Chirchiq shahar hokimligi / Хокимият города Чирчика
3.55K subscribers
32.6K photos
3.81K videos
16 files
14K links
Download Telegram
#Bilasizmi

🏫 Qoida tariqasida oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilar soni kamida 3 nafarni, lekin ko'pi bilan 5 nafarni tashkil qilishi lozim. Bunda, oilaviy bolalar uyini tashkil qilgan fuqarolarning o'z farzandlari hamda tarbiyalanuvchilarning umumiy soni 8 nafardan oshmasligi kerak.

⚠️
Ma'lumot uchun, oilaviy bolalar uylari yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni oilaga tarbiyaga olishni istagan fuqarolar tomonidan yuridik shaxs maqomisiz tegishli tuman (shahar) hokimi qarori asosida tashkil etiladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

Chirchiq shahrida joylashgan “AgroTech klaster” MCHJ hamda Oʻzbekiston Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamkorligida OAV vakillari va ijtimoiy tarmoq faollari uchun press tur tashkil etildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Press_tur

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati hamda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamkorlikda jurnalist va blogerlar, ijtimoiy tarmoq faollari uchun press-tur tashkil etdi.

Oʻzbekiston kasaba uyushmalarining 120-yilligi oldidan tashkil etilgan mazkur tadbirda tizimdagi soʻngi yillardagi oʻzgarishlar, aholining ehtiyojmand qatlamini hamda mehnat jamoalari aʼzolarini ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarga eʼtibor qaratildi. 

Dastlabki, Chirchiq shahrilagi “AgroTech Klaster” da boʻlgan jurnalistlarga ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-shiroitlar, mehnat muhofazasi, shuningdek, imtiyozlar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, Boʻstonliqdagi ”Sevarsoy“ sogʻlomlashtirish sanatoriysi va ”Nihol" bolalar oromgohlarida yaratilgan sharoitlar ham koʻzdan kechirildi.

Press-tur mazmunli, taassurotlarga boy tarzda oʻtdi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Fotolavhalar

Press- tur jarayonlaridan fotoreportaj

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Bugun “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig'ini binosida Viloyat hokimining o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasining boshlig'i Zuxra Mirgazievaning aholi muammolari bo’yicha sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

Unda Chirchiq shahar Xalq qabulxonasi rahbari A.Isaev hamda shahardagi korxona, tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.
Qabulda fuqarolarni qiynayotgan moddiy yordam,tibbiyot, kommunal soha hamda Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan vujudga kelayotgan muammolar to'g'risidagi murojaatlari eshitildi.

Sayyor qabul davomida vaqt va o'rganish talab etiladigan murojaatlar bo'yicha tegishli tashkilot rahbarlariga ko'rsatma va topshiriqlar berilib ijrosi nazoratga olindi.
Aholining murojaatlari bo'yicha Boshqaruv servis kompaniyasi olib borayotgan ishlari to'g'risidagi muammolar joyiga chiqib ham o'rganildi va zaruriy tavsiyalar berildi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from “Chirchiq” Texnoparki/Технопарк «Чирчик» (Зиёдулла Сайдуллаев)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😎"Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkida yangi loyiha ishga tushdi.

"Chirchiq" kimyo-industrial texnoparkining yangi rezidenti - "ZDRAVMEDTEX-AZIYA" kompaniyasi texnoparkda o'z ishlab chiqarishlarini boshladi. Kompaniya, zamonaviy tibbiyot va sanitariya talablariga muvofiq, import o'rnini bosuvchi bir martalik tibbiy kiyimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Korxona Rossiya Federatsiyasining "Zdravmedtex" kompaniyalar guruhiga tegishlidir, mazkur kompaniyalar guruhi Rossiyaning 4 ta shahrida hamda Belorussiya va Ukrainada ishlab chiqarish quvvatlariga ega yirik tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri.

Ushbu loyihani amalga oshirishning dastlabki bosqichida 40 ta yangi ish o'rni yaratildi va 4 turdagi yangi maxsulotlar ishlab chiqarish o'zlashtirildi. Kelgusida yana qo'shimcha 20 dan ortiq yangi maxsulotlar o'zlashtirish va 100 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratish rejalashtirilgan.

*****************************

😎 В химико-индустриальном технопарке «Чирчик» запущен новый проект.

Новый резидент химико-индустриального технопарка «Чирчик» - компания «ZDRAVMEDTEX-AZIYA» - запустила в технопарке собственное производство. Компания специализируется на производстве импортозамещающей одноразовой медицинской одежды в соответствии с требованиями современной медицины и санитарии.

Предприятие принадлежит российской группе компаний «Zdravmedtex», которая является одним из крупнейших производителей медицинских изделий с производственными мощностями в 4 городах России, а также в Белоруссии и Украине.

На начальном этапе реализации этого проекта было создано 40 новых рабочих мест и освоено производство 4 видов новой продукции. В дальнейшем планируется освоить еще более 20 новых продуктов и создать более 100 новых рабочих мест.

🌎Web🕊Telegram📱Instagram📺YouTube📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalariga ularning to'siqsiz o'tib ketishi uchun yo'l bergan transport vositalari haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma'muriy huquqbuzarliklar foto- va videoqayd etishning maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning ma'muriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatlarda sodir etilgan deb topiladi va ma'muriy ish tugatiladi.

💬 Telegram 🌐 Facebook
🌐 Instagram 🌎 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM