🖇 Ushbu muassasa 2004-yilda tashkil etilgan bo‘lib, deyarli 10 yil davomida turli ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhdagi bolalarga, jumladan, nogironligi bor bolalarga kompleks ravishda tibbiy, ijtimoiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatib keladi.
❕Shu bilan birga, markaz bolalarga faqatgina ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish bilan cheklanib qolmay, balki ularning ijtimoiy moslashuvi muammolarini hal etish yuzasidan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqadi.
📝 O‘rganishimiz davomida mutaxassislar asosan “Montessori” usulini (usul mohiyati - bolani jazolamasdan hamma narsani bajarishni uning o‘ziga qo‘yib berishdan iborat) qo‘llashi guvohi bo‘ldik.
Bu esa, o‘z navbatida bolajonlarda mustaqil fikrlash, shaxsiy mas’uliyat ko‘nikmalarini shakllanishiga yordam beradi.
🏣 Shuningdek, muassasada psixologik terapiya, art-terapiya, ertak terapiyasi, gidromassaj va maxsus adoptatsiya, musiqa, sport va boshqa ixtisoslashtirilgan ko‘mak xonalari mavjud.
🧩 Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi fan va amaliyotning hamohangligi maskani bo‘lgan ushbu markaz faoliyati bilan tanishar ekanmiz, bolajonlar yaratgan ijod namunalari har biri o‘zgachaligi, kichkintoylarning ichki olamini namoyon qilishini ko‘rib quvondik.
🔹Shubhasiz, bunday o‘ziga xos bolajonlarning to‘liq ijtimoiy moslashuvini ta’minlash, ularni e’tibordan chetda qoldirmaslik va diskriminatsiya qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik nihoyatda zarurdir. Markaz bilan bu boradagi hamkorligimizni faol davom ettiramiz.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Tashkent_IMO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #sud #bolalar_huquqlari
📍Bugun “Sud-huquq tizimini faollashtirish” xalqaro dasturi direktori (JSSA) Sonya Prostran bilan uchrashuv o‘tkazdik.
📌 O‘tgan davr ichida O‘zbekistonda odil sudlovda bolalar huquqlarini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi tahlil qilinib, endilikda reja qilinayotgan loyihalar, bunda Bolalar ombudsmanining faol va konstruktiv ishtiroki borasida suhbatlashdik.
🖇 Xususan, BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha 2024 –2027 yillarga mo‘ljallangan milliy harakatlar rejasida belgilangan vazifalar doirasida:
- 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning sud muhokamasida tinglash huquqini ta’minlash;
- bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarining oldini olish;
- odil sudlovda bolalar imkoniyatlarini kengaytirish kabi yo‘nalishlarida hamkorlikda ish olib borishga kelishildi🤝.
Ma’lumot uchun:
Ushbu dastur O‘zbekiston sud-huquq tizimida ilg‘or xalqaro tajribalar asosida milliy sud tizimining samaradorligini kuchaytirish doirasidagi islohotlarga texnik ko‘mak berib keladi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
📍Bugun “Sud-huquq tizimini faollashtirish” xalqaro dasturi direktori (JSSA) Sonya Prostran bilan uchrashuv o‘tkazdik.
🖇 Xususan, BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha 2024 –2027 yillarga mo‘ljallangan milliy harakatlar rejasida belgilangan vazifalar doirasida:
- 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning sud muhokamasida tinglash huquqini ta’minlash;
- bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning barcha shakllarining oldini olish;
- odil sudlovda bolalar imkoniyatlarini kengaytirish kabi yo‘nalishlarida hamkorlikda ish olib borishga kelishildi🤝.
Ma’lumot uchun:
Ushbu dastur O‘zbekiston sud-huquq tizimida ilg‘or xalqaro tajribalar asosida milliy sud tizimining samaradorligini kuchaytirish doirasidagi islohotlarga texnik ko‘mak berib keladi.
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matematika #yosh_bilimdonlar
🏅Kuni kecha Xalqaro Nordik universiteti tashabbusi bilan tashkil qilingan "Toshkent Xalqaro matematika olimpiadasi" (TasIMO) bellashuvi g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok etdik.
🔊 Xalqaro darajadagi olimpiada UNICEF, Jahon Banki, Oliy ta’lim, fan va innovatsiya, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirliklari, IDC o‘quv markazi, AQSHning Rowan va Finlyandiyaning Kareliya amaliy fanlar universitetlari hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda 75 mingdan ortiq 3-11 sinf va akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etdilar.
🧠 3 bosqichdan iborat bo‘lgan musobaqaning ahamiyatli jihati shundaki, unda 43 ta mamlakatdan matematika bo‘yicha eng kuchli bolajonlar ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini ishga soldilar.
Natijada, 450 million so‘mni tashkil etgan sovrin jamg‘armasi o‘z egalarini topdi va mukofotlar bilimdonlarga munosib ravishda topshirildi🎁.
🧮 Aniq fanlarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining uzviy davomi bo‘lgan bunday turdagi musobaqalar yurtimizda matematika fanini yuksaltirish, iste’dodli yoshlarning qobiliyatini charxlash, va albatta kuchli yosh-matematiklarni kashf etishiga ishonchimiz komil.