Migrant.uz axborot-xizmat portali
41.6K subscribers
3.33K photos
1.33K videos
11 files
5.84K links
Download Telegram
🔰 * KETDIK VATANGA.*

Ishladik, to‘ldirdik kamu ko‘stlarni,
Non-tuzin tatidik o‘zga yurtlarni.
Gohida unitdik yoru do‘stlarni,
Kel, endi ketaylik do‘stim Vatanga,
Jannatning timsoli O‘zbekistonga.

Yaxshini yomondan farqin bilaylik,
Yelkada boshimiz, fikr qilaylik.
Shuncha yil ishladik shukur qilaylik,
Kel, endi ketaylik, do‘stim, Vatanga,
Jannatning timsoli O‘zbekistonga.

Zamon ham insonni tinchini buzdi,
Har kim o‘z holicha tizimin tuzdi.
Nahanglar suv qolib havoda suzdi,
Yur, endi ketaylik, do‘stim, Vatanga,
Jannatning timsoli O‘zbekistonga.

Kelinglar do‘stlarim to‘lsin safimiz
Bizning ham yurakda bordir taftimiz,
Mustaqil Vatanga tegsin nafimiz,
Kel, endi ketaylik, do‘stim, Vatanga.
Jannatning timsoli O‘zbekistonga.

👤 Alisher Musulmonov.
15/09/2022/

Obuna bo‘ling👇
@migrantuz
SalamPay 👉🏻 Onlayn

📈 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 22.04.2024
Toshkent 16:30
Moskva 14:30 MSK


PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI

• Kwikpay - 95,69 (+0,05) rubl
• AkaPay - 96,15 (+0,15) rubl
• Мир Привилегий - 96,30 (+0,02) rubl
• Золотая Kорона - 97,08 (+0,04) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Solidarnost - 132,31 (0) so'm
• Unired Mobile - 132,22 (+1,62) so'm 👉🏻 Onlayn
• Kwikpay - 131,99 (0) so'm
• Sberbank - 130,86 (+0,35) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

Unired Mobile - 137,67 (+1,67) so'm 👉🏻 Onlayn

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling👇
@migrantuz
#migratsiya #Rossiya
🔻 Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori: «O‘lkamizda mehnat kuchi yetishmaydi»

Krasnoyarsk o‘lkasi gubernatori Mixail Kotyukovning so‘zlariga ko‘ra, migratsiya puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak

Gubernatorning aytishicha, o‘lka malakali mutaxassislarga muhtoj.

🔸 O‘lkamizda mehnat kuchi yetishmaydi. Biz barcha krasnoyarskliklarni ishga joylaganimizda ham mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirolmasligimizni juda yaxshi tushunamiz.

Muammo boshqa – kim, nima uchun bizga kelyapti va ular uchun kim javob beradi? Ish beruvchilar va xorij fuqarolari uchun aniq qoidalarini o‘ylab chiqish kerak va ularga rioya qilinishini nazorat qilish kerak, deydi Kotyukov.

Shuningdek, gubernator o‘lkadagi barcha diasporalar bilan yaqindan ishlayotganini, migrantlar orasida huquqbuzarlik ko‘rsatkichi esa minimal darajada ekanini (juda pastligini) ta’kidlagan.

Obuna bo‘ling👇
@migrantuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#boʻsh_ish_oʻrni #Buyuk_Britaniya
⚠️ Britaniya kompaniyasi O‘zbekistondagi tibbiyot sohasi vakillariga ish taklif qilmoqda

Buyuk Britaniyaning “NEU Professionals” rekruting agentligi o‘zbekistonlik 10 mingdan ortiq tibbiyot sohasi vakillarini chet tiliga o‘qitib, ularni 3 ming AQSH dollar miqdorida oylik maosh bilan ishga qabul qiladi.

23-aprel kuni Toshkentdagi “Ishga marhamat” monomarkazida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Buyuk Britaniyaning “NEU Professionals” rekruting agentligi vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

“Vatandosh TV” muxbirining xabar berishicha, tadbir davomida rekruting agentligi vakillari O‘zbekiston tomoni bilan qilingan kelishuvga muvofiq Buyuk Britaniyaning Oksford universiteti shifoxonasi va boshqa tibbiyot muassasalariga O‘zbekistondagi tibbiyot sohasi vakillarini ishga yollash rejasi haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Buyuk Britaniyada tibbiyot sohasi xodimlarga talab juda yuqori. “NEU Professionals” kompaniyasi ayni sababga ko‘ra, o‘zbekistonlik 10 mingdan ortiq soha vakillarini chet tillariga o‘qitish orqali ishga qabul qilib, 3 ming AQSH dollari miqdorida oylik maosh to‘lashga tayyorligi bildirdi.

Shuningdek, Angliya tomoni O‘zbekistonda tibbiyot sohasi vakillarini kelgusida xorijdan kelib ishlovchilar bo‘yicha TOP-3 talikka olib chiqishni rejalashtirayotganini ta’kidladi. Bunda o‘zbekistonlik hamshiralar doimiy o‘rta tibbiyot xodimlari sifatida faoliyat yuritish bilan cheklanib qolmasligini va o‘z qobiliyati, intilishi, tajribasi hamda til bilishidan kelib chiqib, xizmat karerasida o‘sish imkoniga ega bo‘lishi qayd etildi.

Batafsil

Tadbirdan tayyorlangan reportajni tez orada Migrant.Uz va Vatandosh TVning youtube kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Obuna bo'ling👇
@migrantuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Уведомление" qanday topshiriladi?

2024-yilning 7-yanvaridan boshlab Rossiyada patent olgan mehnat muhojirlari Rossiya IIV (MVD) bo'limiga ish joyi haqida bildirgi, ya'ni "Уведомление" topshirishlari shart.

Bu bildirgi qanday topshiriladi?

Rossiyadagi migrantlar uchun videoqo'llanmamizni ko'ring.

Batafsil - https://www.youtube.com/watch?v=58d3GE8G3zI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tataristonda bo‘ron. Hukumat aholini uyda qolishga chaqirmoqda

Ma’lum bo‘lishicha, bo‘ron Tatariston shaharlarida tom, mashina, reklamalarning qulashiga olib kelgan. Jabrlangan fuqarolar haqida ma’lumot yo‘q.

❗️Muhojirlarga ham uyda qolishni va telefonlarni quvvatlantirib qo‘yishni tavsiya qilamiz.

Chunki bo‘ron vaqtida asosan elektr tarmoqlariga ziyon yetadi va ma’lum muddat hududlarda chiroq o‘chishi holatlari kuzatilishi mumkin.

Obuna bo'ling👇
@migrantuz
#migrant #Rossiya
📢 Rossiyada xorijlik jinoyatchilar vataniga ekstradisiya qilinadi, biroq...

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Jinoiy prosessual kodeksiga o‘zgartirish kirituvchi Federal qonunni imzoladi. Unga ko‘ra Rossiyada jinoiy javobgarlikka tortilgan xorijlik fuqarolarni vatanlariga ekstradisiya qilishga ruxsat beriladi. Federal qonun 2-may kuni kuchga kiradi.

Qonunga ko‘ra xorij fuqarolarini o‘z vatanlariga ekstradisiya qilish uchun asos tariqasida Federal jazoni ijro etish xizmati vakili yoki jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsning, uning vakilining, xorijlik fuqaroning vatanidagi huquq-tartibot organining murojaati ko‘rsatib o‘tilgan.

Murojaat uchun Rossiyaning xalqaro kelishuvlariga yoki o‘zarolik prinsipiga asosan mas’ul davlat idoralariga so‘rov yuboriladi. Ayni qaysi turdagi jinoyatlarga tortilgan xorij fuqarolarini ekstradisiya qilinishi aniqlanmoqda.

Hozircha, ozodlikdan mahrum qilish jazosi va shartli jazoga tortilganlar, soliq, bojxona, yetkazilgan zararni qoplamagan jinoyatchilar ekstradisiya qilinmasligi ma’lum.

Xulosa qilish mumkinki, faqat majburiy ish (обязательные работы), tarbiyaviy ish (исправительные работы) soatlari, jarima kabi jinoiy javobgarlik belgilangan xorij fuqarolarigina o‘z vataniga ekstradisiya qilinishi mumkin.

Obuna bo'ling👇
@migrantuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#deport #migrant #Rossiya
🔻 Sportchi qizlarga tanbeh bergan migrant deportatsiya qilinadi

Chelyabinsklik sportchi qizlarga kalta short kiygani uchun tanbeh bergan migrant Rossiyadan deportatsiya qilinadi.

Atigi bir oy oldin Rossiyaga ishga kelgan 24 yoshli Islomiddin bu mamlakatda bo‘lish rejimini buzgani uchun 7 ming rubl miqdorida jarimaga ham tortilgan.

Avtomashinani haydab ketayotgan Islomiddinning ko‘zi short kiyvolib velosiped haydab ketayotgan ikki qizga tushdi. Ularning yo‘lini to‘sib ularning bu kiyimi madaniyatsizlik ekanini tushuntirishga uringan. Unga Russkaya Ronda nomi bilan tanilgan 33 yoshli UFC jangchisi Irina Alekseyevaning kalta short kiygani yoqmagan. Qizlarning iddaosicha, yigit odobga chaqirish asnosida behayo so‘zlardan ham foydalangan.

Islomiddin politsiya bo‘limida ikkala qizdan uzr so‘ragan. Biroq jabrdiydalar uning tavbalari samimiyligiga ishonishmadi. Ularning iltimosiga ko‘ra, muhojir mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Obuna bo'ling👇
@migrantuz
#qoidalar #AQSH
⚡️ AQSHga farzandlarni olib ketish qoidalari

Amerika Qo‘shma Shtatlari hududiga safar qiluvchilarning barchasi, yoshidan qat’i nazar, AQSHning amal qiluvchi vizasiga ega bo‘lishlari kerak.

O‘zbekiston fuqarolari va rezidentlarining farzandlari
14 yoshga to‘lmagan va O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan bolalardan suhbatdan o‘tish uchun elchixonaga shaxsan kelishlari talab qilinmaydi. Buning o‘rniga, ariza topshiruvchi ota-ona yoki qonuniy vasiy(lar) o‘zlari bilan suhbatga bolaning pasportini, DS-160 anketasining tasdiqlangan sahifasini, va arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lovni olib kelishlari lozim.

14 yoshga yetgan yoki undan katta yoshdagi bolalar ‒ hattoki ular 14 yoshga kirishlaridan avval AQSH vizasini olgan bo‘lsalar ham, suhbatga kelishlari shart. 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan murojaatchilarning ota-onalari, farzandlariga viza uchun suhbat vaqtida hamrohlik qilishlari mumkin.

16 yoshga yetgan murojaatchilarga suhbat davomida, viza murojaatchisi bo‘lmagan shaxslar, jumladan bolaning oila a’zolari ham hamrohlik qilishlari mumkin emas.

O‘zbekiston fuqarosi va rezidenti bo‘lmagan shaxslarning farzandlari
O‘zbekiston rezidenti bo‘lmagan shaxslarning farzandlari, yoshidan qat’i nazar, suhbatda ishtirok etishlari zarur. Bu 14 yoshdan kichik bolalarni ham o‘z ichiga oladi.

Agar ota-ona (yoki qonuniy vasiy) AQSH vizasiga ega bo‘lsalar, hamda voyaga yetmagan farzandlari uchun vizaga hujjat topshirish istagida bo‘lsalar, ota-ona yoki qonuniy vasiy, voyaga yetmagan viza murojaatchisi nomidan suhbat kunini onlayn belgilashlari kerak bo‘ladi. Hamrohlik qiluvchi katta yoshdagi shaxs Konsullik bo‘limiga ConsularTashkent@state.gov elektron pochtasi orqali bog‘lanib, ular hamrohlik qiluvchi voyaga yetmagan bola uchun tayinlangan sana va vaqtning o‘zida ularni ham qabul qilishni so‘rashlari mumkin.

Batafsil

Obuna bo'ling👇
@migrantuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#test #migratsiya #Rossiya
⚠️ Migrantlarga soxta test o'tkazgan universitetlar

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida.

Batafsil

Obuna bo‘ling👇
@migrantuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SalamPay 👉🏻 Onlayn

📈 O‘zbekiston banklari va pul o‘tkazish tizimlaridan pul yuborishdagi valyuta kurslari 24.04.2024
Toshkent 16:20
Moskva 14:20 MSK


PUL O‘TKAZISH PLATFORMALARIDAGI AQSH DOLLARINING RUBLGA NISBATI

• Kwikpay - 94,98 (-0,71) rubl
• AkaPay - 95,22 (-0,93) rubl
• Мир Привилегий - 95,39 (-0,91) rubl
• Золотая Kорона - 96,15 (-0,93) rubl

O‘ZBEKISTON KARTALARIGA SO‘M YUBORISHDA RUBL KURSI

• Solidarnost - 133,00 (+0,69) so'm
• Kwikpay - 132,39 (+0,40) so'm
• Unired Mobile - 132,22 (0) so'm 👉🏻 Onlayn
• Sberbank - 130,67 (-0,19) so'm

ROSSIYA KARTALARIGA RUBL YUBORISH KURSI

Unired Mobile - 137,67 (0) so'm 👉🏻 Onlayn

#valyuta #soʻm #rubl #dollar

Obuna bo‘ling👇
@migrantuz
#topilmalar #hujjat
⚠️ Diqqat! Hujjat yo'qotib qo'yilgan!

Hujjat O'zbekiston fuqarosi Rahimov Su'ratjon Ne'matullayevich nomida.

📍Yo'qotilgan manzil: Moskva (2-Вышеславцев переулок д.5А)

⚠️ Yo'qolgan hujjatlar ro'yhati:

Pasport;
Haydovchilik guvohnomasi;
Zagran pasport.

Topib olganlar iltimos quyidagi raqamga murojaat qiling!

Suyunchisi bor!

📞 +79684052801

Obuna bo‘ling👇
@migrantuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Vatandosh TV
#ish #Qozogʻiston
📢 Qozog‘istonga ishlash uchun borayotgan fuqarolar diqqatiga: soxta «elchixona xodimlari»ga ishonmang!

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati Qozog‘istonga ishga borayotgan hamyurtlarimizga ogohlantirish bilan murojaat qildi. Gap shundaki, so‘nggi paytlarda Qozog‘istonga borgan yoki ushbu davlatda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga o‘zini elchixona yoki konsulxona vakili sifatida tanishtirib, hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ulardan pul va pasportlarini olish holatlari kuzatilayotgan ekan.

Agentlik bunday firibgarlarga ishonmaslik va pasportni notanish insonlarga bermaslikni so‘rab, ishlash yoki vaqtincha yashash ruxsatnomasini olish uchun fuqaro shaxsan Aholiga xizmat ko‘rsatish markazlariga (SON) murojaat etishi zarurligini eslatmoqda.

Shuningdek, o‘zini “diplomatik vakolatxona xodimiman” deb tanishtirgan shaxslarga duch kelganda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari:

Ostona shahrida: 📞 +8 (7172) 95-45-87;
Olmaota shahrida: 📞 +8 (727) 390-26-16;
Aqtau shahrida: 📞 +8 (729) 277-71-17);
Qozog‘iston Bosh prokuraturasi: 📞 115;
Qozog‘iston polisiyasi: 📞 102 raqamlariga murojaat qilish tavsiya qilingan.

Obuna bo'ling👇
@vatandosh_tv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon #migrant #Rossiya
⚠️ Migrantlar uchun rus tili imtihonlari qiyinlashmoqda

Migrantlarga rus tilidan imtihon o‘tkazish tizimida o‘tkazilgan “tozalash” ishlaridan keyin patent rasmiylashtirish uchun murojaat mehnat muhojirlari rus tili imtihonidan o‘tishi qiyinlashgan.

Rus tilida muloqot qila oladigan, biroq hayajonda bo‘lgan migrantlar imtihondan o‘ta olmayapti va qayta imtihon uchun oliygohlarga yuborilayapti. Oliygohlarda ham imtihon talablari kuchaytirilgan, savollarga erkin javob bera olmayotgan migrantlar imtihondan o‘ta olmayapti. Chunki savollar va talablar nazorati kuchaytirilgan.

Biroq shundan keyin ham amallab, bir oliygohda bo‘lmasa boshqasida imtihon topshirib, sertifikat olgan migrantlar patent olish uchun MMS “Saxarovo”ga borganida savol-javob qilinmoqda. Patent olishga qayta imtihondan o‘tib kelgan fuqarolardan “ikki marta imtihondan o‘ta olmabsan, sertifikatni qayerda olding”, “sertifikatni olgan manzilingini ayt”, “sertifikatni qanday olding, imtihon qanday bo‘ldi”, deb so‘ralmoqda.

Savollarga javob bera olmagan migrantlarning sertifikati qabul qilinmay, muhojirlarga patent rasmiylashtirishda “otkaz” – rad javobi berilmoqda.

Masalan, sertifikatni Sankt-Peterburgdagi Gersen nomidagi oliygohga qarashli Moskvadagi test markazida olgan migrantdan sertifikat haqida so‘ralganida u imtihonni Moskvada o‘tganini aytgan. Lekin patent uchun hujjat rasmiylashtirayotgan xodim Sankt-Peterburg shahrida berilgan sertifikatni Moskvada olish mumkin emas, deb uni soxta hisoblagan.

Patent rasmiylashtirishda rad javobini olgan fuqarolar bir yil mobaynida yangi patent olish uchun hujjat topshira olmaydi. Shuning uchun muhojirlarga hayajonlanmay, sertifikatni qaysi oliygohda imtihon topshirib olganini to‘liq tushuntirishni tavsiya qilamiz.

Obuna bo'ling👇
@migrantuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#patent #migratsiya #Rossiya
⚠️ Patent yaroqliligini «МВД» saytidan tekshirsangiz bo'ladi

To'liq video Migrant.uz Youtube kanalida.

Batafsil

Obuna bo‘ling👇
@migrantuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️ Пул ўтказиш учун банкларга бориб, навбат кутманг!

Энди cиз Россиядан🇷🇺 Ўзбекистонга🇺🇿 пулларингизни доллар қилиб жўнатиш учун банкларда навбатда туришингиз шарт эмас.

«Unired» иловаси орқали рублларингизни доллар ҳолатида ўтказиш ва уни комиссиясиз ечиб олишингиз мумкин.

Буни турган жойингизда амалга ошира оласиз, қандай амалга оширишни видеони охиригача кўриб, ўрганиб олинг!

Хозироқ «Unired» иловасини юклаб олинг
🤖📱 🛍 юклаб олиш

Илованинг расмий телеграм канали: @uniredmobile

#reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM