BOLAJON PARVARISHI
7.44K subscribers
401 photos
149 videos
5 files
342 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
6-9 oylikkacha bo‘lgan bolalarga qo‘shimcha ovqat berish

Birinchi marta qo‘shimcha ovqatni kunning birinchi yarmida, bola injiqlik qilmagan va kasal bo‘lmagan paytda berish kerak.

Qo‘shimcha ovqat berish tartibi

📌Davriyligi: 6-9 oylikda kuniga 2 marta qo‘shimcha ovqat beriladi.
📌Miqdori: har safar 2-3 osh qoshiq ovqat beriladi, 7-10 kunda 2 barobar ko‘paytiriladi.
📌Quyuqligi: ovqat quyuq bo‘lsa, bolaga yedirish uchun qulay bo‘ladi. Bola 8 oyga kelib, qo‘li bilan yeyish mumkin ovqatlarni berish mumkin.
📌Xilma-xilligi: bo‘tqa(guruch yoki grechka), sabzavot pyuresi (kartoshka, sabzi, kobachki), mevalar(olma, banan).

Kerakli tavsiyalar
▪️Sabrli bo‘ling! Bola o‘rganishi uchun vaqt kerak.
▪️Rag‘batlantirish va “o‘yin” sifatida ovqatlantiring.
▪️Bolani ovqat yeyishga zo‘rlamang.
▪️Alohida idishdan foydalaning. Qancha ovqat yeganini bilishingiz uchun.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉
@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
3-yoshdan oshgan bolajonlar uchun Neyrogimnastika!

Bunday "Aql gimnastikasi" bolalar miyasini rivojlanishi uchun juda foydali.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Doctor Muxtorov)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar kamqonlikda qanday ovqatlanishi kerak?

1 yoshgacha bo‘lgan bolalar anemiyasini asosan diyeta yo‘li bilan davolanadi. Ovqat ratsionida temir ko‘p saqlovchi mahsulotlar berish tavsiya etiladi. Albatta, bolaning individual xususiyati va yoshiga bog‘liq ravishda diyeta tanlanadi.
Chaqaloqlarda anemiyani bartaraf etish uchun eng yaxshi ozuqa – ona suti. 8 oylikdan boshlab qo‘shimcha ovqat: go‘sht, grechkali kasha berish mumkin. 12 oyligidan boshlab – baliq, mevalar va sabzavotlar.

🩺Ba’zida gemotologlar anemik bolalarga stol №11 ni tavsiya etishadi (bir kunda 5 mahal ovqatlanish). Bu stol quyidagi mahsulotlardan tashkil topgan:
-Non, makaron, un mahsulotlari
-Sho‘rva
-Baliq
-Go‘sht, jigar
-Tvorog, sariyog‘, pishloq
-Tuxum
-Yong‘oq
-Grechka
-No‘xat, fasol sho‘rva;
-Sabzavotlar, mevalar va rezavorlar.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Doctor Muxtorov)
Bola nutqi rivojlanishi bosqichlari (1 yoshdan-7 yoshgacha)

💭1 yosh 3 oy - bola 6 taga yaqin so'zni biladi. Oddiy talablarni tushuna oladi, tanish so'zlarni rasmda ko'rsata oladi.

💭1 yosh 6 oy - badanining 1/2 qismini ayta oladi, 7-20 tagacha so'zni biladi.

💭1 yosh 9 oy - badanining 3-4 qismini aytadi. 20 ta so'zni biladi. Ikki so'zdan iborat bo'lgan iboralarni qo'llaydi ("choy ber", "ada keldi")

💭2 yosh - bu yoshda bola badanining 5 qismini ayta oladi. 50 ga yaqin so'zni biladi. Ikki bosqichli iboralarni tushunadi ("Oshxonaga borib", "sochiq olib kel"). "Men", "Sen", "U" kabi so'zlarni tushunadi. Iboralari ikki so'zdan iborat. p, b, m, f, v, t, d, n, k, g, h harflarni ayta oladi. s, z, sh, j, ch,r, l harflarni odatda qoldirib etadi.

💭2 yosh 6 oy - sonlarni tushuna boshlaydi. "Nima?", "Qayerda?" savollarni tushunadi. s,z,l harflarini ayta oladi.

💭3 yosh - bolaning so'z boyligi 250-700 gacha. Iboralari bir nechta so'zdan iborat. Ko'plikni biladi. "Chunki", "Agar", "Qachon" so'zlarni ishlata oladi. Qiyin talablarni tushunadi ("Piyolani ichiga qoshiq solib qo'y"). Yengil ertaklarni eshitib, tushunadi.

💭4 yosh - "Qancha", "O'rniga", "Keyin", "Qayerga" kabi so'zlarni iboralarda ishlata oladi. So'z boyligi 1500-2000 gacha. "Bolalarcha" harflarni yumshatib gapirishi yo'qoladi.

💭5 yosh - bolaning so'z boyligi 2500-3000 ga yetadi. Tildagi barcha harflarni bemalol ayta oladi. Qiyin iboralarni qo'llab, o'z fikrini, istagini ifodala oladi. So'zdagi harflar tartibini almashtirmay gapiradi.

💭5 yoshdan 7 yoshgacha - 7 yoshga kelib bola so'z boyligi 3500 ga yaqin bo'ladi. Bunda ta'surotli so'zlar soni ko'payadi. Bolada tilga e'tibori oshadi. Atrof- muhitni so'z bilan baholay olish qobiliyati bo'ladi. Bolaning psixologik holati maktabga tayyorlanadi.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🍎 Olmali pirog 1 yoshdan

Tarkibi:
• suli donalari – 80 gr
• un – 80 gr
• tvorog - 80 gr
• tuxum - 2 dona
• olma – 470 gr
• pishirish kukuni – 1 choy qoshiq

Tayyorlanishi:
1. Suli uniga bug'doy uni, tvorog, pishirish kukuni va tuxum oqini qo'shing.  Xamir qoring.
2. Xamirni siz pishiradigan shaklning o'lchamiga qadar yoying.  Xamirni qolipga joylashtiring va 180°C haroratda taxminan 20 daqiqa davomida pishiring.
3. Olmalarni mayda to'g'rang, suv qo'shing, olma yumshoq bo'lguncha past olovda 2-3 daqiqa qaynating. Sovutib olmani pirogimizni ichiga terib chiqing.

😋 Yoqimli ishtaha!

Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolangiz «R», «L», «S», «Sh» xarflarini talaffuz qilolmayaptimi?

Ushbu mashqlarni uy sharoitida bemalol bajarsa bo‘ladi. Ma’lum bir vaqt uyda shug‘ullaning. Foyda bersa nur ustiga a’lo nur. Agar foyda bermasa logoped huzuriga borishni tavsiya qilamiz!

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz
🐬Uch oygacha bo'lgan chaqaloqlarga mos o'yinchoqlar

Bu davrda bola ko'radi va eshitadi. Shu qobiliyatlarga yarasha o'yinchoq tanlaymiz.

1. Yoqimli klassik musiqa. Bu yoshda bolaning eng sevimli o'yinchoqlaridan biri bo'la oladi.

2. Shiqildoq o'yinchoqlar. Ochiq bozorlada sotiladiganlari to'g'ri kelmaydi, ularda zaharli moddalar bo'lishi mumkin. Bola esa uni og'ziga soladi. O'yinchoqlarni bolalar uchun maxsus do'konlarda olish lozim.

3. Osma o'yinchoq. Karavotning yoki beshikning bosh qismida rangi oq-qora bo'lgan osma o'yinchoq bolaning diqqatini oladi. Uch oyga qadar o'yinchoq qora-oq rangda bo'lib, uch oydan so'ng rang-barang bo'lgani ma'qul.

4. Sinmas ko'zgu. Bola bu davrda hali ko'zguda o'zi ekanligini anglay olmasa-da, uch oyga yetguniga qadar u ko'zgudagi aksi bilan "muloqot" qilib, unga tabassum qilishini sezishingiz mumkin bo'ladi.

5. Yorqin naqshga tushirilgan, yumshoq matodan yasalgan kitobchalar. Bola qornida yotgan holida ularni tomosha qilishga odatlanib qoladi.

6. O'yinchoqli va shiqildoqli bilaguzuklar. Bola qo'lini harakatlantirganida bilagidagi rangbarang o'yinchoqlar tovush chiqarib uni xursand qiladi.

Kanalga ulanish
👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi
Bolajonlarga yogurtni necha yoshdan berish mumkin?

Bir yoshgacha bo'lgan bolalar uchun yogurt qo'shimcha ovqatlar tarkibiga kiradi.

Yogurt tarkibida quyidagilarni saqlaydi:
• Oqsillar
• Yog'lar
• Kalsiy va fosfor
• Prebiotik va probiotik
• A, B1, B2, B12 vitaminlari

Bolalarga yogurtni 8 oylikdan boshlab berish mumkin. Yogurtni dastlab 1 choy qoshiqdan berishni boshlang. Agar bolada hech qanday allergik belgilar aniqlanmasa, kunlik miqdorni asta-sekin oshirib borsa bo'ladi.

❗️Sigir suti oqsiliga allergiyasi bor bolalarga yogurt berish tavsiya etilmaydi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
🍛7-9 oylik bolaga qo'shimcha ovqat

Yetti-to'qqiz oyda bolaga ko'pchilik qo'shimcha ovqatni bera boshlagan yoki davom ettirayotgan bo'ladi.

Qanday mahsulotlarni bu davrda berish foydali va mumkin?

- Avokado
- Sabzi
- Kabachok
- Qovoq
- Kartoshka pyuresi
- Kasha
- Pechene
- Nok va olma sharbatlari

Qanday ko'rinishda berish mumkin?

Yetti-to'qiiz oylik bolalarning ko'pchiligida faqat oldi tishlari chiqqan bo'ladi. Shuning uchun berilayotgan taom pyure shaklida bo'lishi lozim. Tishi chiqayotgan payti qattiq pechenelarni qo'liga berib qo'yish mumkin. Ko'pchilik butilkani o'zi ushlab choy icha oladi.

Yetti-to'qqiz oylik bola uchun taomlar misoli:

1. Sabzavotli pyure: Kartoshka va sabzini qaynagan suvga solib pishirib olamiz (agar imkoniyatingiz bo'lsa qasqonda pishirib olsangiz vitaminlar ko'proq saqlanib qoladi). Pishgandan so'ng yaxshilab ezamiz. Tuz qo'shish kerak emas. Tuz va shakarni qanchalik kech berishni boshlasangiz, bolangiz sog'lig'i uchun shunchalik ko'p foyda bo'ladi. Kartoshka yoki sabzi o'rniga kabachok yoki qovoqni qo'shib berishingiz mumkin.

2. Tvorogli pyure. (9 oydan boshlab) Yog'siz tvorogga (yarim piyola) nokdan qilingan pyureni qo'shamiz. Mayinroq bo'lsin desangiz nok sharbatini ham qo'shishingiz mumkin.

3. Guruch va mevali quymoq. Tayyor bolalar uchun guruchli kashaga, ezilgan barge yoki nok, yoki olma pyuresini qo'shamiz. Yaxshilab aralashtirib, agar quyuq bo'lib qolsa, meva sharbatidan yoki ona sutidan (yoki bolalar smesidan) qoshib berishingiz mumkin.

Asosiysi, bola yeyishni istamasa, uni zo'rlamang.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bolalar 1 sutkada qancha vaqt uxlashi kerak?

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (0-3 oy) — 14-17 soat. 

Chaqaloqlar (4–11 oy) — 12-15 soat. 

Bolalar (1-2 yosh) — 11-14 soat. 

Maktabgacha yoshdagi bolalar (3-5 yosh) — 10-13 soat. 

Kichik maktab o‘quvchilari (6–13 yosh) — 9-11 soat. 

O‘smirlar (14-17 yosh) — 8-10 soat. 

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻta “seryozniy” odamni ham kuldiradigan video 😅

Doʻstlarga yuborib begʻubor tabassum ulashing! 😊

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉@Pediatric_uz
Forwarded from BOLAJON BOOKS
Barcha onalar o'qishi shart bo'lgan 10 ta kitob

1. Masaru Ibuka: Uchdan keyin kech

2. Masaru Ibuka: Uchgacha ayni vaqti

3. Xadicha Kubro Tongar: Baqirmaydigan onalar

4. Sheniz Yujel: Go'daklikdan yigitlikka qadar

5. Murat Tosun: Olim yetishtirgan onalar

6. Mo‘minlarning onalari (Hazrati Xadicha va Hazrati Oisha)

7. Noila Xolmuhammad: Onalik maqomi

8. Adem Gunesh: Chinakam ota-onalik san’ati

9 Anna Bikova- "Dangasa ona"ning katta kitobi

10. Adem Gunesh: Yosh bola demang ularni...

Kanalga ulanish:👉@Bolajonbooks
😴Farzandingiz kechasi yomon uxlaydimi? Bolalar “oltin” uyqusining qoidalarini o‘rganamiz

Go‘daklarning “oltin” uyqusi — har bir ota-onaning orzusi hisoblanadi. Bola ko‘p va qattiq uxlasa — u tez o‘sadi va rivojlanadi, kam kasal bo‘ladi. Kechalari yaxshi uxlashi uchun kunduzi bola bilan qanday shug‘ullanish kerak?

Agar bola kechasi yomon uxlasa, kunduzi nima qilish kerak?

Bola kechasi yaxshi uxlashi uchun, kunduzi uni “holdan toydirish” kerak – u kechga borib butun kuchini sarflashi va charchab qolishi kerak. Buni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin: bolada jismoniy harakatlanishni yoki his-tuyg‘uli holatlarni oshirish.

Ertalab va kechqurun bevosita cho‘miltirish va ovqatlantirishdan oldingi jismoniy faollik – bu qattiq uyquning garovi hisoblanadi. Agar bola emaklayotgan, o‘tiradigan yoki hatto yuradigan bo‘lsa – bolaga qo‘shilib emaklang, o‘tiring, birga yuring va harakat qilishga majbur qiling.

His-tuyg‘uli holatlarga bog‘liq yuklamalar alohida yondashishni talab qiladi – qarindoshlar va boshqa bolalar bilan faol muloqot, har qanday rivojlantiruvchi o‘yinlar bolani ertalabgacha qattiq uxlaydigan holatda charchatishi yoki aksincha – uni haddan tashqari bezovta qilishi va kechasi bilan uxlamay yig‘lab chiqishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday usulni ehtiyotlik bilan va avval tajribada sinab ko‘rib keyin qo‘llash tavsiya qilinadi.

Bolalar qattiq uyqusi qoidalari

Shunday qilib, bola kechasi yaxshi uxlashi uchun uni quyidagi sharoitlar bilan ta’minlash zarur:

Kunning ikkinchi yarmi va kechqurun jo‘shqin jismoniy faollik bilan o‘tishi kerak.
Uxlashdan 2-3 soat oldin toza havoda sayr qilishni tashkillashtiring.
Uxlashdan 1-1,5 soat oldin 30-40 daqiqa cho‘milish.
Uxlashdan yarim soat oldin — to‘yimli “kechki ovqat”.
Bolalar xonasi iqlimi salqin va nam bo‘lishi kerak: harorat 18-20 daraja, namlik esa 60-70 %.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Beshikka belash me'yorlariga yoki qoidalarga rioya qilinmasa, qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?

🔹Bolaning kun bo‘yi, uzluksiz beshikda yotishi zararli. Kuz va qish oylarida bola terisiga yorug‘lik tushishi kamayadi. Oqibatda D vitamini yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
🔹Bolaning qo‘l-oyoqlarini siqib bog‘lash o‘z navbatida qon aylanishni buzilishiga olib keladi.
🔹Bolani uzoq yotishi hisobiga boshining ensa qismida deformatsiyalar yuzaga kelishi mumkin.
🔹Beshikda bolani doimiy bir tomonlama emizish qiyshiq bo‘yinlikka sabab bo‘lishi mumkin.
🔹Sumakdan foydalanishda gigiyena qoidalariga rioya qilinmasa, jinsiy a'zolardagi infeksion kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
🔹Beshikni qattiq va tez tebratish markaziy asab tizimidagi jiddiy muammolarga sabab bo‘lishi mumkin.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖐 Bolalarda kichik matorikani rivojlantiruvchi mashqlar

📤Yaqinlaringizga ham ulashing.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
🍼 Chaqaloq to'ymaganini qayerdan bilsa bo'ladi?

🤱🏻 Ko'krakni emish orqali chaqaloqlar juda ham ko'p ehtiyojlarini qondiradilar. Chaqaloqning ham o'ziga yarasha kun davomida yiqqan stresslari bo'ladi, bundan ona ko'kragini emish va ona bilan birga bo'lish orqali halos bo'ladi.

Onalar esa bolam to'ymaganidan ko'p emib chiqadi degan fikrga borishadi.

Bola rostdan to'ymayotgan bo'lsa:

• peshobi kamayadi
• vazn qo'shishi kamayadi
• bola bezovtalanadi, uyqusi buziladi
• najasining miqdori va rangi o'zgaradi


❗️Bu belgilar bo'lsa nimaga to'ymayotganini aniqlash kerak!

Masalan:

• ko'krakka noto'g'ri tutish
• ko'krakni ohirgacha emizmaslik
• bola uyquchan, bo'sh bo'lib kam emishi kabilar.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish:
👉@Bolajon_parvarishi
Bola boshi bilan yiqilganda, ota-onalar e’tibor qilishi lozim bo‘lgan holatlar

📍Bolalar bosh suyagi juda qattiq bo‘lib, miyani jarohatlardan himoya qilib turadi. Aynan shu suyaklar tufayli miya zararlanmay, asosan boshning ustki qoplami zarba yeydi.

☑️ Buning alomatlari quyidagilar:
-Terining yorilishi
-Shishlar paydo bo‘lishi
-Teridan qon oqishi
-Terining ko‘karishi.

☑️ Bu alomatlar jiddiy bo‘lmasa, odatda oddiy muolajalar yordamida o‘tib ketadi.

☑️ Quyidagi alomatlar kuzatilsa, darrov tez yordamga murojaat qilish lozim.
Bola yiqilgandan so‘ng indamay qolsa,
Bola tanasini tuta olmayotgan bo‘lsa,
Xuruj tutsa,  gapirishi,  harakat qilishida o‘zgarishlar kuzatilsa,  qayt qilish, nafas olishga qiynalsa, bu holatlar miya chayqalishi belgilari bo‘lishi mumkin.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Kanalga ulanish:
👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqlarning ovqat ratsioni

Ba'zi bolalar qo'shimcha ovqatga tez o'rganishsa, ba'zilari ko'krak suti yoki smesdan boshqa hech narsani yeyishni istamaydilar. Qo'shimcha ovqat odatda bolaning 6 oyidan boshlab beriladi.

❗️Eng asosiysi, qo'shimcha ovqat asta-sekinlik bilan bola ratsioniga kiritilib, har bir yangi mahsulot berilish intervali 1-2 haftani tashkil etishi lozim.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
🧠 Suzish bolani aqlli qiladi

✍️ Maksim Zohidjonov, sogʻlom hayot targʻibotchisi

🏊 Erta yoshda suzishni oʻrgangan bolalar ertaroq yura boshlaydi, yaxshi nutqqa ega boʻladi va murakkab vosita koʻnikmalarini egallaydi.

🧒 Suzish nafaqat sport turi, balki erta rivojlanishining eng mashhur usullaridan biridir. Haqiqatan ham, bachadonda toʻqqiz oylik “suzish”dan soʻng, chaqaloqlar suzish reflekslarini, shu jumladan mashhur “gʻavvos refleksini” saqlab qolishadi.

🧒 Ammo bu reflekslar, boshqalar kabi, yosh oʻtishi bilan yoʻqoladi. Reflekslarning barqaror koʻnikmalarga aylanishi uchun chaqaloqni muntazam suzish mashgʻulotlariga berish kerak.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi