Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
3.63K subscribers
1.18K photos
57 videos
1 file
443 links
Ma’lumot uchun:

📞 +99871 259-74-12
📨 bolalarvakili@gmail.com

Bolalar ombudsmanining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari bilan bu yerda (https://mssg.me/3aawe) tanishishingiz mumkin.
Download Telegram
#bolalar #dam_olish_huquqi

🖇 Kuni kecha Adliya vazirligida bo‘lib o‘tgan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari. Muammolar va takliflar” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdik.

📌 Uchrashuvda bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilinishning amaldagi holati, qonunchilikdagi bo‘shliqlar, amaliyotdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llarini muhokama qildik.

Davra suhbatiga 20 ga yaqin tegishli vazirlik va idoralar, shuningdek, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti hamda 🇺🇳UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirok etdilar.

👫Xususan, muloqot davomida ko‘tarilgan masalalar ichida bolalarning dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lgan huquqi kafolatlari muammosiga alohida e’tibor qaratdik.

🧩 O‘yin va ko‘ngilochar mashg‘ulotlar bolalar salomatligi va farovonligi uchun zarur bo‘lib, bu ularda ijodkorlik, tasavvur, o‘ziga ishonch, jismoniy, ijtimoiy, kognitiv va hissiy qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.

🏡Bu o‘rinda hududlarda jamoat bog‘lari, ko‘ngilochar joylar va har bir ko‘chada bolalar o‘yingohlari mavjud bo‘lishi bolaning madaniy huquqlarini ta’minlashda nihoyatda muhimdir.

Telegram|Facebook|Instagram|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM