Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.81K subscribers
1.32K photos
64 videos
1 file
487 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
📌 Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan birgalikda Toshkent shahar voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bo‘ldik va bu maskandagi bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdik.

🖇 Aytish kerakki, muassasada ota-ona yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan va ijtimoiy-huquqiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan voyaga yetmaganlar muayyan muddat saqlanib keladilar.

📍Markazda kasb-hunar o‘rganish, psixologik terapiya, kutubxona, dam olish, musiqa va sport xonalari mavjud bo‘lib, bolajonlar o‘qishdan tashqari vaqtlarini samarali o‘tkazish sharoitlari yaratilgan.

🗣 Muassasa hayoti bilan yaqindan tanishish jarayonida bu yerda turgan har bir bola bilan suhbatlashdik, ularning kelgusi rejalari bilan qiziqdik.

Muhimi, tarbiyalanuvchilar turli murakkab hayotiy vaziyatlarni boshdan kechirgan bo‘lsalarda, kuchli iroda va aniq maqsadlarga ega bo‘lib, o‘z kelajagining egasi aynan o‘zlari ekanligini yaxshi anglayaptilar.

Aytish kerakki, bu maskandagi bolalar ahvolidan muntazam xabardor bo’lar ekanmiz, ularning markazdan keyingi hayoti, ta’limi borasida kuzatuvimizni davom ettirmoqdamiz.

Shu bilan birga, markaz mutaxassislari, xususan, psixologlar, tarbiyachilar, tibbiyot xodimlari o‘z vazifalarini bajarishi bilan tanishdik.

📝 Markaz faoliyati monitoringi natijasida aniqlangan kamchiliklar hamda faoliyatni takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hal_etilgan_murojaatlar

📌 Bolalar ombudsmaniga 2022-yilda tug‘ilgan Z.N. (qiz bola) ning buvisi V.D. nevarasini Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekistonga qaytarilishi masalasi yuzasidan murojaat qilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

🖇 Ijtimoiy himoya milliy agentligi Rossiya vasiylik organlari bilan birgalikda ko‘rilgan tizimli va o‘zaro tezkor choralar natijasida joriy yilning 14-may kuni qizaloq RFdan O‘zbekistonga qaytarildi.

Hozirda bola buvisi V.D. qaramog‘iga rasmiy ravishda topshirilgan bo‘lib, uning tomonidan parvarish qilib kelinmoqda

O‘z o‘rnida, V.D. nevarasi bilan bog‘liq xalqaro darajadagi mazkur murakkab vaziyatni ijobiy hal qilinishida ishtirok etgan barcha mutasaddilarga o‘z chuqur minnatdorligini bildirdi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qonda noma’lum erkak yosh bolani mashinasining yukxonasiga solib qo‘ygani haqida xabar tarqaldi.

Holatni Bolalar ombudsmani kuzatuvga olindi

📌 Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 14-may kuni Qo‘qon shahrida yashovchi M.A. (erkak kishi) o‘ynab yurgan, 2018-yilda tug‘ilgan J.M. (o‘g‘il bola) ni yashash xonadoni devori va oynasiga tosh otgan deb shubha qilib, go‘yoki bolani shu tarzda jazolash maqsadida qasddan, zo‘rlik ishlatib, bolani qarshiligiga qaramasdan o‘ziga tegishli “Nexia 2” rusumli avtomashinasining yukxonasida (hayot va sog‘liq uchun xavfli sharoitda saqlagan holda) g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilib, harakatlangan.

Shu vaqtda voyaga yetmagan J.M. ni onasi V.T. tomonidan avtomashina to‘xtatilib, uning yukxonasidan bola chiqarib olingan.

🖇️ Bugun, ya’ni 17-may kuni mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 138-moddasi 2-qismi “b” bandi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bugunning o‘zida M.A. JPKning 221-moddasi (Ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov olib borilmoqda, tergov borishi prokuratura organlari nazoratida.
Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun Senatning 52-yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

Mazkur qonun bilan mahkumlarning o‘ziga nisbatan insoniy muomalada bo‘linishi, sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakiliga (Bolalar ombudsmaniga) murojaat qilishga bo‘lgan huquqlari mustahkamlanmoqda.

🖇 Bundan tashqari, tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning Bolalar ombudsmaniga murojaatlar qutisi orqali murojaat qilishi, muassasada qutining o‘rnatilishi, ochilishi hamda murojaatlarni yuborish mexanizmi qonunan yo‘lga qo‘yilmoqda.

🔹Bolalar ombudsmani qutilari orqali murojaatlarni qabul qilish qonunan o‘rnatilishi tarbiya koloniyasidagi voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan va samarali instrumenti bo‘lib xizmat qiladi.

Muhokamalar yakunida senatorlar tomonidan mazkur qonun ma’qullandi☑️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda "Maktab bolasi samosud qilindi" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga oldi.

📌Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 16-may kuni Pastdarg‘om tumani IIB ga 2009-yilda tug‘ilgan B.S. (o‘g‘il bola) tan jarohati olganligi to‘g‘risida uning onasi J.I. dan ariza kelib tushgan.

🖇Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, voyaga yetmagan B.S. 20-maktabning 9-sinfida ta’lim olishi, u shu maktabning 6-sinf o‘quvchisi Q.A. (qiz) ga sevishini aytganligi, so‘ng Q.A. ning akasi, A.Q. holatdan xabar topib, 15-may kuni B.S. ni o‘z uyining ichki tomoniga olib kirib, unga tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, A.Q. go‘yoki uning ta’zirini berish maqsadida B.S. ning sochi va qoshini qaychi bilan qirqib, uyidan chiqarib yuborgan.

Mazkur voqea yuzasidan 19-may kuni Pastdarg‘om tumani IIB TB tomonidan JKning 105-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan❗️

🔗 Tergov davomida voyaga yetmagan B.S. ga nisbatan sodir etilgan boshqa g‘ayriqonuniy harakatlarga huquqiy baho berilmoqda.

Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Samarqand viloyati Nurobod tumanida 5 yashar bola tok urishi oqibatida vafot etganligi holati yuzasidan Bolalar ombudsmani kuzatuv olib bormoqda.

⚡️Aniqlanishicha, joriy yilning 16-may kuni Samarqand viloyati Nurobod tumanida yashovchi, 2019-yilda tug‘ilgan R.M. (o‘g‘il bola) tok urishi natijasida vafot etgan.

🖇 Tuman prokuraturasi tomonidan tuzilgan tezkor-tergov guruhi hodisa joyiga chiqib holat o‘rganilganda, “Omondara” MFY, Chunqaymish qishlog‘i hududidagi tepalikda o‘tgan elektr simini voyaga yetmagan R.M. ushlashi oqibatida elektr toki urib, voqea joyida vafot etganligi aniqlangan.

Tezkor-tergov guruhi tomonidan hodisa joyi ko‘zdan kechirilib, R.M.ning o‘limi sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan

Shuningdek, holat yuzasidan “Samarqand viloyat hududiy elektr tarmoqlari” AJga xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Hozirda Nurobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bolalar ombudsmani bola manfaatlari nuqtai nazaridan holat bo‘yicha o‘z kuzatuvini davom ettiradi.
Bu borada qo‘shimcha axborot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️OAVlarda "Farg‘onada maktab direktori o‘quvchi qizni dars vaqtida kaltakladi" sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi

🖇️ Ma’lum bo‘lishicha, Buvayda tumani Maktab va Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli Xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktabda joriy yilning 17-may kuni algebra darsida 7-sinf o‘quvchisi N.M. (qiz bola, 2010-yilda tug‘ilgan) sinfdosh o‘rtog‘i X.X. (o‘g‘il bola) bilan og‘zaki tortishib, bir oz vaqt o‘tganidan so‘ng sinf xonasiga maktab direktori Q.R. (ayol) kirib kelgan, algebra o‘qituvchisi unga o‘quvchilar tortishganini aytgan. Maktab direktori R.Q. qizdan sinfdoshi bilan nima uchun janjallashganini, maktabga nega diniy libosda ro‘mol o‘rab kelganligini so‘rab, ro‘molni yechishni aytgan.
N.M. maktab direktoriga go‘yoki gap qaytarib, ro‘molini yechmasligini aytgani uchun direktor qizni urib, jarohat yetkazgan.

📌 Hozirda mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bu borada qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#fotolavha #bolalar

Bolalar ombudsmanining Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi hayoti bilan tanishuvidan fotolavha📸