Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
4.13K subscribers
1.26K photos
63 videos
1 file
473 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
#Live

☝️ Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida bir guruh deputatlar tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida ishlab chiqilgan — “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda.
_______________________

☝️ На очередном пленарном заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса рассматривается проект закона «Об Уполномоченном Олий Мажлиса Республики Узбекистан по правам ребенка» (Детском омбудсмане), разработанный группой депутатов на основе права законодательной инициативы.

Veb-sayt| Telegram |Facebook | YouTube| Instagram| Twitter| ParlamentTV
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Live

☝️ Qonun loyihasi bilan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar, ularning vakolatlari aniq belgilab berilmoqda. Bunda bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya tomonidan muvofiqlashtirilishi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi komissiyaning ishchi organi, qolaversa, qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha vakolatli organ etib belgilanishi taklif etilmoqda.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

➡️ Qonun loyihasi bilan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilash, bunda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasini qo‘shimcha bandlar bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.

➡️ Ya’ni, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bola qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilinsa, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarimaga tortiladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosini tayinlash belgilanmoqda.

➡️ Shuningdek, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani qonunga xilof ravishda diniy ta’lim olish jarayoniga jalb qilishga, ya’ni bolani ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki litsenziyaga ega bo‘lmagan tashkilotlar yoxud maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmagan va diniy tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy ta’lim berayotgan shaxslar ixtiyoriga diniy ta’lim olishi uchun topshirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilmoqda.
_______________________

➡️ Проектом закона предусматривается дополнение статьи 47 Кодекса об административной ответственности дополнительными частями, предусматривающими установление административной ответственности за незаконное вовлечение ребенка в процесс религиозного воспитания родителями или лицами, их заменяющими.

➡️ То есть в случае незаконного вовлечения ребенка в процесс религиозного воспитания родителями или лицами, их заменяющими, будет наложен штраф в размере от 10 до 15 базовых расчетных величин. Если то же правонарушение повторяется в течение года после применения административного взыскания, то это влечет наложение штрафа в размере от 15 до 25 БРВ или административный арест на срок до 15 суток.

➡️ Также не допускается привлечение ребенка родителями или лицами, их заменяющими, к процессу религиозного воспитания в нарушение закона, то есть передача ребенка для получения религиозного образования незарегистрированным или не имеющим лицензии организациям либо лицам, не имеющим специального религиозного образования и осуществляющим религиозное обучение без разрешения центрального органа управления религиозными организациями в Республике Узбекистан.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO
#Live

☑️ O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik to‘g‘risidagi 126-1-moddasi bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik bilan to‘ldirilmoqda.

☑️ Amaldagi normada er-xotin yoki oilada birga yashovchi boshqa shaxslarga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan bo‘lsa-da, bu harakatlarni bolaga nisbatan sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmagan edi.

☑️ Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksining 583-moddasi Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan yarashuv to‘g‘risidagi ariza sud muhokamasining istalgan bosqichida, ammo sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirishidan oldin berilishi mumkin”mazmunidagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilmoqda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda ham bolaga nisbatan oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik qilganlik uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.
_______________________

☑️ Статья 126-1 Уголовного кодекса о семейном (бытовом) насилии дополнена ответственностью за совершение семейного (бытового) насилия в отношении ребенка.

☑️ Хотя действующая норма предусматривает уголовную ответственность за совершение семейного (бытового) насилия в отношении супруга или других лиц, совместно проживающих в семье, ответственность за совершение этих действий в отношении ребенка не предусмотрена.

☑️ Также статья 583 Уголовно-процессуального кодекса дополняется второй частью, в соответствии с которой: «Заявление о примирении по делам, связанным с семейным (бытовым) насилием, может быть подано на любой стадии судебного разбирательства, но до того, как суд удаляется в отдельную комнату (совещательную комнату)». Кодексом об административной ответственности также предусмотрено определение ответственности за совершение семейного (бытового) насилия в отношении ребенка.

Veb-sayt| Telegram |FacebookYouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO