Xushnudbek.uz
514K subscribers
9.66K photos
2.44K videos
206 files
8.34K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Abituriyentlarning deyarli yarmi 56,7 ball ham to‘play olmagan🤦‍♂️
#abituriyent

mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilda 888 ming 472 nafar abituriyent testga kirgan.

439 ming 337 nafar (49,4%) abituriyent o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan. Demak, ular mandat chiqmasidan avval kurashdan chiqdi. Chunki 56,7 balldan kam to’plaganlar kvotada joy bo’lsa ham o’qishga kira olmaydi.

56,7 dan ko’p ball to’plagan abituriyentlar soni 449 ming nafarni (50,6%) tashkil qiladi.

O‘tgan yilgi holat bilan solishtirganda ahvolimiz biroz yaxshilangan. O‘tgan yili 51,2% foiz, aniqrog‘i 550 ming abituriyent 56,7 ball ham to‘play olmagandi, joriy yilda bu ko‘rsatkich 49,4% ga tushdi.

2023-yilda eng yomon ko‘rsatkich, Sirdaro viloyatida (54,9%), nisbatan yaxshiroq natija esa xuddi o‘tgan yildagidek Toshkent shahrida (40,8%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).

8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan ko‘prog‘i 56,7 balldan past ball olgan. O’tgan yili 9 ta hudud edi, joriy yil Namangan viloyati natijani yaxshilab, 50% likdan pastga tushgan.

🟢 O’tgan yilga qaraganda natijasini eng ko’p yaxshilagan 5 ta hudud:

⬆️ Toshkent shahri — 4,4%
⬆️ Buxoro — 4,4%
⬆️ Toshkent viloyati — 3,5%
⬆️ Namangan — 3,3%
⬆️ Farg’ona — 2,4%

🔴 Sirdaryo va Andijon viloyatida esa natija o’tgan yilgiga qaraganda yomonlashgan.

***

56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.


👉 @xushnudbek 👈
Xushnudbek.uz
Abituriyentlarning deyarli yarmi 56,7 ball ham to‘play olmagan🤦‍♂️ #abituriyent mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilda 888 ming 472 nafar abituriyent testga kirgan. 439 ming 337 nafar (49,4%) abituriyent o‘tish balining eng quyi…
Joriy yilgi bitiruvchilarining 36 foizi 56,7 balldan kam to‘plagan
#abituriyent

🟢
Taʼlimi eng yaxshi hududlar: Buxoro, Navoiy hamda Toshkent shahri.

🔴 Taʼlimi eng yomon hududlar: Andijon, Toshkent viloyati hamda Surxondaryo.

mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilda jami abituriyentlarning salkam yarmi (49,4%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmaganini xabar qilgandim.

Maʼlum bo‘ldiki, 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlarning 70,5 foizi avvalgi yillarda o‘qishni tugatganlar, 29,5 foizi joriy yilgi bitiruvchilar bo‘lgan.

Joriy yilda maktab va litseylarni tugatgan 359 ming 790 nafar yoshlar testga kirgan. Shularning 36 foizi (129 ming 609) 56,7 balldan kam to‘plashgan.

2023-yilda eng yomon ko‘rsatkich, Andijon viloyatida (41,9%), eng yaxshi ko‘rsatkich esa Buxoro viloyatida (27,1%) qayd etilgan (yuqoridagi jadvalga qarang).

Yaʼni Buxoroda joriy yili maktab va litseyni tugatgan o‘quvchilarning 72,9 foizi 56,7 balldan ko‘proq natija ko‘rsatgan.

O‘zi umuman joriy yilgi bitiruvchilarining o‘rtacha bali 76,1 balni tashkil qilmoqda.

Ushbu natijalar hududlar kesimida taʼlim sifati qayerda yaxshiligini ham ko‘rsatadi.

***

56,7 ball — bu to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori 189 balning 30%i degani. Yaʼni abituriyent hech bo‘lmasa 30% bilimga ega bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni to‘play oladi. 30% bilim esa reyting tizimidan qiyos olsak, hatto 2 baho ham emas! 1 baho desak to‘g‘ri bo‘lar balki.


👉 @xushnudbek 👈
Joriy yildagi yangiliklardan biri:
#abituriyent

hali 11-sinfni tugatmasdan (shahodatnoma olmasdan), maktabning 9, 10-sinflarida o'qiyotgan o'quvchilar testga kirsa, mandatda natijasi yuqoridagi kabi chiqayotgan ekan. Ya'ni garchi ularning olgan bali yetarli bo'lsa ham, lekin talabalikka tavsiya etilmagan.

Bunga sabab sifatida "Majburiy 11 yillik ta'limni tamomlamagan" degan ogohlantirish chiqmoqda.

Avval ham bir necha marta bu haqda yozgandik. Hali maktabni tugatmasdan testga kirishning foydasi yo’q, baribir o’qiy olmaydi. Qonunchilik bo’yicha, talaba bo’lish uchun albatta 11-sinf shahodatnomasi kerak.

O’tgan yillarda mana shunday 10-sinflar birovlarning joyini egallagandi va bitta kvota kuyib ketgandi. Bu yil shu narsaga chek qo’yilibdi, yaxshi.


👉 @xushnudbek 👈
Apellyatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi
#abituriyent

Test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda yuborishi mumkin.

Apellyatsiya arizalari 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.

❗️Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

🔖 Apellyatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent aytilgan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 24-avgustdan boshlanadi.


👉 @xushnudbek 👈
«Super kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
#abituriyent

O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.

‼️Eng avvalo bir narsani unutmang: 2023-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.

Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?

2022-yildagi batafsil javob bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/15751

Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?

Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.

Super-kontrakda o‘qish uchun necha ball olish kerak?

Farqi yo‘q. Testga kirgan bo‘lsa, kifoya. 1 ball olgan bo‘lsa ham, super-kontraktda o‘qishi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.

Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?

Eng avvalo aytish kerakki, hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz.

Arizalar 1-oktyabrga qadar qabul qilinadi. Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi. Shu sababli shoshib, hovliqib yugurib yotmang.

Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?

Yo‘q. 2 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.

O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?

Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
Berilayotgan ayrim savollarga javoblar:
#abituriyent

O‘qishga kirish uchun yetarli ball to‘plagan abituriyentlar o‘zining joyidan voz kechib, o‘qishga kira olmagan boshqa abituriyentga joyini sotsa bo‘ladimi?
JAVOB: Yo‘q, bunaqa imkoniyat mavjud emas. Hech kim birovning o‘rnida o‘qiy olmaydi.

***

Agar abituriyent o‘qishga kirib, turli sabablarga ko‘ra o‘qimasdan tashlab ketsa, unda o‘qishga kira olmagan pastdagi abituriyent uning o‘rniga ko‘tariladimi?
JAVOB: yo‘q, o‘qishni tashlab ketganlar o‘rni ochiq qoladi, pastdagilar uning o‘rniga ko‘tarilmaydi.

***

Agar to‘lovini amalga oshirsa, pulga qo’shimcha ball sotib olsa bo‘ladimi?
JAVOB: bunaqa amaliyot mavjud emas va ilgari ham bo‘lmagan. Ilohim, kelgusida ham bo‘lmasin.


👉 @xushnudbek 👈
Xotin-qizlarning tavsiyanomasi nega hisoblanmadi?
#abituriyent

JAVOB: hamma imtiyozlar hisoblangan, agar siz o‘qishga kira olmagan bo‘lsangiz, demak to‘plagan balingiz yetmagan.

Joriy yilda ham xotin-qizlar uchun maxsus 2 mingta qo‘shimcha davlat granti uchun joy ajratilgan (xalq orasida 4%lik grant deyiladi).

Va bu 2 mingta o‘rin hududlar hamda fanlar kesimida taqsimlangan (https://t.me/xushnudbek/20089).

‼️Birinchidan, bu imtiyoz (tavsiyanoma) hech qanaqa ball qo‘shib bermaydi‼️

Ko‘pchilik 4% ball qo‘shilishi kerak edi, nega shu qo‘shilmayapti, deb xato tushungan. Kutib o‘tirmang, sizga hech qanaqa ball qo‘shilmaydi.

Ikkinchidan,
xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% o‘qishga kiradi, degani emas. Buning uchun yetarli ball ham olish kerak edi. Batafsil mana bu yerda tushuntirilgan (https://t.me/xushnudbek/20045).

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uchun 2023-yilgi o‘tish bali yuqoridagi suratda ko‘rsatilgan. Mana shu balldan kam olganlarga imtiyoz qo‘llanmagan.

1️⃣ Izoh-1: bu yerda siz topshirgan yo‘nalish qaysi fanlar guruhiga kirishi ham muhim. Afsuski sohalarga taqsimlanish tufayli baʼzi hududlarda 68 ball bilan ham grantga kirishgan, 160 ball bilan ham tavsiya etilmagan🤦‍♂️

2️⃣ Izoh-2: qizil rangda belgilangan o‘tish ballarida “nedobor” bo‘lgan. Yaʼni garchi ko‘proq kvota ajratilgan bo‘lsa ham, lekin 68 balldan kam to‘plaganlar hisobiga jami 86 ta kvota to‘lmay qolgan.


👉 @xushnudbek 👈
Harbiylarning farzandlariga berilgan qo‘shimcha davlat granti asosidagi kvota uchun 2023-yilgi o‘tish bali
#abituriyent

Mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas.

Shuningdek, ushbu qo‘shimcha kvota faqat kunduzgi taʼlim uchun taalluqli.

Bu yerda faqat tashkilotlar nomi va o‘tish bali bor ekan, lekin na OTMlar, na yo‘nalishlar yo‘q-ku?

Imtiyozli kvota OTMlar yoki yo‘nalishlar kesimida emas, tashkilotlar kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi?

Masalan, Mudofaa vazirligiga 777 ta joy berilgan. Aytaylik, Mudofaa vazirligi tizimidagi xodimlarning farzandlari uchun jami 2 mingta tavsiyanoma berilgan (bu shunchaki misol, aslida ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin). Ular qaysi OTMni birinchi yo‘nalish sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir Tibbiyot akademiyasini, kimdir Moliya institutini tanlagan va h.k. Qaysi yo‘nalishlarni tanlagani ham muhim emas.

Xullas, tanlagan OTMdan qatʼi nazar, Mudofaa vazirligi tizimida tavsiyanoma olgan 2 ming nafar harbiylarning farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 777 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kirdi. Qolgan 1223 nafar abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashdi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirgan bo‘lishlari mumkin.

Harbiylarning farzandlariga berilgan tavsiyanoma ball qo‘shib beradimi?

Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Xushnudbek.uz
«Super kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar
#abituriyent

O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.

‼️Eng avvalo bir narsani unutmang: 2023-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.

Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?

2022-yildagi batafsil javob bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/15751

Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?

Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.

Super-kontrakda o‘qish uchun necha ball olish kerak?

Farqi yo‘q. Testga kirgan bo‘lsa, kifoya. 1 ball olgan bo‘lsa ham, super-kontraktda o‘qishi mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.

Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?

Eng avvalo aytish kerakki, hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz.

Arizalar 1-oktyabrga qadar qabul qilinadi. Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi. Shu sababli shoshib, hovliqib yugurib yotmang.

Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?

Yo‘q. 2 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.

O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?

Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.


👉 @xushnudbek 👈
2023-yilgi o’tish ballarini qayerdan ko’rsa bo’ladi?
#abituriyent

JAVOB: agar siz OTMlar kesimida yoki imtiyozlilar kesimida joriy yilgi o’tish ballari kerak bo’lsa, unda https://mandat.uzbmb.uz saytining “Qo’shimcha” bo’limidagi “OTMlar bo’yicha o’tish ballari” hamda “Imtiyozga ega bo’lganlar uchun o’tish ballari” sahifasidan ko’rib olishingiz mumkin.

To’g’ridan-to’g’ri kirish uchun:

OTMlar bo’yicha o’tish ballari
https://mandat.uzbmb.uz/BallVuz23/Index

Imtiyozga ega bo’lganlar uchun o’tish ballari
https://mandat.uzbmb.uz/Imtiyoz23/Index


👉 @xushnudbek 👈