Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.83K subscribers
1.33K photos
65 videos
1 file
496 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
📌 Zo‘ravonlikning keng tarqalgan va murakkab ko‘rinishi – bu bolalarga nisbatan zo‘ravonlikdir. Bunday zo‘ravonlik har joyda: maktabda, oilada, tengdoshlar orasida sodir bo‘lishi mumkin.

🖇 Mazkur suratlarda zo‘ravonlik nima ekanligi, undan jabrlangan bola qanday huquqlarga ega ekanligi keltirilgan.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ijtimoiy tarmoqlarda bog‘chada tarbiyachi kichik yoshdagi bolaga nisbatan qo‘pol muomala qilayotganligi aks etgan video tarqaldi.

Bolalar ombudsmani mazkur holatni mutasaddi tashkilotlar bilan birga o‘rganishni boshladi.

Aniqlanishicha, 27-mart kuni Yunusobod tumani maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi S.X. ning onasi N.X. guruh tarbiyachisi tomonidan voyaga yetmagan farzandiga qo‘pollik qilganligi to‘g‘risida Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga murojaat qilgan.

🖇 Murojaatda N.X. tarbiyachi S.I. kunduzgi mashg‘ulot vaqtida farzandi yig‘laganligi uchun bolaga qo‘pol munosabatda bo‘lib, unga qo‘l ko‘targanligi, buning natijasida farzandining qo‘lida ko'karishlar borligini bildirgan.

Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi holatni o‘rganishi davomida tarbiyachi haqiqatan ham bolaga nisbatan nihoyatda qo‘pol, pedagog uchun xos bo‘lmagan munosabatda bo‘lganligi aniqlandi.

☑️ Mazkur maktabgacha ta'lim muassasasi ma'muriyati tomonidan bunday nomaqbul holatlarga yo'l qo'ymasligi zarurati ta‘kidlanib, joriy yilning 29-mart kuni tarbiyachi S.I. ga nisbatan intizomiy chora ko‘rildi va tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Hozirda holat Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.
 
Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

☑️ Bugun Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi va bola manfaatlariga oid turli murojaatlarni ko‘rib chiqdi.

Xususan,

🔷 xorijiy davlat fuqarosi bilan nikohidagi 4 nafar farzandini xorijdan O‘zbekistonga olib kelish to‘g‘risidagi murojaati masalasi yuzasidan;

🔶 bog‘chada bolaga nisbatan uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlashga oid;

🔷 bola muntazam ravishda sinfdoshlari tomonidan tazyiq va bullingga uchrayotganligi va maktab ma’muriyatining bunga befarqligi yuzasidan;

🔶 tashlab ketilgan 2 nafar egizak bolalarni parvarish qilayotgan vasiyga moddiy va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish zarurati yuzasidan;

🔷 avval vasiylikka olingan bolaga nisbatan farzandlikni bekor qilishi da’vosi bilan bog‘liq nizoli vaziyatlarga oid;

🔶 voyaga yetmagan qizning jinsiy daxlsizligi buzilishiga oid mazmundagi va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
📌 Bolalar ombudsmaniga Buxoro viloyati Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri ma’muriyatidan murojaat kelib tushdi.

📃 Murojaatda 2009-yilda tug‘ilgan M.Ya. (qiz bola) ruhiy-asab kasalliklar dispanseriga joylashtirilgani, lekin bugungi kunda u faol davolanishga muhtoj emasligi, hozirda M.Ya. dan hech kim xabar olmasligi, onasi bilan telefon orqali gaplashilganda u qizini olib ketolmasligi bayon qilingan.

Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan M.Ya. oilasining ijtimoiy vaziyati baholanishi va uning shifoxonadan chiqarilib, sog‘lom hayotga moslashuvi yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga so‘rov yubordi.

Agentlik tomonidan mazkur holat atroflicha o‘rganildi.

Jumladan, Agentlikning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan voyaga yetmagan M.Ya. ning oilasi ijtimoiy vaziyati o’rganilib, uning onasi bilan uchrashildi va tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, farzandi M.Ya. joriy yilning 19-mart kuni Buxoro viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanseridan chiqarilib, yashash manziliga olib ketildi.

✔️ Bundan tashqari, M.Ya. hozirda o’qishini Buxoro shahridagi 8-sonli umumiy o‘rta maktabda davom ettira boshladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bolalar_murojaati #bulling #qonuniy_chora_korish

📌 Bolalar ombudsmanining shaxsiy qabuliga 3-aprel kuni 2010-yilda tug‘ilgan, Bo‘stonliq tumanida yashovchi E.O. (qiz bola) kelib, murojaat qildi.

🖇 E.O. o'z murojaatida maktabda sinfdoshlari tomonidan muttasil tazyiq va bullingga uchrayotganligi, bu holatga maktab ma’muriyati ham, boshqa mas’ullar ham e'tiborsiz ekanligini bildirdi.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Ichki ishlar organlari mazkur holatni o‘rgandi.

Bo‘stonliq tumani MMT bo‘limi o‘rganishi davomida joriy yilning 18-mart kuni informatika darsida E.O, S.M., M.K., K.V. lar (barchasi qizlar) o‘zaro gap talashib qolishgani, dars mashg‘ulotlari tugaganidan so‘ng nizoni xal qilishni kelishib, dars tugaganidan keyin maktab sinf xonasida yig‘ilib o‘zaro janjallashgani va 3 nafar qiz birgalikda E.O. ni urishgani, uni turli haqoratli so‘zlar bilan kamsitishgani ma’lum bo‘ldi.

Bo'stonliq tumani, “Markaziy” MFY profilaktika inspektori tomonidan bolalar o‘rtasidagi bu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilib, voyaga yetmagan o‘quvchi qizlar E.O. va K.V. ga sud tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va ularning yengil tan jarohati olganliklari aniqlangan.

🔴Mazkur bulling holati yuzasidan K.V., S.M., M.K. larning ota-onalari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1- qismi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosida ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qizlar bilan maxsus psixologik korreksion ish olib borish uchun psixolog biriktirildi.

Maktab rahbariyati va inspektor-psixolog bolalar o‘rtasida bu kabi bulling holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tegishlicha ogohlantirildi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 Bugun Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi magistrantlari Bolalar ombudsmani faoliyati bilan tanishdilar.

🗣 Akademiyaning “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” yo‘nalishi magistrantlariga bilan Bolalar ombudsmani instituti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, yaqinda qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati, mazkur Qonun doirasida Bolalar ombudsmaniga taqdim etilgan vakolatlar va boshqa muhim masalalar yuzasidan ma’lumot berildi.

Shuningdek, suhbat davomida Bolalar ombudsmanining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bosqichlari, mutasaddi idoralar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik real keyslar misolida tushuntirildi☑️.

🖇 Erkin muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvda magistrlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, ayrim magistrantlar esa bola huquqlari yo‘nalishida ilmiy tadqiqotlar olib borishni maqsad qilganliklarini bildirdilar.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#murojaat #qonuniy_chora_korish #Bolalar_ombudsmani

📌 Bolalar ombudsmaniga Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi D.M. dan murojaat kelib tushdi.

📄 Murojaatda D.M. voyaga yetmagan farzandi O.T. (7-sinf o‘quvchisi, o‘g‘il bola) 2023-yilning 26-dekabr kuni farzandi tahsil oladigan maktab o‘qituvchisi S.M. bolaning yuz qismiga bir necha bor tarsaki urib, uni turli nomaqbul so‘zlar bilan haqorat qilganini bildirgan.

Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri mazkur holatni atroflicha o‘rgandi.

Jizzax viloyati Zomin tumani MMT bo‘limining tegishli mutaxassislari tomonidan holat o‘rganilib, mazkur umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorining buyrug‘iga asosan S.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Shuningdek, joriy yilning 23-yanvardagi jinoyat ishlari bo‘yicha Zomin tuman sudida o‘qituvchining harakatlariga huquqiy baho berilib, S.M. ga nisbatan MJTKning 41-moddasi (Haqorat qilish) va 52-moddasini (Yengil tan jarohati yetkazish) sodir etgan deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 20 barovari miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Yana bir bor ta’kidlaymiz, ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan nomaqbul muomala va zo‘ravonlik holatlari javobsiz qolishi mumkin emas.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM