Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.53K subscribers
34.9K photos
4.19K videos
17 files
15.1K links
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли ҳаёти билан яқиндан танишиш мақсадида Сирдарё вилоятига йўл олди. Сафар асносида давлатимиз раҳбари Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Нуриддин Холиқназаров билан самимий суҳбатлашди.

Президент Шавкат Мирзиёев для ознакомления с условиями жизни населения отбыл в Сырдарьинскую область. По пути глава государства провел искреннюю беседу с председателем Управления мусульман Узбекистана, муфтием Нуриддином Холикназаровым.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Ramazon #marifat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Uchrashuv

Hokim tadbirkorlar bilan uchrashdi


⚡️ Bugun, 26-mart kuni Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov 12-maktab binosida tadbirkorlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida 20 dan oshiq tadbirkorlar ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan masala va muammolar yuzasidan hokimga murojaat qilishdi.

Tinglangan muammolarga ijobiy yechim topish bo‘yicha tegishli mas’ullarga topshiriqlar yuklatilib, aniq muddatlar belgilandi.

Uchrashuv yakunida shahar hokimi tadbirkorlarni yer va mol-mulk soliqlarini o‘z vaqtida to‘lashlari hamda "yashil makon" umummilliy harakatida faol ishtirok etishga chorladi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2024-yil 23-martdagi 28/5-583-sonli ko'rsatmasiga asosan, Chirchiq shahar hududida yoshlarni harbiy kasbga yo'naltirish hamda ularning harbiy kasbni egallashiga bo'lgan intilishlarini yanada kuchaytirish maqsadida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining faxriylari ishtirokida joriy yilning 5-mart kuni "Uch avlod" uchrashuvi o'tkazildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

⚡️ Shahar hokimi o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi

🔹Barchamizga ma’lumki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, ularga zarur sharoitlar yaratish, muammolarini o‘rganish va bu borada amaliy yordam ko‘rsatish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

🔹Xususan, bugun shahar hokimi M.Abdurahimov o‘ziga biriktirilgan “Lola” va “Quyosh” mahallalari yoshlari bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🔹Uchrashuv davomida yoshlarning qiziqishlari, muammo va takliflari tinglanib, ularning yechimlari bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilindi hamda bildirilgan fikr va mulohazalar asosida muhim vazifalar belgilab olindi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Chirchiq harbiy prokurorining o‘rinbosari adliya polkovnigi A.Matyakubov Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi shaxsiy tarkibi bilan "Kiberjinoyatlar va unga qarshi kurash" mavzusida targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi.

Shuningdek, tadbirda ishtirokchilarining mavzu bo‘yicha savollariga javoblar berib o‘tildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

Bugun Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, shahar hokimi o‘rinbosari Shuxrat Shoraxmedovlar Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan Ural-Sibir hududidagi yirik mebel ishlab chiqarish klasteri bo‘lgan “GK ASM Mebel” xoldingi prezidenti Ravil Insafovich Muxametov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildilar.

Mazkur xolding 25000 kv.m. ishlab chiqarish, 15 ta kompaniyasiga ega bo‘lib, u yerda 3000 ga yaqin xodimlar ish bilan ta’minlangan.
Bugungi kunda mazkur xolding kompaniyasi tomonidan Chirchiq shahrida mebel ishlab chiqarish yo‘nalishida klasterni tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borildi hamda shaharda bo‘sh turgan binolar hamda auksionga chiqarilgan yer maydonlari bilan tanishishdi.

#Chirchiq #Yekaterinburg #Hamkorlik

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

Barchamizga ma’lumki, Davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, ularga zarur sharoitlar yaratish, muammolarini o‘rganish va bu borada amaliy yordam ko‘rsatish borasida tizimli ishlar qilinmoqda.

"O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati raisi Zufar Narzullayev va shahar hokimi Murodjon Abdurahimov o'ziga biriktirilgan "Humo", "Chinor", "Semurg'" mahallalarida istiqomat qiluvchi og'ir toifa hisobidagi umumiy 28 nafar yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning qiziqishlari, muammo va takliflari tinglanib, ularning yechimlari bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilindi hamda bildirilgan fikr va mulohazalar asosida muhim vazifalar belgilab olindi. Yoshlarning iqtisodiy muammolarini ijobiy hal etish uchun har bir yoshga 5 million soʻm miqdorida mablagʻ berildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 13-apreldagi qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida bugun "Nuroniy" jamg‘armasi Toshkent viloyati bo‘limi raisi A.Nosirov Chirchiq shahridagi 7-maktab o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

Uchrashuvga Chirchiq shahar "Nuroniy" jamoatchilik kengashi faxriylari taklif etildi.       

Uchrashuv davomida hozirgi kunda o‘quvchi-yoshlar tarbiyasida kattalarning o‘rni va ta’siri, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish maqsadida  kelgusida bajariladigan ishlar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Dolzarb vazifalarga qaratilgan bu uchrashuv yig‘ilganlarning barchasida iliq taassurot qoldirdi.
Uchrashuv "Farzandimga bir kitob" aksiyasi jarayonlariga ulanib ketdi va faxriy mehmonlar maktabda tashkil etilgan kitob yarmarkasidan maktab kutubxonasi uchun kitoblar sovg‘a qildilar.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qozon
#Uchrashuv

Tatariston Respublikasi Qozon shahrida bo‘lib turgan Toshkent viloyati delegatsiyasining tashrif doirasida Chirchiq shahar hokimi Murodjon Abduraximov va hokim o‘rinbosari Shuxrat Shoraxmedov Qozon shahridagi Qurilish, arxitektura va kommunal xo‘jaligi vazirligida bo‘lib vazirning birinchi o‘rinbosari Aleksey Frolov bilan shahardagi boshqaruv servis kompaniyalar va uy-joy mulkdorlari shirkati, yangi uy-joylar qurilishi va obodonlashtirish faoliyati yuzasidan tajriba almashdilar.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uchrashuv

Tadbirkorlar muammolari oʻrganildi


Bugun Chirchiq shahar hokimligida shahar hokimi Murodjon Abdurahimov, Toshkent viloyati Kichik va yoshlar sanoat zonasini boshqarish bo'yicha yagona direksiya davlat muassasasi direktori Nurbek Rajabov, sektor rahbarlari, shahar xokimi o‘rinbosarlari hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida shahrimiz tadbirkorlarining muammolarini yechish masalasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Tadbirkorlik subektlarining vakillari o‘zlarini qiynayotgan turli savollar hamda takliflar bilan shahrimiz rahbariga hamda mutasaddilarga murojaat qilishdi.

Shahar hokimi murojaatlarning huquqiy jihatlarini tushuntirib, mutaxassislar ishtirokida muammolarni joyida ko‘rib chiqilishini ta’minladi.

Uchrashuv davomida 30 dan ortiq tadbirkorlar tomonidan bildirilgan barcha muammo va murojaatlar yuzasidan tushunchalar va tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Chirchiq shahar hokimligining Axborot xizmati

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM