Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
4.55K subscribers
1.02K photos
49 videos
1 file
389 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
#bayram_muborak #Bolalar_ombudsmani

🇺🇿Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) jamoasi O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligida yurtimizning mard va jasur o‘g‘lonlarini Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan samimiy tabriklaydi.

Yurtimizning tinch va farovon hayotini ta’minlashdek muqaddas burchingizni ado etishda kuch-g‘ayrat, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda esa ulkan zafarlar tilaymiz.

Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi sizlarga hamisha yor bo‘lsin!

Telegram|Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_muborak

Bolalar ombudsmani jamoasi barcha qizlarimizni
8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy tabriklaydi
🌷

🌸 Aziz jajji qizlarimiz, o‘smir singillarimiz!

Sizga bahoriy kayfiyat, yaqinlaringiz cheksiz mehri-muhabbati, hayotda har bir katta va kichik marraga yetishda qat’iyat va ishonch, yangidan-yangi imkoniyatlar tilaymiz.

Ta’lim olishdan, o‘z ustingizda ishlashdan, ilmiy va ijodiy o‘sishdan to‘xtamang!
Biz kattalar esa Sizni hamisha barcha maqsad va intilishlarda qo‘llab-quvvatlaylik!

💐 Go‘zallik va ayollar hamjihatligi bayrami muborak bo‘lsin!

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_muborak

Bolalar ombudsmani jamoasi barcha yurtdoshlarimizni yangilanish va ezgulik ramzi - Navro‘z ayyomi bilan samimiy tabriklaydi.

Yangi kun atalmish Navro‘z shukuhi, quvonch va shodlik hech birimizni tark etmasin.

Ushbu qadimiy va go‘zal bayramimiz arafasida barchaga mustahkam sog‘liq, baxtu saodat tilab qolamiz!


Telegram|Facebook|Instagram|X
#bayram_muborak

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) jamoasi butun musulmon ahlini Eid al-Fitr Ramazon Hayit ayyomi bilan samimiy qutlaydi🌙.

Ushbu muqaddas oyda qilgan barcha ezgu amallaringizni Yaratgan dargohida qabul aylasin.
Har bir xonadonda fayzu-baraka, qalblarda esa tinchlik va hotirjamlik hukmron bo‘lishiga tilakdoshmiz

Telegram|Facebook|Instagram|X
#bayram_muborak

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) jamoasi butun xalqimizni muqaddas ayyom - Qurbon Hayiti bilan samimiy qutlaydi🌙.

Ezgulik, mehr-muruvvat, saxovat va olijanoblik ramzi bo‘lmish ushbu ulug‘ ayyomda har bir xonadonda fayzu-baraka, qalblarda esa tinchlik va xotirjamlik hukmron bo‘lsin

Telegram|Facebook|Instagram|X
#yoshlar #kelajak_egalari #bayram_muborak

👫Aziz yoshlar!
Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) kotibiyati sizlarni 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy qutlaydi!

Sizlar Vatanimiz ertangi kuni egalari, umidimiz va tayanchimizsiz!

🧠 Barcha kuch va sa’y-harakatni bilim va salohiyatingizni yuksaltirishga yo‘naltiring, rivojlanishga chanqoqlik Sizni hech tark etmasin.

Zero, har biringiz orzu va intilishlaringiz ro‘yobida mamlakatimiz ravnaqi va taraqqiyoti mujassam
🇺🇿

Kelajak tanlovi Sizning qo‘lingizda!
Bayram muborak!

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM