan loyiha, siz qurgan dastur, siz qilgan mehnat odamlarga foydali boʻlsa.



Bir kichik loyiha boshlagan edik. Foydalanuvchilari tomonini koʻp oʻylab, ularga qaydan naf berishi haqida koʻp bosh qotirdik.

Lekin...

Shu kunlarda ta'lim sohasidagi 2 kishi bilan uchrashdim. Biz qurgan loyihaning biz bilmagan tomonlarini ochib berishdi.

Eurika!!!!

Aslida biz qilgan uzoq yoʻl oʻz ichida biznes egalari uchun ham foydali imkoniyat yasagan ekan.

Loyiha qurish vaqtida odamlarga loyihangizni aytib bering. Ular sizga oʻzlariga foydali tomonlarini aytib berishadi. Loyihangiz yanada samarali boʻlishi va tezroq natijaga chiqishga yordam beradi.

Ayniqsa Natija bu siz oʻylagan narsa emas, odamlar kutgani boʻladi.


Yaqin kunda nima loyiha haqida gap ketayotganini aytib beraman. Biroz qovun pishigʻi bor.

Quyoshli kuningiz foydali oʻtsin!

P. S. Bugun yillar davomida koʻrmagan bir shogirdimiz bilan uchrashish nasib etdi. Hamma adrenalin, ishtiyoq (motivatsiya) izlaydi. Lekin shogirdingiz muvaffaqiyatini koʻrib, u bilan ushrashganda "Assalomu alaykum Ustoz!" desa, buni hisini hech qaysi sodda adrenalin bosa olmaydi.

Barcha ta'limda yurgan ustozlarga tashakkur aytaman. Ishingiz, rizqingiz, vaqtingiz barakali boʻlsin. 15 yil, 20 yil oʻtib, shogirdlaringiz "Assalomu alaykum Ustoz!" deyishini eshitib yurish nasib etsin.


18.04.2026 Toshkent
@DrAlgorithm
2👍33🔥107🕊6