Bola ko'p shirinlik yesa zarar emasmi?
Ayrim ota-ona farzandi 1-2 yoshga to'lmasidanoq shokolad yoki konfet yedirishning yomon tomoni yo'q desa, boshqalarning farzandi uchun shirinliklar yoshlikda man qilingan mahsulotlar qatorida turadi. Yosh bolalar uchun shirinlikning zarari bormi?
Bu savolga javob topish uchun dunyoda o'z pedagogik kitoblari bilan mashhur Sirs pediatorining maslahatlariga murojaat qildik.
Uning fikricha, bolaning yoshligida shirinlikka o'rgatishning bir qator salbiy oqibatlari mavjud ekan.
Farzandingizga shokolad yoki konfet berishdan oldin quyidagilar bilan tanishib chiqing:
1. Bola yoshligidan (1-2 yoshgacha) shirinlik bilan tanishsa, u katta bo'lganida shirinlik yeyish me'yorini bilmaydi. Ya'ni oldiga 10 dona shokolad qo'ysangiz ham yeb qo'yadi. Shirinlikni 5-6 yoshdan keyin bilgan bolalar esa, aksincha, yegulikda me'yorni his qila olishadi. O'n dona shokoladni bunday bolalar yeya olmaydilar. Bolada me'yorni bilish xususiyati katta bo'lganda boshqa mahsulotlarni yeyishda ham namoyon bo'ladi. Bunday bolalar semirib ketish, o'ta og'ir vaznlik kabi muammolarga duch kelishi kam bo'ladi. Shirinlik bilan kech tanishgan bolaga esa tug'ilgan kuniga chiroyli bezatilgan tort bersangiz u juda xursand bo'ladi va siz gapirmasangiz ham ortiqcha kremini yeyishdan bosh tortib, tortni me'yorini bilib yeydi. Sizga ham bunday ajoyib sovg'a uchun minnatdor bo'ladi.
2. Yoshligidan shirinlik yeyishga o'rgangan bolalar foydali ovqatlanishdan bosh tortadilar. Shokoladning ta'mini bilgan bola sabzavotli pyureni yegisi kelmyadi. Unga shirasi yo'q mahsulotlar bemaza ko'rinadi.
3. Shirinlik berib bolani ovutish uning psixikasiga ham salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bola asabiylashganida shokolad bilan ovunadi. Katta bo'lgan sari shokolad unga yetarli bo'lmay boshqa ovunchoq zor bo'lib qolish ehtimoli bor.
4. Aslida shokolad kattalar uchun foydali. U kuch beradi, miyani ishlatadi, kamqonlik tufayli bosh aylanish kabi holatlarda yordam beradi. Lekin organizm yoshligida ko'p shokolad va shirinliklar yeyishga o'rgangan bo'lsa, katta bo'lganda shokoladning ijobiy xususiyatlari bu organizmda namoyon bo'la olmaydi.
5. Shokolad va konfetlarni yoshligidan ko'p iste'mol qilish bolaning tishini tez karies bo'lishiga olib keladi.
6. Shirinliklarda mavjud bo'lgan ortiqcha miqdordagi shakar(glyukoza, saxaroza) ayrim bolalar jismoniy holatiga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bola shirinlik yevalib gormonlar tufayli asabiy, agressiv va juda qo'zg'algan bo'lib qoladi. Bunday bolalarni tushlikda yoki kechasi uxlatish muammo tug'diradi, ular energiyasi oshib giperaktiv bo'lib ketadilar. Har kuni bola ortiqcha energiya chiqarishi, giperaktiv bo'lishi uni asabiy bola bo'lib katta bo'lishiga sabab bo'ladi.
Sizning farzandingiz necha yoshdan boshlab shirinlikka o'rgangan? Shoshilmang, qancha kech tanishsa, shuncha o'ziga va sizga foyda bo'ladi.
7. Bolani shirinlik bilan xursand qilmoqchi bo'lsangiz unga shakar o'rniga asal, yoki shirin mevalar (fruktoza) va sutli mahsulotlar (laktoza) berishingiz mumkin.
8. Shirinlikka o'rgangan bolani boshqa hech qaydi mahsulot bilan xursand qila olmaysiz. Masalan, shokoladni yaxshi ko'radigan 2 yoshli go'dakka bir likobcha malina berzangiz, u ustiga shakar solib berishingizni so'raydi. Malinani ajoyib ta'mining o'zidan xursand bo'lishi qiyin bo'ladi. Bola tabiiy ta'mni shakarga almashtirishni istaydi.
9. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha yoshligidan ko'p shirinlik yeganlar bolaligida va ayrimlari katta bo'lganida ham ortiqcha vazn muammosiga ega bo'ladi.
10. Nihoyat, shirinlik bolani tartibga o'rgatishda salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bola ovqat yeyish vaqti bo'lganda qornini shirinlik bilan to'yg'azib olishni istaydi va foydali kerakli ovqat yeyishdan bosh tortadi. Bola tarbiyasida ovqatlanish, to'g'ri va foydali ovqatlanish alohida ahamiyatlidir. Chunki bu bola salomatligining bevosita garovidir.
Kanalga ulanish👉@Bolajon_parvarishi

Bola nega aldaydi?
Biz bilamizki, bolalarimiz juda ham xayolparast bo'ladilar. Lekin bu xayollar xavfli bo'lishi ham mumkin ekan.
Taxminan 3-4 yoshgacha bolalar yolg'on gapirishni umuman bilmaydi, bunda ularda ehtiyoj ham bo'lmaydi.
Ota-onadan nimanidir sir saqlash ularning xayollariga ham kelmaydi. Aynan 4 yoshdan keyin bola u bilan sodir bo'layotgan hodisa va voqealarni tahlil qilib o'ziga savol bera boshlaydi: "Nega meni jazolashdi?, "Nima qilib shunday holdan qochib qutulish mumkin?", "Nima qilsam oyimni mehrini ynada ko'proq olaman?", "Adamning rag'batlantirishiga sazovor bo'laman?" Ota - onasining barcha "yo'q" va "mumkin emas" larini chetlab o'tish maqsadida u har xil ayorliklarga boradi.
Bir eslab ko'ring-che, ko'chadan bolangiz cho'ntagini turli xil toshlar bilan to'ldirib kelgan bo'lsa, siz o'ylab o'tirmay bolangizning ko'z yoshi bilan "menga ular juda kerak" degan nolalariga ahamiyat bermay, barchasini olib axlatga tashlab yuborasiz, chunki uy toza bo'lishi kerak. Yoki boshqa bir misol: bolangiz qiziqib multfilm ko'rayotgan payti siz sevgan serial boshlangani uchun uni xonasiga rasm chizish uchun haydab yuborasiz.
Albatta bolalarimiz biz qo'ygan talablarni bajarmoqlari lozim, lekin bu talablar uning ham qarashlarini, uning xohishlarini inobatga olishi zarur. Aks holda bolangiz o'z xohish va istaklarini amalga oshirish uchun teskari yo'llar izlay boshlaydi, ya'ni aldashni boshlaydi.
O'zingiz aybdor bo'lib qolasiz.
Psixologlarning ta'kidlashicha, bolaning birinchi yolg'onining paydo bo'lishiga ota-onalarning o'zlari sababchi bo'larmish.
To'g'ri, hozir xayolingizdan "faqat men emas" degan fikr o'tishi mumkin. Axir siz emasmi, bolangiz buzib qo'ygan o'yinchog'ini sizdan qo'rqib divan tagiga bekitib qo'yganini bilib turib, unga "Adajoning sovg'a qilgan mashina qani?" deb so'roq qilganingiz. Shu savol bilan siz bolangizni aynan aldash yo'liga tushishga turkti bergan bo'lasiz. Undan ko'ra: "Bolajonim, men divan tagidan buzilgan mashinangni topib oldim. Unday qilish mumkin emas. Mashinalarni ehtiyotkorlik bilan o'ynash kerak. Kechqurun Adang tuzatib beradilar. Keyingi safar bekitmay menga ayt" deganingiz ma'qul bo'ladi. O'shanda bolangiz qalbida uyg'ongan ishonch va minnatdorchilik kelajakda to'g'riso'z, odobli inson voyaga yetishiga turtki bo'ladi.
Bilasizmi, ko'pincha qanday bolalar aldoqchi bo'ladilar? Olimpik sovrindorlarni, juda ham aqlli insonlarni, yuqori marralarga erishgan kasb egalarini yaratmoqchi bo'lgan ota-onalarning farzandlaridir. Bunday ota-onalar o'z farzandlaridan juda ko'p narsa kutadilar, bolalar esa ularning ishonchlarini yetarlicha oqlay olmaydilar. Shunda bola ota-onasini xursand qilish maqsadida "Sinfda bugun eng zo'r javob berdim", yoki "Musiqa maktabida meni maqtashdi" degan yolg'onlarni to'qiydi. Kichik yutuqlarga erishganda ham bu yutuqlarni katta qilib ko'rsatishga harakat qiladi.
Shuning uchun bolangizga marra o'rnatayotganingizda bir o'ylab ko'ring, marra juda ham baland emasmi?
Balki ko'proq bolangiz istaklarini inobatga olib, uni ko'proq maqtaganingiz lozimdir? Shunda bola sizning mehringizni qozonish uchun yolg'onlarni to'qimaydi.

Qo'l yuvish - salomatlik garovi!
Bolaga qo'lini to'g'ri yuvishni o'rgatib ota-ona avallambor uni ko'plab kasalliklardan, xususan gripp va shamollashdan saqlaydi. Statistikaga qaraganda aynan qo'lning toza bo'lishi kasalliklarni 10 barobar kamroq yuzaga kelishini ta'minlar ekan.
Qo'lni juda ko'p yuvish ham, umuman uvmay yurish ham yaxshi emas. Tez-tez yuvilgan qo'llarda mikroblarga qarshi immunitet hosil bo'lishi qiyin bo'ladi. Natijada bola organizmi oddiy mikroblarga bardoshsiz bo'lib qoladi. Shuning uchun qo'lni:
Ko'chadan kelganda;
Ovqatlanishdan oldin;
Kir bo'lganida yuvish kerak.
Bola kichikligidanoq qo'l yuvish jarayonini bilib olishi lozim. Ota-ona bolaga qo'l yuvishda namuna bo'lishi, bolada qo'l yuvish jarayoniga hurmat bilan qarashga turtki bo'ladi.
Quyida qo'l yuvish qadamlari ko'rsatilgan bo'lib, ularni har safar bajarish kerak.
Qo'l yaxshilab yuvilib bo'lgach, yaxshilab chayilishi ham muhim.

Chaqaloq ko‘p yig‘lasa, nima qilish kerak?
✅Nega bola tinmay qichqirib yig‘lamoqda?
Siz tomondan quyidagilar talab etiladi:
1. Bolada aynan vrach yordami talab qilinadigan holat-mi yo‘q-mi? aniqlash kerak:
Vahima qilish kerak, agar:
Bolaning to‘xtamay qusayotgan bo‘lsa;
Bola tanasini oqarib ketgan bo‘lsa;
Agar bu ikki simptom kuzatilmay bola ko‘rinishi yaxshi bo‘lsa, ko‘rinishi kasalga o‘xshamasa, u holda vrachni chaqirish hojati yo‘q.
Aniqlang: bola badanida og‘riq yo‘q-mi?
Bolani yechintirib quyidagilarga ahamiyat berib chiqing:
Bolaning qo‘li yoki oyog‘ining qimmirlashi o‘zgarmaganmi?
Tanasida oldin siz ko‘rmagan shish yoki qizarishlar yoq-mi?
Agar qandaydir g‘ayrioddiy narsa sezgan bo‘lsangiz vrachga murojaat qiling. Ko‘pincha yuqoridagi o‘zgarishlar bolani yiqitib yuborganda kuzatiladi.
Bola soni egiladigan joyda (qorin tagi) shishlar yo‘q-mi?
Bu holat ichak o‘tkazish yo‘llarida grija yoki ichak o‘tkazish sistemasi buzulganligidan dalolat beradi va tibbiy yordamni talab etadi.
Bola qornini ushlab ko‘ring. Tarrang bo‘lib ishgan emas-mi? Yoki siz tegsangiz bola battar qichqirib yuborayotgani yo‘q-mi?
Bunday holatning sababi ichak yo‘llarining buzulishidadir. Lekin ko‘pincha bu holat bilan birga qusish, bola tanasining oqarib ketishi va umumiy holsizlik kuzatiladi. Bola qornining aynan yig‘lash payti emas sal tinganida ko‘rish kerak. Chunki yig‘layotgan bola qorni tarrang bo‘ladi.
Bola tagliklari yopishgan joylarida qattiq qizarish yo‘q-mi?
Bu juda katta og‘riq keltirishi mumkin.
Bola burnidan quyuq sariq suyuqlik chiqmayapti-mi?
Bu quloq yallig‘lanishi bo‘lishi mumkin.
Bola kattasini qilaman deb kuchanmayapti-mi, yoki sizning kuzatishlaringiz bo‘yicha 2 kundan beri ichi kelmagan-mi?
U holda gliserin svechalaridan foydalangan holda bola ichini yumshating va qornini soat strelkasi bo‘yicha iliq qo‘l bilan sekin-sekin silang.
Bola milklari ishib so‘lagi ko‘p oqmoqda-mi?
Bu hol tishi chiqayotganidan dalolat beradi.
Bola tanasini yaxshilab ko‘rib chiqing, odatda hatto soch barmoq atrofida aylanib qolishi bolaga noqulaylik keltirishi mumkin.
Agar yuqoradigalardan siz hech narsa bolangizda topmagan bo‘lsangiz, u holda quyidagilarga nazar soling:
Yaqin orada bolaga yangi mahsulot berishni boshlamagan edingiz-mi? Agar emizayotgan bo‘lsangiz, o‘zingiz yangi bir mahsulotni, oldin iste’mol qilmagan mahsulotni yeb qo‘ymadingiz-mi? Yoki smes berayotgan bo‘lsangiz, smes turini almashtirmagan edingiz-mi?
Balki bolangiz psixologik nuqtai nazardan xafa bo‘lmoqda holos. Agar bolada jismoniy yoki allergik sabablarni ko‘rmagan bo‘lsangiz, u holda bolani mehr bilan tinchlantirishga uruning.
Bolani quchog‘ingizda olib ko‘chaga olib chiqib aylanib keling;
Emizib ko‘tarib yuring;
Bola massajidan foydalaning, ayniqsa qorin massaji foydali bo‘ladi.
Agar yuqoridagilardan kelib chiqqan harakatlaringiz yordam bermay, bolangiz hali ham tinmay yig‘layotgan bo‘lsa, u holda vrachga murojaat qiling.

🧠Bolalarda xalq tabobati orqali xotirani tiklash
Yosh bolalar xotirasini tiklash uchun dori preparatlaridan foydalangandan ko‘ra, xalq tabobatiga murojaat qilgan yaxshiroq.
Eng oddiy va mazali bo‘lgan, xotirani kuchaytirishga yordam beradigan mahsulot banandir. Shunchaki bolaga och qoringa 1 dona va uyqudan oldin 1 dona banan berish kerak. Banan tarkibiga kiruvchi moddalar miyada qon aylanishi va nerv tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari banan iste’mol qilish stress holatidan olib chiqishga ham yordam beradi, stress esa bolalarda xotira susayishining bir sababidir.
Asal va yalpiz xotirani mustahkamlash xususiyatiga ham ega. Ulardan dorivor ichimlik tayyorlash uchun 1 choy qoshiq yalpiz (quritilgani) olib 2 stakan qaynagan suvga soling, eritmani 30 daqiqa og‘zi yopiq idishda saqlab, so‘ng unga 2 choy qoshiq asal aralashtiring. Bunday ichimlikni bolaga kun davomida berib turing, uni qabul qilishning chegarasi yo‘q, istagiga qarab ichilaveradi. Asal va yalpiz nafaqat xotirani tiklaydi, balki immunitetni ham oshiradi.
Xotirani tiklash uchun salat. Qirg‘ichdan chiqarilgan sabziga mayiz va yong‘oq aralashtiring. Unga yogurt qo‘shib bolaga bering. Bundan tashqari salatga asal ham qo‘shsa bo‘ladi, bolakaylar bunday salatni maza qilib yeyishadi. Uning tarkibidagi moddalar nerv tizimi zo‘riqishlari, stressdan xalos etib xotira tiklanishiga yordam beradi.

Bolani ovqatlantirishda nimalarga e’tibor qaratilishi lozim?
Birinchidan, onalar bolani to‘g‘ri ovqatlantirishlari kerak. Ikkinchidan, ayniqsa iliq-issiq kunlarda bolaga ko‘proq suv berish lozim, bu terlash tufayli organizm yo‘qotgan suyuqlik o‘rnini to‘ldiradi. Uchinchidan esa o‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining oldini olish maqsadida shaxsiy gigena qoidalariga rioya etish alohida o‘rin egallaydi. Chunki o‘tkir me’da-ichak infeksiyalari bilan kasallanish 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida 65-70 foizni tashkil qiladi.
Kasallik ko‘pincha iste’mol qilingan suv va oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqishini inobatga olib issiq kunlarda bolalarning ochiq suv havzalarida cho‘milishlarini nazorat qilish, ayniqsa mevalarni qaynagan suvda yuvib berish muhim hisoblanadi.
Vitaminga boy ko‘katlarni to‘g‘rab, bola ovqatiga qo‘shib yedirish lozim. Umuman, vitaminli yeguliklar kundalik dasturxonda doimo bo‘lishi shart. Oddiygina misol. Bola organizmida vitamin C yetishmasa, uning aqliy va jismoniy qobiliyati pasayib ketadi, me’da-ichak faoliyati buziladi, bola tez-tez shamollaydigan bo‘lib qoladi. Shunday ekan, askorbin kislotasiga boy petrushka, karam, na’matak, limon, pomidor va sabzi iste’mol qilishni yo‘lga qo‘ygan ma’qul.
Vitaminlarning B guruhi yetishmasa, bolada ishtaha yo‘qolishi, asab tizimi faoliyati buzilishi, lanjlik, ozib ketish kabi belgilar kuzatiladi, shu sababli bolalarga go‘sht, jigar, dukkakli donlar, sut mahsulotlari, tuxum va turli sabazavotlarni ko‘proq berish tavsiya etiladi.
Vitamin A tanqisligi yosh bolalarning ko‘rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, moddalar almashinuvining bir me’yorda bo‘lmasligiga olib keladi. Bolalarga go‘sht, baliq, sut, tuxum, sariyog‘ va ko‘k no‘xatli taomlarni ko‘proq berish lozim.

Bolaning tili chiqishi - pediatr Komarovskiy maslahatlari
Ikki yoshga to'lgan bolaning tili chiqishi kerak. O'zining uchinchi tug'ilgan kuniga qadar bola o'rtacha 300 ta so'zni bilishi, tushunishi, gapira olishi lozim. Bolaning tili vaqtida va ravon chiqishi uchun ota-ona yordam berishi mumkin ekan, deb ta'kidlaydi mashshur Rossiyalik pediatr Komarovskiy.
Buning uchun:
1. Bola bilan homiladorligingizdan boshlab suhbatlashishni boshlang.
Homiladorlikning 3 trimestrida bola tovushlarga juda ta'sirchan bo'ladi. Aynan bu davrdan boshlab ona yoki ota o'z farzandi bilan muloyim gaplashishni, klassik musiqalarni qo'yib berishni odat qilishi kerak.
2. Yangi tug'ilgan chaqaloq bilan doimo suhbatlashib yuring.
chaqaloqligidan ravon nutqni eshitgan bolani tili chiqishi oson bo'ladi.
3. Bolaning ko'zlariga qarab gapiring.
Ota-ona gapirayotganida bola uning lab qimirlashini kuzatadi, shu yo'l bilan uning tili chiqishi osonlashadi.
4. Bolaga ko'p savol bering.
Bola javob bera olmagan taqdirda ham, unga savol berishga odatlaning. Savolingizga javob berish niyatida uning aqliy va nutqiy rivojlanishi kuchayadi.
Telefon va kompyuter o'yinlari bolani tili chiqishini keskin sekinlashtiradi.
5. Bolaga ko'p ertak o'qing.
Kitobdagi yangi so'z va iboralar bolani tili chiqishida muhim ahamiyatni kasb etadi.
6. Bola bilan birga yoki bola uchun qo'shiq ayting.
Musiqa va qo'shiq nutq apparatini rivojlantriadi.
7. Bola bilan doimiy ravishda muloqotda bo'ling.
Ovqat qilish davomida ham bolani sabzavotlarni rangini, soni aytishga undasa bo'ladi. Ko'chada atrfodagi buyum va manzaralarni bola bilan birgalikda tahlil qilsa bo'ladi.
8. Bola tilida suhbatlashmang.
Bola 6 oydan o'tgach u bilan og'izni cho'chchaytirib "shiringina" gapirishning foydasi yo'q. Bolaning tili chiqishida bu qiyinchilik tug'diradi.

Forwarded from Doctor Muxtorov
11 oktabr — Xalqaro qiz farzand kuni.
Qiz bor uyning fayzi bo‘lak, deydilar,
Jannat yo‘li – qiz bor yo‘lak, deydilar.
O‘ngirimda o‘g‘lim yo‘q, debdi o‘ksimang,
Tog‘ bo‘lmasa, qir ham tirgak, deydilar.
Elning baxti botirlarga yor bo‘lsin,
Ominalar, Xolidalar bor bo‘lsin.
Qiz yo‘q yurtga ko‘klamlar sep to‘sharmi?
Kelini yo‘q to‘ylar to‘yga o‘xsharmi?
Qizlar borki, o‘lka omon, qo‘rg‘on but,
Qiz kutmasa yigit olov kecharmi?
Jonlar ilhaq, ilinjlar tumor bo‘lsin,
Ma’sudalar, Mahzunalar bor bo‘lsin.
© Muhammad Yusuf
Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov

Emizikli bolasi bor ona quyidagi mahsulotlarni iste’mol qilmasligi zarur:
✅Yangi uzilgan bodring, kvas (kvasli yaxna sho‘rva, ya’ni okroshka), poliz mahsulotlari (qovun, tarvuz) – bularning barchasi chaqaloqning qornini og‘ritishi, ichak ish faoliyatining buzilishiga olib kelishi mumkin.
✅Ko‘zga tashlanadigan yorqin ranglardagi meva va sabzavotlarni (qizil olma, apelsin, shaftoli, o‘rik, lavlagi, sabzi, pomidor, malina, qulupnay) ehtiyotlik bilan iste’mol qiling. Ushbu shirin mahsulotlar chaqaloqda allergiya qo‘zg‘ashi mumkin.
✅Sutni iste’mol qilishdan oldin uni albatta pishirib oling, chunki u chaqaloqning qorni dam bo‘lishiga olib keladi. Bundan tashqari pishirilmagan sut ayniqsa yoz mavsumida o‘tkir ichak infeksiyasiga sababchi bo‘lishi mumkin.
✅Sarimsoq, piyoz, selderey va turli ziravorlar ona sutiga yoqimsiz ta’m berishi mumkin, shu sababli ularni suiste’mol qilmang.
✅Alkogol va tamaki ona sutiga taxir ta’m beradi. Buning ustiga ularning tarkibidagi moddalar bolaning rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin, chunki ular bola organizmiga tushadigan kislorodni yopib qo‘yadi.

Bolaga qo'shimcha ovqat berish bilan bog'liq muammolar
Ba'zi bolalar qo'shimcha ovqatga tez o'rganishsa, ba'zilari ko'krak suti yoki smesdan boshqa hech narsani yeyishni istamaydilar. Qo'shimcha ovqat odatda bolaning 6 oyidan boshlab beriladi, lekin bola buni istamasa-chi?
U holda shoshilmaslik ayni muddao. Aslida 1 yoshgacha bola o'ziga kerakli barcha vitamin va mikroelementlarni ko'krak sutidan yoki smesdan kerakligicha oladi.
Shuning uchun bola yaxshi rivojlanib, vazni kerakligicha oshib, o'zini yaxshi his qilayotgan bo'lib, qo'shimcha ovqatdan bosh tortsa, bundan havotir olmang. Demak hali erta. Vaqti kelib, albatta qo'shimcha ovqat yeyish istagi paydo bo'ladi.
Lekin kuch bilan bola istamagan holda unga qo'shimcha ovqat yedirish jismonan ham, ruhan ham bolaga hech qanday foyda keltirmaydi.
Olti oyda yeyishni istamayotgan bo'lsa, ozgina vaqt kutib keyin yana harakat qilib ko'ring. Ba'zi bolalar meva yeyishni hush ko'rsalar, ba'zilari sabzi va kartoshka kabi sabzavotlarni hush ko'radilar.
❗️Qo'shimcha ovqat berishda eng muhim tamoyil - bu shoshmaslik.
Siz tayyorlagan taom bolaga yoqmagan bo'lsa, demak uni didini topa olmadingiz. Boshqa mahsulotdan harakat qilib ko'ring.
Eng asosiysi, qo'shimcha ovqat asta-sekinlik bilan bola ratsioniga kiritilib, har bir yangi mahsulot berilish intervali 1-2 haftani tashkil etishi lozim.
Olti oylarda kuniga bir-ikki qoshiq yeyilgan sabzavot yoki mevali pyure bola uchun yetarli bo'lishi ham mumkin. Zo'rlamang. Vaqti kelib o'zi sizni qo'ymay meva berishingizni talab qilib yuradi.

6 oylik bola ovqatlanishi: qo'shimcha ovqat berish
Ko'krak suti yoki smesdan tashqari 6 oylik bolaga qo'shimcha ovqat berish mumkin va kerak.
Bolaning oshqozoni yangi taomlarga o'rganmagani uchun, bu yerda asta-sekinlik va ma'lum bir bosqichlardan o'tish talab etiladi.
6 oylik bola qanday ovqatlanishi mumkin:
Nimadan boshlaymiz:
-Banan;
-Guruchli kasha;
-Nok;
-O'zingiz tayyorlagan olma sharbati.
Taomlarning holati:
-Yaxshilab ezilgan, pyure shaklida qoshiq uchida beriladi.
Bolaga qo'shimcha ovqat berishda eng asosiy qoida bu shoshilmaslik.
Har bir yangi mahsulotni qo'shishni boshlaganingizda kuzating. Bolada unga nisbatan allergiya yoki ichi buzulish holati kuzatilmasa, sekin-sekin porsiyani oshirish mumkin.
Bir-ikki haftalardan so'ng ikkinchi mahsulotni berib ko'ring.
Bunda ham biroz kuzatib, keyin porsiya miqdorini oshirishingiz mumkin.
❗️Mahsulotlar yangi va yaxshilab yuvilgan bo'lishi lozim.
Kattalar ovqatidan hali bermay turing. Bolaga yoqib albatta iste'mol qilishi mumkin, lekin uning oshqozoniga bu katta yuk bo'lib, bola kuchi va energiyasi butunlay o'sha ovqatni hazm qilish uchun ketib qoladi. 6-oylik bolaning oshqozoni va ichaklari kattalar ovqatini hazm qilishga tayyor bo‘lmaydi!

Alisher va Gripp (virusi) suhbati
Alisher o‘z xonasi devorida o‘rmalab yurgan g‘aroyib maxluqchani ko‘rib qoldi. Yaqinlashib qarasa, gripp ekan. Chaqqon bola emasmi, oshxonadan tezda shisha idish olib kelib, grippni qamab qo‘ydi.
– Ushlab oldimmi?! Ana endi, singlim Nargizani kasal qilganing uchun ta’ziringni beraman!
– U men emas, boshqa gripp edi. Men yaqinda ish boshladim, hali ko‘p narsani bilmayman, – dedi qo‘rqib ketgan maxluqcha.
– Unda bu yerda nima qilyapsan? – so‘radi Alisher qovog‘ini uyib.
– Haligi... Seni kasal qilgani keluvdim, – dedi gripp uyalib.
– Hali shunaqami?! – Alisherning jahli chiqib ketdi.
U idishga qaynoq suv quyib grippni yo‘q qilmoqchi bo‘ldi.
– To‘xta, meni jazolama. Balki, kelisharmiz?.. – ko‘zlari yoshlanib iltimos qildi u.
– Kelishamiz, gripp bilan-a?!
– Nima qipti? Meni qo‘yib yuborsang, kasallikdan saqlanishning hech kim bilmaydigan sirlarini aytib beraman.
– Mayli, roziman, lekin shunda ham boshqalarni kasal qilmaslik sharti bilan, – dedi Alisher.
– Unda, eshit. Biz, asosan, havo orqali yuqamiz. Gripp bo‘lmaslik uchun quyidagi maslahatlarimga amal qil.
💊 Maktabda va avtobusda, albatta, dokali niqob taqib yur. Chunki bunday joylarda biz judayam ko‘p bo‘lamiz.
💊 Qo‘ling bilan burning va og‘zingni ko‘pam ushlayverma. Biz ko‘proq bolalarning qo‘llariga yopishib olamiz. Shu uchun ham qo‘lingni tez-tez sovunlab yuv.
💊 Kasal bo‘lib qolgan o‘rtoqlaring bilan masofa saqla. Chunki ular aksa urganda menga o‘xshagan grippchalar senga ham yopishib oladi.
💊 Xonangni tez-tez shamollatib tur. O‘shanda devor va buyumlarga joylashib olgan viruslar uzoqlarga uchib ketadi.
💊 Vaqtida ovqatlanib, vaqtida uxlashni unutma. Charchagan va qorni och bolalarni biz osongina kasal qilib qo‘yamiz.
– Agarda shu qoidalarga amal qilsang, hech qachon gripp bo‘lmaysan!
– Tushunarli. Albatta, bularga amal qilaman. Sen-chi, endi nima qilasan? – so‘radi Alisher.
– Ishdan bo‘shayman. Bolalarni kasal qilish o‘zimga ham yoqmaydi. Keyin esa sayohatga chiqaman. Kichkinaligimdan asalariga o‘xshab guldan gulga qo‘nib yurishni orzu qilardim. Sen esa, hech qachon kasal bo‘lma! Xayr, do‘stim.
Alisher bilan xayrlashgan gripp oyna orqali tashqariga chiqib, ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi.
Qadrli onalar! Ushbu hikoyani bolalaringizga o‘qib bering! Va ularni grippdan asrang!

👞👟Bola uchun birinchi poyabzalni qanday tanlash kerak?
Bolaning birinchi poyabzali chiroyli va ko‘rkam bo‘lishi bilan birga sifatli va qulay ham bo‘lishi kerak.
Bolaga birinchi poyabzalni qachon olish kerak?
Ba’zi mutaxassislar fikricha, bola o‘zining birinchi qadamlarini tashlamasdan turib unga oyoq kiyim kiydirishning hech qanday zarurati yo‘q. Shuning uchun bolaga birinchi oyoq kiyimni u bir-ikki qadam tashlay boshlagandan keyin sotib olishingiz mumkin.
Birinchi poyabzal qanday bo‘lishi kerak?
Oyoq kiyimning shakli qanday bo‘lishiga o‘zingiz qaror qiling. Lekin sifatiga kelganda, poyabzallarning biroz (5-15 mm) poshnasi bo‘lishi kerak. Bu poshnalar bolaning orqa tomonga yiqilish ehtimoliga yo‘l qo‘ymaslik uchun kerak. Bolalar poyabzalining tovonni mahkam ushlab turadigan va bolani tasodifiy shikastlanish xavflaridan saqlaydigan qattiq dastagi bo‘lishi kerak. Poyabzal ichida olinadigan yumshoq patak bo‘lishi kerak. Kerak bo‘lganda bu odatdagi patakni supinatorli maxsus patakka almashtirish mumkin. Tag charmi egiluvchan va juda yupqa bo‘lishi lozim. Poyabzal aniq o‘lchamda olinishi, ya’ni bolaning oyog‘i uning ichida “o‘ynab” turmasligi kerak.
Bolaga ortopedik poyabzal kerakmi?
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ortopedik poyabzal faqat kasal odamlar uchun mo‘ljallangan.
Onalarga “ortopedik poyabzal” deb sotiladigan oyoq kiyimlar ko‘pchilik hollarda hamma talablarga (tabiiy charm, tumshug‘i keng, tovoni qattiq va h.k.) javob beradigan va haqiqatan ham ichiga bolalar yassioyoqligida yordam beruvchi maxsus supinator-pataklar qo‘yilgan bo‘ladi.

Chaqaloqni kechki uyquga to'g'ri kiyintirish
Chaqaloqning tinch uyqusi uning kiygan kiyimiga ham bog'liq ekan. Chaqalog'ingizni kechasiga kiyintirayotganingizda asosiy bir qoidaga rioya qilishingiz lozim: siz qanday kiyingan bo'lsangiz, chaqaloqni ham shunday kiyintirasiz va qo'shimcha bir qavat kiyim yoki yengil adyol qo'shasiz.
Bolangizning tana haroratini qo'lingiz bilan his etishga o'rganing. Qo'l va oyog'i muzdek bo'lib qolgani bola sovuqqotganidan dalolat beradi. Demak, bolani yaxshilabroq yopish kerak. Agar bola tanasi issiq bo'lib terlagan ham bo'lsa, u holda bola isib ketmoqda, uning kiyimini yengillashtirish yoki xona haroratini pasaytirish lozim.
Agar chaqalog'ingiz muddatidan oldin tug'ilgan yoki 3.5 kg dan kam tug'ilgan bo'lsa, u holda bola qo'shimcha isinishga ehtiyoji bor, uni issiqroq kiyintirish lozim.
Ko'pchilik chaqaloqlar o'ralgan holatni xush ko'radilar. Albatta qattiq o'ralgan emas, balki biroz qo'l oyoqchalari birlashgan holda, asta o'ralgan bo'lmog'i qulay. Bolaning harakatlari siqilmagan bo'lishi kerak.
Eng asosiysi, chaqaloqning kiyimi 100% paxta tolasidan tayyorlangan bo'lishi shart. Bunday matolarda havo yaxshi aylanadi va bola tanasiga nafas olishga yordam beradi.
Bolaning kiyimida har xil boylagichlar bo'lmagani qulay, bola g'imirlab iplarga bo'g'ilib qolishi oson.
Agar bola yotog'i sovuq bo'lsa, birinchi bir necha oy bolaga yengil bosh kiyim kiydirishingiz mumkin.
Agar chaqalog'ingiz kechasi yaxshi uxlamasa, ko'p yig'lasa, uning kiyimlarini bir ko'zdan kechirib chiqing. Ko'pincha bolalar tinch uxla olmasligiga isib ketishi, sovuqqotishi yoki noqulay kiyimi sabab bo'lishi mumkin.

🤧Chaqaloqning burnini tozalash
Chaqaloqning burni bilan nafas olishda qiynalishini shamollash bilan adashtirmaslik muhim!
1. Bolangizni qorniga yotqizib, boshini asta yon tomonga qarating. Bunday holatda bola yaxshiroq nafas oladil chunki bu holat bola nafas yo'llarida yig'ilib qolgan so'lakni chiqarib tashlashga yoki tili nafas yo'llariga to'sqinlik qilishidan asraydi.
2. Bola uxlaydigan xonani iloji boricha chang va pardan xoli qiling. Xonadan chang yig'adigan narsalarni olib chiqing, ya'ni yumshoq o'yinchoqlar, parli yostiqlar. Agar bola burni yaxshi nafas olsa o'yinchoqlar qolaverishi mumkin.
3. Bolani nafas yo'liga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi hidlardan yiroqda ushlang. Sigaret tutuni, kraska hidi, mashina chiqindi gazlar hidi, atir va boshqa parfyumeriya buyumlari nafas olishga to'sqinlik ko'rsatishi mumkin. Bola bor uyda chekilmasligi lozim.
4. Bolani burni bitib qolganda, bola emishga qiynalsa sho'r suvdan (1 litr qaynatib ilitilgan suvga 2 choy qoshiq tuz) foydalanib burnini tozalang. Buning uchun bolani vertikal ushlab burniga 1-2 tomchi sho'r suvdan (Natriy Cloride) quyib yoki tuzli suvlik spreydan 1 marta sepib bolani bir daqiqaga boshini tanadan pastroq bo'lgan holatda ushlab turing. Burun ichidagi suyuqlik yumshatiladi. Agar suyuqlik o'zi chiqishi uchun juda ko'p yoki quyuq bo'lsa, u holda aspirator (suyuqlikni so'rib oluvchi vosita) dan foydalaning. Sho'r suvdan yumshagan suyuqlikni burnini boshidan ichkariga tiqmay turib aspirator bilan tortib oling.

Tish chiqishi alomatlari
Bolaning tishi chiqayotganda quyidagi alomatlar yuzaga kelishi mumkin, lekin shart emas:
1 Bolaning milki shishib qoladi;
2. Bolaning milki oqsih rangga bo'yaladi;
3. Ko'p so'lak oqadi;
4. Bola hamma narsani og'ziga olib chaynashni istaydi;
5. Tana harorati oshadi ( ko'pi bilan 37-38 gradusgacha);
6. Bola injiqroq bo'lib qoladi;
7. Bolaning uyqusi buziladi yoki uyqu rejimi o'zgaradi;
8. Bola ona ko'kragini yoki qo'lini tishlashni xohlaydi;
9. Bolaning ishtahasi yo'qoladi;
10. Bolaning najasi suyuqlashadi, ichi ketadi.
Yuqoridagi alomatlarni ayrim kasalliklar alomatlari bilan adashtirib yubormang. Masalan, bolaning tana harorati oshib, bola yo'talib, burni oqayotgan bo'lsa, u holda bola shamollagan bo'lishi mumkin. Yoki bolaning ichi ketishi kuchayib borib, unga qusish ham qo'shilib ketsa, demak bola infeksion kasallikka uchragan, uni darhol davolash lozim.
Onaning o'zi bolasi uchun birinchi shifokor. Shuning uchun yuqoridagi alomatlarni bolada kuzatsangiz va ular kasallik emasligiga shubhalanayotgan bo'lsangiz, u holda vrachga murojaat qilganingiz ma'qul. Bolada tishi chiqishi jadvali va tish chiqishi bilan bog'liq muammolar bilan ham tanishing.

Bu kun ko‘pchilik onalar bola tinchligini o‘ylab pampersdan foydalanishadi…
Bolalarga uy sharoitida pampers taqishda me’yorga amal qilish shart. Ayniqsa o‘g‘il bolalarga pampersni uzoq muddat taqish kelajakda o‘z salbiy asoratlarini berishi (bepushtlikka olib kelishi) mumkin.
Bolalar qisqa muddatga, (ya’ni uni poliklinikaga olib chiqqanda yoki mehmonga borganda) ortiqcha noqulayliklarning oldini olish maqsadida pampersdan foydalanish mumkin. Ayrim onalar kun davomida bolalarni pampersda qoldirishadi, bu mutlaqo noto‘g‘ri.
Pampers tanlaganda albatta uning havo o‘tkazuvchanligiga alohida e’tibor qaratish lozim. Uzoq muddat pampersda yuradigan bolalarda hojatga chiqish ko‘nikmalari shakllanmay qoladi, natijada bunday bolalar maktabgacha ta’lim muassasalariga borganda qiynalishadi.
Onalar o‘z farzandlarini uy sharoitida pamperssiz parvarish qilishlari hamda ularda zarur ko‘nikmalar shakllanishida yordam berishlari kerak.
✅Bolani qanday kiyintirgan ma’qul?
Yil fasllari almashadigan paytda bolalar salomatligiga alohida e’tibor talab etiladi, chunki iqlim, ob-havo salomatlikka jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Faslga qarab ovqatlantirish kabi, faslga mos qilib kiyintirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Bolalarga paxtali matodan tikilgan, tana uchun qulay (tor yoki juda ham keng bo‘lmagan) kiyimlar kiydirish ular organizmi uchun foydali. Kiyim bola tanasiga havo o‘tkazadigan bo‘lsa, u organizmda moddalar almashinuvi me’yorida kechishiga yordam beradi.
Bolaning boshiga oq matodan tikilgan soyabonli qalpoqcha kiydirish lozim (sababi, u quyosh nurlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri bola yuziga tushishidan saqlaydi).

Forwarded from Bolalar uchun ehson
Assalomu aleykum. Aziz aka-ukalar va opa-singillar!
Bugun sizlarga yana iltimos bilan yuzlanmoqdaman. Qizalog'im Odinaxon Gidrosefaliya(miyada ortiqcha suv), Spina bifida va pastki paraparez(siydik, najas ushlay olmaslik tashxisi bilan tug'ilgan. Shu qizalog'im uchun yordaminglarni ayamanglar, imkoni bor saxiy insonlar iltimos!
Qizimni davolashga har oy 4 mln so'm ketadi. Bundan tashqari ichagida yarachalar paydo bo'lib issig'i tushmayapti. Alloh yo'lida yordam berishingizni so'rayman.
Manzilimiz: Andijon shahar, Navro'z Mfy, Uyg'ur ko'cha.
Uzkard
8600 1204 7316 3536.
Humo
9860 0301 6595 6217
Kartalar Ismoilova Husnigul nomida(onasi)
Bog'lanish uchun +998932560359.
Bemalol tel qilib ko'rishinglar mumkin.
https://t.me/bolalar_uchun_ehson