BOLAJON PARVARISHI
7.68K subscribers
415 photos
162 videos
5 files
373 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
👞👟Bola uchun birinchi poyabzalni qanday tanlash kerak?

Bolaning birinchi poyabzali chiroyli va ko‘rkam bo‘lishi bilan birga sifatli va qulay ham bo‘lishi kerak.

Bolaga birinchi poyabzalni qachon olish kerak?
Ba’zi mutaxassislar fikricha, bola o‘zining birinchi qadamlarini tashlamasdan turib unga oyoq kiyim kiydirishning hech qanday zarurati yo‘q. Shuning uchun bolaga birinchi oyoq kiyimni u bir-ikki qadam tashlay boshlagandan keyin sotib olishingiz mumkin.
Birinchi poyabzal qanday bo‘lishi kerak?
Oyoq kiyimning shakli qanday bo‘lishiga o‘zingiz qaror qiling. Lekin sifatiga kelganda, poyabzallarning biroz (5-15 mm) poshnasi bo‘lishi kerak. Bu poshnalar bolaning orqa tomonga yiqilish ehtimoliga yo‘l qo‘ymaslik uchun kerak. Bolalar poyabzalining tovonni mahkam ushlab turadigan va bolani tasodifiy shikastlanish xavflaridan saqlaydigan qattiq dastagi bo‘lishi kerak. Poyabzal ichida olinadigan yumshoq patak bo‘lishi kerak. Kerak bo‘lganda bu odatdagi patakni supinatorli maxsus patakka almashtirish mumkin. Tag charmi egiluvchan va juda yupqa bo‘lishi lozim. Poyabzal aniq o‘lchamda olinishi, ya’ni bolaning oyog‘i uning ichida “o‘ynab” turmasligi kerak.
Bolaga ortopedik poyabzal kerakmi?
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ortopedik poyabzal faqat kasal odamlar uchun mo‘ljallangan.
Onalarga “ortopedik poyabzal” deb sotiladigan oyoq kiyimlar ko‘pchilik hollarda hamma talablarga (tabiiy charm, tumshug‘i keng, tovoni qattiq va h.k.) javob beradigan va haqiqatan ham ichiga bolalar yassioyoqligida yordam beruvchi maxsus supinator-pataklar qo‘yilgan bo‘ladi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3D-rasm. Bolalar bilan chizishni mashq qilib ko'ring!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz
Go‘dakda qabziyat yoxud ich qotishi

Ich qotishi (qabziyat) chaqaloq hayotining ilk oylarida ko‘p uchraydi. Ba’zan go‘dakning ikki-uch kunlab ichi kelmasligi mumkin. Qabziyatda bolaning ichi qattiq va quruq bo‘ladi. Shunda go‘dak juda bezovtalanadi, kuchanib-tirishib yig‘laydi, terlab holsizlanadi. Agar ich qotishi muntazam davom etsa, ahvoli yomonlashadi. Ya’ni axlatning qattiqligi tufayli to‘g‘ri ichakning shilliq qavati jarohatlanadi.

Go‘dakda qabziyat kuzatilishiga sabab nima?

Chaqaloqlarda ich qotishining bir necha xil sabablari bor:

🍀Bolani noto‘g‘ri ovqatlantirish (masalan, noto‘g‘ri emizish) ko‘pincha qabziyatni keltirib chiqaradi. Chunki go‘dakka ko‘krak uchi to‘g‘ri tutilmasa u emish jarayonida tez charchab qoladi va o‘ziga yetarli bo‘lgan ozuqani ololmaydi.

🍀Aksariyat onalar bolani emizish bilan birgalikda qo‘shimcha ovqatlarni so‘rg‘ichlar yordamida berishadi. Bu vaqtda so‘rg‘ich orqali o‘tgan infeksiya ichaklar mikroflorasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada mikroflora buzilgani uchun me’dadagi oziq moddalar parchalanmaydi va yetarlicha so‘rilmaydi. Shundan so‘ng bolada ich qotadi.

🍀 Go‘dak organizmiga turli yo‘llar (masalan, toza bo‘lmagan so‘rg‘ich, emizishdan oldin ko‘krak uchini yuvmaslik, qo‘shimcha ovqat beriladigan idishning iflosligi) bilan kiradigan infeksiya rivojlanib, ichaklarni yallig‘lantiradi. Bu esa chaqaloqlarda surunkali ich qotishini keltirib chiqaradi.

🍀Ba’zan ichaklardagi infeksiya asorat qoldirib, ichak atoniyasi kelib chiqadi va natijada surunkali qabziyat rivojlanadi.

🍀Chaqaloqning old qorin mushaklari yaxshi rivojlanmaganligi tufayli u kuchanishga qiynaladi. Natijada tabiiy ravishda bolaning ichaklarida gaz yig‘iladi va ich yurishishi qiyinlashadi.

🍀Bundan tashqari bolaning qorni to‘ymasa ham ichi qotadi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolangiz «R», «L», «S», «Sh» xarflarini talaffuz qilolmayaptimi?

Ushbu mashqlarni uy sharoitida bemalol bajarsa bo‘ladi. Ma’lum bir vaqt uyda shug‘ullaning. Foyda bersa nur ustiga a’lo nur. Agar foyda bermasa logoped huzuriga borishni tavsiya qilamiz!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3-yoshdan oshgan bolajonlar uchun Neyrogimnastika!

Bunday "Aql gimnastikasi" bolalar miyasini rivojlanishi uchun juda foydali.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz
💰Sarmoya toʻyga emas, bilimga tikilishi kerak.

— Odamlarning boʻlar-boʻlmas gaplari uchun toʻyni keragidan ortiq dabdabali qilishmoqda. Ortiqcha sarf xarajat bilan toʻy juda zoʻr oʻtishi mumkin, ammo toʻydan keyingi munosabatlar dabdabali toʻy sabab mustahkam boʻlib qolmaydi.

— Aslida esa pul toʻyga emas, bilim olish, bilim berish uchun tikilsa, oila mustahkam boʻladi. Oʻsha oiladan tarbiyali, bilimli, sahovatli, ezgu niyatli farzandlar yetishib chiqadilar.

— Qachongacha odamlar uchun oʻz hayotimizni atiga 1 kunlik toʻy va boʻlar-boʻlmas hashamatga, keraksiz obroʻga almashtirishimiz kerak? Orzu havas deyishingiz mumkin. Ammo aqlli insonlar bunday orzu havas qilmaydi. Haqiqiy orzu havas bu — Farzandlarimizning baxtli hayoti.

Xoʻsh, ota-ona sifatida sizga farzandingizni ilmli inson bo'lishi muhimmi? Muhim bo'lsa, nuri diydangizni kelajakda komil inson bo'lishi uchun sarmoyangizni ayamang!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz
❗️Farzandingizga yoshligidan kitob o'qib berishga odatlaning!

Tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, haftasiga 3-5-marta kitob oʻqib berish 4-5 yoshli bolalar tengdoshlariga qaraganda aqlliroqdir.
Bolalar uchun kitob oʻqish, hatto ishlaydigan ota-onalar ham qila oladigan narsadir.
Farzandingizga kitob oʻqish sizga ham, farzandingizga ham doimiy taʼsir koʻrsatadi.
Shunday qilib, siz birga oʻtkazgan vaqtingiz sifatini oshirishingiz mumkin, chunki farzandingiz bu vaqtda otasi yoki onasining barcha eʼtibori faqat unga qaratilganligini biladi.
Farzandingizga kitob oʻqib berish maktabda oʻqish qobiliyatiga ham foyda keltiradi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻta “seryozniy” odamni ham kuldiradigan video 😅

Doʻstlarga yuborib begʻubor tabassum ulashing! 😊

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉@Pediatric_uz
Bolaning immunitetini ko‘tarish uchun nima qilish kerak?

Immunitetni ko‘tarish uchun quyidagilarga amal qilish lozim:
▪️Bolaga baqirmang, har qanday darajadagi stress immunitet pasayishiga olib keladi.
▪️Uyqu rejimi. Bola 7 yoshga kirguncha kunduzgi uyqu sog‘lik garovi hisoblanadi. Tungi uyqu kechki soat 22:00 dan, ertalabki uyqu esa 9:00 dan kech bo‘lmasligi lozim.
▪️To‘g‘ri ovqatlanish: vitamin A, B guruh, C, D vitaminlari, sinkka boy bo‘lgan mahsulotlar, go‘sht va baliq mahsulotlari, sabzavot, mevalarni ko‘proq iste’mol qilish lozim.
▪️Ko‘proq suyuqlik qabul qilish lozim. Bir kunda bir marta na’matak suvi ichirish kerak.
▪️Bir kunda kamida 2 soat toza havoda sayr qilish lozim.
▪️Suvda chiniqtirish.
▪️Gigiyenaga rioya qilish ham muhim

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉@Pediatric_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soyabon applikatsiyasini yasaymiz

🖌Bolajoningiz bilan albatta birgalikda bajarib ko'ring

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz
Bir yoshgacha bo‘lgan bolalar tana vaznini formulalar yordamida aniqlash

6 oylikgacha bo’lgan bolalar vaznini aniqlash(Leviant bo’yicha)

M=m+(nx800)

M – bolaning hozirgi massasi
m – bolaning tug’ulgandagi massasi
n – bolaning yoshi(oyligi)

Masalan: 4 oylik bola, tug’ulgandagi vazni 3300g

M=3300+4x800, M=6500g

Demak bolaning vazni taxminan 6500 g bo’lishi kerak!

7 oylikdan 1 yoshgacha bo’lgan bolalar vaznini aniqlash(Leviant bo’yicha)

M=m+(6x800)+400x(n-6)

M – bolaning hozirgi massasi
m – bolaning tug’ulgandagi massasi
n – bolaning yoshi(oyligi)

Masalan: 11 oylik bola, tug’ulgandagi vazni 3600g

M=3600+(6x800)+400x(11-6), M=10400g

Demak bolaning vazni taxminan 10400 g bo’lishi kerak!

Eslatma! Agar yuqoridagi hisoblash va bola vazni orasidagi farq 1 kg dan ko’p bo’lsa, bolani vrach Pediatr ko’rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar qo'shish va ayirishni o'rganishlari uchun videodagidek ajoyib moslama yasab bering.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning tili chiqishi - pediatr Komarovskiy maslahatlari

Ikki yoshga to'lgan bolaning tili chiqishi kerak. O'zining uchinchi tug'ilgan kuniga qadar bola o'rtacha 300 ta so'zni bilishi, tushunishi, gapira olishi lozim. Bolaning tili vaqtida va ravon chiqishi uchun ota-ona yordam berishi mumkin ekan, deb ta'kidlaydi mashshur Rossiyalik pediatr Komarovskiy.

Buning uchun:
1. Bola bilan homiladorligingizdan boshlab suhbatlashishni boshlang.
Homiladorlikning 3 trimestrida bola tovushlarga juda ta'sirchan bo'ladi. Aynan bu davrdan boshlab ona yoki ota o'z farzandi bilan muloyim gaplashishni, klassik musiqalarni qo'yib berishni odat qilishi kerak.

2. Yangi tug'ilgan chaqaloq bilan doimo suhbatlashib yuring.
chaqaloqligidan ravon nutqni eshitgan bolani tili chiqishi oson bo'ladi.

3. Bolaning ko'zlariga qarab gapiring.
Ota-ona gapirayotganida bola uning lab qimirlashini kuzatadi, shu yo'l bilan uning tili chiqishi osonlashadi.

4. Bolaga ko'p savol bering.
Bola javob bera olmagan taqdirda ham, unga savol berishga odatlaning. Savolingizga javob berish niyatida uning aqliy va nutqiy rivojlanishi kuchayadi.
Telefon va kompyuter o'yinlari bolani tili chiqishini keskin sekinlashtiradi.

5. Bolaga ko'p ertak o'qing.
Kitobdagi yangi so'z va iboralar bolani tili chiqishida muhim ahamiyatni kasb etadi.

6. Bola bilan birga yoki bola uchun qo'shiq ayting.
Musiqa va qo'shiq nutq apparatini rivojlantriadi.

7. Bola bilan doimiy ravishda muloqotda bo'ling.
Ovqat qilish davomida ham bolani sabzavotlarni rangini, soni aytishga undasa bo'ladi. Ko'chada atrfodagi buyum va manzaralarni bola bilan birgalikda tahlil qilsa bo'ladi.

8. Bola tilida suhbatlashmang.
Bola 6 oydan o'tgach u bilan og'izni cho'chchaytirib "shiringina" gapirishning foydasi yo'q. Bolaning tili chiqishida bu qiyinchilik tug'diradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Doctor Muxtorov)
🤱Ko'krak suti kamligining haqqoniy va ehtimoliy belgilari

Haqqoniy belgilari
▪️Oyiga 500 grammdan kam vazn qo'shishi.
▪️Tug'ilishidan 2 hafta o'tib, vazni tug'ilgandagidan kamroq bo'lishi.
▪️Peshob chiqarishni bir sutkada 6 martadan kam bo'lishi, siydikni sariq rangda va o'tkir hidli bo'lishi.

Ehtimoliy belgilari
▪️Go'dak qoniqmaydi.
▪️Go'dak tez-tez yig'laydi.
▪️Tez-tez emadi.
▪️Juda uzoq vaqt emadi.
▪️Go'dak emishdan bosh tortadi.
▪️Stul zich, quruq yoki yashil bo'ladi.
▪️Ona ko'kragidan sut sog'a olmaydi.
▪️Homiladorlik darvida sut bezlari kattalashmaydi.
▪️Tug'ruqdan keyin sut kelmaydi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarning nutqi qanday shakllanadi?

Kattalarning hali tili chiqib ulgurmagan, so‘zlar ma’nosini farqlolmaydigan jajjigina bolajonlarga gapirishi chetdan qaraganda biroz erish tuyulishi mumkin. Lekin aslida bu to‘g‘ri va juda muhim jarayon.

Chunki bolaning nutqi aynan kattalarning muloqotini tinglash orqali shakllanadi. Dastlab dona-dona qilib aytgan so‘zlarimiz mag‘zini chaqa olmasa-da, yuz ifodamiz, gapirish ohangimiz va xatti-harakatlarimiz orqali o‘g‘il-qizlarimiz lug‘ati shakllanadi. Ammo bu jarayonda e’tibor qaratishimiz lozim bo‘lgan yana ko‘plab jihatlar bor.

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
Nima uchun chaqaloqlar uni tebratishlarini yaxshi koʻradi?

Bolani tebratish unga ona qornida boʻlgan davrini oʻsha paytdagi onaning harakatini eslatib, bolaga tinchlantiruvchi ta'sir koʻrsatadi va uni uxlatib qoʻyadi.

Uni yelkasiga asta urib uxlatish ham unga ona qornidagi vaqtlarda tanish boʻlib qolgan onaning qadam tovushlarini eslatadi. Bu ham bolani tinchlantiradi.

Alla aytish ham bolaning nerv sistemasiga tinchlantiruvchi ta'sir qiladi.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolajonlarimizga soatni qiziqarli tarzda órgatamiz.

Kanalga ulanish:👉

@Bolajon_parvarishi
Barcha onalar o'qishi shart bo'lgan 10 ta kitob

1. Masaru Ibuka: Uchdan keyin kech

2. Masaru Ibuka: Uchgacha ayni vaqti

3. Xadicha Kubro Tongar: Baqirmaydigan onalar

4. Sheniz Yujel: Go'daklikdan yigitlikka qadar

5. Murat Tosun: Olim yetishtirgan onalar

6. Mo‘minlarning onalari (Hazrati Xadicha va Hazrati Oisha)

7. Noila Xolmuhammad: Onalik maqomi

8. Adem Gunesh: Chinakam ota-onalik san’ati

9 Anna Bikova- "Dangasa ona"ning katta kitobi

10. Adem Gunesh: Yosh bola demang ularni...

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
#audio_ertaklar
Kichik donishmand (6+) (birma xalq ertagi)

Gap yoshdamas, boshda, degan naql ko'pchilikka ma'lum. Darhaqiqat, katta yoshdagi odamlar ham yechimini topa olmaydigan masalalarni ba'zida yosh bolalar osongina hal qila olishadi. Bunga "Kichik donishmand" nomli birma xalq ertagi misolida ham amin bo'lishingiz mumkin.

🎶Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz
Audio
#audio_ertaklar

🎶Bolajoningizga albatta uyqusidan oldin qo'yib bering

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz