“Аkademnashr” nashriyoti
7.11K subscribers
2.97K photos
562 videos
35 files
3.4K links
“Akademnashr” nashriyotining rasmiy kanali

Мutolaa qiling!

Оnlayn buyurtma: t.me/akademsavdo

Tel: 99 433-16-77
Aloqa: @akademnashr_bot

Manzil: t.me/Akademnashr/1461
Ish vaqti: 9:00 — 18:00 (dushanba - juma)
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Siz uchun eng yomon ekranlashtirilgan asar qaysi?

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁21🔥66💯31
KATTALARNING GAPINI BO‘LISH

Garchi Montessori bolaga asoslangan yondashuv bo‘lsa-da, kichik bola kutishni va suhbatga odob bilan aralashishni o‘rganishi kerak.

Farzandlarimning Montessori bo‘yicha ilk muallimi bolalarga boshqalar bilan mashg‘ulot o‘tayotganida biron narsa demoqchi bo‘lsa, yelkasiga qo‘l qo‘yishni o‘rgatgandi. Bu uning biron muhim gapi borligiga ishora. Mashg‘ulotda tegishli to‘xtam fursati yetganda yetakchi to‘xtab, boladan muddaosini so‘raydi.

Bu tamoyilni uyda ham joriy etish mumkin. Kim bilandir qo‘ng‘iroqlashayotgan yoki suhbatlashayotganingizda bola gapirishga chog‘lansa, qo‘lini qo‘yishni eslatish uchun yelkangizga qoqib qo‘ying. U qo‘lini qo‘yadi va siz imkon tug‘ilishi bilan nima demoqchi bo‘lganini so‘raysiz.

Bu mashqni talab qiladi, ammo chindan ish beradi. Bola yelkangizdan tutganida uning qo‘li ustiga o‘z qo‘lingizni qo‘ysangiz, shunday ma’noni uqadi: “Menga aytmoqchi bo‘lgan gaping muhim. Hozir sen bilan bog‘lanaman”.

😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677
📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40.

📘 @akademnashr | #parcha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍654🔥2
#4satr

Ming sabab boʻlsa ham ayrilmoq uchun,
Bir ishqcha koʻngilga malham boʻlmaydi.
Odamday har soʻzga koʻnmayman, tushun,
Oshiqlar hech qachon odam boʻlmaydi.

Suhrob Ziyo

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍1141🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“G‘alati kashfiyot”Qobiljon Shermatovdan bolalar uchun she’r

📹 To‘liq suhbat

⏺️ Buvamning oshqozonidagi mamlakat - I
⚫️Muqova: yumshoq / qattiq
⚫️Hajmi: 192 bet
⚫️Narxi: 60 000 so‘m / 70 000 so‘m
⏺️ Buvamning oshqozonidagi mamlakat - II
⚫️Muqova: qattiq
⚫️Hajmi: 176 bet
⚫️Narxi: 70 000 so‘m
⏺️ O‘tkirjonning o‘nta o‘rdak ukasi
⚫️Muqova: yumshoq
⚫️Hajmi: 192 bet
⚫️Narxi: 38 500 so‘m
⏺️ Tolqonbotir
⚫️Muqova: yumshoq
⚫️Hajmi: 272 bet
⚫️Narxi: 38 500 so‘m


😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677
📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40.

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍93😁2🔥1🤩1🤣1
Ona uyqusi

Onalikdagi eng katta muammolardan biri uyquga to‘ymaslikdir. Oiladagi kelishmovchiliklar, depressiya, o‘ylanmay qabul qilingan qarorlar zamirida esa aynan onaning uyquga to‘ymasligi turgan bo‘ladi.

Onaning to‘laqonli uyqusi bola sog‘lig‘i hamda tinch, muhabbatli oila asosidir.

Farzand tug‘ilganidan so‘ng oilaviy qadriyatlar iyerarxiyasi bunday ko‘rinishda bo‘lishi lozim: bola xavfsizligi – bola taomlanishi – ona uyqusi. Qolgan narsalar esa keyingi darajada.

Uyqungiz kelyaptimi? Uy yumushlarini o‘ylamang! Uy yig‘ishtirish, kir yuvish, dazmollash, ovqat pishirish va hokazo ishlarni to‘yib uxlab olganingizdan keyin bajarishingiz mumkin.

Toza uy va to‘q qorin bilan asabiy, baqiroq ona bo‘lgandan betartib uy va kir uy kiyimidagi mehribon va adekvat ona bo‘lgan yaxshiroq.

📘 365 tavsiya, Y.O.Komarovskiy

😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677
📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40.


📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍123🔥1
#4satr

Kuysa kuysin dil, gʻamim yoʻq,
sendan oʻzga, bil, gʻanim yoʻq;
seni qanday sevib qoldim,
Xudo haqqi, bilganim yoʻq!

Mansur Jumayev

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12109👍2
“Jarohat” (qissa)

Asar bosh qahramoni oʻziga bino qoʻygan, mashinasi va professor otasining obroʻsi bilan hamsabogʻlaridan oʻzini baland tutuvchi yigit. U doʻstlikka, samimiyatga ishonmaydi. Hamma narsani shaxsiy manfaat oʻlchoviga soladi. Biroq hayot unga shunday shafqatsiz dars beradiki, bu dars uning peshonasiga chandiq, qalbiga esa umrbod bitmas jarohat boʻlib muhrlanadi...


Ushbu qissani Abdurahmon Ibrohim “Saylanma”sining 2-jildidan o‘qishingiz mumkin. Shuningdek, ushbu to‘plamdan adibning “Jiyda guli”, “Vorislar”, “Uchinchi qutb”, “Kechikkan chechaklar yoki besamar ishq daftari” qissalari va 20 dan ortiq hikoyalari joy olgan.

😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677
📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40.


📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
54👍3
Pichoq bilan osongina kesiladigan metallar

⏺️Biz metall deganda qattiq temirni tasavvur qilamiz. Ammo litiy, natriy va kaliy kabi ishqoriy metallar shu qadar yumshoqki, ularni oddiy oshxona pichog‘i bilan bemalol kesish mumkin.

⏺️Suv va havo bilan ta’sirlashishining oldini olish uchun ishqoriy metallar moy yoki kerosin qatlami ostida saqlanadi.

⏺️Barcha ishqoriy metallar oson deformatsiyalanadi. Aynan shuning uchun ulardan pichoq, tanga va boshqa mustahkam bo‘lishi talab qilinadigan jismlar yasalmaydi.

Manba: Antiqa kimyo - 2

😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677
📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40.


📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍532
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📘 Ming bir kitob

Bolalik xotiralari bilan toʻla sehrli olamga eshik ochuvchi ushbu asarni oʻqir ekansiz, koʻz oldingizdan hayotingizning eng baxtiyor kunlari oʻtadi.

▫️ Xarid uchun:
😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677
✈️ akademnashr.uz 🍇 Uzum Market
📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40.


📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92
Rey Bredberi: Agar syujet qurishni va uni maromiga yetkazib hikoya qilishni o'rganmoqchi bo'lsangiz, Moemning hikoyalarini qayta-qayta o'qing.

Jorj Oruell
: U men eng ko'p havas qiladigan va menga eng kuchli ta'sir ko'rsatgan yozuvchi. Uning voqeani ortiqcha dabdabasiz, to'g'ridan-to'g'ri va boricha hikoya qilish mahoratiga qoyil qolaman.

⏺️Somerset Moem: Yomg‘ir (hikoyalar) — 55 000 so‘m
⏺️Somerset Moem: Oy va chaqa (roman) — 65 000 so‘m

▫️ Xarid uchun:
😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677
✈️ akademnashr.uz 🍇 Uzum Market
📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40.


📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍108🔥3❤‍🔥2🏆2
ERTAGA KITOB FESTIVALI

Toshkent kitob markazida navbatdagi kitob festivali o‘tkaziladi. Festivalda turli sovg‘ali o‘yinlar, yozuvchi va tarjimonlar bilan davra suhbatlari, kitob do‘konlari tomonidan taklif etiladigan rang-barang aksiya-yu chegirmalar, qolaversa muzqaymoq va salqin ichimliklar sizni kutmoqda.

Festivalga keling va Akademnashr do‘koniga ham kirib o‘tishni unutmang.

Aynan kanalimiz obunachilari uchun 12%li maxsus chegirma taqdim etamiz. Ushbu chegirma uchun promokod: JangKlubiQachonChiqadi

Kassada promokodni sotuvchiga aytishingiz kerak. Chegirma faqat bir kun, Toshkent kitob markazida joylashgan do‘konimizda amal qiladi. Onlayn xarid uchun amal qilmaydi.

Festival boshlanish vaqti: 15:00
Chegirmadan esa kun davomida foydalanishingiz mumkin.

Yaqinlaringizni xabardor qilib, kanalimizga taklif eting. Barchangizni kitob festivalida kutib qolamiz.

📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40.


📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁16🔥9😭54👍4🆒11
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent kitob markazida Kitob festivali boʻlib oʻtmoqda.

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
17🔥75🤩3👏2
#qayta_nashr

📘 Bukri
shahzoda

📖 Fragment va mundarija

Ertaklar yosh avlod tarbiyasida muhim o‘rin tutadi. Ertak bilan birga bola qalbiga ezgu xislatlar, imon-e’tiqod, yaxshilikka havas, yomonlikka nafrat singadi.

Mazkur toʻplamga yozuvchi Hidoyat Olimova tomonidan yozilgan 90 ga yaqin yangi ertaklar kiritilgan.

Bolajonlar ta'til kunlarini bu kitob bilan yanada maroqli o‘tkazishadi.

Muallif: Hidoyat Olimova
Muqova: yumshoq
Hajmi: 240 bet
Narxi: 38 500 so‘m

▫️ Xarid uchun:
😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677
✈️ akademnashr.uz 🍇 Uzum Market
📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40.


📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
64🔥3
Forwarded from Sanjar Nazar
Ta’ziya

Ustoz Ibrohim G’afurovning vafoti munosabati bilan u kishining oila a’zolari, do’st-yorlari va muxlislariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Alloh taolo solih amallarining ajrini ziyodasi bilan berib, iymonlarini salomat qilsin! Rahmatiga olsin, qabrlarini jannat bog‘chalaridan qilib, oxiratlarini obod aylasin! Millat uchun o’rnilarini yaxshiroqlari bilan to’ldirsin!
😢499💯3
Menga eng yoqqan jihati shundaki, Fris Uilfort har qanday og‘ir vaziyatda ham umidini yo‘qotmagan. U aslo taslim bo‘lmagan, qo‘llarini tushirmagan va har doim Tangriga ishonib yashagan. Muallif o‘z mehnati bilan yashashga harakat qilgan, boshqalarga ortiqcha yuk bo‘lishni istamagan va harakatdan to‘xtamagan. Aynan shu fazilatlari meni chuqur o‘ylantirdi.

Taqrizni to‘liq o‘qish: t.me/akadem_taqriz/274

✍️ Anvarjon Jamolov

▫️ Xarid uchun:
😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677
✈️ akademnashr.uz 🍇 Uzum Market
📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40.


📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥643👍1👏1
Hamma oʻqishi shart boʻlgan bu kitob xuddi sarguzasht asarday boshlanadi. Samolyot halokatga uchrab, bir guruh bolalar kimsasiz orolga tushib qolishadi. Dastlab oʻziga xos jamiyatcha qurishadi. Tartib-qoidalar belgilanadi. Hammasi yaxshi ketadi. Ammo nazorat qiluvchi kuch yoʻqligi uchun bari izdan chiqa boshlaydi.

Syujet juda qiziq boʻlsa-da, asar ramzlarga toʻla. Ralf – adolat. Jek – kuch va vahshiylik. Saymon – ruhiyat va haqiqat. Piggi – donolik. Chigʻanoq – hokimiyat va demokratiya. Maxluq – inson ichidagi qoʻrquv. Olov – najot. Yosh bolalar – qora xalq.

Muallif ikkinchi jahon urushida qatnashgan va inson naqadar yovuz boʻlishi mumkinligini koʻrgan. Asaridagi kichik orolcha orqali insoniyat sivilizatsiyasini koʻrsatib beradi. Yovuzlik insonning ichida boʻladimi yoki tashqaridan oʻzlashtiriladimi degan savolga javob izlaydi.

Biz gohida axloqiy meʼyorlardan, tartib-qoidalardan, yozilgan va yozilmagan qonunlardan noliymiz. Bular erkinligimizni boʻgʻayotganday tuyuladi. Ammo bularsiz ham boʻlmaydi. Nazorat va qonunsiz sharoitda inson vahshiylashadi. Kuch oʻz soʻzini aytadi. Ojizlar ayab oʻtirilmaydi.

Shu bois qonunlarga, qadriyatlarga, qoidalarga qattiq suyanish, amal qilish kerak. Uilyam Golding bu kitobida sivilizatsiya juda moʻrtligini koʻrsatib beradi. Asar yakunida oʻzingizga shunday savol berasiz:

Barcha qoidalar yoʻqolsa, biz kimga aylanamiz?


✍️ Ilhom Salimov

▫️ Xarid uchun:
😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677
✈️ akademnashr.uz 🍇 Uzum Market
📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40.


📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥771👍1
#4satr

Dunyoning yodidan chiqdim men esam,
Sipqorib-sipqorib yomgʻirni ichdim.
Xudo peshonamdan silayotgan dam
Muhtasham dunyoda yoʻq edi hechkim...

Nozima Habibullayeva

📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍114🔥2👏2
TOP-10. Oʻtgan hafta davomida eng koʻp xarid qilingan kitoblar

1. Biologiya va genetikadan masalalar — 24 000 so‘m
2. Buvamning oshqozonidagi mamlakat - I, II — 70 000 so‘mdan
3. Chumolilar saltanati — 55 000 so‘m
4. Nemischa-oʻzbekcha
, o‘zbekcha-nemischa lug‘at — 33 000 so‘m
5. Kimyo
. Abituriyentlar va repititorlar uchun qo‘llanma — 25 000 so‘m
6. Mazaxchini o‘ldirish — 80 000 so‘m
7. O‘tkirjonning o‘nta o‘rdak ukasi — 38 500 so‘m
8. Anisaning uyi — 25 000 so‘m
9. Azal muhri — 50 000 so‘m
10. Pythonda dasturlash asoslari — 65 000 so‘m


▫️ Xarid uchun:
😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677
✈️ akademnashr.uz 🍇 Uzum Market
📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40.


📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍53🤩2
“Yosh kitobxon” tanlovining 2026-yilgi mavsumi uchun kitoblar ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatdan “Akademnashr” nashriyotining quyidagi kitoblari joy oldi:

10-14 yosh toifasi:

⚫️O‘tkirjonning o‘nta o‘rdak ukasi, Qobiljon Shermatov
⚫️Ming bir kitob, Sharfijon Ahmad

15-19 yosh toifasi:

⚫️Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin, Jianna Molinari
⚫️Mo‘ysafid Biyobonim, Shahodat Ulug‘
⚫️Azal muhri, Baxtiyor Abdug‘afur

20-30 yosh toifasi:

⚫️Jon, Andrey Platonov
⚫️Pashshalar hukmdori, Uilyam Golding
⚫️Tasbeh daraxti soyasida, Harper Li
⚫️Bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin, Jianna Molinari
⚫️Turkiston kundaligi, Fris Uilfort
⚫️Turkistonda jadidchilik, Adib Xolid

“Yosh kitobxon oila” tanlovi uchun:

⚫️Tasbeh daraxti soyasida, Harper Li
⚫️Qasdi safar (sayohat xotiralari), Mahmudxo‘ja Behbudiy: Tanlangan asarlar, 2-jild.

▫️ Xarid uchun:
😀 t.me/akademsavdo 🌟 +998994331677
✈️ akademnashr.uz 🍇 Uzum Market
📍Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, 40.


📘 @akademnashr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
86🔥5