😴 🌙 Uyqu va uning bolalar salomatligi va rivojlanishidagi ahamiyati
1️⃣ Oʻsish va rivojlanish. Uxlash vaqtida bolaning tanasi faol oʻsadi va tiklanadi. Oʻsish gormonlari koʻp miqdorda ishlab chiqariladi va bu tananing va miyaning rivojlanishiga yordam beradi.
2️⃣ Immunitet tizimini mustahkamlaydi. Uyqu paytida immunitet kuchayadi va infeksiyalarga qarshi kurashadi. Muntazam uxlayotgan bolalar kamroq kasal boʻlib, kasallikdan tezroq tuzalib ketadi.
3️⃣ Emotsional holatni qoʻllab-quvvatlash. Kutish sizning kayfiyatingizni yaxshilashga va hissiy stressni yengishga yordam beradi. Yetarlicha uxlagan bolalar tinchroq, diqqatini jamlaydi va his-tuygʻularini boshqarishga qodir.
Farzandlaringizga muntazam uyqu jadvalini tuzishga, qulay uyqu muhitini yaratishga yordam bering va ularning yoshiga qarab yetarli soat uxlashlariga ishonch hosil qiling. Sogʻlom uyqu — salomatlik va muvaffaqiyatli rivojlanishning kalitidir!
Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi

Chizish-bola uchun juda muhim!
Pediatrlarning fikricha, sog'lom bola deb yaxshi o'ynaydigan, yaxshi gapiradigan va...yaxshi chizadigan bolaga aytilar ekan. Xuddi til va o'yin kabi rasm bolaning ichki dunyosini ochib beruvchi vosita ekan. Shuning uchun, bola o'z ichki kechinmalarini, hissiyotlarini ifoda eta olishi uchun unga chizish imkoniyatini yaratib berish lozim.
Rasm orqali bola o'z xursandchiligi va xafagarchiligini, qo'rquvlari va fantaziyalarini, atrof-muhitga munosabatini ifoda etishi mumkin. Psixologlar fikricha, chizmaydigan bola bo'lmaydi, agar bola chizishni istamasa, demak unda ma'lum bir psixologik stress mavjud.
Bolaning nima chizayotgani uning yoshiga bog'liq ekan.
Quyida bolaning yoshiga nisbatan chizish harakatlarining o'rtacha ko'rsatkichlari keltirilgan. Albatta, bundan u yoki bu tomonga chekinish mumkin.
▪️12-18 oy - har xil tushunarsiz chiziqlar, aylanaga oxshash shakl va ma'nosiz zigzaglar;
▪️2 yosh - vertikal chiziqlar;
▪️2.5 yosh - gorizontal chiziqlar, spiral;
▪️3 yosh - doira, quyosh;
▪️3.5 yosh - birinchi odamcha, krestik;
▪️4 yosh - kvadrat, bola unga tanish bo'lgan narsalarni chizishga harakat qiladi;
▪️5 yosh - geometrik shakllar, kiyim kiygan odamcha;
▪️6 yosh - harakatdagi hayvon va odamlar, uy jihozlari, bog'cha.
Mutaxassislar chizish davrini 5 asosiy bosqizchga ajratadilar:
2 yoshgacha - aji-buji xat. Bu bosqich bola qalamni ushlay olish davridan boshlanadi (1 yosh atrofida). Bolaning ko'zi chizayotganini kuzatadi, qo'llari qog'ozga yopishgan holatda bo'ladi. Keyinchalik qo'li bo'shashib erkinroq harakat qila boshlaydi.
2 yoshdan 3 yoshgacha - o'ylab topish. Bola o'zi bilmagan holda bir nimalar chizib, atrof-muhitdagi buyumlar bilan solishtiradi va o'z rasmlariga nom beradi.
3 yoshdan 4 yoshgacha - yangi harakatlar. Bola bilgan buyumini haqiqatan o'ylab to'qimasdan tasvirlay olishni boshlaydi.
4 yoshdan 10 yoshgacha - xayoliy chizish. Bola buyumni ko'rganidek emas, u haqda bilganidek chizadi. Ya'ni uy chizsa, ko'rib turgan uy binosinigina emas, balki uyni ichidagi odamlar va buyumlari bilan tasvirlaydi.
10 yoshdan keyin - haqiqat. Bu bosqichda bolaning chizishi kattalarning chizishiga tenglashadi. Unda u buyum va odamlarni rang va shakllarni haqiqatdagidek tasvirlashga, ranglarni ma'lum bir qoida asosida ishlatishni boshlaydi.
❓Bolada chizish qobiliyati kuchlimi, bolamdan buyuk rassom chiqadimi?
Afsuski, bolani rasmlariga qarab uning chizish qobiliyatiga baho berib bo'lmaydi, chunki, birinchidan, bolaning chizishiga kattalarning qarashlari katta ta'sir ko'rsatadi, demakki u o'z qarashlarini ifoda etmaydi; ikkinchidan, bolaning rasmlarini psixologiya nuqtai nazaridangina baholash mumkin; uchinchidan, bola chizayotganda qandaydir ajoyib narsa yaratish istagida bo'lmaydi, u shunchaki o'zini ichki tuyg'ularini ifoda etadi xolos. Lekin hayotda bu qoidadan mustasno holatlar uchraydi va farzandimiz kichik Picasso bo'lishi mumkin, ammo bu juda ham kam uchraydigan holat.

Farzand tarbiyasida yo'l qo'yiladigan yetti xato!
1. Bir biriga solishtirish. Bolani bir biriga solishtirib, ajratish uning hayotini barbod qiladi;
2. Jismoniy qo‘pollik, urish yoki qo‘pol, uyat so‘z ishlatish. Bular bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini barbod qiladi;
3. Masxaralash. Doim masxara qilingan bola o‘zini hurmat qilmaydigan bo‘lib qoladi;
4. Ortiqcha erkalatish. Ko‘p erkalatilgan, taltayib ketgan bola mas’uliyatsiz bo‘lib qoladi;
5. Ortiqcha tergash. Doimiy nazorat va ortiqcha izoh talab qilish boshqalar fikrini qabul qilish xususiyatidan mahrum qiladi;
6. Beparvolik. Bolaning dardiga quloq solmaslik, u bilan muloqotga vaqt ajratmaslik undagi xotirjamlik his tuyg‘usini barbod qiladi;
7. Shijoatlantirmaslik. Rag‘batlantirilmagan bola yangilik yaratishdan, ijod qilishdan mahrum bo‘lib qoladi.

Bolaga kelajak kasbini tanlashda yordam berish 🤔
Kasb tanlash — bu bola hayotidagi juda muhim bosqich boʻlib, uning kelajagiga ta’sir qilishi mumkin. Farzandingizga kasb tanlashda yordam beradigan ba’zi maslahatlar:
👨👩👦 Farzandingizni qoʻllab-quvvatlang. U nimani yaxshi koʻrishini, sevimli mashgʻulotlari va qiziqishlarini muhokama qiling. Bu qanday kasblar uni qiziqtirishi mumkinligini tushunishga yordam beradi.
📚 Turli kasblar haqida ma’lumot bering. Farzandingizga turli kasblar, ularning xususiyatlari, talablari va imkoniyatlari haqida gapirib bering. Unga nimani yoqtirishini yaxshiroq tushunishga yordam beradigan videolar, maqolalar, kitoblar va boshqa materiallarni koʻrsating.
👍 Bolani tanlashida qoʻllab-quvvatlang. Kasb tanlash bolaning shaxsiy ishi ekanligini unutmang. Uni tanlashda qoʻllab-quvvatlang va maqsadlariga erishishga yordam bering.

👶 Havo sovuganda bolani to‘g‘ri kiyintirish qoidalari
❄️ Qish faslida shamollash kasalliklarining oldini olishda bolaning qanday kiyinganligi katta ahamiyatga ega.
🌨 5 daraja iliq — 5 daraja sovuq: bunday haroratda bolaning kiyimi sinteponli kombinezon, kolgotka, uzun yengli futbolka, jun patakli issiq poyabzal, ip gazlamali paypoq, issiq qo‘lqop va jun qalpoqdan iborat bo‘lishi lozim.
☃️5 — 10 daraja sovuq: bolaga yuqoridagi kiyimlarga qo‘shimcha ravishda sintetika yoki ip gazlamadan bo‘lgan vodolazka, yana jun paypoq ham kiydirish zarur.
🌬10 — 15 daraja sovuq: bunday havoda bolaning ustki kiyimi kapyushonli tivit kombinezondan iborat bo‘lishi kerak. Issiq poyabzalni etikka almashtiring, qo‘lqopning ham qalinini kiydiring.

6-9 oylikkacha bo‘lgan bolalarga qo‘shimcha ovqat berish
Birinchi marta qo‘shimcha ovqatni kunning birinchi yarmida, bola injiqlik qilmagan va kasal bo‘lmagan paytda berish kerak.
Qo‘shimcha ovqat berish tartibi
📌Davriyligi: 6-9 oylikda kuniga 2 marta qo‘shimcha ovqat beriladi.
📌Miqdori: har safar 2-3 osh qoshiq ovqat beriladi, 7-10 kunda 2 barobar ko‘paytiriladi.
📌Quyuqligi: ovqat quyuq bo‘lsa, bolaga yedirish uchun qulay bo‘ladi. Bola 8 oyga kelib, qo‘li bilan yeyish mumkin ovqatlarni berish mumkin.
📌Xilma-xilligi: bo‘tqa(guruch yoki grechka), sabzavot pyuresi (kartoshka, sabzi, kobachki), mevalar(olma, banan).
Kerakli tavsiyalar
▪️Sabrli bo‘ling! Bola o‘rganishi uchun vaqt kerak.
▪️Rag‘batlantirish va “o‘yin” sifatida ovqatlantiring.
▪️Bolani ovqat yeyishga zo‘rlamang.
▪️Alohida idishdan foydalaning. Qancha ovqat yeganini bilishingiz uchun.
© Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

😴Farzandingiz kechasi yomon uxlaydimi? Bolalar “oltin” uyqusining qoidalarini o‘rganamiz
Go‘daklarning “oltin” uyqusi — har bir ota-onaning orzusi hisoblanadi. Bola ko‘p va qattiq uxlasa — u tez o‘sadi va rivojlanadi, kam kasal bo‘ladi. Kechalari yaxshi uxlashi uchun kunduzi bola bilan qanday shug‘ullanish kerak?
Agar bola kechasi yomon uxlasa, kunduzi nima qilish kerak?
Bola kechasi yaxshi uxlashi uchun, kunduzi uni “holdan toydirish” kerak – u kechga borib butun kuchini sarflashi va charchab qolishi kerak. Buni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin: bolada jismoniy harakatlanishni yoki his-tuyg‘uli holatlarni oshirish.
Ertalab va kechqurun bevosita cho‘miltirish va ovqatlantirishdan oldingi jismoniy faollik – bu qattiq uyquning garovi hisoblanadi. Agar bola emaklayotgan, o‘tiradigan yoki hatto yuradigan bo‘lsa – bolaga qo‘shilib emaklang, o‘tiring, birga yuring va harakat qilishga majbur qiling.
His-tuyg‘uli holatlarga bog‘liq yuklamalar alohida yondashishni talab qiladi – qarindoshlar va boshqa bolalar bilan faol muloqot, har qanday rivojlantiruvchi o‘yinlar bolani ertalabgacha qattiq uxlaydigan holatda charchatishi yoki aksincha – uni haddan tashqari bezovta qilishi va kechasi bilan uxlamay yig‘lab chiqishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday usulni ehtiyotlik bilan va avval tajribada sinab ko‘rib keyin qo‘llash tavsiya qilinadi.
Bolalar qattiq uyqusi qoidalari
Shunday qilib, bola kechasi yaxshi uxlashi uchun uni quyidagi sharoitlar bilan ta’minlash zarur:
✅Kunning ikkinchi yarmi va kechqurun jo‘shqin jismoniy faollik bilan o‘tishi kerak.
✅Uxlashdan 2-3 soat oldin toza havoda sayr qilishni tashkillashtiring.
✅Uxlashdan 1-1,5 soat oldin 30-40 daqiqa cho‘milish.
✅Uxlashdan yarim soat oldin — to‘yimli “kechki ovqat”.
✅Bolalar xonasi iqlimi salqin va nam bo‘lishi kerak: harorat 18-20 daraja, namlik esa 60-70 %.

6 oylik bola ovqatlanishi: qo'shimcha ovqat berish
Ko'krak suti yoki smesdan tashqari 6 oylik bolaga qo'shimcha ovqat berish mumkin va kerak.
Bolaning oshqozoni yangi taomlarga o'rganmagani uchun, bu yerda asta-sekinlik va ma'lum bir bosqichlardan o'tish talab etiladi.
6 oylik bola qanday ovqatlanishi mumkin:
Nimadan boshlaymiz:
-Banan;
-Guruchli kasha;
-Nok;
-O'zingiz tayyorlagan olma sharbati.
Taomlarning holati:
-Yaxshilab ezilgan, pyure shaklida qoshiq uchida beriladi.
Bolaga qo'shimcha ovqat berishda eng asosiy qoida bu shoshilmaslik.
Har bir yangi mahsulotni qo'shishni boshlaganingizda kuzating. Bolada unga nisbatan allergiya yoki ichi buzulish holati kuzatilmasa, sekin-sekin porsiyani oshirish mumkin.
Bir-ikki haftalardan so'ng ikkinchi mahsulotni berib ko'ring.
Bunda ham biroz kuzatib, keyin porsiya miqdorini oshirishingiz mumkin.
❗️Mahsulotlar yangi va yaxshilab yuvilgan bo'lishi lozim.
Kattalar ovqatidan hali bermay turing. Bolaga yoqib albatta iste'mol qilishi mumkin, lekin uning oshqozoniga bu katta yuk bo'lib, bola kuchi va energiyasi butunlay o'sha ovqatni hazm qilish uchun ketib qoladi. 6-oylik bolaning oshqozoni va ichaklari kattalar ovqatini hazm qilishga tayyor bo‘lmaydi!

Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Doctor Muxtorov)
Aziz ayollar!
Sizlarni bugungi Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy baxt tilayman! Omad har doim yor bo‘lsin! Hamisha bahor gullariday ochilib yurish nasib etsin! Yuzingizni kulgu hech qachon tark etmasin! Yana bir marta bayram muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan Doctor Muxtorov
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook

Bola tug‘ilganda «suyunchi puli»ni berish tartibi o‘zgardi
Yangi tartibga ko‘ra, «suyunchi puli»ni birinchi farzandi uchun barcha ayollar, ikkinchi farzandi uchun faqat ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar oladi.
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ba’zi ijtimoiy nafaqalarni to‘lash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Unga ko‘ra, bola tug‘ilganida bir martalik nafaqa («suyunchi») pulini berish tartibi o‘zgartirildi.
Qayd qilinishicha, 2024 yil 1 apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:
- birinchi farzandi uchun – barcha ayollarga;
- ikkinchi farzandi uchun – farzand tug‘ilgan paytda «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi.
Qolgan barcha holatlarda nafaqa to‘lanmaydi.
Nafaqani olish uchun arizani davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali berish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa miqdori mehnatga ham to‘lashning eng kam miqdori 70,3 foizi (hozirda 738 150 so‘m)ga teng.
Manba: kun.uz

Bolani emizish ona sogʻligʻida qanday ahamiyatga ega?
— Bu ona sogʻligʻi uchun ham katta foyda keltiradi. Avvalo, ketma-ket homiladorlikning oldi olinadi. Onaning koʻkrak va bachadon saratoni, artrit va yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimoli kamayadi, shuningdek, emizikli ona ortiqcha vaznini tez yoʻqotadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining taʼkidlashicha, koʻkrak sutining yoʻqligi yoki uning yetishmasligi shunchaki bolani koʻkrakka notoʻgʻri tutish va muntazam emizmaslik oqibati, xolos. Laktatsiyasiz, yaʼni sut kelmaydigan onalar boʻlmaydi (95 foiz ayollarda koʻkrak suti meʼyorda ishlab chiqiladi).
❗️Ayolning ruhiy ahvoli yaxshi boʻlsa, oilada sogʻlom muhit oʻrnatilsa, ona suti kelishida muammolar boʻlmaydi, aksincha, turli stress, charchoq onada sut hosil boʻlishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
— Bu ona sogʻligʻi uchun ham katta foyda keltiradi. Avvalo, ketma-ket homiladorlikning oldi olinadi. Onaning koʻkrak va bachadon saratoni, artrit va yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimoli kamayadi, shuningdek, emizikli ona ortiqcha vaznini tez yoʻqotadi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining taʼkidlashicha, koʻkrak sutining yoʻqligi yoki uning yetishmasligi shunchaki bolani koʻkrakka notoʻgʻri tutish va muntazam emizmaslik oqibati, xolos. Laktatsiyasiz, yaʼni sut kelmaydigan onalar boʻlmaydi (95 foiz ayollarda koʻkrak suti meʼyorda ishlab chiqiladi).
❗️Ayolning ruhiy ahvoli yaxshi boʻlsa, oilada sogʻlom muhit oʻrnatilsa, ona suti kelishida muammolar boʻlmaydi, aksincha, turli stress, charchoq onada sut hosil boʻlishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Forwarded from PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN) (Doctor Muxtorov)
🗓Ramazon taqvimi (Toshkent vaqti bilan)
🤲SAHARLIK (OG‘IZ YOPISH) DUOSI:
Navvaytu an asuma sovma shahri romazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta’ala. Allohu Akbar
🤲IFTORLIK (OG'IZ OCHISH DUOSI):
Allohumma laka sumtu va bika amantu va aʼlayka tavakkaltu va aʼla rizqika aftartu, fag‘firliy ya G'offaru ma qoddamtu va axxortu
Ramazon oyi barchamizga muborak bo'lsin📿
Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

❓1,5 yoshdan keyin bir martalik tagliklarni ishlatish qanchalik to‘g‘ri?
👶Bir martalik tagliklar(pampers) - bu juda qulay ayniqsa vaqtni tejaydi, lekin onajonlar undan qancha ko‘p foydalansa, bolani tuvakka o‘rgatish shunchalik qiyin bo‘ladi.
O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring, pampersda bola tagini ho‘llab qo‘ysa ham, issiq, quruq va eng asosiysi unga noqulaylik tug‘dirmaydi.
Agar siz bolani ishtoncha va polzunkalarga o‘tkazsangiz, u yoqimsiz namlik holatini his qila boshlaydi va tuvakka o‘tirishni o‘rganishi ancha tez bo‘ladi.
👨⚕Kaminaning tavsiyasi, 18 oylikdan keyin bir martalik tagliklarni ishlatmaganingiz ma’qul. Bu bilan siz bolangizda yana bir shartli refleksni o‘z vaqtida paydo bo‘lishiga yo‘l ochib bergan bo‘lasiz.

🧠Chaqaloq miyasi rivojlanishida ota-ona o‘rni qanday?
Kulol loyni xohlagan shaklga keltirib undan chiroyli ko‘za yasay oladi, u ko‘zaga xohlasa naqsh berib chiroyidan kimdnidir bahramand qiladi yoki uni shunchaki foydalish uchungina, buyum sifatida qoldiradi.
Chaqaloq miyasini bir bitmagan imorat deb hisoblasak uning eng mohir quruvchilari – ota-onadir.
Chaqaloq dunyoga kelgandan so‘ng uning miyasi ma’lum yoshgacha «birlamchi» miya deb hisoblanadi. Ya’ni miya chaqaloq tirik qolish uchun vaqtincha «birlamchi» miya sifatida faoliyat ko‘rstib turadi misol uchun: Barcha hayotiy zarur organlar foliyatini boshqarish bular – nafas olish, ko‘rish, eshitish, siydik chiqarish, immunitet va yana go‘dkada tug‘ma shartsiz reflekslar bo‘ladi: tashqi muhit ta’sirlariga tegishli ravishda javob qaytarishga harakat qilishi, so‘rg‘ich refleksi – sut emish uchun, ko‘zini ochib-yumish, qidiruv reflekslari – onasi ko‘kragini qidirib topish uchun, va jahli chiqib yoki hafa bo‘lib yig‘lash – onasini e’tibirini o‘ziga qaratish uchun, havf tug‘ilganda qaltirab himoyalanish.
Chaqaloq miyasi ongli faoliyat ko‘rsatib «ijtimoiy» miyaga aylanish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Aynan «birlamchi» miyadan «ijtimoiy» miyaga o‘tish oralig‘idagi vaqt ota ona uchun eng muhim vaqt hisoblanadi,chunki bu vaqtda bolaning ongi rivojlanayotgan bo‘ladi.
Bolaling ijtimoiy ko‘nikmalari – tarbiya, gapirish, odob-axloq, o‘qish, xotira va barcha insoniylik hilsalatlari miyada hali nofaol holatda uni faollashtirish ota ona va ommaning zimmasida. Bosh miya po‘stlogining ko‘z-peshona (fronto-orbital) sohasi chaqaloq tug‘ilgandan keyin rivojlana boshlaydi, bola yura boshlgach bu soha rivojlanib bo‘ladi odatda bir yoshdan keyin.
Amerikalik psixoterapevt va psixoanalitik –Syu Gerxardt o‘zing «Onaning sevgisi bola miyasini qanday shakllantiradi» (Why Love Matters: How Affection Shapes a Baby’s Brain) kitobida: «miyaning ko‘z-peshona (fronto-orbital)sohasi insonni inson deb nomlanishiga sababchi bo‘ladi. Miyaning shu sohasi rivojlanguncha ota-ona bolaga barcha hayotiy ko‘nikmalrni berishda juda faol bo‘lish kerak, chunki inson miyasi ijtimoiy malakalar orqaligina rivojlanadi, tadqiqotchi olimlar buni «malaka qaramligi» deb nomlaydilar» deya ta’rif beradi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ona organizmida sut hosil bo'lish jarayoni - mo'jizaning o'zginasi
Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
🌈 Farzandingiz bilan birga yasang 😊
✍ Kerakli narsalar:
Rangli qog'oz
Kley
Flomaster yoki rangli qalamlar
Qaychi
Qani ijodni boshladik🌟🌟🌟
Video yoqqan bo'lsa, yaqinlarga ham yuboring!
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
✍ Kerakli narsalar:
Rangli qog'oz
Kley
Flomaster yoki rangli qalamlar
Qaychi
Qani ijodni boshladik🌟🌟🌟
Video yoqqan bo'lsa, yaqinlarga ham yuboring!
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning tezroq ravon gapirishi uchun - pediatr maslahatlari
✅ Buning uchun: Bola bilan homiladorligingizdan boshlab suhbatlashishni boshlang.
✅ Bola tilida suhbatlashmang.
Bola 6 oydan o‘tgach u bilan og‘izni cho‘chchaytirib "shiringina" gapirishning foydasi yo‘q.
✅ Bolaning ko‘zlariga qarab gapiring. Ota-ona gapirayotganida bola uning lab qimirlashini kuzatadi, shu yo‘l bilan uning tili chiqishi osonlashadi.
✅ Bolaga ko‘p savol bering.
Bola javob bera olmagan taqdirda ham, unga savol berishga odatlaning.
✅ Bolaga ko‘p ertak o‘qing.
Kitobdagi yangi so‘z va iboralar bolani tili chiqishida muhim ahamiyatni kasb etadi