“Аkademnashr” nashriyoti
5.74K subscribers
1.81K photos
260 videos
26 files
2.31K links
“Akademnashr” nashriyotining rasmiy kanali

Мutolaa qiling!

Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo

Tel: 99 433-16-77
Aloqa: @akademnashr_bot

Manzil: t.me/Akademnashr/1461
Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)
Download Telegram
“Mazaxchi beozor qush, uni o‘ldirish gunoh”

Mazaxchi — ma’sumiyat! Kishi so‘zi, lafziga ishonch ma’sumiyati; haqiqat, adolat borligiga ishonch ma’sumiyati; ishq-muhabbat, vafo mavjudligiga ishonch ma’sumiyati...

Ishonch — mazaxchi, qalbimizdagi ishq — mazaxchi, adolat hissi — mazaxchi... Har birini o‘ldirish gunoh! Biroq har makon va zamonning o‘z Bob Yuellari, Meyellalari bor, ular bor ekan qalbimizdagi eng go‘zal tuyg‘ular — beozor va ma’sum mazaxchi o‘ldirilaveradi!

(Tirik bo‘lsa) Asra, mazaxchini asra!..
Redli alvastiga do‘n...

Dono Bekchan

Narxi: 55 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr
Erta tongni mutolaa bilan boshlaysizmi? Odatda, tonggi mutolaa uchun qaysi janrdagi kitoblarni ma'qul ko‘rasiz?

📚 @akademnashr
Harper Lining «Mazaxchini o‘ldirish» kitobi uchun ishlangan, lekin asosiy muqova sifatida tanlanmagan versiyalarni e'tiboringizga taqdim etamiz.

Qaysi variantlar sizga ko‘proq yoqdi?

📚 @akademnashr
​​Dinara Mo‘minova, bolalar yozuvchisi:

“O'tgan gal Janubiy Koreyalik bolalar adabiyoti muallifi haqida post yozaman deb turganimda kun.uz'da chiqqan kutubxonalar haqidagi maqolani o'qib hafsalam pir bo'lgan edi. Bugun nihoyat nufuzli xalqaro tanlovlar g'olibi Janubiy Koreyalik Suzi Lee kitoblari haqida yozaman deb turganimda yana bir xabar meni yo'ldan urdi. Lekin bu gal xabar xursandchilik olib keldi.

O'zbekistondagi kutubxonalardan kitoblarim haqida biron izoh olmay yurganimda, Turkiyadagi kutubxonalardan biridan kitobimga ajoyib va yoqimli izoh oldim.
Turkiya universiteti magistranti Iroda Oripova meni feysbukda topib, Akademnashrda chiqqan "Ajoyib kaktus" nomli kitobim Turkiyada magistrantlar orasida muhokama qilinayotgani haqida xabar berdi. Shuningdek, magistrlar ustozi kitobim haqida post ham qoldirgan ekanlar. Quvondim, juda quvondim.

Mayli, bir kun O'zbekistonda ham bolalar adabiyotiga, maktabgacha yoshdagi bolalar adabiyoti inson rivojlanishida naqadar muhim ekanligiga e'tibor qaratishar.

Turk tilidagi postdan parcha:
"Ba'zan biz ham Gruzonimiz."
"Farzandlarimizga hayot, orzu va qadriyatlarni tushuntirishga harakat qilganingiz uchun tashakkur!"

Akademnashr nashriyoti, xususan Sanjar Nazar, ishonchingiz uchun doimo minnatdor bo'lib qolaman”.

👉 Dinara Mo‘minova kitoblari

📚 @akademnashr
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qabul qilingan bir guruh yosh ijodkorlarga guvohnomalar topshirildi.

Ular orasida Akademnashr kitobxonlari uchun yaxshi tanish bo‘lgan Raxshona Ahmedova («Soyabon ostida»), Azizbek Norov («Azal va abad yo‘li») va Xurshid Abdurashid («Faqat u qoldi») ham bor.

Yosh ijodkorlarning kelgusi ijodiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

📚 @akademnashr
Chiqindixonadan topib olingan kitob auksionda 40 ming dollarga sotilgan

2020-yili Angliyada “Garri Potter va falsafiy tosh” kitobi auksionda 40 ming dollar evaziga sotilgan.

Kitobning mazkur noyob nashrini britaniyalik 65 yoshli o‘qituvchi ayol 12 yil avval maktabning orqa hovlisidagi chiqindi konteyneridan topib oladi.

Uning yonida kitobning yana ikkita yumshoq muqovali nashri ham bo‘lgan. Qolgan ikkita kitob esa 3000 va 3400 funt sterlingga sotilgan.

📚 @akademnashr | #qiziqarli
​​«TARBIYA SANDIG'I» kitob muallifi fikrlari:

Ahmad Lutfi Qozonchining «Saodat asri qissalari» kitobini yaxshi ko‘raman. Tarixiy voqealarning badiiy tilda tasvirlab berilgani juda maroqli. Tasvirlari rang-barang. Ilmiy kitoblarda tushuna olmagan bilimlarni oson o‘zlashtirish mumkin. Xayolimdan bolalar uchun ham ibratli ertaklar yozilsa yaxshi bo‘lar ekan degan o‘y o‘tdi. Shu kundan Imom al-Buxoriyning «Al-adab al-mufrad» va «Sahih ul-Buxoriy» kitoblarini qo‘lga oldim. Ulardan bolalar uchun mos bo‘lgan hadislarni qidirdim.

Avvalo, bir ona sifatida farzandimda qaysi xislatlarni ko‘rmoqchiman deya o‘zimga savol berdim. Mavzular aniq, hadislar tayyor! Biroq uni bola tilida tushuntirib berish mushkul ish ekan.

Nasrda yozganlarimdan ham ko‘nglim to‘lmay, to‘rtliklar qoraladim. Chunki jajji o‘quvchimning tili sodda, qalbi beg‘ubor. Bu maqsadni amalga oshirishda kaminaning bolalikka qaytishdan boshqa yo‘li qolmadi. O‘zim bilmay eshigini tark etgan dunyomga mamnuniyat bilan qaytdim. Kattalar va bolalar dunyosi o‘rtasidagi ko‘prikda kezuvchi «sayyor» bo‘lish esa menga manzur keldi. Ushbu kitobim ana shu «sayohat»larimning debochasidir. Bu vazifani qaydarajada uddaladim, bilmadim. Biroq bu kitobga bor mehrimni berdim. Bu dunyodagi barcha bolalarga atalgan ilk sovg‘am bo‘ladi.

Aziz o‘quvchim, ushbu kitob go‘zal xulq egasi bo‘lish istagidagi bolalar va farzandiga hayotiy misollar orqali tarbiya bermoqchi bo‘lgan ota-onalar uchun! O‘qing, o‘qib bering, kitobdagi bolalar, tengdoshlaringizning xatolaridan ibrat oling, odobli bolalardan o‘rnak oling. Asar ruhiy tarbiyangizni ham boyitishidan umidvorman.

Muallif: Hamida Mirsultonova
Muqova: yumshoq
Hajmi: 112 bet
Narxi: 18 000 soʻm

Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr
Bolalar uchun top-10 ta kitob

Respublika bolalar kutubxonasi mutaxassisi Charos Mirxoliqova 10-12 yoshdagi bolalar uchun quyidagi kitoblarni tavsiya qiladi:

1.“Peshonasiga televizor yopishgan bolaning sarguzashtlari” - Xudoyberdi To‘xtaboyev

2.“Buvamning oshqozonidagi mamlakat”Qobiljon Shermatov

3.“Dahshatli Meshpolvon” - Anvar Obidjon

4.“Koinot javohiri”Sa’dulla Quronov

5.“Bolalarga muhim narsa haqida” - Natalya Remish

6.“Kel, do‘st bo‘lamiz! Bolani do‘st orttirishga qanday o‘rgatish mumkin?” - Xilari Pereyra

7.“Zumrad shahar parisi” - Sergey Suxinin

8.“Ahamiyatga egasan” - K.Makavinta, A. V.Playm

9.“Kumush qashqa” - Artur Konan Doyl

10.“Tom Soyerning boshdan kechirganlari” -  Mark Tven

📚 @akademnashr
Ijod – ilohiyotni botinan his qilish va o‘zi his qilganlarini boshqalarga ham aytish ehtiyoji.

📘 NAZAR ESHONQUL: «KITOB BANDASI»

Narxi
: 45 000 so‘m
Xarid: t.me/akademsavdo

📚 @akademnashr
​​YOZUVCHI NAPOLEON

Napoleon “Klisson va Yevgeniya” nomli qissa yozgan. Asar prototipi uning oʻzi boʻlib, “Dezire” (fr. Orzu) laqabli Yevgeniya Klari degan ayol bilan munosabatlari haqida hikoya qiladi.

Fransuz inqilobi ishtirokchisi boʻlgan harbiy urushdan qaytadi va jamoat hammomida Yevgeniyani uchratib yoqtirib qoladi. Klisson iste’foga chiqib, Yevgeniya bilan turmush quradi, oʻrtada farzand tugʻiladi.

Biroz oʻtib ularning tinch hayotiga urush soya soladi. Klisson ona yurt himoyasiga otlanishni oʻz burchi deb biladi. Janglarning birida Klisson jarohat oladi va Yevgeniyaga doʻstidan xat berib yuboradi. Doʻsti esa unga xiyonat qilib Yevgeniyani oʻziga moyil qilib oladi va u eriga xat yozishni toʻxtatadi.

Gʻam-qaygʻu iskanjasida qolgan Klisson bevafo yoriga soʻnggi maktubini yozib, oʻzini otib oʻldiradi.

Haqiqiy hayotda Dezire kitobdagi personajlardan omadliroq ekan. U Shvetsiya taxti vorisi boʻlgan generalga turmushga chiqadi va Norvegiya va Shvetsiyaning qirolichasiga aylanadi.

Hayoti afsona va rivoyatlarga burkangan Napoleon Bonapart haqida yanada koʻproq ma’lumotga ega boʻlish uchun ushbu kitobni oʻqishni tavsiya etamiz.


📚 @akademnashr#bilarmidingiz
Savol #viktorina

Manba: “Bo‘sh o‘tirma, bosh qotir”

📚 @akademnashr
«Mazaxchini o‘ldirish» — eng «instagrambop» kitob

Britaniyaning «On Buy» internet-do‘koni eng «instagrambop» kitoblar reytingini tuzgan. O‘ziga xos reytingda ijtimoiy tarmoqda suratlari eng ko‘p joylashtirilgan kitoblarga yuqori o‘rinlar berilgan.

«On Buy»ga ko‘ra, Harper Lining «Mazaxchini o‘ldirish» kitobi instagramda eng ommalashgan kitob deb topilgan.

📚 @akademnashr