Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
4.01K subscribers
1.37K photos
68 videos
1 file
508 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
#bola_huquqlari #Konvensiya #bolalar_ombudsmani

📃BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasining 16-moddasi:

Birorta bola uning shaxsiy hayot, oilaviy hayot, uy-joy daxlsizligi yoki pochta orqali yuboriladigan narsalarning maxfiyligiga bo'lgan huquqi amalga oshirilishiga o'zboshimchalik bilan yoki qonunga zid ravishda aralashish yoxud uning sha’ni va obro'siga g'ayriqonuniy tajovuz qilish obyekti bo'lishi mumkin emas.

___________________

📃 Статья 16 Конвенции ООН о правах ребёнка:

"Ни один ребенок не может быть объектом произвольного или незаконного вмешательства в осуществление его права на личную жизнь, семейную жизнь, неприкосновенность жилища или тайну корреспонденции, или незаконного посягательства на его честь и репутацию".

Telegram|Facebook|Instagram
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
‼️Qator internet resurslarida va ijtimoiy tarmoqlarda xonadon hovlisida yosh bolani ayovsiz kaltaklayotgan ayol aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha zudlik bilan Namangan shahar IIO FMB Yangi Namangan tumani IIB tezkor tergov guruhi voqea joyida hozir…
#bola_huquqlari #Konvensiya #bolalar_ombudsmani

📃BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasining 19-moddasi:

Bolani jismoniy va ruhiy zo’ravonlikning turli shakllaridan, xaqoratlash va suiiste’molliklar, g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslik yoki beparvolik bilan muomalada bo‘lish, qo‘pol muomala qilish yoki ota-ona, qonuniy vasiylar yoki bola haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi har qanday boshqa shaxs tomonidan ekspluatatsiya qilishdan, jumladan, shahvoniy suiiste’molliklardan himoyalash maqsadida davlat tomonidan barcha zarur qonuniy, ma’muriy, ijtimoiy va ma’rifiy chora-tadbirlar ko‘rilishi zarur.

____________________

📃Статья 19 Конвенции ООН о правах ребёнка:

Государство обязано предпринять законодательные, административные, социальные и просветительные меры с целью защиты ребенка от всех форм физического или психологического насилия, оскорбления или злоупотребления, отсутствия заботы или небрежного обращения, грубого обращения или эксплуатации со стороны родителей, законных опекунов или любого другого лица, заботящегося о ребёнке.

Telegram|Facebook|Instagram
#bola #huquq #Konvensiya

📃 BMTning Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasining 13-moddasi:

"Bola o‘zining fikrini erkin ifodalash huquqiga ega: bu huquq har qanday turdagi axborotni og‘zaki, yozma yoki bosma shaklda, san’at asari ko‘rinishida yoki bolaning tanloviga ko‘ra boshqa vositalar yordamida izlash, olish va uzatish erkinligini o‘z ichiga oladi".

____________________

Статья 13 Конвенции ООН о правах ребёнка:

"Ребенок имеет право свободно выражать свое мнение; это право включает свободу искать, получать и передавать информацию и идеи любого рода, независимо от границ, в устной, письменной или печатной форме, в форме произведений искусства или с помощью других средств по выбору ребёнка".

Telegram|Facebook|Instagram
#onlayn_konferensiya #Konvensiya

🖇 Kuni kecha “MDHga aʼzo davlatlar hududlarida bola huquqlari boʻyicha xalqaro shartnomalarni qoʻllash amaliyoti" mavzusida Xalqaro onlayn-konferensiya boʻlib oʻtdi.

MDH davlatlari Bola huquqlari boʻyicha vakillari bilan xalqaro hujjatlar va shartnomalarning milliy qonunchilikda tatbiq etilishi amaliyotiga oid tajribalarni muhokama qildik🗣.

📍Muloqotda ishtirok etgan har bir davlat bola manfaatlarini taʼminlashga oid xalqaro standartlarni milliy implementatsiyasiga oid oʻzining noyob va ilgʻor tajribasini taqdim etib, sohadagi istiqbol rejalari yuzasidan qiziqarli maʼlumotlar bilan boʻlishdi.

📌 Bola huquqlari boʻyicha tayanch xalqaro hujjat - BMTning bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konvensiyasi yuzasidan Oʻzbekiston oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni tizimli va izchil ravishda bajarib kelmoqda.

Xususan, mazkur Konvensiya qoidalari bajarilishiga oid Oʻzbekiston Respublikasining beshinchi davriy hisobotidan soʻng “BMTning bola huquqlari boʻyicha qoʻmitasi tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha 2023-2027-yillarga moʻljallangan Milliy harakatlar rejasi”qabul qilinganganligi ham buning yaqqol namunasidir.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM