Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
2.97K subscribers
897 photos
45 videos
1 file
359 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
#xavfsizlik #internet #tavsiyalar

💻 Raqamli texnologiyalar rivojlangan hozirgi davrda internet tarmog‘ida bolalarga turli xil taxdidlar ham ko’payib bormoqda.

🔖Quyidagi suratlarda ota-ona o’z farzandini internetdagi xavf-xatarlardan qanday himoya qilishi mumkinligi yuzasidan tavsiyalar bilan tanishing.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Ijtimoiy tarmoqlarda “Qashqadaryoda maktab o‘quvchisining unashtiruv marosimi o‘tkazilmoqda” sarlavhasi ostida xabar tarqaldi.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan Ichki ishlar organlari bilan birgalikda o‘rganildi

Aniqlanishicha, bu unashtiruv marosimi Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani Tuxmor qishlog‘ida yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan (voyaga yetgan) B.G. ga tegishli bo‘lib, qizning o‘zi tushuntirish berishicha, marosim uning xohishiga zid bo‘lmagan holda o‘tkazilgan.

Shu bilan birga, Bolalar ombudsmani respublikamizning mazkur hududida qizlarni erta turmushga uzatish urf-odati hali ham saqlanib qolayotganiga urg‘u berib, qizlarning maktabdan keyin ta’lim olishi uchun imkoniyatlarni yanada manzilli ravishda kengaytirishga alohida e’tibor qaratilishi va bu borada mutassadilar tizimli choralar ko‘rib borishi zarurligini ta’kidlaydi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bolalar ombudsmani kotibiyatiga joriy yilning 19-fevral kuni Namangan viloyatida yashovchi X.X. (ayol) dan murojaat kelib tushgan edi.

📃 Murojaatda X.X. Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o‘zining 2012-yilda tug‘ilgan qizi N.U., 2015-yilda tug‘ilgan o‘g‘li J.N. hamda turmush o‘rtog‘i K.G. bilan birga yashaganligini ma’lum qilgan. X.X. 2024-yilning 12-fevral kuni K.G. o‘g‘li J.N. ni urganligi sababli bola politsiya tomonidan kasalxonaga joylashtirilganligini, xorijda yashashga oid tegishli hujjatlar taqdim etsa, politsiya bolani onaga qaytarishini ma’lum qilganligini, hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun Qozog‘iston Respublikasi hududiga o‘tganligini hamda taqiq tufayli RFga qayta kira olmasdan O‘zbekistonga qaytib kelganligini bildirgan. X.X. RFning Qozon shahrida qarovsiz qolib ketgan bolalarini O‘zbekistonga qaytarishda amaliy yordam so‘ragan.

Mazkur holat Bolalar ombudsmani so‘rovi asosida Tashqi ishlar vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganish natijasida RFning Qozon shahridagi IIV organlari bilan aloqa o‘rnatilib, aniqlanishicha, voyaga yetmagan J.N. va N.U. lar Qozon shahridagi 41-sonli o‘rta maktabda ta’lim olganligi va maktab hududida otasi G.K. tomonidan o‘g‘liga nisbatan jismoniy kuch ishlatilganligi sababli, ular 18-sonli bolalar shifoxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va davolanishga ehtiyoj mavjud emasligi aniqlangan.

Shu bilan birga, Bosh konsulxona tomonidan Qozon shahri Vaxitov va Privoljsk tumani vasiylik organi bilan muzokoralar olib borilib, vasiylik organi ota-onasi Rossiyaga kirishga imkoniyati yo'qligini inobatga olgan holda bolalarni O'zbekistonga yuborishga ruxsat bergan.

Idoralarning izchil va o‘zaro tezkor choralari natijasida, IIV tomonidan 15-aprel kuni voyaga yetmagan N.U. va J.N. lar O‘zbekistonga qaytarib olib kelindi va onasi qaramog‘iga topshirildi☑️.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Bugun, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasida ota-ona qaramog'isiz qolgan voyaga yetmagan 17 nafar bolalarni mamlakatimizga qaytarish ishlari amalga oshirildi.

🧠 Ijtimoiy himoya milliy agentligining Voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va monitoring qilish departamenti tomonidan bolalarning hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi diplomatik vakolatxonalariga o‘tkazish bo‘yicha amaliy ishlar tashkil etildi. Ota-onalari deportatsiya qilinganligi hamda Rossiya Federatsiyasi hududiga kirish taqiqlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar to‘plandi.

👫 Ayni vaqtda bolalar "Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko’rsatish markazi"ga joylashtirilib, yaqinlari qaramog'iga qaytariladi. Shuningdek ular, doimiy ravishda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan nazoratga olinadi.

📝 telegram 💻 instagram
📝 facebook 🐧 xcom
🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgani ma’lum bo‘ldi" nomli xabar tarqaldi.

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 16-aprel kuni Toshkent shahri Sergeli tumani, 277-o‘rta maktab 1-“E” sinf o‘quvchilarining 15 nafar ota-onalari mazkur maktab direktorining huzuriga kelib, 1-“E” sinf rahbari S.R. (ayol) ning ustidan shikoyat qilgan.

Murojaatda ota-onalar sinf rahbari S.R. o‘quvchilar qo‘lining kaft qismini ustiga samorez va ignalar bilan sanchib turli jarohatlar yetkazganligi, go‘yoki shunday usulda bolalarni tarbiyalashga uringanini bildirishgan.

1-“E” sinf rahbari S.R. bolalarga nisbatan shunday nomaqbul harakatlarni sodir qilganligi yuzasidan o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, u ishdan bo'shatildi.

Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Bu bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul #murojaatlar #bola_manfaati #bolalar_ombudsmani

☑️ Bugun Bolalar ombudsmani o‘zining navbatdagi shaxsiy qabulini o‘tkazdi va bola manfaatlariga oid turli murojaatlarni ko‘rib chiqdi.

Xususan,

🖇️ voyaga yetmagan qizning jinsiy daxlsizligi buzilishiga oid;

🖇️ bola asrab olgan ota-onaning nikohdan ajrashishi tufayli bolaning kim bilan yashash masalasiga oid;

🖇️ maxsus ta’lim muassasasini bitirgan nogironligi bo‘lgan bolalarni band qilish va ijtimoiylashtirish masalasiga oid;

🖇️ voyaga yetmagan bolalarning fuqaroligi masalasiga oid nizo yuzasidan;

🖇️ voyaga yetmagan qiz xorijda yashab kelayoygan onasi bilan ko‘rishish uchun Koreya Respublikasiga borish yuzasidan ota roziligini ololmayotganligi masalasiga oid;

🖇️ O‘zbekiston fuqarosi Birlashgan Arab Amirligida yashab kelgan paytida bola boqib olganligi, hozirda O‘zbekistonga qaytib kelganida bolani shaxsiga oid hujjatlarini rasmiylashtirish masalasi yuzasidan;

🖇️ onaning 3 nafar farzandida “epileptik ensefalopatiya” kassaligi bo‘lib, ularning muntazam davolanishida ko‘mak ko‘rsatilishi masalasida va boshqa murojaatlar ko‘rib chiqildi.

📍Eslatib o‘tamiz, Bolalar ombudsmani Kotibiyati haftaning dushanba-juma kunlari 10:00-12:00 va 15:00-17:00 ga qadar bola manfaatlariga oid murojaatlarni qabul qiladi.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM