BOLAJON PARVARISHI
7.3K subscribers
441 photos
170 videos
5 files
378 links
Bolalar parvarishi va tarbiyasi haqida qimmatli ma'lumotlar berib boramiz!

Bolalar shifokori: @pediatric_uz

Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1
Download Telegram
Issiqda toshmalar toshsa, qanday chora ko‘rish kerak?

Yoz jaziramasida bolalar va ayrim yoshi kattalar issiqlik toshishidan aziyat chekadi. Bundan kuchli va yoqimsiz qichishish, achishish paydo bo‘ladi. Uni keltirib chiqaruvchi sabablar va davolash usullari haqida quyida to‘xtalib o‘tamiz.

Issiqlik toshishi kuchli terlash va terning sekin bug‘lanishi natijasida paydo bo‘ladi. Issiq kunlarda go‘daklar va yosh bolalarda ko‘proq kuzatiladi. Bola badaniga issiqlik toshishining birinchi sababi uning haddan ortiq isib ketishidir. Ularda tana haroratini muvozanatlashtirib turuvchi markaz yaxshi rivojlanmagani bois, ter teri hujayralarida uzoq vaqt ushlanib qoladi. Oqibatda teri hujayralari ta’sirlanib, toshmalar toshadi.

Kattalarda esa o‘tkir yuqumli kasalliklarda isitmalash va qattiq terlash natijasida, semiz kishilarga isituvchi kom­press qo‘yilganda ham issiqlik toshishi mumkin.

Issiqlik badanning yopiq joylariga — bolalarda ko‘pincha orqa, bo‘yin terisiga, qo‘ltiq ostidagi teri burmalariga, bosh, yelka, qo‘l-oyoqlarning ichki sohasiga, kattalarda ko‘pincha ko‘krak bezlari tagidagi teri burmalari, chov-yorg‘oq burmalari va qo‘ltiq ostiga yoyilib yoki to‘p-to‘p bo‘lib toshadi. Toshmalar ichida tiniq suyuqligi bo‘lgan pufakchalardan iborat bo‘lib, kattaligi to‘g‘nag‘ich boshchasidek keladi. Ba’zida bir-biriga qo‘shilib ketadi. Davolamay o‘tkazib yuborilganda esa yiringlab turuvchi joylar (ayniqsa, teri burmalarida) hosil bo‘ladi.

Badanga issiqlik toshishi kasallik emas. Shu bois bolaning umumiy ahvoli o‘zgarmaydi, isitma, bezovtalik kuzatilmaydi. Toshmalar kun davomida tashqi muhit haroratiga bog‘liq holda ko‘payishi yoki kamayishi mumkin.

💊Davolash
Issiqlik toshishiga shifokor tavsiyasiga ko‘ra davo qilinadi. Qizib ketishga olib keladigan omillarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Ko‘proq ochiq havoda bo‘lish, xonani tez-tez shamollatib turish foydalidir. Bunday vaziyatda sintetik matodan tikilgan kiyim kiyish tavsiya etilmaydi.

❗️Oldini olish
Issiqlik toshishi oldini olish uchun terlashga qarshi kurashish maqsadida bemor terisini toza saqlab, ichki kiyimlarini tez-tez almashtirib turishi, issiq kunda tabiiy matolardan tikilgan kiyimlar kiyishi maqsadga muvofiq. Bolalarni haddan tashqari issiq kiyintirish, ortiqcha o‘rab-chirmash yaramaydi. Ularga muntazam ravishda havo va suv vannalari qabul qildirib turish foydali.

Foydali tavsiyalar:
1️⃣bolaga paxta matodan kiyim kiydiring;
2️⃣yoz oylarida bolalar tagliklaridan kamroq foydalaning;
3️⃣toshma toshgan sohalarni nam latta bilan artib oling;
4️⃣yozda iloji boricha farzandingizni har kuni cho‘miltiring;
5️⃣bolani imkon qadar ertalab va kechqurun tashqarida ko‘proq sayr qildiring;
6️⃣toshma toshgan sohalarga malhamlar va losonlar surmang;
7️⃣bolaning shaxsiy gigiyenasiga e’tibor qiling;
8️⃣bola yotadigan xonani har kuni shamollatib turing, xona harorati +25 darajadan oshmasligi kerak;
9️⃣bolaning teri burmalariga tez-tez e’tibor bering.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣 Bolajonlar uchun qiziqarli va foydali o'yin

🌀 Albatta yaqinlaringizga ham ulashing.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloq reflekslari

Yangi tug’ilgan sog’lom bolalarda “chaqaloq reflekslari” nomini olgan bir
guruh reflekslar kuzatiladi. Bularning asosiylari: xartum refleksi, Robinson
refleksi, Moro refleksi, Bauerning emaklash refleksi va boshqalar.

👶Xartum refleksi. Barmoqlar bilan chaqaloqning lablariga tegish natijasida uning lablari cho’chchayib, oldinga cho’ziladi.

👶Robinson refleksi . Kaftiga barmoq yoki qalam tegishiga javoban bola ularni
shunday kuch bilan ushlab oladiki, xatto ko’tarsa ham qo’yib yubormaydi. 4-
oyga borib, bu refleks yo’qolib ketadi.

👶Moro refleksi . Bola yotgan stol yoki krovat turtilsa, bola avval qo’llarini
yoyadi, so’ng ularni bukadi. Bu refleks qo’ldagi bolani tez pastga tushirganda
ham qayd etiladi. U statokinetik reflekslar turkumiga kirib, bola 4 oylik
bo’lgunicha kuzatiladi.

👶Bauer refleksi. Bola qornida yotgan holatda kaft bilan uning oyoqlari kaftiga
yengilgina bosiladi. Shunda bola kaftdan itarilib, emaklashga o’xshash harakat
qiladi. Bu refleks ham bola 4 oylik bo’lganidan keyin yo’qoladi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Ona suti va emizish haqida

Go‘dak uchun eng muhim ozuqa bu ona sutidir. Ona suti bolaning sog‘lom, hech bir kasalliklarga chalinmay, tez va nuqsonlarsiz rivojlanishini ta’minlovchi ozuqadir. Ona suti tarkibida bolalar uchun muhim bo‘lgan oqsil(albumin, globulin), yog‘, uglevodlar, vitaminlar(A, C, D, E, B1, B12, B6) hamda bolani kasalliklardan himoyalovchi antitelolar juda ko‘p. Ayrim ayollarimiz turli bahonalarni ro‘kach qilib, bolasini emizishni istashmaydi va turli xil sigir yoki echki sutidan berishadi. Bu holatning eng afsuslanarli tomoni shundaki, ayol birgina xatosi bilan ikki kishining, bolasi va o‘zining salomatligiga ziyon yetqazadi. Ya’ni, birinchi navbatda bola ona sutini iste’mol qilmagani uchun u nozik hamda kasalliklarga, ayniqsa yuqumli kasalliklarga tez chalinuvchan bo‘ladi. Ona bolasini emizmasligi oqibatida ko‘krak bezi saratonini orttirib olishi mumkin! Shu sababdan ham bolani emizmaslik uchun asossiz bahonalarni qilib, emizmaslik yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi. Lekin, shu o‘rinda ona bolani emizmsaligi uchun asos bo‘ladigan holatlarni ham sanab o‘tishni lozim topdik.

Miyada qon aylanishi buzilganda;
Eritrotsotlar tarkibidagi antigenlar mos bo‘lmagani oqibatida yuzaga kelgan gemolitik kasallikda;
Bola chala tug‘ilib, unda yutish va so‘rish reflekslari bo‘lmaganda;
Respirator buzilishlarning og‘ir shakllarida bolani emizish umuman mumkin emas!
Onaning quyidagi kasalliklarida emizish tavsiya etilmaydi:
Buyrak yetishmovchiligida;
Tug‘ma yoki orttirilgan yurak parogida;
Endokardit va miokarditda;
Bazedov kasalligida;
Xavfli o‘smalarda;
O‘tkir ruhiy kasalliklarda.
Onada silning aktiv shakllari bo‘lganda bola emizish mumkin emas. Bola 1,5-2 oy onadan uzoqlashtiriladi hamda bu vaqtda bola emlanib silga qarshi immunitet hosil qilinadi. Emizish onadan sog‘ib olingan sut bilan davom ettiriladi. Bunda tashqari, ona emizikli davrda gripp, o‘pka shamollashi, qizamiq, qizilcha, kuydirgi, qoqshol, terlama kabi kasalliklar bilan kasallanib qolsa, quyidagi maxsus choralar ko‘riladi.

Gripp, o‘pka shamollaganda – ona og‘ziga niqob taqqan holatda emizish mumkin. Emizishdan so‘ng bola onadan alohida xonaga o‘tqaziladi;
Qizamiq, qizilcha bo‘lganda – emizishni davom ettirish mumkin. Lekin, bir vaqtning o‘zida bolaga pediatr nazorati ostida gamma-globulin kiritiladi;
Kuydirgi, qoqsholda emizish butkul to‘xtatiladi va boshqa ayol sutidan foydalaniladi;
Toshmali va qaytalama terlamaning og‘ir holatida ko‘krak bilan emizish vaqtinchalik to‘xtatiladi. Yengil hollarda esa sog‘ibqaynatilgan sut bilan emizish davom ettiriladi.

❗️Yuqorida sanab o‘tilgan holatlar ayolda kuzatilganda tegishli choralar ko‘rilishi zarur. Bu holatlar kuzatilganda nafaqat o‘zingizni, balki bolangiz salomatligi uchun ham shifokor (Pediatr, oilaviy shifokor) nazorati ostida bo‘lishingiz lozim.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
👶 Bolani qo‘shimcha ovqatlantirish

🍼 Qo‘shimcha ovqatlar chaqaloqqa ko‘krak suti bilan emizishdan avval kam miqdorda 7-10 kun mobaynida (dastlab 2-3 choy qoshiqda, keyinchalik asta-sekin oshirib boriladi) tavsiya etiladi. Ovqatni qoshiqchada berish kerak. Doimo bolaning axlatini nazorat qilib borish lozim.
Bolaga navbatdagi profilaktik emlash kunidan avvalgi 1 haftada va yana keyingi 1 hafta ichida yangi ovqat mahsulotlarini berish ta’qiqlanadi.

🍼 Bir martalik oziqning umumiy miqdorini 50-200 grammgacha oshirishga erishilsa, ta’m qo‘shimchalari sifatida ratsionga o‘simlik moyi, saryog‘ hamda meva va uning sharbatlarini qo‘shish tavsiya etiladi.
Har doim yangi oziq-ovqat mahsulotini berishdan avval uni kam miqdorda, ya’ni 5-10 gr. berish zarur. Shundan so‘ng go‘dak ushbu mahsulotni qanday o‘zlashtirishini biroz kuzatib, hech qanday allergik reaksiya belgilari kuzatilmasa, berilgan mahsulot miqdorini oshirish mumkin. Sun’iy ovqat chaqaloqqa faqatgina qoshiqcha yordamida beriladi. Yangi ovqatni avvalgi berilgan mahsulotdan 3-4 hafta o‘tgach, bola ratsioniga qo‘shish talab etiladi.
Sun’iy ovqatlantirishni korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan bolalar ovqatlari bilan boshlash tavsiya etiladi. Uy sharoitidagi ovqatlarni beriwda sanitariya-gigiyena talablariga qa’tiy rioya etish talab qilinadi.
🍼 Bir vaqtda mittivoyga ikki xil yangi oziq-ovqat mahsulotlarini berish tavsiya etilmaydi. Sababi unda allergik reaksiya kuzatilsa, qaysi mahsulot tufayli bu holat yuzaga kelganini aniqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun ikkinchi yangi mahsulotni 10-14 kundan so‘ng berish lozim.
🍼Chaqaloqqa 6-7 oyligidan boshlab asosiy oziq sifatida emas, balki desert sifatida meva va undan tayyorlangan sharbatlarni berish tavsiya etiladi.
🍼Go‘dak ratsionidagi uchta asosiy sun’iy ovqatni (bo‘tqa, sabzavotlar, go‘sht) berishdan oldin qaysi mahsulot bilan qay mahal uni oziqlantirish borasida pediatr bilan maslahatlashib, ovqatlanish tartibini rejalashtirib olish zarur.
🍼Bola bir yoshga kirgunicha ovqat tarkibiga shakar va osh tuzini qo‘shish tavsiya etilmaydi. U ovqatlangandan so‘ng oddiy qaynagan ichimlik suvini iliq holda berish tavsiya etiladi. Kompot, choy va boshqa mittivoyning ta’m bilish hissiga begona bo‘lgan ichimliklarni unga berish ta’qiqlanadi.
🍼Uni 9-10 oyligidan boshlab mustaqil ovqatlanishga o‘rgating. Buning uchun kichkintoyga ikkita qoshiqcha va alohida likopcha ajrating (qoshiqning birida o‘zingiz bolani ovqatlantiring, ikkinchisida uning o‘zi ovqatlansin). Agar go‘dak kasal bo‘lib qolsa, uni vaqtinchalik ko‘krak suti yoki o‘zi yoqtiradigan biror mahsulot bilan ovqatlantiring. Sun’iy ovqatlarni faqatgina kasallikning o‘tkir shakli ortda qolgandan so‘ng berish mumkin.

🍼 Sun’iy ovqatlarni bolaga quyidagi holatlarda berish man etiladi:

bola kasal bo‘lsa, issiq ob-havoda, profilaktik emlash davrida, mahsulotning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa yoki uni tayyorlash va saqlashda talab etilgan qoidalarga amal qilinmasa.
🍼Chaqaloq 6 oylik bo‘lmaguncha unga sun’iy ovqat bermaslik lozim. Ammo ba’zi hollarda tibbiy ko‘rsatmaga binoan go‘dak 6 oylik bo‘lguncha sun’iy ovqatlantirish mumkin. Shunday bo‘lsada, ushbu holatda ham mittivoyni bunday ovqatlantirish 4 oylikdan so‘ng amalga oshiriladi. Agar chaqaloq sog‘lom bo‘lsa, unga 6 oyligida sabzavotli pyure yoki glyutensiz sutsiz bo‘tqa berish mumkin. Tvorogni bola bir yoshga kirish arafasida berish lozim. Chunki, bu mahsulot unchalik ozuqaviy quvvatga ega emas. Shu bilan bir qatorda yuqori allergenlik xususiyatga ham ega. Go‘dakka 9 oyligidan boshlab nordon sut mahsulotlari, xususan, yog‘siz kefir va uning o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni berish tavsiya etiladi. Agar berilgan nordon sut mahsulotlari bolaga yoqmasa, uni ratsiondan olib tashlash zarur.
🍼Farzandingiz bir yoshligida uni uch xil usulda ovqatlantirish darkor: tabiiy, sun’iy va aralash.
Bolani olti oygacha ona ko‘krak suti bilan emizib boqishi zarur.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning terisi

Bolaning terisi kattalarnikidan farq qiladi, shuning uchun bolaning terisiga alohida ahamiyat berish lozim.

Birinchidan, bolada ter chiqaruvchi bezlar rivojlanmagan bo'ladi. Shuning uchun bola badanidan issiqlikni ter orqali emas, o'pkasi orqali chiqaradi. Quruq yoki issiq havo o'pka orqali badan issiqligini chiqarishga to'sqinlik qiladi va bolaning hali yaxshi rivojlanmagan ter bezlariga og'irilik tushib, bola terisiga ziyon yetadi.

Ikkinchidan, bola terisining eng yuqori qismi kattalarnikiga nisbatan ingichka bo'ladi. Shuning uchun arzimagan kimyoviy yoki mexanik ziyon bola terisiga qattiq ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Uchinchidan, bola terisi yog'lar (lipidlar)ga boy bo'ladi. Bu yog'lar kattalar uchun zararsiz bo'lgan moddalarni (kimyoviy poroshok, siydik, kal) bola terisida tez parchalab yallig'lanish oson hosil bo'lishiga olib keladi.

Bola terisining do'stlari:

1. Harorati 20 gradus atrofida, va namlik darajasi 50-70% bo'lgan xona;
2. Sifatli paxta tolasidan qilingan kiyim;
3. Yalong'och bo'lish - bola terisini toza havo bilan kontakt qildirish lozim;
4. Nam gigienik salfetkalar;

Bola terisining dushmanlari:

1. Quruq va issiq havo;
2. Siydik va najas;
3. Teri bilan munosabatda bo'lgan kimyoviy moddalar (kir yuvish vositalari, xlorli suv, sintetik kiyim, sifatsiz parvarish anjomlari);
4. Bola terisi uchun mo'ljallanmagan sovun;
5. Mexanik ziyon keltiruvchi omillar: kiyimga ishqalanish, gilamda emaklash, gigiyenaga rioya qilmaslik.

Krem, losyon, yog'larga kelsak, bu moddalarni ehtiyoj bo'lsagina ishlatish lozim, ya'ni qish kuni ko'chaga chiqmoqchi bo'lsangiz, albatta quruqdan saqlovchi maxsus kremni bola terisi ochiq qolgan joylariga surtib qo'ygan ma'qul. Bolaning terisi siydik va najas bilan doimiy kontaktda bo'lgan joylarni ham maxsus vositalar bilan parvarish qilish lozim.
Lekin ehtiyoj bo'lmaganda turli xil krem va losyonlardan foydalanish kerak emas. Yangi tug'ilgan chaqaloqni cho'miltirib bo'lgach oddiy sterillangan o'simlik(zaytun) yog'i bilan parvarish qilsa, yetarli bo'ladi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqlarga massaj qilish

Tadqiqodlarning ko'rsatishicha, massaj bolani rivojlanishiga, hulq-atvoriga juda ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan. Bola massaji bu avallo terini teri bilan munosabatni ta'minlaydi, bu munosabat esa ona va bolaning o'zaro aloqalsini takomillashtiradi, bir birlarini yanada osonroq tushuna olishga yordam beradi.
Albatta ayrim hollarda massaj tibbiy tavsiya etilgan bo'lishi mumkin. U holda bolangizga maxsus vrach tomonidan massaj qilinadi. Lekin agar chaqaloq sog'lom bo'lib, vazni yaxshi bo'lsa unga ham massaj juda foydali. Bunday bolalarga massajni onaning o'zi qilishi mumkin.
Massaj shunchaki bolaga yoqimli bo'lishidan qat'iy nazar, u bolani yaxshiroq rivojlanishini va o'sishini ta'minlaydi. Ayrim mamalakatlarda bolaga ona massaj qilmasa, bu katta xato deb ta'kidlanadi. Massajning qiziqarli tomoni shundaki, massaj olgan bola tezroq o'sib, yaxshi rivojlanadi. Nega?
1. Bolani silaganda bola organizmida o'sish uchun kerak bo'lgan maxsus moddalar ishlab chiqariladi. Masalan, vaqtidan oldin tug'ilgan chaqaloqlarga massaj qilganda ularning vazni 47%ga ko'proq o'sayotgani kuzatilgan. Hayvonlar ham bolasini tili bilan yalab massajga o'xshash harakatlarni amalga oshiradilar. Yangi tug'ilgan kuchuk bolalarini onasidan ajratib, yalashdan cheklab qo'yganda, bu kuchuk bolalarining o'sish darajasi pasayib ketgan.
Aynan mehr bilan bola silanganda uning o'sishi ta'minlanadi.
2. Yana bir tadqiqodning natijasi ko'rsatishicha, masaj nafaqat tanani o'sishiga yordam beradi, balki miya rivojlanishiga ham katta ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan. Tadqiqodchilar aytishicha, chaqaloqni silab massaj qilganda, unda mielin moddasi ajralib chiqar ekan. Bu modda esa miya rivojlanishi uchun foydali ekan.
3. Bolaga massaj qilish uning hazm qilish tizimini rivojlanishiga ham foydali. Bolani silab, massaj qilib tursa uning hazm qilish tizimi yanada yaxshiroq faoliyat ko'rsatar ekan, qorin og'rish kabi muammolar yo'q bo'lar ekan.
4. Massaj bolaning xulqini yaxshilaydi, bolani silab, mehr bilan massaj qilsa u o'zini suyukli deb his qilib xulqi yaxshilanar ekan. Uyquga qiyin ketadigan bola esa massaj yordamida yaxshi uxlar ekan.
5. Massaj bolani o'ziga bo'lgan ishonchini oshiradi. Bolani sevib, mehr bilan massaj qilsangiz bola o'z kerakliligini his etar ekan.
6. Massaj qilayotgan ota-ona massaj orqali bolasini yanada yaxshiroq o'rgana oladi.
Massaj qilishda bolangizga quloq soling. Qilayotgan harakatlaringiz juda mayin va mehrga to'la bo'lmog'i lozim. Boshida oyoqlaridan boshlab sekin-sekin qorin, qo'l va beliga o'tishingiz mumkin. Chaqaloqlarda asosan silash va asta-asta ezib qo'yish qo'llaniladi. Agar bolangiz tipirchilab, oyoq qo'llarini tortayotgan bo'lsa, demak siz qilayotgan harakat unga yoqmayapti. Bir oz dam berib boshidan mehr bilan, iligan qo'llaringiz bilan massajni qaytaring. Kunda kamida bir marta massaj bola uchun zarur. Borib-borib barmoqlar bilan asta bosish, asta-asta chimchilash, mayin urib qo'yish kabi harakatlarni qo'shib borishingiz mumkin. Yangi tug'ilgan chaqaloqning tizzalarini massaj qilish mumkin emas.
Eng asosiysi, bolaga massaj qilayotganda bolani ko'zlariga qarab, u bilan gaplashib mehringizni ayamang.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Maktab va bolalar. Bir xil qolip...

📚 Psixologlarning ta'kidlashicha, bola oʻqishni yoqtirmay qolishiga asosan quyidagilar sabab boʻlishi mumkin:

🔹 Avvalo, bolaning talablariga javob bermaydigan maktab, oʻqituvchi va kontingent sabab bolada oʻqishdan bezish yuzaga keladi.

🔹 Bolalar individualdirlar. Shu sabab maktabda hammani bir xil qolipga solinishi natijasida ularda oʻqishga boʻlgan ishtiyoq "oʻladi".

🔹 Xato qilishga ta'qiq (Tomas Edison lampochka oʻylab topgunga qadar 999 marta adashgan ekan). Shu sabab xato qilgan bolani qattiq urishish yaramaydi.

🔹 Bolani tanqid qilaverish – bu uning oʻziga boʻlgan ishonchini soʻndiradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chizish-bola uchun juda muhim!

Pediatrlarning fikricha, sog'lom bola deb yaxshi o'ynaydigan, yaxshi gapiradigan va...yaxshi chizadigan bolaga aytilar ekan. Xuddi til va o'yin kabi rasm bolaning ichki dunyosini ochib beruvchi vosita ekan. Shuning uchun, bola o'z ichki kechinmalarini, hissiyotlarini ifoda eta olishi uchun unga chizish imkoniyatini yaratib berish lozim.

Rasm orqali bola o'z xursandchiligi va xafagarchiligini, qo'rquvlari va fantaziyalarini, atrof-muhitga munosabatini ifoda etishi mumkin. Psixologlar fikricha, chizmaydigan bola bo'lmaydi, agar bola chizishni istamasa, demak unda ma'lum bir psixologik stress mavjud.

Bolaning nima chizayotgani uning yoshiga bog'liq ekan.

Quyida bolaning yoshiga nisbatan chizish harakatlarining o'rtacha ko'rsatkichlari keltirilgan. Albatta, bundan u yoki bu tomonga chekinish mumkin.

12-18 oy - har xil tushunarsiz chiziqlar, aylanaga oxshash shakl va ma'nosiz zigzaglar;

2 yosh - vertikal chiziqlar;

2.5 yosh - gorizontal chiziqlar, spiral;

3 yosh - doira, quyosh;

3.5 yosh - birinchi odamcha, krestik;

4 yosh - kvadrat, bola unga tanish bo'lgan narsalarni chizishga harakat qiladi;

5 yosh - geometrik shakllar, kiyim kiygan odamcha;

6 yosh - harakatdagi hayvon va odamlar, uy jihozlari, bog'cha.

Mutaxassislar chizish davrini 5 asosiy bosqizchga ajratadilar:

2 yoshgacha - aji-buji xat. Bu bosqich bola qalamni ushlay olish davridan boshlanadi (1 yosh atrofida). Bolaning ko'zi chizayotganini kuzatadi, qo'llari qog'ozga yopishgan holatda bo'ladi. Keyinchalik qo'li bo'shashib erkinroq harakat qila boshlaydi.
2 yoshdan 3 yoshgacha - o'ylab topish. Bola o'zi bilmagan holda bir nimalar chizib, atrof-muhitdagi buyumlar bilan solishtiradi va o'z rasmlariga nom beradi.
3 yoshdan 4 yoshgacha - yangi harakatlar. Bola bilgan buyumini haqiqatan o'ylab to'qimasdan tasvirlay olishni boshlaydi.
4 yoshdan 10 yoshgacha - xayoliy chizish. Bola buyumni ko'rganidek emas, u haqda bilganidek chizadi. Ya'ni uy chizsa, ko'rib turgan uy binosinigina emas, balki uyni ichidagi odamlar va buyumlari bilan tasvirlaydi.
10 yoshdan keyin - haqiqat. Bu bosqichda bolaning chizishi kattalarning chizishiga tenglashadi. Unda u buyum va odamlarni rang va shakllarni haqiqatdagidek tasvirlashga, ranglarni ma'lum bir qoida asosida ishlatishni boshlaydi.
Bolada chizish qobiliyati kuchlimi, bolamdan buyuk rassom chiqadimi? Afsuski, bolani rasmlariga qarab uning chizish qobiliyatiga baho berib bo'lmaydi, chunki, birinchidan, bolaning chizishiga kattalarning qarashlari katta ta'sir ko'rsatadi, demakki u o'z qarashlarini ifoda etmaydi; ikkinchidan, bolaning rasmlarini psixologiya nuqtai nazaridangina baholash mumkin; uchinchidan, bola chizayotganda qandaydir ajoyib narsa yaratish istagida bo'lmaydi, u shunchaki o'zini ichki tuyg'ularini ifoda etadi xolos. Lekin hayotda bu qoidadan mustasno holatlar uchraydi va farzandimiz kichik Picasso bo'lishi mumkin, ammo bu juda ham kam uchraydigan holat.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
😴Bolaga kunduzgi uyqu kerakmi?

Kunduzgi uyqu — to‘g‘ri rivojlanishi uchun bolaga zarur bo‘lgan jismoniy ehtiyoj hisoblanadi. Bola o‘rtacha olganda bir yarim yoshdan boshlab bir martalik 2,5 — 3 soatga yaqin davom etadigan kunduzi uxlash tartibiga o‘tadi.

Bunday tartib odatda asta-sekinlik bilan uyqu davomining kamayishi bilan 6-7 yoshgacha saqlanib qoladi. Ba’zan bolalar kunduzi uxlashdan ertaroq — 3−4 yoshida voz kechishadi.

Bolaning uxlashiga qanday yordam berish mumkin?

Bolaning krovatchasini qulay va shinam qilib jihozlash juda muhim. Bolaning xotirjam uxlashiga o‘yinchoqlar ham yordam berishi mumkin — masalan, krovatda bola bilan birga “uxlaydigan” qo‘g‘irchoq yoki yumshoq ayiqcha.

Kunduzgi uyquni qachon bekor qilish mumkin?

Bolaning asab tizimi doimiy og‘irliklarni boshdan kechirib endigina rivojlanayotgan bo‘ladi va faqat uyquda to‘liq dam oladi. Yoshi o‘lg‘ayishi bilan uning kunduzgi uyquga bo‘lgan ehtiyoji kamaya boshlaydi. Olti yoshdagi bolalarga bir soatlik uyqu ham yetarli bo‘ladi.

Bolalar ko‘pincha kunduzi uxlashdan bosh tortadi. Bu qiziqarli o‘yindan ajralgisi kelmaganidan yoki ertalab kech uyg‘ongani sababli yuz beradi.

Bola kunduzgi uyqudan qachon bosh torta boshlaydi?

Bolalar kunduzgi uyqudan doimiy ravishda bosh tortishni ko‘pincha uch yoshdan boshlaydilar. Bu yoshda hali kunduzgi uyqu juda zarur bo‘ladi va ota-onalar yaxshisi bolaning kunduzi uxlashni davom ettirishiga harakat qilishlari lozim.

Agar bola kunduzgi uyqudan juda erta bosh tortayotgan bo‘lsa nima qilish kerak?

Agar bola kunduzi uxlamayotgan va bundan hech qanday noqulaylik his qilmayotgan bo‘lsa, unda ota-onalar kunduzi bolaning biroz bo‘lsa ham xotirjam sharoitda dam olib yotishi uchun vaqt ajratishlari kerak. Bunday sokin hordiq kuch yig‘ilishiga va asab tizimining mustahkamlanishiga yordam beradi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
😴Farzandingiz kechasi yomon uxlaydimi? Bolalar “oltin” uyqusining qoidalarini o‘rganamiz

Go‘daklarning “oltin” uyqusi — har bir ota-onaning orzusi hisoblanadi. Bola ko‘p va qattiq uxlasa — u tez o‘sadi va rivojlanadi, kam kasal bo‘ladi. Kechalari yaxshi uxlashi uchun kunduzi bola bilan qanday shug‘ullanish kerak?

Agar bola kechasi yomon uxlasa, kunduzi nima qilish kerak?

Bola kechasi yaxshi uxlashi uchun, kunduzi uni “holdan toydirish” kerak – u kechga borib butun kuchini sarflashi va charchab qolishi kerak. Buni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin: bolada jismoniy harakatlanishni yoki his-tuyg‘uli holatlarni oshirish.

Ertalab va kechqurun bevosita cho‘miltirish va ovqatlantirishdan oldingi jismoniy faollik – bu qattiq uyquning garovi hisoblanadi. Agar bola emaklayotgan, o‘tiradigan yoki hatto yuradigan bo‘lsa – bolaga qo‘shilib emaklang, o‘tiring, birga yuring va harakat qilishga majbur qiling.

His-tuyg‘uli holatlarga bog‘liq yuklamalar alohida yondashishni talab qiladi – qarindoshlar va boshqa bolalar bilan faol muloqot, har qanday rivojlantiruvchi o‘yinlar bolani ertalabgacha qattiq uxlaydigan holatda charchatishi yoki aksincha – uni haddan tashqari bezovta qilishi va kechasi bilan uxlamay yig‘lab chiqishiga ham sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday usulni ehtiyotlik bilan va avval tajribada sinab ko‘rib keyin qo‘llash tavsiya qilinadi.

Bolalar qattiq uyqusi qoidalari

Shunday qilib, bola kechasi yaxshi uxlashi uchun uni quyidagi sharoitlar bilan ta’minlash zarur:

Kunning ikkinchi yarmi va kechqurun jo‘shqin jismoniy faollik bilan o‘tishi kerak.
Uxlashdan 2-3 soat oldin toza havoda sayr qilishni tashkillashtiring.
Uxlashdan 1-1,5 soat oldin 30-40 daqiqa cho‘milish.
Uxlashdan yarim soat oldin — to‘yimli “kechki ovqat”.
Bolalar xonasi iqlimi salqin va nam bo‘lishi kerak: harorat 18-20 daraja, namlik esa 60-70 %.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolani so‘rg‘ichdan ajratishda e‘tibor berilishi zarur bo‘lgan 10 ta jihat

1⃣Birinchidan, shoshish mumkin emas. Bolani so'rg'ichdan chiqishiga yaxshilik, mehr va erkalash bilan erishish lozim.

2⃣Ikkinchidan, so'rg'ich bilan uxlash odati bo'lgan bolalarga uning o'rnini bosuvchi vosita topish kerak. Masalan, yumshoq ayiqcha, yoqimli musiqa, onaning qo'llari va hokazo.

3⃣Uchinchidan, bola gapga tushunadigan yoshda bo'lsa, unga so'rg'ich haqida ertak aytib bering. So'rg'ichni pari olib ketib o'rniga ajoyib sovg'a olib kelishini tushuntiring. So'rg'ichni bola bilan birga bir joyga bekitib qo'yib o'rniga bola uchun yoqimli sovg'a solib qo'ying. Bola so'rg'ichni izlab sovg'a topadi.

4⃣To'rtinchidan, bolani zeriktirib qo'ymang. Ko'pincha zerikkan bola so'rg'ich so'rishni qumsaydi.

5⃣Beshinchidan, bola so'rg'ichsiz yig'lab uxlolmay qattiq qiynalayotgan bo'lsa, so'rg'ichdan ajratish muddatini 1-2 haftaga suring.

6⃣Oltinchidan, bola so'rg'ichni qumsab so'rayotgan bo'lsa, uni chalg'iting, u bilan o'yin-kulgu qiling.

7⃣Yettinchidan, so'rg'ichdan ajratish o'yinlarini o'ylab toping.
Masalan, bir devorga bolani bo'yi yetadigan joyda so'rg'ichni mahkam o'rnatib-qoqib qo'ying. Bola so'rg'ichni qumsaganda o'sha devor yoniga borib so'radi. Uzoq vaqt devorni oldida turishga zerikib siz jalb qilayotgan o'yinlar tomon shoshadi va so'rg'ichdan o'zi asta bosh torta boshlaydi.

8⃣Sakkizinchidan, so'rg'ichga dori, garimdori, sarimsoq piyozi kabi achichiq narsalar surib bolaga so'rdirmang. Bu uning psixikasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

9⃣To'qqizinchidan, "so'rg'ich so'rasan", deb bolani uyaltirmang. Bu uning jismoniy va ruhiy ehtiyoji, erkaligi emas.

🔟O'ninchidan, so'rg'ichdan ajratayotganizda bola sog'lom va yaxshi holatda bo'lishi lozim. Ya'ni, biron jismoniy rivojlanish bosqichidan o'tayotgan (yurishni, emaklashni boshlayotgan va boshqalar) kasal yoki emishdan ajratilayotgan bolani qo'shimcha stress qilib so'rg'ichdan ajratish mumkin emas.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqlarni qorni bilan yotqizishning muhim 3 ta sababi

Harakatlanish qobiliyatlari yaxshilanadi

Avstraliya universitetidagi olimlarning aniqlashicha, bolani qorin bilan yotqizish uning rivojlanishiga ta’sir qiladi. Tajribada 4237 bola ishtirok etgan va ularning rivojlanishi bir qancha parametrlar bilan baholangan.

Ma’lum bo‘lishicha, kun davomida yarim soatdan ko‘p qorni bilan yotadigan bolalar harakatlarini yaxshi nazorat qila oladi, faol bo‘ladi. Shuningdek, qorni bilan yotgan bolalar, osmonga qarab yotgan bolalardan ko‘ra tezroq emaklashni o‘rgangan. Psixodiagnostika va psixokorreksiya markazi boshqaruvchisi Tatyana Goryachevaning ta’kidlashiga qaraganda, emaklash uchun qo‘l va oyoq mushaklari ushbu jarayonga tayyor bo‘lishi kerak. Osmonga qarab yotgan bola esa harakatlanmaydi va mushaklari ham harakatlarga tayyor bo‘lmaydi. Shu sabab bola qornidan orqasiga o‘girib olib, o‘tirgan holda sudralishni boshlaydi.

Bosh suyagi to‘g‘ri rivojlanadi

Bolalarda to‘satdan o‘lim sindromini oldini olish uchun ham bolani osmonga qaratib yotqiziladi va bola shu holatda uxlashi kerak bo‘ladi. Ba’zi onalar bu sindromdan shunchalik qo‘rqqanidan, boshqa vaqtda ham bolani qorni bilan yotqizishdan qo‘rqadi. Ammo bola faqat yotadigan bo‘lsa, bosh suyagi yaxshi yoki to‘g‘ri rivojlanmasligi mumkin. Agar ko‘pincha yon boshi bilan yotqiziladigan bo‘lsa, yotgan taraf yassi bo‘lib qolishi mumkin.

Yuragi mustahkam bo‘ladi

Avstraliyalik olimlar tomonidan aniqlangan yana bir ma’lumot: qornida ko‘p yotgan bola yaxshiroq vazn to‘playdi va yurak qon-tomir tizimi mustahkam bo‘ladi. Chunki ushbu holat bola uchun eng yaxshi kardiozo‘riqish hisoblanadi va bu yurak rivojlanishiga yaxshi ta’sir qiladi. Agar har kuni shug‘ullanadigan bo‘lsa, bolada harakatlar koordinatsiyasi yaxshilanadi, qo‘l-oyoqlari yaxshi harakatlanib, umurtqasi mustahkamlanadi. Bu esa nafaqat jismoniy bali aqliy rivojlanishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, jarayonda press mushaklari ham mustahkamlangani hisobiga qorin churra paydo bo‘lish xavfi oldi olinadi. Bolani ovqat berishdan avval qorni bilan yotqizilsa, bu qorinni sanchib og‘rishini kamaytiradi.

Manba. Daryo.uz

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?

Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra ko‘krak suti balan parvarishlanayotgan bolalar 6 oylik bo‘lgunlaricha ularga suv ichirmasa ham bo‘ladi. Chunki barcha kerakli suyuqlikni go‘dak ona sutidan oladi. Sun’iy aralashmalar berib boqilayotgan bolaga ovqatlanishlar oralig‘ida 20-30 millilitr (bir oshqoshiq) suv berish mumkin.

Ko‘pchilik onalar “Chaqaloqqa qancha suv ichirish kerak?” deb so‘rashadi. Aytish joizki, bunda go‘dak organizmining suvga ehtiyoji ham hisobga olinadi. Demak, sog‘lom go‘dakka suvni majburlab ichirish kerak emas. O‘zi qancha hohlasa shuncha ichsin, lekin me’yordan oshmasin. Ovqatlantirish o‘rniga suv berish ham noto‘g‘ri. Bola ochlik va chanqoq hissini adashtirmasligi lozim.

Issiq kunlarda bolaga suvni faqat ovqatlantirishlar oralig‘ida, ya’ni kun davomida bir oylik chaqaloqlarga 60 millilitr (uch qoshiq)dan, 3 oylikkacha bo‘lganlariga 60-130 millilitr (3-6 oshqoshiq)dan, yarim yoshgacha 130-180 millilitr (6-12 oshqoshiq)dan, 6 oylikdan 1 yoshgacha 260 millilitr (1 stakan)dan ko‘p suv bermaslik kerak. Bolaga beriladigan suv toza, uzoq turib qolmagan, gazsiz bo‘lishi kerak.

Bola salomatligida ayrim muammolar bo‘lganida pediatr bilan maslahatlashgan holda unga giyohli choylar ichirish ham mumkin. Bunda bolaning yoshiga bog‘liq ko‘rsatmalarga amal qilish lozim.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning sochini kal qilib olish foydalimi?

Bir yoshli bolaning sochini kal qilib olish kelajakda uning sochlarining tezroq o‘sishi, qalinroq va sog‘lomroq bo‘lishiga olib keladi degan fikrlar mavjud.

Ko‘pchilik ushbu usul orqali kichkina odamchaning jingalak yoki tekis sochga ega bo‘lishi yoki sochlarining rangini o‘zgartirishga erishish mumkin deb hisoblaydi. Bolada bu jarayonni amalga oshirish qanchalik samara berishi haqida ekspertlarning fikri bilan tanishamiz.

Irina Perren, bolalar shifokori, Yevropa tibbiyot markazi Bolalar klinikasi pediatriya bo‘lim boshlig‘i

Sochlarning tekis yoki jingalak bo‘lishi genetik omil hisoblanadi. Uning qalinligi esa soch ildizlarining soniga bog‘liq. Bolaning sochlari kal qilib olinsa, undagi soch ildizlari ko‘payib qolmaydi va sochlari qalinlashmaydi. Chaqaloqning mayin sochlari o‘rniga kattalarga xos qalinroq sochlarning chiqishi hisobiga ular qalinlashgandek yolg‘on tasavvur yuzaga kelishi mumkin. Sochlarning almashib turishi tabiiy jarayon, shu sababdan ularni qirib olish uning o‘sish tezligiga ham, sifatiga ham hech qanday ta’sir qilmaydi.

Katerina Zabrodina, «Strij» oilaviy go‘zallik saloni sartaroshi

Bir yashar bolaning sochini albatta kal qilib olish shart emas, ularni qisqartirishning o‘zi yetarli. Bolakayning birinchi mayin sochlari tez-tez chalkashib, noqulaylikni yuzaga keltirganligi uchun ularni kaltalatish yaxshi natija beradi. Ba’zan bola boshining old qismi va ensa qismidagi sochlari chakkalaridagiga qaraganda tezroq o‘sishi mumkin. Bolaning sochlarini bir yoshligida kaltalatish orqali ularning bir tekis o‘sishiga erishish mumkin.

Shuningdek, bu jarayonning yana bir ijobiy tomoni kichik yoshligidan bolaning sochlarini kaltalatish uning bu jarayonga tez ko‘nikishiga sabab bo‘ladi. Asosiysi uni bunga majburlamaslik kerak. Aks holda bola bu jarayonni qo‘rqinchli va yoqimsiz hodisa sifatida qabul qilishi va keyinchalik sartaroshga borish jarayonida qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

Dmitriy Ellinskiy, trixolog shifokor

Sog‘liq nuqtai-nazaridan bolalar sochini qirib olish uchun zarurat yo‘q. Bu jarayon sochning o‘sishi va qalinligiga hech qanday ta’sir qilmaydi. Chunki soch follikulalari va soch turi ona qornidayoq shakllanadi. Shuning uchun sochni qirib olish uning son jihatdan ko‘payishiga olib kelmaydi, aksincha ustaraning o‘tkir tig‘i bolaning ta’sirchan bosh terisiga shikast yetkazishi mumkin.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Go‘dakda qabziyat yoxud ich qotishi

Ich qotishi (qabziyat) chaqaloq hayotining ilk oylarida ko‘p uchraydi. Ba’zan go‘dakning ikki-uch kunlab ichi kelmasligi mumkin. Qabziyatda bolaning ichi qattiq va quruq bo‘ladi. Shunda go‘dak juda bezovtalanadi, kuchanib-tirishib yig‘laydi, terlab holsizlanadi. Agar ich qotishi muntazam davom etsa, ahvoli yomonlashadi. Ya’ni axlatning qattiqligi tufayli to‘g‘ri ichakning shilliq qavati jarohatlanadi.

Go‘dakda qabziyat kuzatilishiga sabab nima?

Chaqaloqlarda ich qotishining bir necha xil sabablari bor:

🍀Bolani noto‘g‘ri ovqatlantirish (masalan, noto‘g‘ri emizish) ko‘pincha qabziyatni keltirib chiqaradi. Chunki go‘dakka ko‘krak uchi to‘g‘ri tutilmasa u emish jarayonida tez charchab qoladi va o‘ziga yetarli bo‘lgan ozuqani ololmaydi.

🍀Aksariyat onalar bolani emizish bilan birgalikda qo‘shimcha ovqatlarni so‘rg‘ichlar yordamida berishadi. Bu vaqtda so‘rg‘ich orqali o‘tgan infeksiya ichaklar mikroflorasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Natijada mikroflora buzilgani uchun me’dadagi oziq moddalar parchalanmaydi va yetarlicha so‘rilmaydi. Shundan so‘ng bolada ich qotadi.

🍀 Go‘dak organizmiga turli yo‘llar (masalan, toza bo‘lmagan so‘rg‘ich, emizishdan oldin ko‘krak uchini yuvmaslik, qo‘shimcha ovqat beriladigan idishning iflosligi) bilan kiradigan infeksiya rivojlanib, ichaklarni yallig‘lantiradi. Bu esa chaqaloqlarda surunkali ich qotishini keltirib chiqaradi.

🍀Ba’zan ichaklardagi infeksiya asorat qoldirib, ichak atoniyasi kelib chiqadi va natijada surunkali qabziyat rivojlanadi.

🍀Chaqaloqning old qorin mushaklari yaxshi rivojlanmaganligi tufayli u kuchanishga qiynaladi. Natijada tabiiy ravishda bolaning ichaklarida gaz yig‘iladi va ich yurishishi qiyinlashadi.

🍀Bundan tashqari bolaning qorni to‘ymasa ham ichi qotadi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolalarda kamqonlik

Hozirgi kunga kelib ekologik muhitning yomonlashuvi, kundalik iste’mol qilinayotgan mahsulotlarda kerakli darmondorilarning yetishmasligi natijasida bir qancha kasalliklaryuzaga kelmoqda.

Bugun ana shunday kasalliklardan biri bo‘lgan kamqonlik ya’ni, anemiya haqida to‘xtalmoqchimiz. Qon tarkibidagi gemoglobin miqdorining pasayib ketishi kamqonlik kasalligiga sababbo‘ladi. Miyaga kislorod yetkazib berish esa aynan qondagi gemoglobinning asosiy vazifasidir. Bu kasallik bilan og‘rigan bemorlarda turli infeksion xastaliklarga chalinish xavfi yuqoribo‘lib, uni tezda bartaraf etish qobiliyati past bo‘ladi. Qon tarkibida organizmning hayotiy o‘sib rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan oziq moddalar mavjud.

Kamqonlik (anemiya)ga chalinmaslik uchun qondagi gemoglobin miqdorining me’yorda bo‘lishiga ahamiyat bering hamda kundalik taomnomangizni temir moddasiga boy bo‘lgan mahsulotlar bilan boyiting.

Ushbu kasallik bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Bemor bolalar o‘z tengdoshlaridan aqliy qobiliyati past­ligi sababli ortda qola boshlaydi. Kamqonlik bolaning dars jarayonida vazifalarni yaxshi o‘zlashtira olmasligi, uyquchanlik, xotiraning pasayishi, tez kasallikka chalinishi, bosh og‘rig‘i va boshqa shu kabi ko‘rinishlarni yuzaga keltirishi mumkin.

Bolalarda kamqonlik kasalligini tezda aniqlash va uni vaqtida davolash zarur. Ularning o‘z vaqtida ovqatlanishi, vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilishi kelajakda sog‘lom bo‘lib voyaga yetishini ta’minlaydi.

Shuningdek, kamqonlik kasalligi ayollarda homilaning normal yetilishiga va sog‘lom rivojlanishiga ta’sir etib, tug‘ish paytida kuzatiladigan asoratlarning ko‘payishiga olib keladi. Bundan tashqari, temir tanqisligi, ya’ni kamqonlik aniqlangan ona tug‘ilajak farzandiga yetarli miqdorda temir zahirasini bera olmaydi. Oqibatda chaqaloq ruhiy va jismoniy rivojlanishdan ortda qoladi.

Kamqonlikning belgilari quyidagilar:

Terining quruqlashishi, og‘iz burchagining va tovonning yorilishi, sochning tez sinishi va to‘kilishi, tishlarning mo‘rt bo‘lib yemirilishi, tirnoqlarning yup­qalashishi, ko‘chishi va sinishi, tirnoq shaklining o‘zgarishi, hid sezishda (quruq yerdan suv sepilganda chiqadigin hid, shuningdek, kerosin, benzin, tamaki, mashina motoridan chiqadigan hidlarni yoqtirish) va ta’m bilishda (kesak, gilvata, choy shamasi, xom go‘sht, makaron, guruch yeyishga moyillik) kabi o‘zgarishlar kuzatiladi.

Temir moddasi tabiiy holda oziq-ovqatlar tarkibida yetarlicha mavjud. Faqat temir moddasini ko‘p tutadigan va insonga zarur bo‘ladigan oziq-ovqatlardan yetarli miqdorda yoshlikdan boshlab, uzluksiz iste’mol qilinsa bo‘lgani.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
👶Liqildoq nima? Bolalar liqildog‘i qanday tuzilishga ega?

Yangi tug‘ilgan bolakaylarning onalari o‘zlarining kichkintoylarida liqildoqlar bo‘lishini yaxshi bilishadi. Ko‘pchilik onalar bolaning shu sohasini nozik joy deb bilib, qo‘l bilan tegish mumkin emas deb o‘ylashadi. Haqiqatdan ham shundaymi? Liqildoqlar bolaga nima uchun kerak? Bu liqildoqlar qachon yopilishi kerak? Liqildoqning hajmi juda kichkina yoki katta bo‘lsa nima bo‘ladi? Bu kabi savollar yosh onalarni qiziqtirishi tabiiy holatdir.

Chaqaloqlar liqildog‘i bolalarning tug‘ilish jarayonida muhim rol o‘ynaydigan eng asosiy hosilalardan biri hisoblanadi. Homilaning tug‘ruq jarayonida ayol jinsiy yo‘llaridan o‘tish vaqtida, bolaning kalla suyaklari egiladi (bu holat normal hisoblanadi), hajmini kichiklashtiradi va jinsiy kanallar shaklini oladi. Bu jarayon – bola boshidagi liqildoqlar hisobiga sodir bo‘ladi va u ona uchun ham bola uchun ham tug‘ruq jarayonini yengillashtiradi. Homilaning kalla chanog‘ining o‘ziga xosligi, uning anatomik tuzilishidadir.

Albatta, homila kalla chanog‘i ham katta odamlar kabi bir xil suyaklardan tuzilgan. Lekin kalla suyaklari kattalarnikiga qaraganda egiluvchan va elastik, bir-biri bilan to‘liq birikmagan hamda suyaklanmagan bo‘ladi. Bunday hosilalar bola kallasida amortizator vazifasini bajaradi. Ularga quyidagilar kiradi:

Peshona birikishi (metopik birikish) – peshona suyaklari orasida;
Koronar birikish – peshona va tepa suyaklari orasida;
O‘qsimon (sagittal) birikish – tepa suyaklari orasida;
Tepa (lambadosimon) birikish – ensa va tepa suyaklari orasida;
O‘ng va chap yonbosh birikish – tepa va chakka suyaklari orasida.

✏️Bola liqildoqlari
Oldinigi yoki katta liqildoq – rombsimon shakldagi hosila, uning chegaralari burchaklari peshona va sagittal birikishlardan boshlanadi, yon tomondan esa chap va o‘ng tomondan birikmalar;
Orqa yoki kichik liqildoq – uchburchak shakldagi o‘qsimon birikma va ensa birikmalari orsidagi chuqurlik;
O‘ng va chap ponasimon liqildoqlar – koronar birikmalar va yonbosh birikmalar chegarasida bo‘ladi;
O‘ng va chap so‘rg‘ichsimon liqildoqlar – koronar birikma va lambadasimon birikmalar chegarasida bo‘ladi.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Pampersli enurezning sababi nima?

So‘nggi yillarda pediatrlar tamaddun yutug‘i bilan bog‘liq bo‘lgan yangi muammoga duch kelishdi. Hozirda bolalar zamonaviy tagliklar – pamperslar “qurboni”ga aylanib borayapti.

Natijada go‘daklar tuvakka o‘rgangisi kelmayapti. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda laboratoriya tahlillari me’yorida, kasallik belgisi yo‘q. Ammo, bola hamon tagini ho‘llaydi.

Juda qulay, zamonaviy, bir martalik, havo o‘tkazuvchan, gipoallergen, gelli, teshikchali, rangli-musiqali tagliklar o‘zida ko‘rinmas xavfni yashiradi. Bunday xavflardan asosiysi tuvak keraksiz buyumga aylanmoqda. Onalar uchun tagliklardan muntazam foydalanishga undaydigan asosiy vaj – bolaning tagi ho‘l bo‘lmay, sovuqqotmasligi asli bahona. Pamperslarni qo‘llaganda qovuq bo‘shaydi, bolaning tagi esa hamon quruq. Natijada bolada beixtiyoriy peshob ajratishni to‘xtatishga hamda tuvakka o‘tirishga xohishning o‘zi ham yo‘q.

Pampersli enurezni hech nima bilan davolab bo‘lmaydi. Go‘dakni ixtiyoriy qovuqni nazorat qilish ko‘nikmalariga o‘rgatib borish zarur. Faqat buni u katta bo‘lgani sari bajarishi mushkul bo‘ladi. 1 yoshli bolaga “siyging kelsa ayt” deb bo‘lmaydi. O‘ta qulay taglik bo‘lganda esa umuman bu haqida og‘iz ochmasa ham bo‘ladi. Pediatrlar bolani necha yoshdan boshlab tuvakka o‘rgatish kerakligi xususida bahslashadi. Javob bitta: qancha vaqtli bo‘lsa, shuncha yaxshi. Faqat g‘arblik hamkasblarimiz tavsiya etganlaridek 2 yoshdan emas.

Kichkintoy bilan ham dildan uning “tili”da suhbat qilish kerak. Shunday qilib pamperslar – qulay vosita. Biroq, ulardan to‘g‘ri foydalanish zarur va muhimi vaqtida ulardan voz kechish kerak. Aks holda bolada pampersli enurez deb ataladigan psixologik muammo yuzaga kelishi mumkin.

Enurez profilaktikasiga bolaning normal rivojlanishini ta’minlash, uni erta yoshdan boshlab to‘g‘ri tarbiya qilish, yoshga oid zarur gigiyenik qoidalarga rioya qilishga o‘rgatish ham kiradi. Hurmatli ota-onalar, bolani tagini ho‘llab qo‘ygani uchun koyish mumkin emas. Bemor bola ayniqsa, kattalarning o‘ziga nisbatan mehru muruvvat ko‘rsatishlariga hamda e’tibor, chiroyli muomila qilishlariga muhtojdir.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi
Bolaning muloqot qila olmasligi - AUTIZM

Bola nutqi va tili rivojlanishida bolaning to'g'ri emotsional rivojlanishi juda katta ahamiyat kasb etadi. Bola muloqot qilishni hoxlashi kerak. Lekin muloqotdan o'zini olib qochadigan bolalar uchrab turadi. Buning sababi ko'p va turlicha bo'lishi mumkin.

Masalan, yomon oila va atrof-muhit tarbiyasi, cho'chib ketish bilan bog'liq psixik shikast, bolaning oiladan birdan ajralishi, yoki kasalxonaga tushib yolg'izlanib qolishi, duduqlanish va boshqalar.

Bolaning muloqot qila olmasligi AUTIZM deb ataladi - bunda bola umuman "o'ziga kirib ketib", atrofdagilar bilan aloqa qilmaslikni istaydi. Bu holat bolada psixologik kasallik mavjudligidan dalolat beradi. Bunday bolalar muomala qilmaydilar, atrof-muhitga hech qanday qiziqish bildirmaydilar, qo'rquv ko'rsatkichlari bolada namoyon bo'lib turadi.

Autizm bolalari jismonan bitta harakatni qaytarib yurishni ma'qul ko'radilar. Ayrimlarida agressiya kuzatilsa, boshqalar esa aksincha judayam passivligi, befarqiligi bilan ajralib turadi.

Bolada kichikligidanoq autizm alomatlarini aniqlash mumkin:

1. Bunday bolalar kattalar bilan har qanday aloqadan o'zlarini olib qochadi, masalan, boshqa bolalar singari onasiga yopishmaydi.
2. Ko'zga tik qaray olmaydi.
3. Ko'z uchi bilan qarash odati ko'p kuzatiladi.
4. Tovushlarga reaksiya qilmaydi (buni ko'pincha bolada eshitish qobiliyati pasayishi bilan adashtirish mumkin).
5. Bola muloqot qilsa ham tabassum, kulgi, mimika kabi emotsiya qilolmaydi.
6. Bola uyqusi buzulgan bo'ladi.
7. Bola suhbat qilsa ham, boshqa tomonga qarab hech kim bilan gaplashmayotgandek o'zini tutadi.
8. Bola doim nimadandir qo'rqib turadi (oddiy chiroq ham qattiq qo'rquv sabachisi bo'lishi mumkin).
9. Xatar nima ekanligini ham bilmasligi mumkin. Masalan, mashina yo'liga chopib ketadi, baland joylarda sarkab o'zini otadi.
10.Bolada atrof bilan muloqot qilishga ichidagi kuchli qarshilik yo'l qo'ymaydi. Bola doim iltimos, talab va harakatlarga qarshilik ko'rsatgisi keladi.

Ko'pincha ota-onalar autizm alomatlarini anglay olmay bola erkalik qilyapti, shoxlik qilyapti, quloq solmayapti deb bolani kuch bilan tinchlantirmoqchi bo'ladi yoki bolaga qo'yilgan talablarni bajarish uchun jazolash usullarini ham qo'llaydi. Bunday muomala bola psixikasiga battar ta'sir ko'rsatib, bolaning psixologik holatini yanada og'irlashtirib yuboradi.

Bolada autizm alomatlarini sezsangiz, uni psixiatrga ko'rsating.

Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi