Xushnudbek.uz
514K subscribers
9.66K photos
2.45K videos
206 files
8.34K links
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz!

youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyev

fb.com/xushnudjohn

twitter.com/xushnudbeck

instagram.com/xushnudbek

tiktok.com/@xushnudbekofficial

Reklama uchun:
@xushnudbekreklama
Download Telegram
Audio
Kechki mutolaa
(o‘qish yoki eshitish uchun 9 daqiqa vaqtingiz ketadi)

Xoliyor Safarov. Birov bilmasin… (hikoya)

Izoh: Inson o‘z maqsadlariga erishish uchun ba’zan uning yo‘llari anchayin qiyin bo‘ladi. Lekin bu yo‘l mashaqqatini inson o‘ziga yutadi. Tashiga chiqarmaydi. Atrofidagilar esa uning chekkan yoki chekayotgan mashaqqatlarini ba’zan sezmaydi.

📖 Matnni o‘qish uchun:
https://teletype.in/@xushnudbek/xoliyor-safarov-birov-bilmasin

🎧 Audio hikoyani eshitish uchun:
https://youtu.be/RENKqFQZrCA

💬 Muhokama bu yerda.

🎙Bugungi hikoya audiosini Aziza Qurbonova o‘qigan.

📚 “Kechki mutolaa” doirasida eʼlon qilingan barcha hikoyalar bu yerda.

#kechki_mutolaa


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro shahridagi Osiyo xalqaro universitetida yangi o'quv yili uchun qabul boshlandi

Osiyo Xalqaro universiteti talaba boʻlish istagida boʻlgan abituriyentlarga keng tanlov imkoniyatini taqdim etadi.

Oliygohda umumiy 20 ta bakalavr va 7 ta magistratura yoʻnalishi mavjud.

Tez orada universitetga kirish imtihonlariga start beriladi.

Siz ham universitet talabalari safidan joy olish imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin.

📝 Roʻyxatdan oʻtish uchun: qabul.oxu.uz

Osiyo
xalqaro universiteti – muvaffaqiyatli kelajak shu yerdan boshlanadi!

📞 Qoʻshimcha ma'lumotlar uchun bogʻlaning:
+998553050009

📂 Litsenziya (№ 249847, 10.11.2022-y)

Telegram | Instagram | Facebook | Ta'lim reklamasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⁉️ O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari qanchaga ko’tariladi?
#abituriyent

Bu haqda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov ma’lum qildi.

Joriy yilda barcha yo’nalishlar uchun minimal o’tish bali oshiriladi, endi avvalgidek 56,7 ball bilan o’qishga kirish imkoni bo’lmaydi.

Keyin yilda esa, o’tish bali yanada oshiriladi.

Joriy yilgi, ya’ni 2024-2025- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 75,6 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 66,5 ball etib belgilanadi.

✳️ Kelasi yili, ya’ni 2025-2026- o’quv yili uchun o’tish ballari:

• sog‘liqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yo‘nalishlari uchun – 94,5 ball;

• boshqa yo‘nalishlar uchun – 75,6 ball etib belgilanadi.

ℹ️ O’tish bali nima ekanligi haqida bilmoqchi bo’lsangiz, mana bu yerda javob berganman:
https://t.me/xushnudbek/20721


👉 @xushnudbek 👈
Sertifikat loyiha matni (98472).pdf
239.3 KB
Pedagoglar kutayotgan qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi: B+ uchun ham ustama berilishi rejalashtirilmoqda

Xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Yodingizda bo‘lsa, avvalroq o‘qituvchilarga ustama olish uchun beriladigan milliy sertifikat bo‘yicha biroz tushunmovchilik yuzaga kelgani, Rash modeliga o‘tilishi ortidan qaysi darajadagi sertifikat ustama berilishi so‘roq ostida ekanligini aytgandik.

Bu bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining qo‘shma qarori loyihasi ishlab chiqilgan.

E’tiborlisi, yangi loyihada dastlabki ishlab chiqilgan loyihaga qaraganda o‘qituvchilar tomon yengillik berilgan. Ya’ni dastlabki loyihada umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy sertifikatdan Rash modeli bo‘yicha A va A+ daraja ko‘rsatgan o‘qituvchilarga, boshlang‘ich ta’lim (matematika va ona tili va adabiyot) uchun esa С+ va undan yuqori darajaga ustama berilishi nazarda tutilgan edi.

Ammo vazirlik bildirilgan fikr va takliflarni inobatga olib, eski loyihani bekor qilgan hamda yangi loyihada talab etilgan minimal darajani bir pog‘onadan tushirgan holda, umumta’lim fanlari uchun B+ daraja (60 balldan yuqori), boshlang‘ich ta’lim uchun esa C daraja (46 balldan yuqori) talab etilishini belgilagan.

Loyiha 7-mayda e’lon qilingan bo‘lsa, bugungacha 3 mingdan ortiq izohlar qoldirilgan.

Loyiha muhokamasi 22-mayga qadar davom etadi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida 2024-2025 oʻquv yili uchun qabul boshlandi!

📈 Toshkent Menejment va iqtisodiyot instituti bilan o’z maqsadlaringizni amalga oshiring!

▫️Zamonaviy muhit;
▫️Хorijiy hamkor universitetlar;
▫️Xalqaro universitetlar bilan akademik mobillik;
▫️Malakali ustozlardan bilim olish;
▫️Oʻzbekistonda tan olinadigan diplom;
▫️Work & Travel dasturida qatnashish.

Oʻz orzularingiz uchun asosiy qarorni qabul qiling.


📲 Shoshiling. Hoziroq qoʻngʻiroq qiling:
+998712009005 | @timeedubot

💻 Online ro'yxatdan o'tish

(Litsenziya №240963-son, 15.03.2024y)

Telegram |Instagram |Youtube

Reklama
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat grantini faqat 1 yil uchun berilishi haqida “Lolazor” podkastida biroz gaplashdik.

Albatta, ushbu yangilik atrofida fikrlar turlicha. Kimdir yaxshi desa, kimdir yomon deydi. Asosiy xavotir oliy ta’limdagi korrupsiya darajasi oshib ketishida bo’lyapti.

Xavotirda jon bor, bizning holatimizda bu reallik, to’qima gap emas.

Lekin sizga qanchalik g’alati eshitilmasin, men aynan mana shu yangilik tufayli uzoq istiqbolda (1-2 yilda emas) oliy ta’limda korrupsiya kamayadi, degan fikrdaman. Chunki mazkur yangi tizim natijasida jamoatchilik nazorati paydo bo’ladi.

Hozir oliy ta’limdagi korrupsiyaning jabrlanuvchisi yo’q. Jabrlanuvchi — jamiyat kelajagi.

Lekin bu umumiy gap, konkret shaxs bundan jabr chekmaydi. Ana endi jabrlangan aniq shaxslar paydo bo’ladi. Kimgadir soxta “5” baho qo’yish, boshqalarga zarar yetkazishni boshlaydi. Va o’z-o’zidan korrupsiyaga qarshi kurashish, shikoyat qilish, norozi bo’lish boshlanadi.

Chunki jamiyat kelajagi uchun kurashadiganlar sanoqli, shaxsiy manfaat uchun kurashadiganlar son-sanoqsiz.

To’g’ri, yangi tizim yaxshi ishlashi uchun hali ko’p o’zgarishlar qilish kerak bo’ladi. Va aynan o’sha o’zgarishlar bo’lishi uchun ham mana shu yangilik kerak edi!


👉 @xushnudbek 👈
“Bishimbayev ishi” bo’yicha hukm o’qildi

Qozog‘istonning sobiq Milliy iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev qotillik va qiynoqqa solish jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topildi va 24 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Shuningdek, sobiq amaldorning qarindoshi – Gastro-markaz direktori Baxitjan Bayjanov jinoyatni yashirishda aybdor deb topilib, 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Ma’lumot uchun, 2023-yilning 8-noyabr kuni kechqurun Bishimbayev “Bau” restoranida rafiqasi Saltanat Nukenova bilan janjallashib qolgan va uni kaltaklagan. Buning natijasida ayol vafot etgandi. Mazkur ish nafaqat Qozog‘iston jamoatchiligi, balki xalqaro hamjamiyatda ham katta rezonans uyg‘otganligi sababli sud jarayoni to‘liqligicha jonli efirda namoyish etildi.


👉 @xushnudbek 👈
Bugun Samarqand shahrida “Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv” mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi boshlandi.

13-14-may kunlari bo‘lib o‘tadigan forumda 30 dan ortiq davlatlardan 81 nafar nufuzli mehmonlar ishtirok etmoqda.

Forumni Senat raisi Tanzila Norboyeva ochib berib, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbir ishtirokchilariga murojaatini o‘qib eshittirdi. Murojaatda O‘zbekistonning gender tenglikni ta’minlash, mustahkamlash borasida yuqori o‘rinlarda ekanligi alohida qayd etildi.


👉 @xushnudbek 👈
Bu yil “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 gacha faqatgina 1, 4, 9, 11-sinf oʻquvchilari ishtirokida tashkil etiladi.

❗️2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi:

turli restoran, kafelar va xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli pul mablagʻlarini yigʻish;

bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish.

oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi.


👉 @xushnudbek 👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Akademik litsey va professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlari uchun attestatsiyaning ikkinchi bosqichi 20—24-may kunlari test shaklida bo‘lib o‘tadi.

Talabgorlar imtihon joyi, kuni va vaqtini pedagog.edu.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali aniqlashlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi

Prezident maktablariga ikki sinfga 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari quyidagi hujjatlarni ariza.piima.uz veb-sayti orqali topshirishi kerak:

● baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
● o‘quvchining oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
● o‘quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasining (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun telefon raqamlari.

O‘quvchilarga hujjat topshirish jarayonida ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

Bunda, Prezident maktabiga kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Agar kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
"Toshkent-3" terminaliga kirish yo‘lagidagi qoidabuzarliklar uchun jarimalar avtomatik tarzda transport egasiga yuboriladi

Toshkent aeroportidagi mahalliy aviaqatnovlar terminalining kirish yo‘lagiga o‘rnatilgan yo‘l kameralarini O‘zbekistonning yo‘l harakati xavfsizligi tizimlari bilan integratsiyalash ishlari yakunlanmoqda.

2024-yil 15-maydan boshlab tizim avtomatik ravishda ishlaydi. Kirish yo‘lagida ruxsat etilgan to‘xtash vaqtidan oshiq turgan haydovchilar avtomatik ravishda jarimaga tortiladi.

Terminalga qisqa muddatli kirish yengil avtomobillar uchun 5 daqiqagacha, sayyohlik avtobuslari va mikroavtobuslar uchun 10 daqiqagacha bo‘lgan vaqtga barchaga ruxsat etiladi.


👉 @xushnudbek 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kasanachilik asosida asalari yetishtirishni rivojlantirish orqali 1000 ta oilani ish bilan taʼminlash rejalashtirilmoqda.

Natijada 50 milliard soʻmlik qoʻshimcha daromad olish hamda 2 million dollarlik mahsulotni eksport qilish mumkin boʻladi.

Shuningdek, Yevropaga har bir asalari qutisini 100 dollardan yetkazib berish boʻyicha amaliy harakatlar olib borilmoqda.

Asalarichilik markazini tashkil qilish bo'yicha qo‘yilayotgan ilk qadamlar natijasi va istiqbollarni tadbirkor talqinida ushbu havola orqali ko’rishingiz mumkin.


👉 @xushnudbek 👈
Adliya vazirligi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga ogohnoma yuboribdi

Yodingizda bo‘lsa, 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabuli boshlangani, lekin ushbu jarayonda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi talabgorlardan Prezident farmonlari bilan taqiqlangan hujjatlarni so‘rayotgani haqida yozgan edim.

Bugun Adliya vazirligi ushbu masala yuzasidan munosabat bildirdi va mazkur holat qonunchilikka zidligi, shu sababli Qo‘mitaga ogohnoma yuborilganini ma’lum qildi.

Qo‘mita nima uchun qonunchilikka zid ravishda bunday hujjatlarni so‘rayapti?

Masalaning ichiga biroz chuqurroq kirsangiz, qiziq holatga duch kelasiz.

Tavsiyanomalar berish jarayoni Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori bilan tartibga solinadi. Ushbu qarorda talabgor xotin-qizlardan hech qanday hujjat so‘rash nazarda tutilmagan. Aksincha, Hukumat qarorida aniq va tiniq qilib, talabgorlarning ma’lumotlari «Elektron hukumat» tizimidan tekshirilishi yozib qo‘yilgan.

Ammo mana shu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning 2-ilovasida talabgorlar topshiradigan ariza namunasi keltirilgan. Ariza namunasida esa "Arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qilaman:" deya 3 ta hujjat ro‘yxati sanab o‘tilgan.

Katta ehtimol bilan, Qo‘mita aynan arizadagi mana shu gapdan kelib chiqib, 3 yildan buyon xotin-qizlardan ortiqcha hujjat so‘rayapti. Bizning byurokratlarga maydagina asos bo‘lsa, yetadi. Bir emas, ikkita Prezident farmonidan ko’ra, Hukumat qarorining ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning ilovasidagi bittagina jumla ustunlik qilaveradi.

Menda yana boshqa savol ham bor. Qanday qilib, 2022-yilda imzolangan Hukumat qarorida Prezident farmoniga zid yozuvlar ketib qolgan? Hech kim "hoy, baraka topgurlar, qarorda hech qanaqa hujjat topshirish talab etilmayapti, nega ariza namunasida bunaqa gap bo‘lishi kerak" degan savolni bermaganmi? Adliya vazirligi hujjatni ekspertizadan o‘tkazmaganmi?

Va asosiy savol: xo‘p, endi xotin-qizlardan noqonuniy hujjatlar talab qilish davom etaveradimi yoki bu to‘xtaydimi?


👉 @xushnudbek 👈