BOLAJON PARVARISHI
7.68K subscribers
415 photos
162 videos
5 files
373 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
🧠Chaqaloq miyasi rivojlanishida ota-ona o‘rni qanday?

Kulol loyni xohlagan shaklga keltirib undan chiroyli ko‘za yasay oladi, u ko‘zaga xohlasa naqsh berib chiroyidan kimdnidir bahramand qiladi yoki uni shunchaki foydalish uchungina, buyum sifatida qoldiradi.
Chaqaloq miyasini bir bitmagan imorat deb hisoblasak uning eng mohir quruvchilari – ota-onadir.
Chaqaloq dunyoga kelgandan so‘ng uning miyasi ma’lum yoshgacha «birlamchi» miya deb hisoblanadi. Ya’ni miya chaqaloq tirik qolish uchun vaqtincha «birlamchi» miya sifatida faoliyat ko‘rstib turadi misol uchun: Barcha hayotiy zarur organlar foliyatini boshqarish bular – nafas olish, ko‘rish, eshitish, siydik chiqarish, immunitet va yana go‘dkada tug‘ma shartsiz reflekslar bo‘ladi: tashqi muhit ta’sirlariga tegishli ravishda javob qaytarishga harakat qilishi, so‘rg‘ich refleksi – sut emish uchun, ko‘zini ochib-yumish, qidiruv reflekslari – onasi ko‘kragini qidirib topish uchun, va jahli chiqib yoki hafa bo‘lib yig‘lash – onasini e’tibirini o‘ziga qaratish uchun, havf tug‘ilganda qaltirab himoyalanish.
Chaqaloq miyasi ongli faoliyat ko‘rsatib «ijtimoiy» miyaga aylanish uchun ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Aynan «birlamchi» miyadan «ijtimoiy» miyaga o‘tish oralig‘idagi vaqt ota ona uchun eng muhim vaqt hisoblanadi,chunki bu vaqtda bolaning ongi rivojlanayotgan bo‘ladi.

Bolaling ijtimoiy ko‘nikmalari – tarbiya, gapirish, odob-axloq, o‘qish, xotira va barcha insoniylik hilsalatlari miyada hali nofaol holatda uni faollashtirish ota ona va ommaning zimmasida. Bosh miya po‘stlogining ko‘z-peshona (fronto-orbital) sohasi chaqaloq tug‘ilgandan keyin rivojlana boshlaydi, bola yura boshlgach bu soha rivojlanib bo‘ladi odatda bir yoshdan keyin.

Amerikalik psixoterapevt va psixoanalitik –Syu Gerxardt o‘zing «Onaning sevgisi bola miyasini qanday shakllantiradi» (Why Love Matters: How Affection Shapes a Baby’s Brain) kitobida: «miyaning ko‘z-peshona (fronto-orbital)sohasi insonni inson deb nomlanishiga sababchi bo‘ladi. Miyaning shu sohasi rivojlanguncha ota-ona bolaga barcha hayotiy ko‘nikmalrni berishda juda faol bo‘lish kerak, chunki inson miyasi ijtimoiy malakalar orqaligina rivojlanadi, tadqiqotchi olimlar buni «malaka qaramligi» deb nomlaydilar» deya ta’rif beradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolalar uchun massajning foydali jihatlari

📌Bolaning o‘sish rivojlanishini tezlashtiradi.

📌Bola mushaklarini mustahkamlaydi. Ularning tonusini kamaytiradi.

📌Hazm tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Qorinda og‘riq va dam bo‘lishi kamayadi.

📌Butun tana bo‘ylab qon aylanishi yaxshilanadi. Kislorod kelishi ko‘payadi.

📌Immun tizimini mustahkamlanishiga va ishtahasini yaxshilanishiga sabab bo‘ladi.

📌Ayrim kasalliklarni davolash va oldini olishda foydalaniladi.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kichkintoylarga pinokkio deyishni o'rgatamiz!

Videodagi bola ham deyarli aytdi. Yo noto'g'rimi😂

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#navoiygaqaytamiz

Mir Alisher Navoiy tavalludiga 583 yil to'ldi.

Ushbu sanada ko’p ham tilga olinmaydigan, ammo Navoiyning Navoiy bo’lishiga sababchi inson haqida sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan “Alisherning onasi” nomli videorolik.

Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi
Bir kinoni koʻrishni tavsiya qilaman

✍🏻 Juda koʻp postlarimizda farzandlarga ishonch bildirish, ularni fikrini hurmat qilish va motivatsiyasini soʻndirib qoʻymaslik haqida koʻp yozganmiz.

Hozir siz ko'rib turgan filmda aynan shu mavzuga urgʻu berilgan. Ilm – johillikdan yorugʻlikka olib chiquvchi yagona yoʻl!

Hayotiy voqealar asosida suratga olingan ekan. Koʻrib oʻzim uchun juda katta "insayd" oldim. Albatta koʻring. Seriallaringizdan oʻlsa - oʻligi afzal film.

🎥 Kino nomi "Shamolni boʻysundirgan bola"

Filmni ko'rish uchun havola👇
http://uzmovi.com/tarjima-kino/3356-shamolni-boysundirgan-bola-premyera.html
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧠Bolalarda ko'ruv xotirasini rivojlantirish uchun ajoyib o'yin. Videodagi detallarni hamma uyda topsa bo'ladi.

Yaqinlaringizga ham ulashing!

Kanalga ulanish:
@Bolajon_parvarishi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
BOLALARNI ONA SUTI BILAN PARVARISHLASHDA NIMALARGA E’TIBOR QILISH ZARAR?

Ona suti — chaqaloq uchun mukammal ozuqa. Tarkibida yuzdan ziyod shifobaxsh mikroelementlar mavjud. Qolaversa, immunoglobulinga boy. Chaqaloqni turli infeksiyalardan himoyalaydi, immunitetni mustahkamlaydi.

Qisqacha aytganda, emizishning foydasi bisyor. Lekin bolani qay paytda, qanday holatda, necha mahal, necha yoshgacha ko‘krak suti bilan parvarishlagan ma’qul? Bu jarayonda qanday qoida va talablarga rioya qilish qilish zarur?

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
Onadan so‘rashdi:

«Qaysi farzandingizni yaxshi ko‘rasiz?»

Ona: «Tuzalgunicha bemorini, qaytib kelgunicha safardagisini, katta bo‘lgunicha kichigini, o‘lgunimcha barchasini yaxshi ko‘raman», deya javob berdi. 🕊

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
🤰33 yoshdan keyin farzand ko‘rgan ayollar ko‘proq yashaydi

Boston universiteti qoshidagi tibbiyot maktabi olimlari 30 yoshgacha tuqqan ayollardan ko‘ra 33 yoshdan keyin tabiiy yo‘l bilan farzand dunyoga keltirgan ayollar keksalik yoshiga yetishga imkoniyatlari ko‘proq bo‘lishini aniqlashdi.

Olimlar uzoq umr ko‘rgan 551 oilani o‘rganib chiqishdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 33 yoshdan keyin ona bo‘lganlar 29 yoshgacha ona bo‘lganlardan ko‘ra ko‘proq 95 yoshga yetgan.

Katta yoshda ona bo‘lish qobiliyati ayolning reproduktiv tizimi sekin qarishidan dalolat beradi, degan xulosaga kelgan olimlar.

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐞"Xonqizi" applikatsiyasini yasaymiz

✂️Bolajonlaringiz bilan birgalikda albatta bajarib ko'ring

Kanalga ulanish:👉
@Bolajon_parvarishi
🥕 Sabzi-o'rik pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• sabzi - 1 dona.
• o'rik - 4 dona.
• o'simlik moyi - 1 choy qoshiq.

Tayyorlanishi:
1. Tozalangan sabzini bo'laklarga bo'ling va qaynoq suv solingan idishga soling va yumshoq bo'lgunga qadar 10 daqiqa davomida past olovda qaynating.
2. Suvni to'kib tashlang va to'g'ralgan o'riklarni ham qo'shing (agar siz quritilgan o'rikdan foydalansangiz, sabzi qaynatilgandan keyin 5 daqiqadan so'ng qo'shing).
3. Bir choy qoshiq o'simlik yog'ini qo'shing va blender yordamida masalliqlarni pyure holatiga keltiring.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Bolajonlarga yogurtni necha yoshdan berish mumkin?

Bir yoshgacha bo'lgan bolalar uchun yogurt qo'shimcha ovqatlar tarkibiga kiradi.

Yogurt tarkibida quyidagilarni saqlaydi:
• Oqsillar
• Yog'lar
• Kalsiy va fosfor
• Prebiotik va probiotik
• A, B1, B2, B12 vitaminlari

Bolalarga yogurtni 8 oylikdan boshlab berish mumkin. Yogurtni dastlab 1 choy qoshiqdan berishni boshlang. Agar bolada hech qanday allergik belgilar aniqlanmasa, kunlik miqdorni asta-sekin oshirib borsa bo'ladi.

❗️Sigir suti oqsiliga allergiyasi bor bolalarga yogurt berish tavsiya etilmaydi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Emizikli bolasi bor ona quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilmasligi zarur:

Yangi uzilgan bodring, kvas (kvasli yaxna sho‘rva, ya’ni okroshka), poliz mahsulotlari (qovun, tarvuz) – bularning barchasi chaqaloqning qornini og‘ritishi, ichak ish faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin.

Ko‘zga tashlanadigan yorqin ranglardagi meva va sabzavotlarni (qizil olma, apelsin, shaftoli, o‘rik, lavlagi, sabzi, pomidor, malina, qulupnay) ehtiyotlik bilan iste’mol qiling. Ushbu shirin mahsulotlar chaqaloqda allergiya qo‘zg‘ashi mumkin.

Sutni iste’mol qilishdan oldin uni albatta pishirib oling, chunki u chaqaloqning qorni dam bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari pishirilmagan sut ayniqsa yoz mavsumida o‘tkir ichak infeksiyasiga sababchi bo‘lishi mumkin.

Sarimsoq, piyoz, selderey va turli ziravorlar ona sutiga yoqimsiz ta’m berishi mumkin, shu sababli ularni suiste’mol qilmang.

Alkogol va tamaki ona sutiga taxir ta’m beradi. Buning ustiga ularning tarkibidagi moddalar bolaning rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, chunki ular bola organizmiga tushadigan kislorodni yopib qo‘yadi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kichkintoylar uchun hajmli applikatsiya "Qiziqarli oila".🐥🐥🐥

Bolalar qo'l mehnati bilan yaralgan har qanday buyum bu u uchun ajoyibdir. 1 yoshli bola ota-onasining yordami bilan ularning nazorati ostida o'zining birinchi qo'l ishlari yaratishni boshlashi mumkin.

Applikatsiya yasashda bola nozik vosita mahoratini rivojlantiradi, harakatlarni o'zlashtiradi va muvofiqlashtirishni yaxshilaydi. Ushbu texnikada ishlaydigan bolakay faol fantaziya qiladi, kuzatish va mantiqiy fikrlashni rivojlantiradi, unga yangi ranglarni o'rganish va ularni bir-biri bilan birlashtirish osonroq bo'ladi.

Ushbu turdagi faoliyat yordamida bola bir butunni bir necha qismlarga bo'lishni va aksincha - bir nechta qismlardan bitta butun yaratishni o'rganadi.

Kanalga ulanish👉
@Bolajon_parvarishi
🥔 Gulkaramli kartoshka pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• kartoshka - 1 dona.
• gulkaram - 2 dona
• ona suti yoki sunʼiy aralashma - 80 ml.

Tayyorlanishi:
1. Kartoshkani tozalang, kub shaklida kesib oling va qaynatishga qo'ying. 15 daqiqadan so'ng, qozonga gulkaram qo'shing va tayyor bo'lguncha qaynating.
2. Tayyor sabzavotlarni blenderda aylantiring.
3. Sut yoki sun'iy aralashmani qo'shing va yana aralashtiring.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉@Pediatric_uz
Onalar bunga e’tiborli bo‘ling:

Maktab o‘quvchilari uchun kitob va daftarlarning og‘irligi uchun standartlar:

• 1-2-sinf o‘quvchilari uchun — 1.5 kgdan oshmasligi kerak;

• 3-4-sinflar uchun — 2 kgdan oshmasligi kerak;

• 5-6 sinflar — 2,5 kgdan oshmasligi kerak;

• 7-8-sinflar uchun — 3,5 kgdan oshmasligi kerak;

• 9-11-sinflar uchun — 4 kgdan oshmasligi kerak.

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Plastilindan yoqimtoy "Cheburashka" yasaymiz

✂️Bolajoningiz bilan birgalikda albatta bajarib ko'ring

Kanalga ulanish:👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz
Ko‘krak suti kamayishi sabablari

Ko'krak suti yetmaganda nima qilish kerak, degan savolga ko'p maslahat bersa bo'ladi. Ba'zida esa oddiygina savolga javob muammo yechimiga aylanadi.

Bu savol: Emizishga vaqtingiz bormi?
Albatta bor, deydi ko'pchilik. Bolani ovqatlanishi uchun vaqtingiz bordur, lekin emizish deganda bolaning ovqatlanishini tushunmang.
Bola onani emishi bu nafaqat ovqatlanish, balki bolaning onasini bag'riga to'yishi, onasini mehrini olishi, onasi bilan suhbatlashishi, onasi allalashini eshitishi, onasiga qarashi va boshqa shu kabi vaziyatlarni o'z ichiga oladigan psixologik holatdir.
Qorni to'q bola injiq bo'lishini ko'rgansizku? Hozirgina emizdim, nega yana yig'layapti, deysiz. Aslida uni ovqatga bo'lgan ehtiyojini ta'minlaganingiz bilan, sizga, bag'ringizga, qo'llaringizga, ko'zlaringizga bo'lgan ehtiyojini hali to'ydirishga ulgurmagan bo'lasiz. U yana emishni istagandek sizga talpinadi. Yana emizing.
Ovqat yeyishi uchun emas, sizga to'yib olishi uchun emizing. Ona suti shunday ajoyibki, bolaning ehtiyojiga qarab uning tarkibi o'zgaradi. Ya'ni qorni och bola emayotganda kuchli so'rishi natijasida yog'liq sutni olsa, shunchaki mehrga to'yishni istayotgan bo'la sekin-sekin so'rib oldi sut, ya'ni yog'siz sutni ichadi.
Olti oygacha ona emizish uchun kunining deyarli 70 foizini ajratishi lozim. Agar uy ishlari kutib turgan bo'lsa, u holda uydagilarga tushuntiring. Ularga qorni to'q, mehrga to'yib o'sayotgan bola yaxshimi, yoki bolani yetarlicha emazmay onada sut kamayib borib bola uchun qo'shimcha aralashmaga pul ketqazib injiq bolani katta qilish afzalmi?
Agar ona suti kamaymasdan, bola tiniqib katta bo'lishi muhim bo'lsa u holda emizikli onaga sharoit yaratib berish kerak.
1. Bolani hech qachon biron ish qilish oldidan shoshib emizmang. Shoshayotgan onani bola sezadi va qo'yib yuborishni istamaydi.
2. Bolani alohida tinch joyda emizishga odatlaning. Birov bilan gaplashib yoki telefonga qarab emizsangiz, bola mehringiz va e'tiboringizga yetarlicha to'yib ololmaydi va yarim soat o'tmay yana emgisi kelib qoladi.
3. Bolani vaqtga qarab emizmang. Qachon emizishni bilish uchun eng yaxshi ko'rsatkich, bolaning ehtiyoji. Ba'zi kunlar bo'ladiki, bola xuddi tinmay ko'krakni so'ragandek tuyuladi. Ana shu kunlar bolaga ko'krakni ko'p tutqazadigan vaqtdir. Bu davrda ona ko'kragida sut kamaygan bo'lib, bola uni ko'paytirish maqsadida ko'p so'radi. So'rish ko'paygan sari sut ishlab chiqarilish hajmi ham ko'paya boshlaydi.
4. Emizishni ishlar orasida emas, ishlarni emizish orasida qiling. Bolaning 6 oyiga to'lguniga qadar sizning eng muhim ishingiz bolani bag'ringizga olib o'tirish.
5. Emizish jarayoniga soat poylab yodnashmang. Emizishga o'tirdingizmi, hamma ishni unuting. Endi butun vujudingiz bilan bolaga o'zingizni qarating.
6. Emizishni muammo deb bilmang. Qo'rquv va asabiylashish sutni qochirib yuboradi.
7. Bolaning 6 oygacha bo'lgan davrida o'zingizni urintirmang. Charchov sutni kamaytirib yuboradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉@Pediatric_uz
Sabzi va kabachkidan pyure - 6 oylikdan oshgan bolalar uchun
#taomnoma

Mahsulotlar:
•120 g sabzi
•150 g kabachki
•1 choy qoshiq o‘simlik yog‘i

Tayyorlanishi:
Sabzavotlar mayda kub ko‘rinishida kesiladi va bug‘da tayyorlanadi. Pyuresimon holatga kelguncha eziladi va o‘simlik moyi qo‘shib, aralashtiriladi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz
Och bo‘ri

Qadrli do‘stlar, hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nega ertaklarda bo‘rilar doim och bo‘ladi? Nega ular har doim boshqalardan jabr ko‘radi, pand yeydi? Buning sababi juda oddiy. Chunki ertakda bo‘rilar sodda, go‘l va nodon odamlar qiyofasini aks ettiradi. "O‘zbek xalq ertaklari" da ham ko‘pgina boshqa xalqlarning ertaklarida bo‘lganidek hayvonlar orqali insonlarning axloqi, fe'l-atvori, tabiati yaxshi ochib berilgan. Bunday ertaklar esa bolalar qalbiga va ongiga tez yetib boradi. "Och bo‘ri" ertagi ham shular jumlasidan.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz
Audio
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Hamkor kanal👉
@Pediatric_uz