Migrant.uz axborot-xizmat portali
41.4K subscribers
3.36K photos
1.37K videos
11 files
5.85K links
Download Telegram
#Boʻsh_ish_oʻrni

Migrant.uz axborot-xizmat portaliga tajribali operator-montajchi taklif qilinadi.

Nomzodga qo'yiladigan talablar:

– Tasvirga olish va chiroq qo'yishni bilish;
– Adobe Premier Pro / After effects dasturlarini bilish (qo'shimcha dasturlarni bilish afzallik hisoblanadi);
— O'zbek va rus tillarini bilish;
— O'z vaqti va resurslarini to'g'ri taqsimlay olish;
— Soha bo'yicha kamida 3 yillik tajriba;
— Ishga mas'uliyat va kreativ yondashuv.

Bizdan taklif:

— 6 000 000 dan 10 000 000 gacha ish haqi (oklad va gonorar);
— Har 15 kunda bir beriladigan ish haqi;
— Bepul tushlik;
— Qiziqarli kommandirovkalar;
— Katta media loyihalarda qatnashish imkoniyati;
— Toshkentda joylashgan barcha texnikaga ega ofis;
— Ahil jamoa.

Rezyumeni +998903560493 @BaxtiyorXonkeldiyev83 ga telegram orqali yuboring.
#boʻsh_ish_oʻrni #Buyuk_Britaniya
⚠️ Britaniya kompaniyasi O‘zbekistondagi tibbiyot sohasi vakillariga ish taklif qilmoqda

Buyuk Britaniyaning “NEU Professionals” rekruting agentligi o‘zbekistonlik 10 mingdan ortiq tibbiyot sohasi vakillarini chet tiliga o‘qitib, ularni 3 ming AQSH dollar miqdorida oylik maosh bilan ishga qabul qiladi.

23-aprel kuni Toshkentdagi “Ishga marhamat” monomarkazida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Buyuk Britaniyaning “NEU Professionals” rekruting agentligi vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“Vatandosh TV” muxbirining xabar berishicha, tadbir davomida rekruting agentligi vakillari O‘zbekiston tomoni bilan qilingan kelishuvga muvofiq Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti shifoxonasi va boshqa tibbiyot muassasalariga O‘zbekistondagi tibbiyot sohasi vakillarini ishga yollash rejasi haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Buyuk Britaniyada tibbiyot sohasi xodimlarga talab juda yuqori. “NEU Professionals” kompaniyasi ayni sababga ko‘ra, o‘zbekistonlik 10 mingdan ortiq soha vakillarini chet tillariga o‘qitish orqali ishga qabul qilib, 3 ming AQSH dollari miqdorida oylik maosh to‘lashga tayyorligi bildirdi.

Shuningdek, Angliya tomoni O‘zbekistonda tibbiyot sohasi vakillarini kelgusida xorijdan kelib ishlovchilar bo‘yicha TOP-3 talikka olib chiqishni rejalashtirayotganini ta’kidladi. Bunda o‘zbekistonlik hamshiralar doimiy o‘rta tibbiyot xodimlari sifatida faoliyat yuritish bilan cheklanib qolmasligini va o‘z qobiliyati, intilishi, tajribasi hamda til bilishidan kelib chiqib, xizmat karerasida o‘sish imkoniga ega bo‘lishi qayd etildi.

Batafsil

Tadbirdan tayyorlangan reportajni tez orada Migrant.Uz va Vatandosh TVning youtube kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Obuna bo'ling👇
@migrantuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM